3-sinf matematikadan dars ishlanmalar 1-dars: 3-sinfda o‘tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish Darsning maqsadi


Download 461.5 Kb.
bet2/2
Sana01.06.2020
Hajmi461.5 Kb.
#112968
1   2
Bog'liq
3-SINF MATEMATIKADAN DARS ISHLANMALAR

2-topshiriqni guruhlarda bajariladi. Guruhlarga teng miqdorda misollar tarqatiladi.

756, 980, 302, 444, 271, 900, 1000.

Bu sonlarda nechta yuzlik, nechta o‘nlik va nechta birlik bor?

Bu sonlar ichida nechta qaysi biri katta, qaysi biri kichik?

Berilgan sonlarni dastlab o‘sish tartibida so‘ngra kamayish tartibida joylashtiring.

Berilgan sonlardagi har bir raqam nimani anglatadi? –kabi savollar beriladi. Savollarga berilgan javoblarni o‘qituvchi tomonidan tekshirib boriladi.

3-topshiriqni guruhlarda yuqoridagi topshiriq kabi bajariladi.

4-masala dastlab qisqa sharti yoziladi so‘ngra yechiladi.



Berilgan:

7 ta ko‘ylak - 21 m,

9 ta ko‘ylak -? m.


Yechish.

  1. 21:7= 3 (m) bitta ko‘ylakka sarflangan mato.

  2. 9*3=27 (m) mato sarflandi.

Javob: 9 ta ko‘ylakka 27 m mato sarflandi.

Dam olish daqiqasi:

O‘qituvchi harakatli topshiriqlarni bajaradi vao‘quvchilar takrorlaydilar.



III. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash:

Estafeta o‘yinidan foydalaniladi. Unda o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘yilgan plakatlarga mavzuga oid misollar orqali o‘tkaziladi.



IV.Dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish va baholash.

O‘quvchiularga darsda va munozaralardagi ishtirokiga ko‘ra ball qo‘yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtiriladi va natijalar e’lon qilinadi



V. Uyga vazifa.

O‘tilgan mavzu yuzasidan suhbat o‘tkazilib, darsga yakun yasaladi vauyga vazifani tushuntirib beriladi.



5- topshiriqdagi jadval tushuntirib beriladi.

Bo‘sh kataklar o‘rniga sonlarni qo‘yib jadvalni to‘ldiradi.

1-jadvalda quyidagicha misollar yechiladi.


  1. 124+536=660 2) 337+x=897 3) x+200=100

2-jadvalda quyidagicha misollar yechiladi.

  1. 578-263=315 2) x+440=248 3) 690-x=320

6-masala o‘quvchilarga tushuntirib beriladi.


3-dars: Bir xonali songa ko‘paytirish yoki bo‘lishni o‘z ichiga olgan tarkibli masalalar. Tengsizliklarni tanlash usuli bilan yechish

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o‘quvchilarga tengsizliklarni tanlash usuli bilan yechishni tushuntirish, tarkibli masala yechish. TK1: so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish; TK6: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish; FK1: o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish, mavzuga doir tegishli misollar keltira olish.

Tarbiyaviy: o‘quvchilarda kelajakka ishonch hissini uyg‘otish, kasbga yo‘llash. TK3: masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘rilay olish;

Rivojlantiruvchi: tasavvur ko‘nikmalarini rivojlantirish. FK2: o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza olish, tuzilgan reja asosida ishlay olish va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab olish.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda o‘quvchilarga sonlar beriladi va ulardan bu sonlarni xona qo‘shiluvchilariga ajratish talab etiladi.

846 = 800 + 40 + 6 5423 = 5000 + 400 + 20 + 3

2211 = 2000 + 200 + 10 + 1 6002 = 6000 + 2

4020 = 4000 + 20 5409 = 5000 + 400 + 9

III.Yangi mavzuning bayoni.

Yangi mavzu masala sharti bajarish jarayonida tushuntiriladi. 13- masala bilan tanishtiriladi. Masalada uchragan sonlarni yuzlik, o‘nlik va birliklarda ifodalanadi.



  1. O‘yinchoqlar do‘konida 849 ta archa o‘yinchog‘i sotildi. Bu necha yuzlik, o‘nlik va birliklardan iborat? O‘quvchilar 849 ni yuzlik, o‘nlik va birliklarga ajratadilar.

849 = 800 + 40 + 9

  1. Do‘konda 6 ta yuzlik va 8 ta o‘nlik archa o‘yincholari sotildi. Nechta o‘yinchoq sotilgan?

6 ta yuzlik + 8 ta o‘nlik = 680ta

14-misol. Ekranda multimediali ilova shaklida bajariladi. Har bir tengsizlikda a harfining qiymatini shunday tanlash kerakki, natijada tengsizlik to‘g‘ri bo‘lsin. Bunda tengsizlikni tanlash usuli bilan yechish tushuntiriladi.

200 – a > 198 bunda a ning mos qiymatlarini tanlanadi. Agar ixtiyoriy 15 sonini tanlab ko‘rsak, 200 – 15 = 185, 185 soni 198 dan katta bo‘la olmaydi. Demak, tanlagan sonimiz faqat “1” yoki “0” bo‘lishi mumkin.

200 – 1> 198 200 – 0 > 198

199 > 198 200 > 198

Qolgan tengsizliklarni qanoatlantiruvchi qiymatlar ham shu tariqa topiladi.
a ∙ 9 < 54 a = 1, a = 2, a = 3, a = 4, a = 5, a = 0.

1 ∙ 9 < 54 2 ∙ 9 < 54 3 ∙ 9 < 54 4 ∙ 9 < 54 5 ∙ 9 < 54

9 < 54 18 < 54 27 < 54 36 < 54 45 < 54

a : 8 > 9 a = 80, a = 88, a = 96.. . 8 ga bo‘linadigan 96 dan katta sonlar.

80 : 8 > 9 88 : 8 > 9 96 : 8 > 9

10 > 9 11 > 9 12 > 9

15-misol. Misol doskada tushuntirish bilan bajariladi.

15 ∙ 4 + 4 ∙ 23 = 4 ∙ (15 + 23)= 4 ∙ 38 = 152

11 ∙ 9 – 32 : 4 = 99 – 8 = 91

84 : 3 – 36 : 3 = 28 – 12 = 16

46 : 2 + 51 : 3 = 23 + 17 = 40



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o‘quvchilar guruhlarga ajratiladi. Har bir guruhga tengsizliklarni qanoatlantiruvchi qiymatni topishga doir topshiriqlar beriladi. Guruhlar bajargan ishlarini taqdimot qiladilar:

1-guruh:


a : 12 < 6 a = 0, a = 12, a = 24, a = 36, a = 48, a = 60.

a = 0

0 : 12 < 6

0 < 6


a = 12

12 : 12 < 6

1 < 6


a = 24

24 : 12 < 6

2 < 6


a = 36

36 : 12 < 6

3 < 6


a = 48

48 : 12 < 6

4 < 6


a = 60

60 : 12 < 6

5 < 6


2-guruh:

180 – a > 174 a = 0, a = 1, a = 2, a = 3, a = 4, a = 5.



a = 0

180–0>174

180 > 174


a = 1

180–1>174

179 > 174


a = 2

180–2>174

178 > 174


a = 3

180–3>174

177> 174


a = 4

180–4>174

176 > 174


a = 5

180–5>174

175 > 174


3-guruh:

38 + 2∙a < 47 a = 0, a = 1, a = 2, a = 3, a = 4.



a = 0

38+2∙0 <47

38+0 < 47

38 < 47


a = 1

38+2∙1 < 47

38+2 < 47

40 < 47


a = 2

38+2∙2 < 47

38+4 < 47

42 < 47


a = 3

38+2∙3 < 47

38+6 < 47

44 < 47


a = 4

38+2∙4 < 47

38+8 < 47

46 < 47


4-guruh:

6 ∙ a – 4 < 22 a = 1, a = 2, a = 3, a = 4.



a = 1

6 ∙ 1 – 4 < 22

6 – 4 < 22

2 < 22


a = 2

6 ∙ 2 – 4 < 22

12 – 4 < 22

8 < 22


a = 3

6 ∙ 3 – 4 < 22

18 – 4 < 22

14 < 22


a = 4

6 ∙ 4 – 4 < 22

24 – 4 < 22

20 < 22


5-guruh:

56 – 3 ∙ a > 42 a = 0, a = 1, a = 2, a = 3, a = 4.



a = 0

56 – 3 ∙ 0 > 42

56 – 0 > 42

56 > 42


a = 1

56 – 3 ∙ 1 > 42

56 – 3 > 42

53 > 42


a = 2

56 – 3 ∙ 2 > 42

56 – 6 > 42

50 > 42


a = 3

56 – 3 ∙ 3 > 42

56 – 9 > 42

47 > 42


a = 4

56 – 3 ∙ 4 > 42

56 – 12 > 42

44 > 42


V.Uyga vazifa berish.

O‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. 16- 17 topshiriqlar uyga vazifa qilib beriladi.



VI. O‘quvchilarni baholash.

4-dars

Mavzu: O‘rganilgan ko‘rinishdagi misol va masalalarni yechish

Maqsad: a) ta’limiy: O‘rganilgan ko‘rinishdagi misol va masalalarni yechishni mustahkamlash.TK1;

b) tarbiyaviy: iqtisodiy tarbiya berish, zukkolik, topqirlik, mantiqiy fikrlashga o’rgatish.FK2;

d) rivojlantiruvchi: ko’paytirish va bo’lish amali yuzasidan olgan bilimlarni kengaytirish, amaliy ko’nikmalar hosil qilish.TK2

Darsning metodi: tushuntirish, amaliy ish, mustaqil ish, aqliy hujum.

Darsning jihozi: darslik, jadval, sxemalar

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

Darsga hozirlik ko'rish.

Darsning maqsadi aytib o'tiladi.

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifani tekshirib baholayman.

Uyga vazifani tekshiraman.

21. a harfining tengsizliklar to‘g‘ri bo'ladigan qiymatlari-ni tanlang:

200 - a>198 a • 9 < 54 a : 8 > 9

22. 15•4 + 4•23=60+92=152

11•9-32:4=99-8=91

III.Yangi mavzu bayoni.

24. 200 - 4•25 + 8 =200-100+8=108 62 + 8•2-54=62+16-54=24

25. Sonlarni o‘qing: 865, 907, 520, 700. Bu sonlarning yozilishida har bir raqam nimani bildirishini tushun-tiring.



IV. Mustahkamlash.

26. Avgust oyida maktab o‘nta sinf xonasi uchun yangi partalar oldi. Har bir sinf xonasiga bir xil miqdorda partalar qo‘yildi. Agar oltita xonaga 90 ta parta qo‘yilgan bo'lsa, maktabga nechta parta keltirilgan?



Do'konga 100 ta kitob keltirildi. Kun bo‘yi ularning beshdan bir qismi sotildi. Shu kuni nechta kitob sotilgan?

Rasmda tasvirlangan nuqta, kesma va shakllarning nomlarini ayting.

28. 5 ta sigirdan bir kunda 50 l sut sog'ib olindi. Agar sigirlar baravardan sut bersa, nechta sigirdan 90 / sut sog’ib olish mumkin?

29-misol


400•2+200 100 : 25 + 75 : 25 48 : 4

800- 600 : 3 3•26 - 78 : 13 17•4



Uyga vazifa: 30-31-misollar.

Kompitensiya asosida tuzilgan


Download 461.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling