3-sinf matematikadan dars ishlanmalar 1-dars: 3-sinfda o‘tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish Darsning maqsadi


Download 461.5 Kb.
bet1/2
Sana01.06.2020
Hajmi461.5 Kb.
#112968
  1   2
Bog'liq
3-SINF MATEMATIKADAN DARS ISHLANMALAR


3-SINF MATEMATIKADAN DARS ISHLANMALAR
1-dars: 3-sinfda o‘tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O‘rganilgan materialni mustahkamlash. Mavzuga oid misol va masalalar yechishga o‘rgatish. TK1: so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; FK1: 0 dan 1000 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy olish, yoza olish, taqqoslay olish, tartibga solish, modellarda tasvirlay olish; FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.

Tarbiyaviy: Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo‘lish, yahshini yomondan ajrata olish bilimini shakillantirish. TK5: milliy bayramlarimizga oid sana va vaqtlarni bilish, ularni kundalik hayotda qo‘llash; TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

Rivojlantiruvchi: tasavvur ko‘nikmalarini rivojlantirish; FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay olish.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish. Mustaqillik bayrami haqida suhbat o‘tkazish.



II. O‘tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish:

Yangi mavzuni ekran orqali topshiriqlarni bajarish orqali tushuntiriladi.

Yuzliklar kvadrat bilan, o‘nliklar uchburchak bilan, birliklar doira bilan beriladi. O‘quvchilardan berilgan shakllarga qarab, sonlarni topish talab etiladi. Topilgan sonlar ajratilgan darchaga klaviatura orqali yoziladi. To‘g‘ri topilsa qarsak ovozi, noto‘g‘ri topilsa maxsus ovoz eshitiladi.

756, 980, 302, 444, 271, 900, 628, 832, 285, 1000



Masalan: 756 sonini olsak, 7 ta kvadrat, 5 ta uchburchak, 6 ta doira rasmi beriladi.


+ + =756


1-topshiriqda har bir qatordagi cho‘plarning soni so‘raladi.

O‘qituvchi o‘quvchilardan cho‘plarning miqdoriga qarab har bir qatordagi cho‘plarning sonini aytishi so‘raladi.


Download 461.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling