1. jamiyat taraqqiyotida axboriy madaniyat, axborot resurslarining o’rni
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
YodgorovShohijahon
28 3. Zamonaviy jamiyat axborot resurslari. Resurs bu – qaysidir vositalarning manbasi yoki zahirasidir. Har qandar jamiyat, davlat, firma yoki jismoniy shaxs o’z hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan ma’lum resurslarga ega bo’ladi. An’anaviy resurslarga xom ashyo (tabiiy) resurslar, energetic resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar kabi material resurslar kiradi.Bularga qo’shimcha ravishda zamonaviy jamiyatning muhim resurs turi bu – axborot resurslaridir. Vaqt o’tishi bilan axborot resurslarining ahamiyati ortib boradi;buning tasdig’i sifatida zamonaviy jamiyatning hozirgi bosqichida axborot resurslari narxi material resurslaridan past bo’lmagan tovar ekanligi faktini keltirishimiz mumkin.”Axborot resurslari” tushunchasiga turli ta’riflar berilgan bo’lib, “Axborot, axborotlashtirish va axborot xavfsizligi to’g’risidagi 29 gonunda keltirilgan ta’rifga asosan:”Axborot resurslari – axborot tizimlaridagi xujjatlar va xujjat massivlaridan iborat. Jamiyatning axborot resurslari boshqa material resurslari kabi strategik ahamiyatga egadir.Ammo axborot resurslari va boshqa turdagi resurslar o’rtasida juda muhim farq mavjud: axborot resursidan boshqa har qanday resurs foydalanilgandan keyin yo’qoladi (yoqilg’ini yoqish, sarflangan mablag’ va b.), axborot resursi esa kamaymaydi, aksincha ortib boradi.Undan ko’p marta foydalanish, cheksiz marta nusxa ko’chirish mumkin.Axborot resurslarini klassifikatsiya qilishga qanchalik urinmaylik, bu klassifikatsiya to’liq bo’la olmaydi. Klassifikatsiya asosiga quyidagilarni qo’yish mumkin:tarmoqlar printsipi(fan, sanoat, ijtimoiy soha va hokazo asosida) ;taqdim etilish shakli bo’yicha (axborot tashuvchi turi, formallashganlik darajasi, qo’shimcha izoxlanganligi va hokazo xususiyatlar bo’yicha) va boshqa prinsiplar. Har bir sinf bo’yicha yana qo’shimcha ichki tiplashtirishni bajarish mumkin.Masalan, Internet resurslarini vazifasi va taqdim etilish shakli bo’yicha : servis axboroti, bibliografik axborot, telekonferensiyalar materiallari, dasturiy ta’minot, video va hokazo turlarga bo’lish mumkin. Milliy axborot resurslari axborot resurslari sohasidagi eng yirik kategoriya bo’lib hisoblanadi.Ushbu tushuncha XX asr 80- yillarida vujudga kelgan bo’lib, rivojlangan mamlakatlardagi axborot massasi, axborotni uzatish va qayta ishlash vositalarining rivojlanish darajasi ushbu ko’rsatkich bilan o’lchanadigan bo’ldi.Milliy axborot resurslari klassifikatsiyasini quyidagi shaklda amalga oshirish mumkin: Rivojlangan davlatlarda axborot resurslarining ulkan massasi kutubxonalarda jamlangan. Arxivlar mamalakat tarixi va madaniyati bilan bog’liq bo’lgan ko’p asrlik axborotlarni saqlaydi. Bu turdagi axborotlarning to’planish tezligi ko’pincha ularni qayta ishlash tezligidan katta bo’ladi. 30 Ilmiy-texnikaviy axborot ko’p sonli maxsus nashrlar, patent xizmatlari va hokozolarni saqlaydi. Xuquqiy axborot qonun xujjatlari, kodekslar, normative aktlar va hokazolarni o’zida saqlaydi. Har qanday bozor kabi axborot bozorida ham xaridorlar va sotuvchilar mavjud bo’ladi.Axborot egalari yoki axborot ishlab chiqaruvchilarga quyidagilarni kiritish mumkin: Berilganlar bazalarini yaratuvchi va saqlovchi markazlar; Aoqa va telekommuniktsiya vositalari; Maishiy xizmatlar; Axborotlar bilan savdo qiluvchi tijorat firmalari Konsultativ firmalar; Birjalar; Jismoniy shaxslar. Axborot iste’molchilari – jismoniy shaxslar, tashkilotlar, xukumat organlari va xokazo. Axborot xizmatlari – axborot bozoridagi alohida Tovar turi bo’lib hisoblanadi. Masalan, kutubxona xizmatchilari tomonidan mijozlar buyurtmsi bo’yicha konkret mavzudagi adabiyot yoki boshqa turdagi materialni to’plash kabi xizmatlar. Axborot xizmatlarini faqat kutubxonalargina ko’rsatmaydilar.Ko’pgina davlatlarda turli bilin sohalari bo’yicha ilmiy-texnikaviy axborotlarni qayta ishlovchi institutlar mavjud bo’lib, to’plangan ma’lumotlar bo’yicha obzorlar, referatlar, ma’lumotnomalar tayyorlaydilar.Biznes sohasidagi axborot xizmatlariga ma’lum mavzu bo’yicha axborotlarni taqdim etish, konkret masala bo’yicha maslahat berish va boshqalatr kiradi.Kommunukatsiya sohasida aloqa operatorlari, Internet provayderlar xizmat ko’rsatadi. Axborot xizmatlari sohasining rivojlanish darajasi jamiyat axborotlashuvi darajasini belgilaydi.Axborot tovarlari va xizmatlari bozori bir necha rivojlanish bosqichlarini o’tadi. Bozorning shakllanish bosqichi XX asrning 50- yillariga to’g’ri keladi. 80- yillarga kelib gullab-yashnash bosqichiga o’tdi.Jaxon axborot tovarlari 31 va xizmatlari bozorida AQSh, Yaponiya, Angliya, Fransiya va boshqa G’arbiy Evropa davlatlari asosiy rol o’ynaydi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling