Sigirlar sut mahsuldorligiga ta’sir qiluvchi omillar
Download 24.41 Kb.
|
1 2
Bog'liqSigirlar sut mahsuldorligiga ta’sir qiluvchi omillar.
Sigirlar sut mahsuldorligiga ta’sir qiluvchi omillar. Reja: 1. Sigirlar sut mahsuldorligi va uning xususiya 2.Sigirlarning sut mahsuldorligini oshirishning asosiy kaliti 3. Barcha zotlarda sigirlar sutining tarkibi Sigirlar sut mahsuldorligi va uning xususiyatlari, sutning tarkibi kabi irsiy belgi hisoblanadi. Genotip tomonidan belgilangan yuqori sut mahsuldorligi genetik imkoniy ko„rsatkichdir. Sigirlarning irsiy belgilari yuqori sut mahsuldorligi tashqi muhitning qulay sharoitlarda ro„yobga chiqadi. Barcha qoramol zotlarida sigirlar sut mahsuldorligi juda o„zgaruvchan bo„ladi. Bir zotniig ichida sigirlar sut mahsuldorligi 4000-5000 kg dan 27000 kg gacha bo„lganini guvohimiz. Sigirlar sut mahsuldorligi ma‟lum darajada uning tirik vazniga bog„liq, chunki u rivojlanish va semizlik mezoni hisoblanadi. Ko„pincha yirik sigirlar ko„p oziqa iste‟mol qilib ularni hazmlash qobiliyatiga ega, bu esa yuqori sut mahsuldorligini ta‟minlaydi. Bejiz emas ko„pgina rekordchi sigirlar vazni andozadan ancha yuqori bo„lgan. Sigirlar sut mahsuldorligi urg„ochi tanalarni qochirish muddatiga bog„liq.Sut yo„nalishidagi urg„ochi tanalarni I6-I8 oyligida qochirish maqsadga muvofiqdir. Lekin bu borada ularning vazni muayyan podadagi voyaga yettan sigirlar vaznining 65-70% tashkil qilganda amalga oshirish kerak. Jadal o„stirilgan va meyorlarda qochirilib tug„ishga to„g„ri tayyorlab natijasida birinchi tug„ishdayoq 3000-4000 kg sut sog„ib olish mumkin. Birinchi tug„im sigirlar sut mahsuldorligiga ularni iydirish (razdoy) muhim ta‟sir ko„rsatadi. Agarda birinchi tug„im natijalariga ko„ra sigirning sut mahsuldorligi podaning o„rtacha ko„rsatkichidan 30% kam bo„lsa, ular sigirlar podasiga ko„chirilmay puchak qilinadi. Sigirlar sut mahsuldorligi ularning yoshida o„z aksini topadi. Aksariyat I-II ba‟zan III tug„im sigirlari voyaga yetgan sigirlar sut mahsuldorligi kam bo„ladi. Ko„pincha I tug„im sigirlarning sut mahsuldorligi voyaga yetgan sigirlar sutining 75%, II tug„imda 85-87%, uchinchi tug„imda 95-98% ini tashkil qiladi. Keyinchalik 2-Z tug„imda sigirlar sut mahsuldorligi yuqori darajada saqlanadi, so„nggi tug„imlarda bu ko„rsatkich asta-sekin kamayib boradi. Sigirlardan xo„jalikda 8-10 yil foydalanish ko„proq samara beradi, ayrim hollarda yuqori mahsuldor, qiymatli sigirlar mutaxassislar tomonidan uzoq vaqt podalarda saqlanib qoladi. Sigirlarning sut mahsuldorligini oshirishning asosiy kaliti ularning tanlash va saralash hisoblanadi. Sigirlar sut mahsuldorligi I tug„im natijalariga qarab baholanadi va tanlanadi. Shuning uchun barcha sutchilik fermalarida nazorat 135
sigirxonaga o„tkaziladi. Mahsuldorligi past, mashinada sog„ishga yaroqsiz sigilar podadan chiqarib olinadi. Xo„jalikda sigirlardan iloji boricha uzoq vaqt foydalanish, ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida kasb etadi. Chunki sigirlarni o„stirish uchun sarflangan harajatlar faqat IV tug„imdan keyin koplanadi. Agarda sigir II yoki III tug„imdayoq podadan chiqarib yuborilsa, ularni o„stirishga ketgan harajatlarni qoplamaydi. Ayniqsa naslchilik xo„jaliklarida sigirlarni uzoq vaqt saqlash yuqori sifatli sigirlardan ko„proq podani to„ldiruvchi yosh hayvonlar olish imkonini beradi. Eng muhim sutdorlik omili bo„lib sigirlarni oziqlantirish darajasi va xususiyatlari hisoblanadi, chunki bu omilsiz sigirning irsiy imkoniyatlari ro„yobga chiqmaydi. Ayniqsa yangi tuqqan va sermahsul sigirlar oziqlantirish darajasiga juda talabchan bo„ladi. Sigirlarni yuqori va to„la qiymatli oziqalar bilan ta‟minlab, yaxshi asramasa ulardan yuqori sut mahsuldorligini kutib bo„lmaydi. Sigirlar sut mahsuldorligi ular laktasiya davrining davomiyligiga bog„liq bo„lib, u servis va quruqlik davrlarining natijasi hisoblanadi. Sigirlar bo„g„ozligining ikkinchi davrida bez hujayralarining jadal tiklanishi kuzatiladi, unda eski alveolalar so„rilib yangi bez to„qimalari paydo bo„lishni boshlaydi. Bu jarayon tug„ishga 1,5-2 oy qolganda jadal kechadi, shuning uchun bu davrda sigirni sutdan chiqarish talab qilinadi. Bu tadbir sigir qornida homilani yaxshi rivojlanishiga ham ijobiy ta‟sir qiladi. Sigirlar sut mahsuldorligi ularning tug„im fasllariga ham bog„liq. O‟zbekiston sharoitida qish oxiri va erta bahorda tuqqan sigirlar yozda tuqqan sigirlar nisbatan 300-500 kg ko„p sut beradi. Sigirlarning sut mahsuldorligi ularning salomatligiga bog„liq bo„lib, yelin kasalliklari salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Sutning tarkibi va to‘yimligiga ta’sir qiluvchi omillar. Sigirlar sutining to„yimli moddalari tarkibi, ayniqsa uning yog„i va oqsilining miqdori o„zgarib turadi, ularga sigirning zoti, yoshi, laktasiya davri, bo„g„ozlik, oziqlantirish, saqlash sharoitlari, sog„ish mahali, hayvonning salomatligi va yana qator omillar ta‟sir qiladi. 2- jadvalda turli zotga mansub sigirlar sutining tarkibi va to„yimliligi keltirilgan. 136
Turli zotlarga mansub sigirlar sutining tarkibi va to„yimliligi (K.V. Markova ma‟lumoti) Barcha zotlarda sigirlar sutining tarkibida yog„ miqdori o„zgarib turadi. Qora- ola zotli sigirlarda 2,8% dan 5,42% bo„lib, simmental zotida-3,0% dan 6,04% gacha. Jersey zotida 8,0 % bo„ladi. Shuning uchun qoramolchilikda naslchilik ishlari olib borilganda sutning yog„lilik va oqsil darajasi muhim ishlab chiqarish ahamiyatiga bog„liq bo„lib, alohida samaraga ega. Sut tarkibining bo„g„ozlik, laktasiya, sog„ishlar soniga qarab o„zgarishi tananing fiziologik faoliyatiga taalluqli omildir. Sutning tarkibi oziqlantirish va saqlash sharoitlariga bog„liq, lekin me‟yor sharoitlarida yuqoridagi ko„rsatkichlar irsiy belgi hisoblanadi. To„yimli moddalar yetishmasligi sutning tarkibiga salbiy ta‟sir qilib, sigirlar irsiy imkoniyatlarini ro„yobga chiqarishga imkon bermaydi. Sigirlar ratsioni tarkibida kletchatka moddasini yetishmasligi uni suti tarkibida yog„ning kamayib ketishiga sabab bo„ladi. Sutning ta‟mi, texnik xususiyatlari ko„p jihatdan sigir yeydigan oziqalar tarkibiga bog„liq, ba‟zi oziqalar ijobiy, ba‟zilari salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Sutning tarkibiga ob-havo sharoitlari- harorat, namlik sezilarli ta‟sir ko„rsatadi. Sutning tarkibiga sigirlar salomatligi katta ta‟sir ko„rsatadi., namlik sezilarli ta‟sir ko„rsatadi, ayniqsa yelin va oshqozon-ichak kasalliklari salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Sigirlar sut mahsuldorligini hisoblash va baholash. Barcha turdagi xo„jaliklarda sigirlar sut mahsuldorligini muntazam hisobga olib borilishi kerak, bu asl sigirlarni urchitib, sut yetishtirishda yuqori samaradorlikni ta‟minlaydi. Sigirlar sut mahsuldorligi hisobi, turli xo„jaliklarda turlicha amalga oshiriladi. Naslchilik xo„jaliklarida har bir sigir suti yakka hisobga olib boriladi. Lekin bu usul ko„p harajat talab qiladi. Nazorat sog„imlar usulida sigirlar sut mahsuldorligi 10 kunda bir marta hisobga olib boriladi. Bu usul naslchilik va oddiy xo„jaliklarda amalga oshirilishi mumkin.
olinadi, unda albatta sog„im kunlari soni inobatga olinadi. Sut qoramolchiligida naslchilik ishlarida: asosiy ko„rsatkichlardan sigirlarning eng yuqori laktasiyada bergan suti miqdori va hayoti davomidagi suti hisobga olinadi. Bu borada sigirning eng yuqori bir kecha-kunduzdagi sut miqdori ham hisobga olinadi, chunki bu belgi yelinning imkoniyatini ko„rsatadi. Sutchilik xo„jaligida sigirlar sut mahsuldorligining asosiy ko„rsatkichi I furaj sigirdan sog„ib olingan sut hisoblanadi. Uni xo„jalikda yil davomida sog„ib olingan sutni o„rtacha furaj sigirlar soniga bo„lish bilan chiqariladi. Go„shtdor qoramolchilikda sigirlar sut mahsuldorligi muhim ko„rsatkich hisoblaniladi. Bu ko„rsatkich bilan buzoqlarni o„sish va rivojlanishi uzviy bog„langandir. Shuning uchun ushbu ko„rsatkich bo„yicha sirgirlar seleksiya qilinadi. Go„tshdor sigirlar sutni ular yelinining bir tomonidan sutni sog„ib olib o„lchanadi, ikkinchi tomonini buzog„i emadi, sog„ib olingan sut 2 ga ko„paytirilib bir kecha-kunduzdagi sut miqdori aniqlanadi. Naslchilik xo„jaliklarda sigirlar sut mahsuldorligi buzoqlar tirik vazniniig 6 oylikdagi, oddiy xo„jaliklarda 8 oylikda ko„rsatkichlari andoza talablariga solishtirilib baholanadi. Birinchi tug„im sigirlar uchun andoza talablari 10 %, ikkinchi tug„imda esa 5 % kamaytiriladi. Sigirlar sutining tarkibidagi yog„ miqdori bir oyda bir marta aniqlanadi, uning uchun 2 kunlik sutdan namuna olinib o„rtacha yog„ miqdori aniqlanadi. Sigirlar laktasiyasi davomidagi o„rtacha sutning yog„liligini aniqlash uchun sut 1 % yog„likdagi sutga aylantirilib, haqiqiy sog„ib olingan sutga bo„lish bilan aniqlanadi. Davlatga sut sotish. Sut ishlab chiqaruvchilar sutni o„zlari qayta ishlashlari, sut tayyorlov idoralari tomonidan sifati va xossalariga qarab qabul qilinadi. Sutning tarkibidagi yog„ning miqdori, nordonligi, tozaligi, bakteriyalar bilan ifloslanganlig qarab sut navlari asosida qabul qilinadi. Qabul qilingan sut miqdori bazis yog„lilik asosida belgiliniladi. Bazis yog„lilik har bar viloyat uchun urchitilayotgan zotlarga qarab mamlakat hukumati tomonidan 5 yilda bir marta belgilanadi. 3.1.2. Qoramollarning go‘sht mahsuldorligi. Qoramol go„shti yuqori to„yimligi va oziq-ovqat sifatlari bilan boshqa go„shtlardan o„larok, jahon miqyosida barcha xalqlar tomonidan so„yib iste‟mol qiliniladi. Ayniqsa maxsus boqilgan go„shtdor qoramollar go„shti o„zining “marmarsimon” tuzilishi, xushta‟mligi bilan ajralib turadi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mol go„shti asosan sut yo„nalishidagi yosh va puchak qilingan mollar hisobiga to„g„ri keladi. Go„sht yo„nalishidagi mollarda olinadigan go„sht nisbat jihatdan juda kam, chunki ushbu soha mamlakatimiz keng tarqalmagan. Jami ishlab chiqarilayotgan qoramol go„shtining 70% yosh va 30% puchak 138
Qoramol go„shti boshqa go„shtlardan muskul va yog„ to„qimalarining nisbati bilan farqlanib, uning tarkibida muskul to„qimasi ko„proq bo„lishi bilan ajralib turadi. Unig tarkibida xolestirin modda qo„y yoki cho„chqa go„shtiga nisbatan ancha kam. Qoramol go„shti to„yimliligi uning tarkibida almashtirib bo„lmaydigan aminokislotalarga boyligi bilan ajralib turadi. Unda arginin, lizin, metionin, triptofan, sistin, tirozin, gistidin kabi aminokislotalarga boy. Bundan tashqari uniig tarkibi yog„ kislotalari mineral va vitaminlarga boy. Shuning uchun ham uning inson tanasi tomonidan 95% hazmlanadi. Go„shtning sifat ko„rsatkichlari belgisi bo„lgan uning morfologik va kimyoviy tarkibi hayvonning zotiga, jinsiga, yoshiga, semizlik darajasi, oziqlantirish va saqlash sharoitlariga bog„liq bo„ladi. Qoramol nimta go„shti tarkibida turli omilar natijasida muskul to„qimasi 42-68%, yog„ 14-30%, suyak 13-20% va biriktiruvchi to„qima, pay va tog„aylar 10-14% bo„ladi. O‟rtacha semizlikdagi voyaga yetgan qoramol go„shtining tarkibi quyidagicha bo„ladi; suv 66%, oqsil 20%, yog„ 23%, madanli moddalar 1,0%, 1 kg shu sifatdagi qoramol go„shtining to„yililik darajasi 7560 Kdj. Buzoq go„shtida suv miqdori ko bo„lib (72%), yog„ning (15%) va biriktiruvchi to„qimaning miqdori ancha Qoramollar go‘sht mahsuldorligiga ta’sir qiluvchi omillar Qoramolning go„sht mahsuldorligiga ta‟sir qiluvchi asosiy omil hayvonning zoti hisoblanadi. Ayniqsa go„sht yo„nalishidagi qoramollar yuqori go„sht mahsuldorligiga ega bo„ladi. Ular o„zlarining tez yetiluvchanligi, so„yim chiqimining yuqori bo„lishi va ajoyib go„sht sifati bilan ajralib turadi. Ularnig tirik vazni 600-1000 kg, so„yim chiqimi 65% bo„lib, yaxshi bo„rdoqilanib, 1kg vazn ortishi uchun kam oziqa sarflaydi. O‟zbekistonda asosiy go„sht yo„nalishidagi zotlar qozoqi oqbosh, santa- gertruda, aberdin anguss zotlari bo„lib ularning go„shtining to„yimliligi yuqori bo„lib mazaligi jihatdan yuqori baholanadi. Ko„pgina sut va ayniqsa sut-go„sht yo„nalishidagi qoramollarning ham yuqori go„shtdorlik imkoniyatlari borligi aniqlangan. Jadal o„stirilgan yosh qoramollar 15 oyligida 450-500kg vaznga ega bo„lishi va 1kg tirik vazni ortishiga 6,5-7,0 oziqa birligi sarflaydi. Xulosa Ko„pgina tajriba va ishlab chiqarish jarayoni bichilmagan novvoslar axtalanganlariga nisbatan 10-15% ko„p tirik vaznga ega bo„ladi. Agarda xo„jalikda go„sht uchun qoramolarni guruhlab, yaylov sharoitida o„stiriladigan bo„lsa ularnin 5 oyligida bichish maqsadga muvofiq. Bichilmagan novvoslar albatta bog„la bo„rdoqilash tavsiya etiladi. Qoramollar go‘sht mahsuldorligining hisob-kitobi. Qoramollar go„sht mahsuldorligi hayotlik davrida tirik vazn, tez yetiluvchanlik va I kg vazn ortishiga sarflangan oziqa birligi bilan inobatga olinadi So„yim ko„rsatkichlari nimta og„irligi, so„yim chiqimi, go„shtning morfologik, kimyoviy tarkibi va mazaligi bilan belgilanadi. Qoramollar go„sht mahsuldorligi nazorat so„yim o„tkazilishi bilan aniqlanadi, uning natijalari naslchilik shlarida foydalaniladi. Qoramollar tirik vazni (nimta og„irligi, uiing sifatiga) jinsi, yoshi, semizligiga qarab harid idoralari tomonidan qabul qilib olinadi. Ular qo„yidagi yosh va jins guruhlariga bo„linadi: I-xo‘kizlar, sigirlar, buqalar; II- 3 yoshgacha bir tuqqan sigirlar; III-3 oydan 3 yoshgacha yosh qoramollar; IV- 14 kunlikdan 3 oygacha bo‘zoklar. Qoramollar semizligi ularning tirikligida tanasining tuzilishi, mushaklarning rivojlanishi, teri ostida yog„ning to„planishi, so„ygandan keyin esa gavda go„shtiga, ichki a‟zolar atrofida to„plangan yog„ va muskul tolalar orasidagi yog„ qatlamiga qarab baholanadi. Sigirlar, xo„kizlar va yosh qoramollar o„rtadan yuqori, o„rta va o„rtada past semizlikga bo„linadi. Buqalar va buzoqlar semizligi faqat 2 kategoriyaga bo„linadi 1 va II kategoriya. Download 24.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling