1. Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish tushunchasi. Iste`molchilarning tovar to`g`risida ma`lumot olish huquqi


Fuqarolik Kodeksining 404-moddasiga ko`ra agar oldi-sotdi shartnomasi


Download 1.07 Mb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1633534
1   2   3   4
Bog'liq
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun osti hujjatlari

 Fuqarolik Kodeksining 404-moddasiga ko`ra agar oldi-sotdi shartnomasi


Fuqarolik Kodeksining 404-moddasiga ko`ra agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa butlovchi buyumning muddati asosiy buyumning kafolat muddatiga teng hisoblanadi va asosiy buyumning kafolat muddati bilan bir vaqtda o`ta boshlaydi shuni ham hisobga olish kerakki tovar yoki butlovshi buyum almashtirilganda kafolat muddati yangidan o`ta boshlaydi.

Iste`molchilar uchun tovarning sifati

Iste`molchilar uchun tovarning sifati uning sifatiga berilgan kafolat muddati bilan bir qatorda tovarning yaroqlik muddati ham muhim kasb etadi. Sotuvchi yaroqlik muddati belgilangan tovarni iste`molchiga shunday mo`ljal bilan topshirishi kerakki toki iste`molchi undan yaroqlilik muddati tugagunga qadar o`z vazifasi bo`yicha foydalanishi mumkin bo`lsin.

Tovarning yaroqlilik muddati tovar tayyorlangan kundan boshlab foydalanish uchun yaroqli bo`lgan davr bilan yoki tovar foydalanishi uchun yaroqli bo`lib turadigan sana bilan belgilanadi. (Fuqarolik kodeksi 406-modda).

Tovarlar to`g`risida noto`g`ri ma`lumot berilganda iste`molchilarning huquqlari

Tovarlar to`g`risida noto`g`ri ma`lumot berilganda iste`molchilarning huquqlari. Tovardar to`g`risida noto`g`ri ma`lumot berilishi oqibatida iste`molchi zarur iste`mol xossalariga ega bo`lmagan tovarni sotib olgan bo`lsa u shartnomani bekor etishi va o`ziga yetkazilgan zararni qoplanishini talab qilishga, xarid qilingan tovardan ko`zlangan maqsadda foydalana olmagan vaziyatda iste`molchi tegishli ma`lumotni oqilona qisqa muddatda berilishini talab qilishga haqlidir.

Qonunga binoan ko`pi bilan uch kunlik muddat belgilanadi. Mabodo ma`lumot aytilgan muddatda berilmasa, iste`molchi shartnomani bekor qilib, zararning undirilishini talab qilishga haqlidir.

 Qonunning 13-moddasi

Qonunning 13-moddasiga muvofiq, tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul, sifatli tovarga almashtirib berish, uning xarid narxini qayta hisob-kitob qilish, tovarning nuqsolarini bepul bartaraf etish yoki iste`molchining yohud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash, xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish, shartnomani bekor qilib, qurilgan zararni qoplash kabi talablarni sotuvchiga qo`yish bilan iste`molchilar o`zlarining huquqlarini himoya qila oladilar.


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling