1. Ixtiyoriy olingan mintaqa va mamlakatlarning siyosiy-geografik tahlili
Download 92.18 Kb.
|
Jalolova Zilola. Amaliy mashg\'ulot-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- - La-Plata mamlakatlari
- Relyefi tog‘li.
- Aholisi ko‘p millatli.
- Meksika;
- Markaziy Amerika (Beliz, Gvatemala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama); - Vest-Indiya (Karib dengizidagi orol mamlakatlar); - And mamlakatlari (Venesuela, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya, Chili); - “Gviana uchburchagi” (Gayana, Surinam, Fransiya Gvianasi); - Braziliya; - La-Plata mamlakatlari (Argentina, Urugvay, Paragvay). 2-topshiriq Afg‘onistonning siyosiy-geografik tahlili Afg‘oniston Islom Respublikasi Yevrosiyo materigi ichkarisida joylashgan bo‘lib, Eron, Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikiston va Pokiston davlatlari bilan chegaradosh. Ma’muriy jihatdan 29 ta viloyatga bo‘linadi. Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat – Loyya Jirg‘a va Milliy Kengash. Davlat boshlig‘i – Prezident. Relyefi tog‘li. Iqlimi shimolda kontinental, janubda tropikdan subtropikgacha o‘zgarib boradi. Tabiiy boyliklari yetarli o‘rganilgan emas. Aholi soni 38,93 mln. kishi, zichligi 1 km2 ga o‘rtacha 48 kishi. Har 1000 kishiga tug‘ilish 37 va o‘lim 19 kishidan to‘g‘ri keladi. Aholining 0 –14 yoshdagilari 43 %, 65 va undan yuqori yoshdagilari 3 % ni tashkil qiladi. O‘rtacha umr erkaklarda 43, ayollarda 42 yoshga teng. Aholisining 22,9 %i shaharlarda yashaydi. Aholisi ko‘p millatli. Asosiy millat vakillari bo‘lgan pushtunlar bilan bir qatorda tojiklar, o‘zbeklar, turkmanlar, xazorliklar va boshqalar istiqomat qiladilar. O‘zbeklar shimoliy va shimoli-g‘arbiy provinsiyalarda, tojiklar shimoliy va shimoli-sharqiy provinsiyalarda keng tarqalgan. Turkmanlar Badxiz provinsiyasida, xazorliklar Bomiyon va Hirot provinsiyalarida istiqomat qiladilar. Xo‘jaligi 1979-yildan boshlab deyarli 10 yil davom etgan fuqarolar urushi tufayli achinarli ahvolga tushib qolgan. YIM ning 36% i qishloq xo‘jaligida, 24 % i sanoatda, 39 % i xizmat ko‘rsatish sohasida ishlab chiqariladi. YIM 2012- yilda 40,7 mlrd. AQSH doll.ni tashkil etdi (sotib olish paritetini hisobga olganda). Download 92.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling