1. Ixtiyoriy olingan mintaqa va mamlakatlarning siyosiy-geografik tahlili


Download 92.18 Kb.
bet1/5
Sana16.04.2023
Hajmi92.18 Kb.
#1358313
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Jalolova Zilola. Amaliy mashg\'ulot-10


1. Ixtiyoriy olingan mintaqa va mamlakatlarning siyosiy-geografik tahlili.
2. Markaziy Osiyodan Afg‘onistonning siyosiy-geografik tahlili amalga oshiriladi va prezentasiya taiyorlanadi.
3. G‘arbiy Osiyo mintaqasidagi og‘riqli nuqtalar tahlil qilinadi.


Amaliy mashg‘ulot-10


1-topshiriq
Lotin Amerikasi mamlakatlarining siyosiy-geografik tahlili

Dunyoning yirik siyosiy-geografik mintaqalaridan biri – Lotin Amerikasi – Yerning G‘arbiy yarimsharida joylashgan bo‘lib, Amerika qit’asidagi AQSH, Kanada davlatlari va Grenlandiya orolidan tashqari barcha mamlakatlarni o‘z ichiga oladi. Aholisining aksariyat qismi qadimgi lotin tili negizida vujudga kelgan ispan va portugal tillarida so‘zlashayotganligi bois bu mintaqa Lotin Amerikasi deb ataladi.


Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida hozirgi kunda 33 ta mustaqil davlat hamda qator mustamlakalar mavjud. Uning hududida bir necha kichikroq mintaqalar ham ajratiladi. Jumladan, Shimoliy Amerika materigining AQSHdan janubdagi qismi va Karib dengizidagi orollarda joylashgan davlatlar O‘rta Amerika (Mezoamerika) mintaqasini tashkil etadi. Bu regiondagi davlatlar orasida hududi, aholisi va iqtisodiy salohiyati bilan Meksika alohida ajralib turadi. O‘rta Amerikaning Meksikadan boshqa davlatlari Karib dengizi akvatoriyasi, uning tabiiy resurslari va transport yo‘llari bilan tarixan chambarchas bog‘liqligi sababli, Karib havzasi davlatlari deb ham yuritiladi. Materikda, Meksikadan janubi-sharqqa tomon joylashgan 7 ta davlat (Beliz, Gvatemala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama) Markaziy Amerika deb nomlanadi. Karib dengizidagi 13 ta orol mamlakatlar, o‘z navbatida, Vest-Indiya umumiy nomi ostida birlashtiriladi. Janubiy Amerika materigida esa 12 ta mustaqil davlat va 1 ta mustamlaka (Fransiya Gvianasi) joylashgan. Janubiy Amerikada Lotin Amerikasidagi okeanga chiqish imkoniyati bo‘lmagan 2 ta davlat joylashgan bo‘lib, bular Boliviya va Paragvaydir.
Hududi kattaligi jihatidan Braziliya (jahon mamlakatlari orasida 5-o‘rin), Argentina (8-o‘rin), Meksika, Peru, Venesuela va Kolumbiya ajralib turadi. Vest-Indiyada “mitti” davlatlar safi ga mansub bir necha davlatlar joylashgan. Lotin Amerikasidagi aksariyat davlatlarida prezidentlik respublikasi boshqaruv shakli joriy etilgan. Vest-Indiyadagi ayrim kichik davlatlar hamda Markaziy Amerikada joylashgan Beliz Britaniya Hamdo‘stligi tarkibidagi konstitutsiyaviy monarxiyalar bo‘lib, rasman ularning davlat rahbari Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II hisoblanadi. Braziliya, Argentina, Meksika, Venesuela singari yirik davlatlar hamda Karib dengizidagi 2 ta kichik oroldan iborat Sent-Kits va Nevis mamlakati federativ davlat tuzilishiga ega. Mintaqaning qolgan mamlakatlari unitar tuzilishga ega.
Lotin Amerikasining g‘arbiy qismida Kordilyera va And tog‘lari bir necha ming kilometrga cho‘zilgan. Meksika, Markaziy Amerika davlatlari, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya, Chili mamlakatlarining hududini asosan shu tog‘lar egallaydi. Venesuela bilan Paragvay davlatlari ham qisman And tog‘lari bilan band. Shuningdek, Karib dengizidagi orol mamlakatlarining yer yuzasi ham ko‘proq tog‘li ko‘rinishga ega. Braziliya, Argentina, Urugvay, Surinam, Gayana kabi davlatlar hududi, asosan, tekislik va parchalangan yassi tog‘liklardan iborat. Kordil yera-And tog‘lari va Karib dengizidagi orollar seysmik va vulqonik jihatidan Yer yuzidagi eng faol mintaqalar qatoriga kiradi. Shuning uchun Lotin Amerikasidagi tog‘li mamlakatlarda kuchli zilzilalar vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladi. Masalan, 2010-yili Chili, 2012-yili Gvatemala, 2010-yili Gaitida ro‘y bergan kuchli zilzilalar falokatli ziyon yet kazgan edi.
Lotin Amerikasining ba’zi davlatlari turli foydali qazilmalarining jahon xo‘jaligi miqyosida ahamiyatli zaxiralariga ega. Jumladan, neft-gaz resurslariga Venesuela, Meksika, temir rudalariga Braziliya, Kuba, Venesuela, boksit (alyuminiy) rudalariga Yamayka, Braziliya, Venesuela, Gayana, Surinam, misga Chili, Peru, nikelga Kuba, litiy, qalay va mineral tuzlariga Boliviya, tabiiy selitraga Chili, qimmatbaho toshlarga Kolumbiya boy hisoblanadi. Hududi asosan issiq iqlim mintaqalarida joylashganligi bois Lotin Amerikasi agroiqlim resurslariga boy, dehqonchilik ishlari esa bu yerda yil bo‘yi davom etadi. Lekin O‘rta Amerikada tropik to‘fonlar tez-tez sodir bo‘lib, aholi Amerikasi suv va gidroe nergiya resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Mintaqadagi qator davlatlar o‘rmon resurslariga juda boy, bu borada Braziliya, Kolumbiya, Venesuela yetakchi hisoblanadi.
O‘tgan asrda Lotin Amerikasida aholining tabiiy ko‘payishi “demografik portlash” bosqichini kechirib, mintaqa aholisi va uning jahon aholisi tarkibidagi ulushi yuqori sur’atlar bilan o‘sib kelgan. Hozirgi davrga kelib esa, Lotin Amerikasi mamlakatlari tug‘ilish darajasi asta-sekin pasayishi bilan tavsiflanadigan demografik o‘tishning 3-bosqichini kechirmoqda. Kuba, Urugvay va Argentina esa demografik o‘tish jarayonini yakunlab, aholi tabiiy ko‘payishining past darajasi bilan ajralib turibdi.
Lotin Amerikasi aksariyat davlatlari yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakatlar guruhiga mansub. Xususan, shaharlashuv ko‘rsatkichi Argentina, Venesuela va Urugvayda 90 foizdan, Braziliya va Chilida 80 foizdan oshadi. Lotin Amerikasining Mexiko, San-Paulu, Rio-de-Janeyro, Lima, Buenos-Ayres, Santa-fe-de-Bogota singari eng yirik shaharlari negizida jahon miqyosida eng yiriklari qatorida joy olgan shahar aglomeratsiyalari vujudga keldi. Lekin bu “gigant” shaharlarda millionlab odamlar qishloq joylardan kelib, juda katta maydonlarni egallagan xarob massivlarda turmush kechirmoqda. Masalan, Braziliyaning Rio-de-Janeyro va San-Paulu shaharlaridagi Favela deb ataladigan bunday kvartallar odatda “soxta” urbanizatsiyaning tipik misollari tariqasida keltiriladi. Bunday, shartli ravishdagi shahar joylarida ijtimoiy va ekologik muhit muammoli bo‘lishi tabiiy hol.
Lotin Amerikasi aholisining hozirgi irqiy tarkibi xilma-xil bo‘lib, asosan, Yevropa mustamlakachiligi davrida shakllangan. Bu mintaqada yevropaliklar avlodlari (kreollar), qora tanlilar, amerikalik hindular hamda metislar, mulatlar va sambolar singari aralash irq vakillari yashaydilar. Lotin Amerikasining tub aholisi mongoloid irqiga mansub amerikalik hindular hisoblanadi.




Download 92.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling