1. Jadidchilik xarakatining moxiyati, maksadi va yo‘nalishlari


Download 75.72 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi75.72 Kb.
#1750739
Bog'liq
turkiston o\'lkasi jadidchilik harakati namoyondalari


Reja:
1. Jadidchilik xarakatining moxiyati, maksadi va
yo‘nalishlari.
2. Jadidchilik va ijtimoy-siyosiy xarakatchilik.
3. Tashkiliy kurilishlar yo‘lida ittixod va tarakkiy
4. Jadidlar va ularning davlat dumasidagi siyosiy faoliyati.
5. Jadidlarning maxalliy jamiyatlari va uyushmalari.

6. MAHMUDXOʻJA BЕHBUDIY – SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI

Kirish



Jadidchilik Turkistonda 19 asrning oxirlarida maydonga kelgan, 20 asr boshlarida shakllanib, kiska muddatda o‘zining xaddi a’losiga ko‘tarilgan, 1917 yilgi bolsheviklar to‘ntarishidan keyin xam sotsiaststik diktatura o‘rnatilgunga kadar o‘z mavke va yo‘nalishini saklab kola olgan ijtimoiy xarakatdir. U ijtimoiy turmushning barcha jabxalarini kamrab olgan edi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, mazkur davrda yuzaga chikkan na siyosiy, na madaniy biror xodisa yo‘kki, uning e’tibor va ta’sir doirasidan chetda kolgan bo‘lsin.
«Jadidchilik»ning asosida «jadid» so‘zi yotadi. «Jadid»ning ma’nosi «yangi» demakdir. U shunchaki «yangi» yo bulmasa, «yangilik tarafdori» degani emas. Balki «Yangi tafakkur», «yangi inson», «yangi avlod» singari keng ma’nolarni o‘zida mujassam etgan. Istiloxning kirib kelishi Ismoilbek Gasprali (Gasprinskiy) ochgan yangi maktab nomi bilan bog‘lik. U yozadi: «...1884 sanasi Bokchasaroyda bir maktabni «usuli jadid»ga ko‘ymish edim» . Bu boshlanishi edi. Istiloxning mazmuni maktab doirasida kolmadi, albatta.
Abdulla Avloniyning «Tarjimai xol»idan: «Shul zamonda (1894—1904 yillar ko‘zda tutiladi O.A) yerli xalkar orasida eskilik-yangilik kadim-jadid janjali boshlandi. Razit ukituvchilarni mullalar «jadidchi» nom bilan atar edilar» . Jadidlar Usmonli Turkiyadagi «Ganch (yosh) turk», «Ganch usmonli» ta’siri bilan «Yosh buxoroliklar», «Yosh xivaliklar», «Yosh turkistonliklar» deb xam nomlandilar. Birinchi ikki nom rasmiy tashkilot darajasiga ko‘tarildi.
Demak, jadidchilik xurlik, ozodlik uchun kurash jamiyatning bosh maksadlaridan kilib belgilangani ma’lum bo‘ldi.
1. Jadidchilik xarakatining maksadi, mazmuni va moxiyati
Jadidchilik okim emas, xarakat. Ijtimoiy, siyosiy. ma’rifiy xarakat. Yakingacha xam u fakat ma’rifatchilik xarakati deb kelindi. Bu ataylab kilingan edi. Maksad —jadidchilikning doirasini toraytirish, sotsialistik- kommunistik mafkuradan boshkasi keng xalk ongini kamrab olishi, egallashi mumkin emas, degan soxta tushunchaning asorati edi. Aslida esa:
1) jamiyatning barcha katlamlarini jalb eta oldi. Uyg‘onish mafkurasi bo‘lib xizmat kildi;
2) mustakillik uchun kurash olib bordi. Uning g‘ayrat va tashabbusi bilan dunyo ko‘rgan Turkiston muxtoriyati bu yo‘ldagi amaliy xarakatning dastlabki natijasi edi;
3) maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maksadlarga moslab chikdi.
Turkistondagi jadidchilik XIX asrning 80-yillarida Rusiya musulmonlari, xususan, Kavkaz va Volga buyida yoyilgan shu nomdagi tarakkiyparvarlik xarakatining bevosita ta’siri va samarasi sifatida dunyoga keldi. Bunda yukorida nomini zikr etganimiz Ismoilbek Gaspralining «Tarjimon» gazetasi (1883) va u asos solgan «usuli jadid» (ikkinchi nomi «usuli savtiya») maktabi (1884) xal kiluvchi rol o‘ynadi . Shuningdek, bizdagi XIX asrning boshlaridagi eski maktab-madrasa tizimidan noroziliklar, tarakkiyotga to‘sik bo‘la boshlagan
«Jadid» atamasi Turkiyada XX asr boshidagi adabiyotga, uning xam birgina yo‘nalishiga nisbatan ishlatiladi. Shuningdek, «Rusiya jadidchiligi» o‘zimizda esa, «Buxoro jadidchiligi», «Turkiston jadidchiligi» degan atamalarni uchratamiz. Bizningcha, xarakat umumiy, ko‘rinishlar konkret bo‘lgani uchun farkli, moxiyat bitta — yangilanish. Bu turli joyda turlicha shaklda namoyon bo‘ldi. Masalan, Turkiyada 1839 yildagi mashxur Mustafo Rashit Posho tomonidan yozilib, Gulxona maydonida e’lon etilgan va tarixga «Gulxonai xatti Xumoyun» nomi bilan kirib, «Tanzimot»ni boshlab bergan davr xam, bizcha, yangilanishdir — jadidchilikdir.
Tug‘ri, u asosan, g‘arblashishni tamal kilib olgan edi. Shuning uchun xam ko‘p o‘tmay, bunga karama-karshi ravishda «turkchilik», «usmonchilik», «islomchilik», «turonchilik» kabi milliy g‘oyalar o‘rtaga tashlandi. Ovrupolashish bizda xam jadidchilikning muxim xususiyatlaridan bo‘lgan. Chor xukumati bundan maxalliy xalkni Ruslashtirish yo‘lida foydalandi xam. Lekin mezon maxalliy xalkning o‘z dini va e’tikodini daxlsiz koldirish, Ovrupo ilm-fanini shularning muxofazasiga xizmat kildirish uchun bu yerda xam kurash ketdi. Turkchilik, islomchilik, maxalliy o‘zbekchilik kabilarning bu srda xam maydonga kelishi bejiz emas. Aslida, bizning jadidlarda fikr va g‘oya juda kuchli. Mana, masalan, Dukchi Eshonni oling. U kuch, zo‘rlik bilan mustakillikka erishish tarafdori. U xam jadid din isloxotchisi. siyosiy kurashchi. Juda ko‘p jadidlarimiz uni rad etdilar. Bir kator jadidlarimiz ongli suratda sovetlar bilai xamkorlik kildilar, kommunist bo‘ldilar. Bu bilan xam xisoblashmok kerak. Bu xol, ayniksa, mustakillik uchun olib borilgan kurashda yakkol ko‘rindi. Bu borada 3 yo‘lni kuzatish mumkin:
1. Rusiyaga tobelikdan zo‘rlik bilan kutulish, kuch bilan istiklol olish (Dukchi eshon ko‘zgoloni, 1916 yil mardikorlik xarakati, istiklolchilik xarakati).
2. Murosa yo‘li. Ruslar yordamida ma’rifatga erishish. Ma’rifat masalasida xak-xukuk olish, milliy xususiyatlarnn tiklash (I. Gasprali, M. Bexbudiy).
3. Xamkorlik yo‘li. Chor ma’murlari, so‘ng esa Sho‘ro xukumati bilan birga ularning dasturlarida katnashish va imkon bo‘lishi bilan mustakillikni ko‘lga olish. Buning uchun ma’lum tayyorgarlik ko‘rib borish (Munavvar Kori. Xamza, Avloniy).
Nixoyat, bizdagi jadidchilik Kavkaz, Volgabuyi, Turkiyadagi jadidchilikka nisbatan an’analarga ko‘prok bog‘lanib kolgan, umumovrupo ijtimoiy-madaniy jarayoniga tortilish darajasi kiyinrok kechgan jadidchilik. Bizda xar bir yangilikning kirib kelish jarayoni g‘oyat og‘ir kechgan. Mana shu xil asliy xususiyatlarimizni anglash va anglatishda ziyolilar zimmasiga juda katta mas’uliyat yuklatilgan edi. Tarix shunchaki xabardor bo‘lish uchun o‘rganib ko‘yilmaydi. U oyna, ibrat, tarbiya vositasi bo‘lmori kerak edi. Lekin ularni oldin bilmok, kerak, keyin kanday tiklash masalalarini uylamok, lozim.
Ikkinchidan, birgina tarix bilan cheklanib bo‘lmasdi Undan kelib chikkan xolda zamon extiyojiga javob bermok lozim edi. Milliy mafkura konsepsiyasi millatning asliy xususiyatlaridan kelib chikmog‘i va uning tabiati, aklu tafakkuri, extiyoj-zarurati, imkoniyati kabilarga mutanosib g‘oyalar asosiga kurilmog‘i lozim edi. Milliy ideallarimizni belgilash lozim edi. Unutilgan milliy kaxramonlarimizni, fan doxiylari, din doxiylari, xarb doxiylarini, mashxuri jaxon shoirlarimiz, ijodkorlarimizni tanish va tanitish kerak edi... Ular millatga xos aklu zakovatini, sabru tokatni, g‘ayrat-shijoatni, zavk-shavkini o‘zlarida namoyon etgan edilar. Kadriyatlar (din-diyonat, urf-udum, marosimlar), tarix va tarixiy shaxslar. Ular kutargan adolat bayrog‘i millatni bir va bor kiladigan asosiy omillar edi .
2. Jadidchilik va ijtimoy-siyosiy xarakatchilik.

Jadidchilik, shunchaki bir ma’rifiy, madaniy-okartuv xarakatigina emas edi. Buni sovet siyosatchilari yaxshi bilar edilar. Shunchaki xarakat bo‘lganida ular katagon kilinmas edilar. Ularga «xalk dushmani», «Vatan xoini» degan tavki la’natlar yopishtirilmas edi. Darvoke, «xakkoniylik» da’vo kilib kelgan tarixchilarimizda xam buni paykash kiyin emas. A. V. Pyaskovskiy yozadi: «Shu vaktdan (1905—1917-yillar ko‘zda tutilmokda — B.K,.) e’tiboran Turkistonda «jadidchilik» deb tanilgan burjua-liberal, millatchilik xarakachi keng yoyila boshladi va usuli jadid maktablari ochish va targ‘ib etish, madaniyatparvarlik singari dastlabki tor doirasidan chikib, anik ko‘zga tashlanib turuvchi siyosiy axamiyat kasb etdi» . Darxakikat, jadidchilik siyosiy xarakatlar bilan bog‘lanmasligi mumkin emas edi. Masalani yaxshirok tushunib olish uchun uning tarixiga yana bir bor ko‘z tashlash extiyoji tug‘iladi. Umuman, Rusiya istilosidan so‘ng o‘lkada ko‘plab xalk g‘alayonlari yuz berdi. Ularning aksariyati mustakkllik yo‘lidagi urinishlar edi. Birok tashkiliy jixati nochor bo‘lib, ko‘pincha diniy motivda kechdi. Umuman. o‘z ko‘lami va okibatlari bilan butun Turkistonni larzaga solgan bu xarakat va uning adabiyotdagi talkini tarixchilarimiz xamda adabiyotshunoslarimiz xamkorligida o‘rganilishi zarur bo‘lgan masalalardan. Asr boshidagi vokealar, rus-yapon urushidagi mag‘lubiyat Rusiyani buxronga olib keldi. Ichki milliy nizolar, noroziliklar kuchaya boshladi. Lekin tobe millatlar o‘z xak-xukuklari uchun endi ilgarigiday kurashish tug‘ri emasligini anglab yeta boshladilar. Turkistonda xam sekin-asta uyg‘onish boshlandi. Rusiyada, xususan Kavkaz, Volgabuyida yashovchi turkiy millatlar bilan yakinlashishga, xamkorlikka intilish kuchaydi. Yangi g‘oyalar kirib kela boshladi. Islomchilik (panislomizm), turkchilik (panturkizm) shundaylardan edi. Bu g‘oyalar XIX asrning o‘rtalarida Usmonli davlatida paydo bo‘ldi. Dastlab «usmonchilik» o‘rtaga ko‘iildi.


Ma’lum bulishicha, o‘z davrida N.I.Ilminskiy (1822— 1891) kabi shovinist turkologlar tufayli missionerlik o‘chog‘i sifatida shuxrat kozongan. Kozondagi Diniy akademiya rektori xazrat Aleksiydan 1908 yilningso‘nggi oylarida Rusiya Ichki ishlar vazirligiga «Rusiya musulmonlari orasida zamonaviy xarakatlar» mavzuida uzun bir ma’lumotnoma tushgan va unda musulmonlar orasida panislomizm (ta’kid bizniki — B. K,.) degan bir narsa yoyilayotganligi aytilgan. Xukumat shu munosabat bilan g‘ayridinlarning diniy ishlari departamentida musulmonlar xarakatini o‘rganuvchi aloxida xay’at tuzgan. Bu S. Maksudiy iborasi bilan aytganda, musulmonlar milliy xarakatchiligiga karshi tadbir ishlab chik,ish komissiyasi edi. Rusiya musulmonlari orasida maktablar ochilayotganligi, gazeta-jurnallar chika bosh-
lagani «panislomizm» deb ko‘yilgan aybning bosh dalili sifatida keltirilgan edi.
Sadri Maksudiy 1912 yilda 3-Dumaning yigilishlaridan birida yana bu masalaga kaytadi. «Vakt» (1912, № 955-son)da bosilgan nutkidan parcha keltiramiz: « ...Takror aytaman, afandilar, bizda dalavlatga karshi xech bir xarakat yo‘k. Bizda fakat bir tilak bor: u xam bulsa, ulug‘ Rusiya imperiyasining komil xukukli xur grajdani bo‘luvni tilashdan iboratdnr... uylaymanki, bizning milliy turmushimiz bilan Rus davlati orasida bir-biriga xilof kelarlik ish yo‘k. Biz xar vakt Rusiya davlatining olg‘a boruvini, zo‘rayuvini tilovchi Rusiya grajdani mamlakatimizning umumiy ishlarinda birga yurajakmiz. Lekin o‘zimizning oila va millatimiz ichinda. Aslofamizning bizga meros va vasiyat kilib koldirgan mukaddas narsalarini saklagon xolda dunyoda yasharga, asrlardan beri uyushkon milliy ruximiz tilagan ravishda dunyoda yasharga bizga erk bering» . Panislomizm aybi bilan saltanatdagi turkiy xalklar xukuklarini cheklash va ruslashtirishning kuchayib borganini paykash kiiin emas.
3.Tashkiliy kurilishlar yo‘lida ittixod va tarakkiy

Turkchilik Turkiyada muayyan tashkiliy kurilishga xam ega edi. Jumladan, 1889 yil 21 mayda «Ittixod va tarakkiy» jamiyati tuzildi. Jamiyatning Turkiston siyosiy-madaniy xayotiga xam sezilarli ta’siri bo‘lgan. Jamiyat yashirin, inkilobiy xarakterda bo‘lib, Sulton Abdulxamidning feodal mustabid siyosatiga karshi turgan, Rarbda «Yosh turklar» deb nom olgan tarakdiyparvar milliyatchi yoshlarni O‘Z atrofiga uyushtirgan edi. Uningtartib-nizomida, ish usulida Ovruponing ta’siri sezilib turardi.


ITTIFOKI MUSLIMIN
Turkistonlilarning Rusiya va Turkiston doirasidagi milliy uyushma va xarakatlarga ishtiroki masalasiga kaytaylik. Darvoke, yakinda yosh isge’dodli tarixchilarimizdan R. Abdullayevning «Islom dunyosidagi xamkorlik jarayoni va Turkiston jadidlari» nomli kizikarli makolasi bosilib chikdi. Rusiya ko‘l ostidagi musulmonlarning anikrog‘i, turk (islom) xalkining o‘zlikni anglash, til, din, urf-udum asosida o‘zaro yakinlashish va ularni muxofaza kilish uchun birgalikda kurashish, pirovard-okibatda siyosiy mustakillikka erishish yo‘lidagi XIX asrning 80-yillarida boshlangan xarakatlari 1905 yil Rusiyadagi tarixiy shart-sharoitlar bilan amaliy tus oldi. Lekin Ismoilbek va Alimardonbek mazkur yig‘in «xalklarning afkor va maromlarini, idrok va darajotini mezona tortajak majlisi ibtidoiya» ekanligi, «sotsial demokratik emaslagini maydoni mushovaraya chikarmok munosib xol ko‘rilmasligi» sababli ularga izn bermaydilar. Fakat ikki kishiga muzokaralarda katnashmaslik sharti bilan «somiun» (tinglovchi) sifatida paroxodga chikishga ruxsat etiladi. Vakillar xar viloyat, shaxardan 2-3 kishi bo‘lib ular orasida Abdurashid Ibroximov, 2 kun oldin Fransiyadan yetib kelgan Yusuf Okchura kabi dunyoga tanilgan kishilar bor edi. Tush vakti majlis boshlanadi. Ismoilbek — rais, Alimardonbek bilan Abusaudmirzo muovinlar kilib saylandilar. Asosiy masala «Rusiya musulmonlarining xukuki siyosiy va ijtimoiy xukuklarini... mudofaa etmak matlabi»ni ko‘zda tutuvchi «Ittifoki muslimin» jamiyati ta’sis etiladi. Uning taktikasi muxokama kilinib, «ruslarning eng a’lo bir firkasi-la muttafikan» ish ko‘rmog‘i maksadga muvofik topiladi. Ishni yo‘lga ko‘ymok uchun barcha viloyat va mintakalarda, shu jumladan, Turkistonda «Ittifoki muslimin» sho‘balarini ochishga kelishilib, munosib kishilar tayin etiladi. «Ittifok»ning nizomini tuzish va II Shuroyi ummatga takdim etish Alimardonbek To‘pchiboshevga topshiriladi.
Lekin, afsuski, 1906 yilning 19-23 yanvarida Sankt-Peterburgda to‘plangan 11-s’ezd ko‘ngildagidek o‘tmadi. Avvalo, bu s’ezd xam norasmiy, yashirin o‘tkazildi. Ikkinchidan, shoshilinch chakirilganligi pand berdi. Yetarli sharoit bo‘lmadi, eng yomoni igvogarlar kirib kolnb, s’ezd yo‘nalishini bo‘zishga erishdilar. «Tarjimon»ning yozishiga karaganda, s’ezdga 108 vakil katnashgan. Majlis mitingga aylanadi. Uni boshkarayotgan Ismoilbek sotsialistlar xurujini ko‘rib, rayosatni tark etadi va majlisdan chikib ketadi. Nizom «muvakkat»ligicha koladi .
Shuning o‘zi xam muxim edi. Chunonchi, 23 bandlik nizomda Rusiyada yashovchi musulmonlar joylashish o‘rinlari, kavmiy xususiyatlari jixatidan 16 tumanga bo‘lib chikilgan, xar birining markazida kengashlar tuzilib, ularning a’zolari umumiy yig‘ilishlarda saylangan vakillardan tashkil topar edi . Buni Bexbudiy xam tasdiklaydi: «Ushbu yil (1906 yil ko‘zda tutiladi — B. K.) avvalida, — deb yozgan u «Xayrul umuri avsatuxo» makolasida, — Pitrburgda g‘ayrirasmiy yana bir majlis-s’ezd yasab, karornoma nashr etdilar» . 111-s’ezd 1906 yilning 16avgustida Nijniy Novgorodda tuplanib, 5 kun davom etdi. Oldingi xar ikkisidan farkli o‘larok majlisga ikki kun kolganda Ichki ishlar vazirligidan ruxsat olishga muvaffakbo‘lnadi. Lekii bu yig‘in, xam «osoyishta» o‘tmadi. Tug‘rirog‘i, o‘tar-o‘tmas, DavlatDumasidagi musulmon fraksiyasiga chor rasmiy matbuoti xujum boshladi. Xujumning musulmon fraksiyasiga karatilgani sababi shunda ediki, oldingi xar ikki anjuman singari buni xam Dumadagi Musulmon fraksiyasi vakillari, anikrog‘i, Ismoilbek Gasprinskiy, Alimardonbek To‘pchiboshev, Abdurashid Ibroximov, Sadri Maksudiylar uyushtirgan edilar.
Markaziy ko‘mita a’zolari partiyaning yangi tayyorlangan 75 moddalik dasturini muxokama etdilar. Ikkinchidan, s’ezd Rusiyadagi barcha musulmonlarning milliy-maishiy xayotlariga oid zarur karorlar kabul kilindi. Xususan, maktab-madrasalar ta’limini muvofiklashtirishni ko‘zda tutuvchi 23 moddalik g‘oyat muxim bir dasturni tasdikladi. Unda barcha ibtidoiy (boshlang‘ich) va rushdiy (o‘rta) maktablarda «ta’lim ona tilida bo‘ladi» (3-modda), «8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarning o‘kishi majburiy» deb yozilgan edi. Diniy idoralarga imomlarga ajrnomalar yuborish topshirildi, kozi-muftilar bu ishni lozim darajada nazorat kilmasalar, ishdan olishgacha jazo ko‘llashga karor kilindi . Shuningdek, «karorda o‘kish va ta’til muddatlari, barcha maktablarning dasturlarini bir-biriga yakinlashtirish, ularni tuzish va muxokama kilish uchun 1907 yilning mayida buladur. Bu partiya 31 kishini a’zoi markaziya saylab, ularga Bodi kubodagi (Boku ko‘zda tutilmokda) Alimardonbek To‘pchiboshev janoblarini sadrnishin va Kozondagi Yusuf Afandi Okchurin janoblariii mustashor sailabdurlar...» R. Abdullayev 15 ta deb keltiradi «Tarjimoi» gazetasida «Musulmonlar ittifoki»ning idorai markaznna sayilanmish kishilarnnng asosiysi» sifatida 15 kishining ruyxati berilgan. Bular Abdurashid Ibroximov (Peterburg), Yusuf Okchurin (Kozon), Saidgaray Alkin (Kozon). Ismonlbek Gasprinskiy (Bokchasaroy). Alimardonbek Tupchiboshev (Boku). Mullo Abdulla Apanayev (Kozon). Olimjoi al-Barudiy (Kozon), Sadriddin Maksudov (Kozon). Xaydarmirzo Sirtlonov (Ufa), Muso Begnev (Peterburg). Abdulla Ne’matullin Bubiy (Vyatkii), Xodi Maksudiy (Kozon), Mustafo Davidovich (Bokchasaroy). Kushchi Rulov (Kozok-kirg‘iz dala pnloyatn), Salimgaroy Jonturin (Ufa) , «Saylaimish kishilarnnng asosiisi» deyilishiga Karaganda yana ko‘shilgan tarkibda Turkistondan biror kishi yo‘kligi xam buni ko‘rsagib turibdn. Bexbudiy yukoridagi makolada yozadi: «Bu 31 nafar a’zolarina Rusiyadagi axli musulmonlardan bir nscha a’zo intixob kilib olmokga karor bermishlar. Ammo bu bobdagi jaroid va tasvidatga karag‘onda bizni Turkistondai bir nafar a’zo iitixob |kilmokka karor bermishlar. -Lekin 6 mnlyunlik Turknston musulmonlaridan bir a’zo ozdur. Besh oblustdan 30 nafar, xam Buxoro va Xeva va Turkistoni Chiniydagi musulmonlardan birtadan a’zo olmok lozimdur. Bu komitet va a’zolar vakt-bevakt jamlanib, diniy va ilmiy maoshi tug‘risinda mashvarat kilib. musulmoplarni ilman va molan, dinan taraniy va taolilariga xizmat kiladurlar...»
«Ittifok,i muslimin»ning bunyod bo‘lishi va uch yig‘ini shu yo‘ldagi xarakatlardan edi. Bexbudiyning yakinda Ismoilbek Gasprali arxividan topilib, tanikdi tadkikotchi Temirxuja tomonidan faksimel nusxasi va izoxlar bilan Gollandiyada nashr etilgan «Turkiston muxtoriyati loyixasi» bunga yana bir karra ishontiradi. Bexbudiy 1907 yilda yozib, «Ittifoki muslimin» muxokamasiga takdim etgan ushbu loyixada juda katta jur’at va jasorat bilan Turkistonning ijtimoiy, siyosiy, madaniy kurilishi — davlat idorasi dasturi tuzib berilgan ediki, u xakda tarixchi va xukukiunoslarimiz o‘z fikrlarini bildiradilar.
4.Jadidlar va ularning davlat dumasidagi
siyosiy faoliyati.
Millatdoshlarimiz rasmiy tashkilotlardan xam foydalandilar. Afsuski, panturkizm, panislomizm andisha si tufayli Davlat Dumasidagi musulmon fraksiyasi va uning faoliyati o‘rganilgan emas. Mashxur 1905 yil 17 oktyabr Manifesta Rusiya tarkibidagi g‘ayrirus millatlarga xam tenglik, vijdon, matbuot erkinligi e’lon kildi. Ilk o‘zgarishlardan biri xalk orasidan vakillar saylash yo‘li bilan tuziladigan yukori xokimiyat organi Davlat Dumasining tashkil topishi bo‘ldi. 1905yilning 11 dekabrida saylov konuni chikdi. 1906 yil 27 aprelida I Davlat Duma ish boshladi. Duma deputatlari orasida musulmonlar xam bor edi. Ularning adadi, albatta, juda oz edi. Musulmonlar yashaydigan joylardan xam ko‘prokruslar olinar edi. Bu rasman bekitilmas xam edi. Masalan, Turkistondagi 5 mln. musulmondan 6 deputat bo‘lgani xolda, 700 ming rusdan 7 kishi Davlat Dumasiga deputat kilib saylangani o‘lka xukumatining rasmiy gazeti «Turkiston viloyati gazeti»ning 1907 yil sonlarida bir mecha marta yozib chikilgan edi.
Lekin musulmon deputatlar I Dumadayok, o‘z fraksiyalarini tashkil kilgan edilar. Fraksiyaning tashkil topishida «Ittifoki muslimin»ning roli katta bo‘ldi. Dumaga saylangan musulmon deputatlariningaksariyati «Ittifoki muslimin»ning Markaziy Komiteta a’zolari edilar. Musulmon fraksiyasining raxbarlari boshda Muxammad Tevkilov — rais, Sadri Maksudiy — kotib (oxirgi Dumada kotib — Mustafo Chukayev) bo‘lganlari ma’lum. Davlat D'masi shunchaki, xo‘jakursinga edi, albatta. Chor xukumati gap ruslarga nisbatan buyuk rus millatchiligi siyosatini og‘ishmay amalga oshirardi. Shunga karamasdan, Duma millatningo‘z dardlarini aytib olishi uchun bir minbar bo‘ldi. Axmad Zaki Validiy II Davlat Dumasi a’zolarndan turkistonlik uch kishining nomini tilga oladi. Bular: Abdujalil o‘g‘li Toshpulat , Maxmudjon o‘g‘li Solixjon, Ab dulvoxid kori. Toshkentdan, din
vakillaridan. 1908 ynlda Tulada surguida paytda L. N.Tolstoy bilan uchrashgan va 1910 yilda uning dafn marosnmnda katnashgan. Shoir Bois Korpev (Olton )nnng otasi bor edi.
Musulmonlar fraksiyasi a’zolarining 30 ga yakin bulgan. Ilk ikki Duma orasida Markaziy Rusiya va Sibir musulmonlari kizg‘inrok faoliyat ko‘rsatdilar va «muxtoriyat» fikrini ko‘tarib chikdilar. Bu g‘oyani ilgari surganlar Duma a’zolari kozok sultonlari naslidan Saidgaroy Sulton Jonturin, boshkird advokati Aliaskar Sultonov xamda deputat bo‘lmasa-da, butun Rusiya yaxshi taniydigan Sibir o‘zbeklaridan Kozi Abdurashid edi. Abdurashid kozi shu yillari «Avtonomiya» nomi bilan bir risola xam chop ettirgan . Temurxuja chop ettirgan Bexbudiy dasturi bu masalaning turkistonlilar tomonidan xam kizg‘in muxokama kilinganini ko‘rsatadi.
5. Jadidlarning maxalliy jamiyatlari va uyushmalari.
Abdulla Avloniyning tarjimai xoliga etibor kilinsa, uning 1904 yillardan kandaydir uyushmalarda ishtirok etganligi ma’lum bo‘ladi. «1904 yildan jadidchilar to‘dasida ishlay boshladim, — deb yozadi u — ... o‘z oramizdan mullalarga karshi uyushmamiz xam vujudga chikdi... rus-yapon urushi chikib, bizning xam ko‘zimiz ochildi...
Jadidlar sotsializm g‘oyalaridan bexabar edilar yoxud uni ko‘r-ko‘rona rad etadilar deyish mumkin emas. Ismoilbekning 1885 yilda Turkiyada chop etilgan «Ovrupo madaniyatiga bir nazari muvozana (betarafona nazar)»2 nomli risolasi, ayniksa, «Tarjimon» gazetasining 1906 yilda iyun-iyul oylarida bosilib chikkan «Mazxabi ishtirokiyun» («Sotsializm ta’limoti») turkum makolalari bunga dalil.
Fan-texnikasi bilan dunyoni xayratga solgan kapitalistik Ovruponi xam, jannat va’da etuvchi sotsiatstistik Ovruponi xam rad etadi. Xar ikkisida xam axloksizlik ko‘radi. Buni atroflicha asoslaydi. Muallifning fikrlash mantigi kuyidagicha: XIX asr Ovrupo madaniyati kadim Rim madaniyati ustiga kurilgan, uning bevosita davomidir. Rim madaniyati esa g‘ayri axlokiyligi sababli ko‘lagan edi. Ularning o‘rniga kelgan «kapitalist»-chi? Bu xakda M. Bexbudiy fikrlari kuyidagicha, Masalan, «Turkiston obod bo‘ldi. Ilgari boy kam edi, milyunner yo‘k edi...» deydilar. 6 mln turkistonli orasida 3 millioner bor. Ularni ,xam millioner deb bularmikin?! Katta imoratlar xammasi yaxudiylarniki, ovrupolilarniki. Turkistonlilar sinmokda... vakflar ketgan, madrasalar xarob... Kelajagi yo‘k.
«Rusiya mamlakatiga mundin bexrok xizb yo‘kdur» deb biladi Bexbudiy Sotsial-demokrat, sotsial-revolyutsioner («ishtirokiyuni inkilobiyun»). Xar ikkisining o‘z oldiga ko‘ygan asosiy maksadi mavjud «barcha konun, mulkiyat koidalarini butun buzub, mol va yerlarni .xamma xaloyik o‘rtasiga mushtarak kilmok», «boylik va kambag‘allikni yo‘k kilib, dunyo moli roxatidan xammani barobar foydalantirmok...» Muallif fikricha, avvalo, bunga davr, mavjud sharoit imkon bermaydi. To‘g‘ri, u mazkur g‘oya amalga oshishi mumkin emas, chunki u g‘ayriilmiydir, g‘ayriaxlokiydir, binobarin, g‘ayriinsoniydir, deb aytolmaydi, xamonki dunyo kutilmagan ishlar bilan to‘da ekan, bu xam amalga oshib kolishi mumkin-ku degan xavotir ko‘nglining bir chetida turadi. Shunga karamasdan, uni «xayoliy» deb baxolaydi va «bu toifaga ko‘shilmok biz musulmonlar uchun nixoyatda zararlikdur», «prugramlari..., oila bobidagi fikrlari xam aslo-aslo tug‘ri kelmayur...» deb xulosa chikaradi. «Rusiya musulmonlari ittifoki» muallif ta’kidlashicha, «partiya suratiga kirgoniga bir yil bulgan», binobarin yangi partiya. U ilman, molan, dinan musulmonlarning tarakkiy va taoliylariga xizmat kiladur». Siyosatan esa, biror partiyaga ko‘shilib ish ko‘radi. Va u, extimolki, kadetlar partiyasidir.
Bexbudiy, millat orasida chukur tomir otgan «g‘araz, nafsoniy, xasad, baxs va munozarai shaxsiyalarni tark etmok»ka, «shu maslak va shu jamiyatga tobe’ va xodim bulmok»ka chakiradi. Din va davlatga, Vatan va Millatga xizmat etmokni sharaf xisoblaydi. 1917 yilda esa, biz Abdurauf Fitratnnng Oktyabr vokeasi munosabati bilan, «Rusiyada yangi bir balo bosh ko‘tardi. Bolshevik balosi!...» degan keskin fikrini bilamiz. Sung 1919 yilda «kommunist» Abdulla Avloniy butun Turkistonni «fano va ayanch xol»ga solgan, «xar yerda ish boshinda o‘lturg‘on», «o‘zlari oshalab, biz musulmonlarga yalatuv» bilangina kifoyalangan «rus tovarishlarimiz» xakida yezdi... ularni ikeskin koralaydi. Xullas, jadidlarning ma’rifatparvar ziyolilari, fidoiylari millatni ilmli, siyosiy sergak bo‘lishga, milliy jixatdan uyg‘onishga chorlaydi.

MAHMUDXOʻJA BЕHBUDIY – SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI


Jadidlik harakatini chuqur oʻrganish, oʻsha davrda ijod qilgan va faoliyat yuritgan ziyolilar, taraqqiyparvarlarning ezgu maqsadlarini keng targʻib qilish davlatimizning doimiy diqqat eʼtiborida boʻlib kelmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda Parlamentga yoʻllagan murojaatnomasida bu masalaga alohida toʻxtalib oʻtdi: “Umuman, biz jadidlik harakati, maʼrifatparvar bobolarimiz merosini chuqur oʻrganishimiz kerak. Bu maʼnaviy xazinani qancha koʻp oʻrgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda koʻp savollarga toʻgʻri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targʻib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi” [1].
Jadidlik harakati va uning mohiyati bugungi kun uchun ham dolzarb va ahamiyatlidir. Prezidentimiz 2020 yil 30 sentyabrda imzolagan “Maʼrifatparvar jadidlik harakati namoyandalarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmonda jadidlar faoliyati yana bir bor eʼtirof etildi. XX asrning boshida oʻzining maʼrifatparvarlik faoliyati va fidokorona xizmatlari bilan milliy taʼlim-tarbiya tizimini yaratish va yurtimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning obod va farovon hayotini taʼminlashga qoʻshgan beqiyos hissasi uchun Abdulla Avloniy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi [2].
Jadidlik harakati XIX asrning oxiri XX asrning boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim va Tataristonda yuzaga keldi. Qator maʼrifatli shaxslarning yangi siyosiy va ijtimoiy gʻoyalarni ilgari surishi jadidlik harakatiga asos soldi. “Jadid” soʻzi arab tilidan olingan boʻlib, yangi degan maʼnoni anglatadi. Bu davrda boshlangan yangi siyosiy, maʼrifiy va ijtimoiy jarayonlar jadidlik yoki taraqqiyparvarlar harakati deb nomlandi. Harakat asoschisi qrimlik Ismoilbek Gaspirinskiy edi.
Jadidlik harakati keyinchalik mintaqaning boshqa hududlarida ham keng yoyila boshladi. Xususan, XIX asrning oxiri XX asrning boshida Turkiston mintaqasidagi jarayonlarda jadidlik harakati muhim ahamiyat kasb etdi va qator ilgʻor gʻoyalar ilgari surildi. Oʻsha vaqtda Turkiston aholisining moddiy ahvoli ogʻir boʻlib, xalq orasida savodsizlik, diniy mutaassiblik keng tarqalgan edi. Jadidlarning fikriga koʻra, xalqni gʻaflat uyqusidan uygʻotishning yagona yoʻli ularni maʼrifatli qilish edi. Bu yoʻlda yangicha tuzum va tartiblarni joriy etish, yangi usul maktablarini ochish va insonlarni ilgʻor jahon tajribasidan voqif qilish lozim edi. Shu bois jadidlik harakatining mohiyati millat va jamiyatning tafakkurini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat boʻlgan.
Jadidlik harakatining yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlarini tahlil qilish uchun oʻsha davrdagi tarixiy jarayonlarga toʻxtalish maqsadga muvofiqdir. XIX asr oxirida Chor Rossiyasi Turkistonni bosib olganidan soʻng xonlik davridagi tartibotni bekor qila boshladi. Turkistonning taraqqiyotdan ancha orqada qolib ketgani oʻlkada temir yoʻl qurilishidan, dastlabki sanoat korxonalarining bunyod etilishidan, rus olimlarining Oʻrta Osiyoga olib kelgan yangi ilmiy gʻoyalaridan keyin maʼlum boʻla boshladi. Xonliklar davridagi monarxiya tuzumi sababli oʻlkada hali-hanuz oʻrta asrlarga xos hayot tarzi hukm surar edi. Bu omillar yurtning ziyolilari va taraqqiyparvarlarini uygʻotdi. Turkistondagi jadidlar sifatida Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Fitrat, Choʻlpon, Ashurali Zohiriy, Isʼhoqxon Ibrat, Fayzullo Xoʻjayev, Abdulvohid Burxonovni taʼkidlash mumkin. Ular milliy uygʻonish harakatining boshida boʻldi.
“Jadidlik mohiyatga koʻra siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va magʻlubiyatga uchrash davri boʻlib, ularni shartli ravishda toʻrtga boʻlish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-1916; 1917-1920; 1921-1929 yillarni oʻz ichiga oladi” [3:519].
Samarqandda ham jadidlik harakati keng yoyilib, ularning bir qator yetuk namoyandalari yetishib chiqdi. Samarqand jadidlarining eng koʻzga koʻringan vakili, shubhasiz, Mahmudxoʻja Behbudiydir. “Turkistondagi jadidlik harakatining taniqli namoyandasi Mahmudxoʻja Behbudiy (1875-1919) mashhur dramaturg va publitsist, jamoat arbobi boʻlishidan tashqari, oʻz davrining yirik olimi, noshir va matbuotchisi sifatida chuqur iz qoldirdi” [4:37].
M.Behbudiy 1875 yilning 30 yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida, ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxoʻja Solihxoʻja oʻgʻli Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomonidan bobosi Niyozxoʻja urganchlik boʻlib, amir Shohmurod zamonida (1785-1800) Samarqandga kelib qolgan. 1894 yilda imom-xatiblik bilan shugʻullanib kelgan otasi Behbudxoʻja vafot etadi. Yosh Mahmudxoʻja togʻasi qozi Muhammad Siddiq tarbiyasi va qaramogʻida oʻsib voyaga yetadi. Arab sarfu nahvini kichik togʻasi Mulla Odildan oʻrganadi.
Jadidlar Turkistonni qoloqlik, savodsizlik botqogʻidan olib chiqishning eng muhim omili xalqni savodli, maʼrifatli qilish ekanini yaxshi tushunar edi. Shu bois ular yangi usuldagi maktablarni tashkil qildi. Bu maktablarni oʻsha davrning ilgʻor kishilari, boylar moddiy va tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatladi. Bunday maktablar dastlab 1893 yili Samarqandda, 1898 yili Qoʻqonda Salohiddin domla, 1899 yil eski Toshkentda Munavvar Qori, Andijonda Shamsiddin domla tomonidan tashkil etildi. 1900 yili Buxoroda ham Joʻraboy qori yangi usuldagi maktablarni barpo etdi. 1903 yili M.Behbudiy oʻz mablagʻi hisobidan Jomboyda xuddi shunday maktab ochdi. Jadid Hoji Muin va Shakuriy shu maktabda dars bergan [5:169-170].
Mahmudxoʻja Behbudiy nafaqat yangi usul maktablarini tashkil qilish, balki ularni zamonaviy darsliklar, dunyoviy ilmlar bilan ham taʼminlash ishiga bosh-qosh boʻldi. Oʻzi qator darslik va risolalar yaratdi. “1903 yilda Samarqand atrofidagi Halvoyi va Rajabamin qishloqlarida uning tashabbusi bilan yangi maktablar ochildi. Behbudiy bu maktablar uchun “Risolai asbobi savod”, “Risolai jugʻrofiyai umroniy”, “Kitobul atfol”, “Amaliyoti islom”, “Tarixi islom” kabi darslik va risolalar yozdi [6:11].
Behbudiy jadidlar yetakchisi, mintaqada taraqqiyparvarlik harakatining aʼzosi sifatida Samarqand shahrida turli yigʻin, kecha va mashvaratlarni tashkil qildi. Bu kabi yigʻilishlarga turli shaharlardagi taraqqiyparvar kishilar taklif etildi. Buxorolik mashhur maʼrifatparvar Sadriddin Ayniy Mahmudxoʻja Behbudiy haqida bunday eslaydi: “1908 yilda dars sheriklarimizdan boʻlgʻon Mirzo Abdulvohid bilan Buxorodan Samarqandgʻa kelgan edik. Bu sayohatimizda mulla Abdulqodir Shakuriy, mulla Ismatullo Rahmatullozoda va bir qancha Samarqand maʼrifatparvarlari oqshom majlisi uchun bizni bir yerga chaqirgʻon edi” [7:238].
S.Ayniyning qoʻshimcha qilishicha, bu uning Behbudiy bilan birinchi uchrashuvi edi. U bunday xotirlaydi: “Bu kecha Mahmudxoʻja koʻpincha fanniy masalalardan soʻz chiqarib, yerdan, koʻkdan, oydan, yulduzdan, qisqasi, ul vaqtgʻacha biz eshitmagan narsalardan koʻpgina soʻyladi” [7:238].
Behbudiy faol noshirlik faoliyati bilan Turkistonda milliy matbuot rivojiga ulkan hissa qoʻshgan. Uning tashabbusi bilan oʻzi va boshqa taraqqiyparvarlarning maʼrifatparvarlik gʻoyalarini keng targʻib qilish maqsadida gazeta va jurnallar faoliyat koʻrsata boshladi. Behbudiyning saʼy-harakatlari va muharrirligida 1913 yildan “Samarqand” gazetasi chiqa boshlagan. Unda oʻsha davrning dolzarb ijtimoiy-siyosiy masalalariga eʼtibor kuchli edi. Gazetaning 1913 yil 30 iyuldagi sonida turkistonlik yoshlarning ogʻir ijtimoiy ahvoli, bolalarni maktabda oʻqitishning ahamiyati haqida toʻxtalib, bunday deyilgan: “Boshqa millatning yosh bolalari maktabda, lekin bizniki hammollikda va gadoylikda. Boshqa millat ulamosigʻa tobe ekan, bizni ulamo bilʼaks avomgʻa tobedur. Buning oxiri xarobdur. Yigirma, oʻttuz sana soʻngra yana yomonroq boʻlur, musulmonlik ilm va adab ila qoim, millat axloq, fazl va hunar ila boqiy qolur” [8].
Bundan tashqari, Buhbudiyning bevosita ishtiroki va tashabbusi bilan 1917 yil 16 apreldan boshlab “Hurriyat”, 1918 yildan 1922 yilgacha “Mehnatkashlar tovushi” gazetasi nashr etilgan va ularda mustaqillik, insonlarni ilm olishga, zamonaviy fikrlashga daʼvat etuvchi maqolalar chop qilingan.
Behbudiyning noshirlik faoliyatida “Oyina” jurnali alohida ahamiyatga ega. 1913 yilning 20 avgustidan chiqa boshlagan bu jurnalda milliy birdamlik, turkiy xalqlarning hamjihatligi kabi masalalar koʻtarilgan. Millat va uning haq-huquqlari, tarixi, til va adabiyoti masalalari, dunyodagi ahvolga doir qiziqarli maqolalar berib borilgan.
Behbudiyning millat taraqqiyotida xorijiy tillarni oʻrganishning ahamiyati haqidagi fikrlari diqqatga sazovor. U xorijiy tillarni oʻrganish zamonning zarurati ekanini taʼkidlab, uni diniy tomondan ham asoslashga harakat qildi: “Yana bir til va xat borki, butun olam bir-birila aning ila soʻylaydur. Ul faranse tili xatidur. Gʻayridinning ilm va xatini oʻrganmoq shariatcha durustdur. Hadisi sharifdan maʼlum boʻladurki, janob Paygʻambar (S.A.V.) oʻz sahobalaridan Zayd bin Sobit(gʻa) yahudiy xatini oʻqub-oʻrganmoqqa buyurgan ekan. Va ul janob amri hazrat nubuvvat panohi ila yahudiy xatini oʻrganib, hazrat Paygʻambar (S.A.V.)gʻa yahudiylardan keladurgʻon xatlarni oʻqub berar ekan. (“Sahihul Buxoriy”, 4-juz, 156-sahifa)” [9:14].
Behbudiy Turkistonda islom dinining oʻrni va mavqei yuqoriligi, diniy ulamolarning xalq orasidagi obroʻsini inobatga olgan holda, oʻz gʻoyalarini targʻib qilishda diniy va dunyoviy qarashlardagi muvozanatni saqlashga harakat qilgan. Bu haqda tarix fanlari doktori, professor Q.Rajabovning quyidagi fikrlarini keltirish oʻrinli: “Behbudiy ham din va millatni ittifoq etishga, islohot oʻtkazishga, ziyoli va taraqqiyparvarlarni, boy va ulamoni birlashtirishga daʼvat etdi. U taraqqiyparvarlar va ulamolarning xalq orasida obroʻsi unchalik katta emasligi, shu bois qadimiy ulamolar bilan hamkorliksiz ish olib borilsa muvaffaqiyatga erishish qiyinligi toʻgʻrisida kuyunib soʻzlar edi” [10:9].
Behbudiyning maʼrifatparvarlik gʻoyalari, jamiyatni isloh qilish, jaholatga qarshi kurashish masalalaridagi fikrlari uning “Padarkush” asarida yorqin ifodalangan. Bu asarda dunyoviy ilmlarni egallashning ahamiyati, keng dunyoqarashli yoshlarning mamlakatni taraqqiy ettirishdagi roli mohirona tasvirlangan: “Olimi zamoniy boʻlmoq uchun bolalarni, avvalo, musulmoniy xat va savodini chiqarub, zaruriyatiy diniya va oʻz millatimiz tilini biladirgʻondan soʻngra hukumatimizning nizomli maktablariga bermoq kerakdur, yaʼni gimnaziya va shahar maktablarini oʻqub tamom qilgʻonlaridan soʻng Peterburg, Maskov dorilfununlariga yuborib, dokturlik, zakunchilik, injenerlik, sudyalik, ilmi sanʼat, ilmi iqtisod, ilmi hikmat, muallimlik va boshqa ilmlarni oʻqutmoq lozimdir” [11:44].
Mahmudxoʻja Behbudiyning yurt ozodligi, millat taraqqiyoti yoʻlidagi saʼy-harakatlarini tadqiq etishda uning siyosiy faoliyatini ham inobatga olish lozim. 1917 yildagi fevral inqilobi va Rossiya podshosi Nikolay Romanovning taxtdan agʻdarilishi Turkiston jadidlarini faollashtirib yubordi. “Hurriyat” gazetasining 1917 yil 13 may sonida Behbudiyning “Muhtaram samarqandiylargʻa xolisona arz” nomli murojaati chop etildi. Unda ozodlik, hurriyat haqida quyidagicha fikr bildiriladi: “Hozirda boʻlsa, Xudoi taolo bizgʻa hurriyat berdi. Diniy va milliy islohot va taraqqiyimiz uchun harakat va saʼy etmoqqa yoʻl ochuqdir” [12:471].
M.Behbudiy 72 kun umr koʻrgan Turkiston Muxtoriyatining parlamenti – Milliy Majlis tarkibiga kiritilgan edi. Oʻsha vaqtda zamonaning eng ilgʻor ziyolilari, taraqqiyparvarlaridan tashkil topgan Turkiston Muxtoriyatida masʼul lavozimni egallash Behbudiyga faxr bagʻishlagan edi. U: “27 noyabrda Hoʻqandda umumiy musulmon syezdida Turkiston Muxtoriyati eʼlon qilindi. Muborak va xayrli boʻlsin! Kamina ham majlisda boʻlish uchun iftixor etaman. Yashasun Turkiston Muxtoriyati!” [12:493], degan edi.
Biroq juda qisqa muddatdan soʻng – 1918 yilning fevralida bolsheviklar tomonidan Turkiston Muxtoriyati hukumati tarqatib yuborildi.
Xulosa qilib aytganda, Turkiston mintaqasida XIX asr oxiri XX asr boshida roʻy bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar oʻlkada zamonaviy fikrlaydigan taraqqiyparvarlarning maydonga chiqishiga sabab boʻldi. Ularning millatni uygʻotish, jaholatga qarshi kurashish, mamlakatni taraqqiy ettirish yoʻlidagi mardonavor kurashi jadidlik harakati nomi bilan tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Mahmudxoʻja Behbudiy bu harakatda millat fidoyisi sifatida muhim rol oʻynadi. Uning ijtimoiy-siyosiy faoliyatini, tarixiy jarayonlarda tutgan oʻrnini yoritish, tahlil qilish alohida tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.

Xulosa
Jadidchilik g‘oyalari erta baxorning shiddatli shamollari singari pupanak bosib, biljirab ketgan o‘rta asrchilik turmushini eng pastki katlamlarigacha ochib tashladi. Momaguldirak bo‘lib, millat va Vatanning xayot-mamot masalasi kun tartibiga ko‘yilgani xakida bong urdi. Obiraxmat bo‘lib, ona Turkiston ko‘ksidagi maorif, matbuot, teatr nixollariga xayot baxsh etdi. Bu g‘oyalarning asosida milliy uyg‘onish, milliy mustakillik uchun kurash yotardi. Jadidchilikning moxiyatini millat va Vatanni anglashdan ular manfaati uchun kurashishgacha bulgan xayajonli jarayon tashkil kildi. Ayni paytda, bu xarakat millatni xam tarbiyalab bordi. Uni o‘z boshiga yog‘ilgan xar bir ofatni takdir deb ta’bir etishdan taxlil kilib, chorasini izlay olish darajasigacha ko‘tardi. Xususan, jadidlarimiz millatning yashamog‘i, tarakkiy topmog‘i uchun, birinchi navbatda, ozod, mustakil bo‘lmog‘i , lozimligini anglab yetdilar va keng xalkni uyg‘otishga 1 aloxida e’tibor berdilar. Jadidlarimiz siyosiy ishlar — xak-xukuk, milliy davlat, xokimiyat masalalari bilan muntazam shug‘ullandilar. Ayni paytda, maktab-maorif islox kilina boshladi. Milliy matbuot yo‘lga ko‘yildi. Teatr paydo bo‘ldi. Yangi adabiyot shakllandi, bir so‘z bilan aytganda, yangi tafakkur maydonga chikdi. Bu xol, shubxasiz, millatning keiingi 3—4 asrlik tarixiy tarakkiyotida misli ko‘rilmagan xol edi. Uning xayotida uzok. turg‘unlikdan keyin yangi boskich boshlanishiga dalolat edi. Jadidchilikning moxiyati shunda.


O‘zbekiston mustakilligi sharoitida Turkiston Jadidchilik xarakati tarixi o‘ta dolzarb ilmiy axamiyat kasb etadi. Binobarin, muxtaram Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganlaridek, “ modomiki, o‘z tarixini bilgan, undan ruxiy kuvvat oladigan xalkni yengib bo‘lmas ekan, biz xakkoniy tariximizni tiklashimiz, xalkimizni, millatimizni ana shu tarix bilan kurolllantirishimiz zarur. Tarix bilan kurollantirish, yana bir bor kurollantirish zarur.” Shuning bilan birga “Vatanimiz mustakillining ma’naviy asoslarini mustaxkamlash, milliy kadriyatlarimizni asrab-avaylash, yurtdoshlarimizni islom dini va falsafasi, aziz-avliyolarimizning ibratli xayoti, kutlug‘ kadamjolariga nisbatan xurmat extiromi” tuyg‘ularini shakllantirishda axamiyati katta.
Turkiston Jadidchilik xarakatidagi masalaralar xozirgi kunga kadar tarixiy vorisiylik va an’anaviylik asosida konunchiligimizda o‘z aksini topgan. Demakki, bu ta’limotdagi fikxiy-xukukiy munosabatlarni o‘rganish zamon talabi. Zero, mazkur ta’limot milliy kadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalkimiz, ayniksa, yosh avlod kalbi va ongiga ona yurtga muxabbat, istiklolga sadokat tuyg‘ularini chukur singdirish masalasida dolzarb axamiyat kasb etadi. Ularda umumilliy va umumbashariy kadriyatlarga nisbatan xurmat xissini shakllantirishda yukasak axamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar:
1. I. Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘k” T. “Shark” 1998 y.
2. A. Ibroximov, X. Sultonov, N. Jo‘rayev “Vatan tuyg‘usi” T. “O‘zbekiston” 1996 yil.
3. K. Rajabov, M. Xaydarov “ Turkiston tarixi” T. “Universitet” 2002 yil.
4. R. Shamsutdinov, Sh. Karimov “Vatan tarixi” Ikkinchi kitob T. “Shark» 2003 yil.
5. A. Azizxo‘jayev “Davlatchilik va ma’naviyat” T. “Shark» 1997 yil.
6. B.Eshov “O‘zbekiston tarixi” T. “Universitet” 1999 yil.
7. Sirojiddin Axmad. Xak yo‘lida safarbar siymo, «Tafakkur» j., 2002 y., 2-son.
8. Jadidchilik: isloxot, yangilanish, mustakkillik va tarakkiyot uchun kurash. T. “Universitet”, 1999.
9. Begali Kosimov «Milliy uyg‘onish” T, “Shark” 2000 y, 53 bet.
10. M.Bexbudny. Tanlangan asarlar. 2-nashri, T., 1999, 149-6.
11.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentga murojaatnomasi. // https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020.

  1. https://president.uz/uz/lists/view/3860

  2. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 3 tom. –T.: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlati ilmiy nashriyoti, 2002.

  3. Q.Rajabov. Mahmudxoʻja Behbudiyning Bolqon urushlari va Anvar Posho haqidagi fikrlari // “Mahmudxoʻja Behbudiy diniy-maʼrifiy qarashlarining zamonaviy talqinlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. –T., 2021.

  4. Oʻzbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. Tuzuvchilar: H.Sodiqov., R.Shamsitdinov., P.Ravshanov. va boshqalar. –T.: Sharq, 2000.

  5. Zarafshonning Behbudiysi. Toʻplovchi va nashrga tayyorlovchi: Akram Haydarov. –T.: Sahhof, 2020

  6. Mahmudxoʻja Behbudiy. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik. Ikkinchi jild. –T.: Akademnashr, 2021.

  7. “Samarqand” gazetasi, 1913 yil 30 iyul. №31

  8. “Oyina” jurnali, 1913 yil 20 avgust. №1.

  9. Q.Rajabov., M.Haydarov. Turkiston tarixi (1917-1924 yillar). –T.: Universitet, 2002.

  10. Mahmudxoʻja Behbudiy. Padarkush. Tanlangan asarlar. –T.: Maʼnaviyat, 1997.

  11. Mahmudxoʻja Behbudiy. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik. Birinchi jild. –T.: Akademnashr, 2021.

Download 75.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling