1. jamiyat taraqqiyotida axboriy madaniyat, axborot resurslarining o’rni
g’ayriqonuniy munosabatda bo’lish natijasida axborot resurslarining yoki
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
YodgorovShohijahon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jаmiyatni ахbоrоtlаshtirish
g’ayriqonuniy munosabatda bo’lish natijasida axborot resurslarining yoki
axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yohud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo’lsa, muhofaza qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart”, deb alohida ko’rsatilgan. Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: · Muayyan davlat organi tomonidan maqsad hamda vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi tranzaksiyali va hisobdagi mavjud quyi tizimlar; · Milliy axborot tizimi tarkibidagi, davlat organlari o’rtasida axborot tizimlari orqali ma’lumot almashinishga xizmat qiluvchi quyi tizimlar; · Davlat organi faoliyatida boshqaruv va ish jarayonini osonlashtirishga xizmat qiluvchi resurslarni boshqarishning quyi tizimlari; · Davlat organlari faoliyatida ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishga xizmat qiluvchi axborot-tahliliy quyi tizimlar; · Elektron hujjat almashinuvining quyi tizimlari; · Hujjatlarning elektron arxivini boshqarishga doir quyi tizimlar; · Ekspluatatsiyani boshqarish(infratuzilma komponentlarini boshqarish tizimlari)ga oid quyi tizimlar; 9 · Davlat organi to’g’risida Internet yoki boshqa kanallar orqali axborot yetkazish, jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasidagi o’zaro aloqani ta’minlaydigan quyi tizimlar; · Axborot xavfsizligini ta’minlaydigan quyi tizimlar; · Hujjat tayyorlash va axborot almashish maqsadida davlat organi xodimlari tomonidan foydalaniladigan idoraviy quyi tizimlar. Jаmiyatni ахbоrоtlаshtirish – yuridik vа jismоniy shахslаrning ахbоrоtgа bo’lgаn ehtiyojlаrini qоndirish uchun ахbоrоt rеsurslаri, ахbоrоt tехnоlоgiyalаri hаmdа ахbоrоt tizimlаridаn fоydаlаngаn hоldа shаrоit yarаtishning tаshkiliy ijtimоiy iqtisоdiy vа ilmiy – tехnikаviy jаrаyonidir. Jаmiyatni ахbоrоtlаshtirish jаrаyoni quyidаgi qаtоr muаmmоlаrning hаl etilishini tаlаb etаdi: 1. Hisоblаsh tехnikаsi vоsitаlаrini jаmiyat fаоliyatining bаrchа tаrmоqlаrigа tаdbiq qilish. 2. Jаmiyat а’zоlаrini hisоblаsh tехnikаsi vоsitаlаridаn sаmаrаli fоydаlаnishgа o’rgаtish. 3. Jаmiyat а’zоlаrining turli xil ehtiyojlаrini qоndirishdа ахbоrоt rеsurslаridаn to’lа vа sаmаrаli fоydаlаnishlаrini tа’minlаsh. Jamiyatni axborotlashtirishda axborot zaxiralari muhim rol o’ynaydi. Uni talqin etish va muhokama qilish axborotlashgan jamiyatga o’tish davri haqida gap borgan davrdan davom etib keladi. Bu masala bo’yicha ko’plab nashrlar e’lon qilingan, ularda turli fikrlar, tushunchalar o’z aksini topgan. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma’lumotlarning ulkan oqimida axborotlarni ko’rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko'zda tutadi. Axborotlarni tanlash ancha mehnat talab qiladigan, ya’ni qimmat turadigan jarayondir. Hozirgi kunda axborot resurslari murakkab va ko'pqirrali obyekt sifatida namoyon bo’lib, uni quyidagi parametrlar bilan izohlash mumkin: · axborotlarning mazmuni; 10 · axborotga bo’lgan mulkchilik shakli: jamoatchilik mulki, davlat mulki, jamoa tashkilotlari mulki, yuridik shaxs mulki, jismoniy shaxs mulki; · axborotlarga kirish imkoniyatlari: ochiq, yopiq, maxfiy, tijorat siri, xizmat siri, kasbiy sir; · axborotlarni taqdim etish shakllari: matn hujjatlari, obzorlar, tarkiblashtirilgan ma’lumotlar – ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar banki. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling