1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari


- jadval Ming yillikning global maqsad va vazifalari


Download 317.4 Kb.
bet4/18
Sana31.01.2023
Hajmi317.4 Kb.
#1144190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Glaballashuv jarayonining xalqaro savdo munosabatlarida tutgan o\'rni

1 - jadval
Ming yillikning global maqsad va vazifalari

1-maqsad. O’ta qashshoqlikka va ochlikka barham berish

1-vazifa. Kuniga 1 dollardan kam mablag’ hisobiga hayot kechirayotgan kishilar miqdorini 2 barobar kamaytirishga erishish.
2-vazifa. Ochlikdan azob chekayotgan kishilar miqdorini 2 barobar kamaytirishga erishish.

2-maqsad. Umumiy boshlang’ich ta‘limga erishish

3-vazifa. Hamma qizlar va bolalarning boshlang’ich ta‘lim maktablarida qatnashishi hamda uning to’la kursini tamomlashiga erishish.

3-maqsad. Ayollar va erkaklar tengligini rag’batlantirish va ayollarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish

4-vazifa. 2015 yilga kelib ta‘limning barcha darajalarida gender tengsizligini bartaraf etish.

4-maqsad. Bolalar o’limini qisqartirish

5-vazifa. 5 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi darajasini uchdan ikkiga qisqartirish.

5-maqsad. Onalar salomatligini yaxshilash

6-vazifa. Onalar o’limi sonini to’rtdan uchga qisqartirish.

6-maqsad. OIV(OITS),bezgak va boshqa kasalliklarga qarshi kurash

7-vazifa. OIV(OITS) kasalligining tarqalishini to’liq to’xtatish va kasallikka chalinish holatlarini qisqartirish tamoyiliga asos solish.
8-vazifa. Bezgak va boshqa o’tkir yuqumli kasalligining tarqalishini to’liq to’xtatish va kasallikka chalinish holatlarini qisqartirish tamoyiliga asos solish.

7-maqsad. Ekologik barqarorlikni taminlash

9-vazifa. Ayrim mamlakatlar strategiyasi va dasturlariga barqaror rivojlanish tamoyillarini kiritish va tabiiy zaxiralardan maxrum bo’lish jarayoniga barxam berish. 10-vazifa. Toza ichimlik suvidan doimiy baxramand bo’lish imkoniyati bo’lmagan kishilar miqdorini 2 barobar kamaytirish.
11-vazifa. 2020 yilga borib xarobalarda yashovchi kamida 100 mln. kishining hayotini yaxshilashni ta‘minlash.

8-maqsad. Rivojlanish maqsadida global hamkorlikni shakllantirish

12-vazifa. Ochiq, boshqariladigan, faoliyatini oldindan ko’ra bilish mumkin bo’lgan hamda nodiskriminatsion savdo va moliya tizimini shakllantirishni davom ettirish. 13-vazifa. Eng kam rivojlangan mamlakatlarning alohida extiyojlarini qondirish, jumladan, eng kam rivojlangan mamlakatlarning eksport tovarlarini tarif va kvotalardan ozod qilish, qashshoq davlatlarning qarz yukini engillashtirish va rasmiy qarzlarning ikkitomonlama voz kechilishi bo’yicha dasturlarni kengaytirish, qashshoqlikni qisqartirish yo’lidan borayotgan mamlakatlarga yanada katta yordam ko’rsatish.
14- vazifa. Dengiz yo’llariga ega bo’lmagan davlatlar hamda rivojlanayotgan kichik orol-davlatlarning alohida ehtiyojlarini qondirish.
15-vazifa. Uzoq muddatda tashqi qarzlari darajasini qisqartirish maqsadida milliy va xalqaro miqyosda tashkil etiladigan choralar yordamida rivojlanayotgan mamlakatlarning qarzdorlik masalalarini ijobiy xal qilish.
16-vazifa. Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlikda yosh mutaxassislarga o’zi uchun mos va samarali ish topishlarida ko’maklashadigan strategiyalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish.
17-vazifa. Dori-darmon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan hamkorlikda arzon dorilarni yetkazib berishni ta‘minlash.
18-vazifa. Yangi texnologiyalar yutuqlaridan (ayniqsa telekommunikatsiya soxasidagi) barcha foydalanishi uchun xususiy sektor vakillari bilan hamkorlikdagi choratadbirlarni amalga oshirish.

Manba: Ekonomicheskoe obozrenie. 2004, № 10.

Download 317.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling