1. jamiyat taraqqiyotida axboriy madaniyat, axborot resurslarining o’rni
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
YodgorovShohijahon
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. A. Karimov.
1.3. Axborot sohasida globallashuv. 11 Bugungi kunda noana’naviy tahdidlar xalqaro moja rolarning qiyofasini butunlay o’zgartirmoqda va informatsion-psixologik xurujlar sezilarli xavf-xatar tug’dirmoqda. Ular armiyamizning negiziga putur yetkazish, avvalo uning ma’naviy-ahloqiy asoslariga ta’sir o’tkazishga urinish va shuningdek, zamonaviy internet texnologiyalaridan foydalanish orqali bizning bunyodkorlik ruhidagi boy madaniyatimiz, ma’naviy qadriyat va an’analarimizga mutlaqo zid bo’lgan buzg’unchi g’oya va tushunchalarni yoshlarimiz ongu tafakkuriga singdirishga qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir. I. A. Karimov. Axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida e’tibor berilmas ekan, u borgan sari kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qo‘lida asosiy “qurol”ga aylanadi. Bu esa nafaqat davlatlar yoki mintaqalarda keskin vaziyat vujudga kelishiga sabab bo‘ladi, balki xalqaro miqyosda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar natijasida milliy xavfsizlik, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro xavfsizlik kabi tushunchalar mohiyatini tushinishga, ularning o‘zaro bog‘liqligini anglashga e’tibor ortib bormoqda. Bugungi dunyoning axborot xavfsizlik holati “Xavfsizlik”ka bo‘lgan zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishga va milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka nisbatan konseptual qarashlarni rivojlantirishga undamoqda. 12 Bugungi kunda, Insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf – insonlar ning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi. Kurashning bu turida eng samarali qurol – axborot. Shu bois, axborotni o‘z maqsadlariga xizmat qildirishga intilish keskin tus olmoqda. Axborot, uni uzatish, qayta ishlash va yig‘ish bosqichlari o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Ya’ni, insonning oddiy, kundalik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xatti-harakatlarining asosini ham, dunyo mamlakat larining insoniyat taqdiriga dahldor bo‘lgan qarorlarining manbaini ham axborot tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Axborot xurujlarining tez-tez uyushtirilayotgani aslida “urush”ga munosabatni o‘zgarganidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Axborot bilan qurollangan bunday xurujlar davlatlar tomonidan o‘z manfaatlari doirasini kengaytirish maqsadida uyushtirilar ekan, bunday vaziyat mavjud bo‘lmaydi. Hozirda turli usullarda olib borilayotgan mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotlarning asl maqsadi - inson qalbi va ongi uchun kurashga qaratilgan. Bu kurash natijasiga ko‘ra uchta asosiy bosqichdan iborat. Birinchisi –muayyan axborot inson tomonidan qabul qilinmaydi. Ikkinchisi –axborot inson ongida ma’lumot sifatida saqlanib qolishi va u bundan boshqa bir masala yuzasidan qarorlar qabul qilishda solishtiruvchi manba sifatida foydalanish mumkin. Uchinchisi – axborot fikr yoki g‘oya sifatida inson qalbini egallashi, ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylanishi hamda bu uning amaliy faoliyati asosini tashkil qiluvchi omil bo‘lib qolishi mumkin. Axborot sohasida dunyo miqyosida yuz berayotgan globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari juda ko‘p. Ushbu jarayonni o‘rganar ekanmiz, avvalo, globallashuv nima, degan savolga javob topishga harakat qilamiz. 13 Global, fransuzcha – global, ya’ni, umumiy, lotincha – globus, ya’ni, shar degan ma’nolarni anglatadi. Uni keng ma’noda, birinch idan, butun yer sharini qamrab oluvchi, ikkinchidan, har tomonlama, to‘liq, yalpi, universal deb tushunish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, globallashuv – kishilik jamiyatidagi mahalliy ahamiyatga molik axborot, madaniy, iqtisodiy, geosiyosiy makonlarning bir tizimga birlashuvi jarayonidir. Yer sharining turg‘un transport yo‘llari bilan birlashtirilishi, axborot texnologiyalari rivojlanishi natijasida axborotning bir zumda butun dunyoga tarqalishi globallashuvning o‘ziga xos ko‘rinishlari, deyish mumkin.Globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy jihatlari anchagina. Zero, davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda bu jarayon g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, ilm-fan yutuqlaridan hammaning birdek bahramand bo‘lishi, yangiliklar va boshqa muhim axborotlar tezlik bilan tarqalishi ijobiy holdir. Turli muammolarni hal etish, aytaylik, tabiiy ofatlarni bartaraf qilish, og‘ir ahvolga tushib qolganida mamlakatlarning bir- biriga o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlari globallashuv jarayonida yanada yuqori darajaga ko‘ta rilishi tabiiy holga aylangan. Insoniyatning shunday mo’jizakor yutuqlaridan ham ba’zi buzg‘unchilar salbiy maqsadlarda foydalanayotganlari taassufli holdir. “Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko’rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydalanish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tarkibiy ravishda ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g‘oya va ta’limotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar o‘rtasida azaldan kurash mavjud bo‘lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko‘ramiz. Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas”. 14 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi professori Abdullajon Begmatov qayd etishicha, ayrim mutaxassislar globallashuvni turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikning kuchayishi deb ta’riflaydilar. U fransuz tadqiqotchisi B.Bandining globallashuv jarayoni haqidagi quyidagi fikrlarini keltiradi: Globallashuv – muttasil davom etadigan tarixiy jarayon; Globallashuv – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni; Globallashuv – milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni. Bu ta’riflarda keltirilgan globallashuv jahonda yuz berayotgan turli jarayonlar bilan bog‘liqdir. Shu o‘rinda muallif globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta’siri haqida so‘z yuritar ekan, Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so‘zlarini ta’kidlaydi: “Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o‘tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib uyimni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman”. Globallashuv tarafdorlari globalistlar, deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko‘proq uchraydi. Globallashuv muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan bo‘lib, ular orasida ko‘proq so‘l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining vakillari bor. MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqdalar. Bu yerda ular turli anjumanlar, seminarlar o‘tkazish uchun to‘planib turadilar. XX asr o‘rtalarida globalla shuvning institutsionallashuvi, ya’ni tashkillashuvi kuchaygandan keyin bu jarayonning o‘zi ham keskin tezlashdi va kuchaydi. Institutsionallashuvning kuchayganini Butunjahon savdo tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Yevropa taraqqiyoti va tiklanish banki ulkan tashkilotlarning vujudga kelgani misolida ham ko‘rish mumkin.Tahlil shuni 15 ko‘rsatadiki, globalizm tarafdorlari ham, dushmanlari ham asosiy e’tiborni iqtisodiyot sohasiga qaratishadi. Globallashuvning ma’naviyatga ta’siri va ma’naviy globallashuv masalalari sotsiologiya, falsafa kabi fanlarda o‘z aksini topishi zarur. Binobarin, qandaydir yot g‘oyalar, oqimlar va mafkuralar ma’naviyatimizga vayronkor ta’sir o‘tkazishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chetdan o‘tkaziladigan har qanday mafkuraviy ta’sirga qarshi himoya choralari ko‘rishdan avval qanday ta’sirlar ijobiy ma’no kasb etadi-yu, qaysilari ortiqcha ekanligini aniqlab olish zarur. O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma’naviyati ham Sharq va G‘arbni tutashtirgan karvon yo‘llarida joylashgani sababli ham Sharq, ham G‘arb madaniyatidan bahramand bo‘lgan. Muhimi shundaki, xalqimiz G‘arb va Sharq ma’naviyatidan bahramand bo‘lib ularning ijobiy tomonlarini o‘zlashtiribgina qolmay, ularga ijodiy yondashib yangi cho‘qqilarga ko‘tarildi. Bu fikrning tasdig‘ini ma’naviyatning tarkibiy qismlari bo‘lgan ilmiy bilimlar, diniy e’tiqod, san’at durdonalari misolida ham ko‘rish mumkin. Ayrim mutaxassislar globallashuvni aniq voqeliklarga tayangan holda izohlaydilar. Undan kelib chiqadigan xulosalarni izohlash mumkin: 1. G‘oyalar va madaniyat sohasidagi globallashuv.Yagona axborot makonida ilg‘or va insonparvar g‘oyalar o‘zaro yaqinlashib boraveradi. Madaniyat sohasida ham umumbashariy g‘oyalar globallashib borayotgani kuzatilmoqda. Bu borada O‘zbekiston dunyo taraqqiyotiga xizmat qilayotgan hamda milliy madaniyatimizga mos keladigan madaniy boyliklarga alohida e’tibor bilan qaraydi. Ya’ni, turli rivojlangan davlatlar bilan madaniy aloqalarini muttasil rivojlantirib boraveradi. 2. Axborot va kommunikatsiya sohasi dagi globallashuv. Dunyo allaqachon yagona axborot makoniga aylangan. Buning qator ijobiy jihatlari borligini inkor etmagan holda ayrim salbiy jihatlaridan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Ya’ni, jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluvchi misli ko‘rilmagan yangi-yangi xavflar paydo bo‘lmoqda. Ko‘pincha ayrim 16 axborot vositalari uyushgan jinoyatchilar, terrorchilar qo‘lida juda xavfli qurolga aylanib qolmoqda. “Buning tasdig‘ini yon-atrofimizda, dunyoning turli mintaqa va hududlarida yuz berayotgan voqealar, ayrim siyosiy kuchlarning soxta g‘oya va mafkuralarni oldinga surish orqali o‘zlari ko‘z tikkan mamlakatlarni ta’sir doirasiga olish va o‘ziga tobe qilish, xalqaro maydonda ikki xil standartlarni ishga solib, kerak bo‘lsa, kuch ishlatib, uzoqni ko‘zlag an strategik maqsadlarini zo‘ravonlik bilan amalga oshirishga qaratilgan urinishlari misolida kuzatish mumkin. Takror-takror aytishga to‘g‘ri keladi – bunday kuchlar o‘z maqsadlariga yetish uchun shunday makkor usul va zamonaviy axborot texnologiyalarini ishlatmoqdaki, ularning tazyiqlariga dosh berish, bunday xurujlarning niqobi va sir-asrorini ochib tashlash, asl niyatlarini anglash – bu o‘ta og‘ir va mushkul vazifa bo‘lib, uni ado etish har kimning ham qo‘lidan kelmaydi”. Axborot sohasidagi globallashuv jarayonida eng muhimi, ana shunday axborot xurujlariga qarshi avvalo yoshlarda yetarli darajada mafkuraviy immunitetni oshirib borish faqat ijobiy samara berishi mumkin. 3. Iqtisodiy globallashuv. Texnologiyalarning taraqqiy etishi jahon iqtisodiy tizimining yagona kompleks sifatida faoliyat olib borish imkoniyatlarini kengayishi uchun shart-sharoit yaratdi. Bu globallashuvning ham o‘ziga yarasha ijobiy jihati bilan bir qatorda salbiy tomonlari ham yo‘q emas. 2008 yilda butun dunyoni tashvishga slogan jahon moliyaviy inqirozi deyarli biror mamlakatni chetlab o‘tmadi. 4. Geosiyosiy globallashuv. “Geosiyosiy” so‘zining lug‘aviy ma’nosini – geografik siyosiy, deb talqin etish mumkin. Ya’ni , biror mamlakatning o‘rni, chegaralari, iqlimi va boshqa geografik omillarining davlat tashqi siyosatiga (geografik-siyosiy strategiyasi va h.k.ga) muayyan ta’sirini ifodalash uchun ishlatiladi. Geosiyosiyga oid ilmiy qarashlarga davlatning geografik joylashuvi (makoni) bilan uning ichki va tashqi siyosati o‘rtasidagi uyg‘unlik prinsipi asos qilib olinadi. Mutaxassislar fikricha, geosiyosiy va geoiqtisodiy omillar yig‘indisi 17 globallashuvning qat’iy, ashaddiy muxoliflarini vujudga keltirmoqda. Ayrim rivojlangan mamlakatlar globallashuv jarayonining asosiy harakatlantiruvchi kuchi, “ menejeri ” bo‘lishga intilmoqda. Globallashuv jarayonida dunyo miqyosida paydo bo‘lgan xavf-xatarlardan aslo ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bu muammolar quyidagicha: 1. Xalqaro terrorizm. Mintaqada xalqaro terrorizmning faollashuvi ham ichki , ham tashqi omillar bilan bog‘liq. 2. Diniy ekstremizm. Yurtimiz osoyishtaligiga rahna soladigan diniy ekstremizm ildizlarini aniqlash, uni moddiy va boshqa jihatlardan doimo qo‘llab- quvvatlaydigan manbalarini topish. 3. Xalqaro narkobiznes. Terrorizm va diniyekstremizm bilan muntazam hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan narkobiznes avvalo ularni mablag‘ bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Shu o‘rinda narkoagressiya – giyohvandlik moddalari va narkobiznesga qaram bo‘lib qolgan jamiyatlarni vujudga keltirish maqsadida izchil harakatlar tushunchasi shundan kelib chiqadi. Globallashuv jarayonida jamiyatimizga bunday illatlar goh oshkora, goh pinhona tarzda kirib kelishini unutmaslik lozim. Ma’naviy olam o‘zaro ta’sirlar jarayonida rivojlanadi. Buni yurtimiz istiqlolga erishganidan buyon madaniy, ma’naviy hayotimizdam yuz bergan o‘zgarishlar misolida ham ko‘rish mumkin. Globallashuv jarayonida milliy ma’naviyatga qarshi turli tahdidlardan himoya qilish uchun eng samarali vosita – milliy istiqlol g‘oyasi, yoshlar ongi va qalbida mafkuraviy immunitetni tobora oshirib borishdir. Hozirgi paytda jahonda 20 ga yaqin davlatda yadro quroli ishlab chiqarish harakatlari davom etayotgan bo‘lsa, 120 ga yaqin “axborot xuruji” uyushtirilayotgani tashvishli holdir. Bu axboriy tajovuzlar millat ruhiga, insoniyat taraqqiyotiga so‘zsiz salbiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap. Axborot sohasidagi globallashuvning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda mamlakat milliy xavfsizligiga, milliy qadriyatlarga, millat ruhiyatiga tahdid solish xavfi ham borligini doimo yodda tutish va unga qarshi yoshlar qalbida mafkuraviy immunitetni oshirib borish hayotiy zaruratga aylangan . 18 Globallashuv aslida yaxshilikka xizmat qilsa – da, yuzaga kelyotgan ko’ngilsizliklar «axborot xuruj» lari unga soya solmoqda . Natijada globallashuv deganda ko’ngillarda g’ashlik paydo bo’lib, u go’yo yengib bo’lmas tog’dek tuyuladi. Yuzaga kelayotgan tartibsizliklarga yuksak ma’naviyat bilan qarshi chiqishimiz lozim. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling