Kuz Saxovati Darsning maqsadi


Download 0.57 Mb.
Sana10.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1185558
Bog'liq
suz sahovati Mardonova


Sana :
Mavzu : Kuz Saxovati
Darsning maqsadi:
• O`quvchilarni to`g`ri va ravon ifodali o`qish ko`nikmalarini oshirish. TK6: mavzudan kelib chiqqan holda shaxsiy rejalarni tuzish;
•Tabiatni sevish, uning ne’matlarini isrof qilmaslik va tejamkorlik hissini tarbiyalash. F2:Og’zaki nutqini boyitish
O’quvchilarni mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stirish.
Dars jihozi: Kuz fasliga oid slaydlar, ko’rgazmali qurollar.
Dars uslubi: Guruhlarda ishlash, ta'limni bosqichli izchillikda amalga oshirish. Bosqichlarda interfaol usullarni o'z o'rnida qo'llash

Darsning borishi

T/r

Bo`limlar



Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

Darsni yakunlash va xulosalash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa

  1. daqiqa



  1. Tashkiliy qism .

Salomlashish, davomatni aniqlash.
O`qituvchi: aziz o`quvchilar hozir biz sizlar bilan yurtimizning go`zal tabiatiga sayohat qilamiz. Hozir qaysi fasl? Bu vaqtda tabiat qanday ko`rinishda bo`ladi?

  1. O`tgan mavzuni mustahkamlash

Vatanimizni ulug`lovchi fikrlar bo`limdagi qaysi asarda berilgan?


2. Buyuk insonlar avlodi bo`lish uchun nimalar qilish kerak?
3. Qaysi aarlarda yurtimizning o`ziga xos jihatlari ko`rsatib berilgan?
Misollar bilan tushuntiring.
4. Mavzuga doir qanday maqol va hikmatli so`zlarni bilasiz?

  1. Yangi mavzu bayoni



Aziz bolajonlar! Atrofingizga bir qarang, bizga sezdirmaygina oltin kuz fasli ham kelib qoldi. Bog`larda uzumlar sharbatga to`ldi. Polizlardagi qovun-tarvuzlar katta mashinalarga shahrlarga yo`l olib, bozorlarimizni to`ldirdi. Oltindek behilar avaylab terib olindi va savatlarga joylandi. Bog`bo Salimboy ota o`zzlari yaratgan bog`ga mahallamiz bolalarini olib borib, “Daraxtlarga bekinib qolgan mevalarni terib olinglar, uvol bo`lmasin. Uyga olib ketasizlar” ,-dedi. Alisher va malika bir chelak, olma, Nafisa bilan Shohjohon ikki chelak nok terdi. Mehribonu jajji paqirchani anjirga to`ldirdi. -Bobojon, biz ham sizga o`xshab bog`bon bo`lsak maylimi?- deddi Alisher.
- Albatta, bolajonim, sizlar onayurtimizda qancha ko`p bog` yaratsangiz, Vatanimiz shuncha gullab-yashnaydi, - dedi bobo. – Saxovatli kuz esa dasturxonimizni ne`matga to`ldiradi. Bolalar yo`l bo`yi bobodan kuz haqida hikoyalar eshtishdi: dov-daraxtlar qish oldidan barglarini to`kadi, tokzorlar kesilib, qo`ndoq qilib usti yopiladi. Alli bolalar o`lkamizda qishlaydigan qushlar uchun in yasaydilar va daraxt shoxlari orasiga joylashtiradilar. Xazonlarni yig`ishtirib oladilar va yer bag`riga o`g`it uchun ko`madilar. Chaqqon qizchalar yo`laklarni chinniday qilib supurib, xazonlardan tozalaydilar
IV. Mustahkamlash
O`quvchilar oltin kuz fasli haqida she`rlar aytishadi
Mevalarni Shakar etding,
Yaproqlarni
Sim-zar etding,
Oltin kuzim.
To’kin-sochin
Dala-yu bog…
Dehqonlarnin
Yana xazonrezgilik,
Bog’lar rangi siniqdi.
Dilda hokim ezgulik,
Anhorda suv tiniqdi.
Oq yaktakli qayinlar
Taqdi yana zar baldoq.
Qushlarga gap tayinlab,
Chag’-chag’laydi zarg’aldoq.
Ufq orti lolagun,
Daraxtlardan rang olar.
Xayrlashib kuz bugun,
Sochar oltin tangalar
Tarmoqlash” o`yini



V.Darsni xulosalash:
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar bilimini baholash. G`olib qatorni aniqlash. Rag`batlantirish

VI.Uyga vazifa:
Kuz fasli haqida rasm chizib, mavzuni o`rganib kelish.
Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling