Bu bog' qarovsiz yotgan o'ttiz ikki gektar yerda u kishining tashabbusi bilan tashkil etilgan edi. Bilasizmi, hozir shu bog' Toshkent shahrining tom manoda aytganda “o'pka”si hisoblanadi. Yani shahar havosining toza bo'lishida bu bog'ning ahamiyati katta. U o'ziga va atrofdagilarga nisbatan o'ta talabchan edi. Masalan, qaysidirjismoniy yuklamani bajarish chog'ida, yoki ishdan tashqari oila davrasida o'tirganda ham faqat ish haqida, xalq va davlat haqida qayg'urardi. Biz uni chalg'itishga harakat qilar, lekin barcha urinishlarimiz deyarli zoye ketardi. U doim “Men ishdan chalg'iy olmayman!” deb takidlardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |