1 iyun – bolalarni himoya qilish kuni. Ularni nimalardan himoya qilish kerak? Dunyo bo‘ylab bolalarning sog‘lom katta bo‘lishi va sifatli ta’lim olishiga kambag‘allik, ochlik, turli iqtisodiy va siyosiy inqirozlar ta’sir o‘tkazadi


Download 0.9 Mb.
bet3/3
Sana28.09.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1689295
1   2   3
Bog'liq
1 iyun

O‘zbekiston bolalari
O‘zbekistonda 18 yoshgacha bo‘lganlar soni 18 millionga yaqin. Ular ta’lim olish va tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega. Majburiy mehnat bartaraf etilgan: Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekiston 2021 yilda bolalar mehnatiga butunlay chek qo‘ygani haqida xulosaga keldi.
Lekin mamlakatda bolalar duch kelayotgan muammolar ham mavjud. Masalan, 3 mln o‘quvchining malakali kadrlardan dars olish imkoni yo‘q.
Ota-onasi boshqa davlatlarga mehnat muhojiri bo‘lib ketgan bolalar ham anchani tashkil qiladi. Bolalarga oid aniq raqamlar bo‘lmasa-da, mehnat muhojirlari soni orqali bolalarning ham taxminiy sonini chiqarish mumkin: birgina Rossiyaning o‘zida 1,3 mln o‘zbek migranti mehnat qiladi.
Foto: UNICEF
Bundan tashqari, nogironligi mavjud bo‘lgan 35 mingdan oshiq bolalarning inklyuziv jamiyat orasida bo‘lish orzusi ko‘chalar va binolar infrastrukturasi talabga javob bermasligi sababli amalga oshishi qiyin, ular boshqalar kabi to‘kis harakatlana olishmaydi.
Qolaversa, eng jiddiy muammo – bolalar maktabni tugatgach, kasb o‘rganib mehnat bozorida o‘z o‘rinlarini topishi bilan bog‘liq. Oliy ta’lim bilan qamrov bu yil 38 foizga yetkazilayotgan bo‘lsa-da, hamma bolalarda OTMda o‘qish imkoniyati yo‘qligi o‘qishga kirolmaganlarning kelajak uchun turli ko‘rinishda kurashishlariga sabab bo‘ladi.
Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling