1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Amir Temurning axloq – odob haqida qarashlarining pedagogik ahamiyatini asoslang


Download 0.55 Mb.
bet52/106
Sana08.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1446619
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106
Bog'liq
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J

45 Amir Temurning axloq – odob haqida qarashlarining pedagogik ahamiyatini asoslang
“Temur tuzuklari”XIV –XV asrlar voqealari va hayotini yorituvchi qimmatli manba, Amir Temurning harbiy, siyosiy faoliyatidan ma'lumot beruvchi asar kim tomonidan qachon so'ralgani noma'lum.
“Temur tuzuklari”da do'stlik, vafodorlik, imon va e'tiqod, kasb –hunar va boshqa insoniy fazilatlarga rioya qilish to'g'risida fikr yuritiladi, fuqarolarning shariat qonun –qoidalariga buysunish lozimligi aytib o'tiladi, qozilarning qonunlarga to'la amal qilish, tartibbuzarlarni ayamay jazolash, sipohlar va askarlarni saqlash va ularga oziq –ovqat, maosh to'lash qoidasi, vazirlar va ularning vazifalari, amirlar, sipohlar va ularni taqdirlash tartiblari, ularning bir –biriga muomalasi va turli boshqa masalalar bo'yicha mufassal ma'lumot beriladi. “Temur tuzuklari” eski o'zbek tilida yozilgan va boshqa tillarga tarjima qilingan.
“Temur tuzuklari” ikki qismdan iborat:
Birinchiqismda Amir Temurning Movarounnaxrda saltanatni qo'lga kiritish uchun olib borgan urushlari va bu borada o'z yaqinlari bilan o'tkazgan kengashlari, amirlar bilan olib borgan muzokaralari haqida tavsilotlar berilgan.
Ikkinchi qismida Amir Temurning davlatni boshqarish mamlakatni idora qilish uslubi haqidagi tuzuklari, ya'ni yo'l -yo'riqlari qonun qoidalari, pand –nasixatlari o'rin olgan. Saltanatni boshqarishda Amir Temur islom dini va shariat talablariga, adolat, insof va haqiqatga tayanadi, turli tabaqa va toifaga mansub kishilarni teng ko'rib, qilgan xizmatlariga qarab ularni hurmat qiladi, mamlakatni boshqarishda eng avvalo olimu fuzalo, sayyidlar, shayxlar va oriflarga tayanardi.
«Kuch-adolatdadir»degan shiori Amir Temur ma'naviyatini belgilovchi bosh mezon, uning butun umr bo'yi amal qilgan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmunini mujassamlashgan.
Amir Temurning ma'naviy-ma'rifiy qarashlariuning o'z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o'gitlari «Temur tuzuklari»da mujassamlashgan. Bu bebaho tarixiy asarda, hokimlar va vazirlarning vazifalari, o'z ishiga munosabati, aholi turli qatlami, raiyatning haq-huquqlarini himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi hayoti ma'naviy-axloqiy qonun-qoidalarda o'z ifodasini topgan.
Sohibqironning «Temur tuzuklari»danquyidagi satrlarni mamnuniyat bilan o'qish mumkin: «Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to'g'ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin».
«Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o'rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o'rniga boshqasiga jabr-zulm o'tkazmadim».
Amir Temur kechirimli bo'lish inson uchun eng yaxshi fazilat sanaydi:«Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko'tarib, ishimga ko'p ziyon yetkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o'chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo'l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu-qo'rquv bo'lsa, unut bo'lardi».
«Menga hasad qilib, o'ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg'a-in'omlar berib, muruvvatu ehson ko'rsatdimki, bu yaxshiliklarni ko'rib, hijolat teriga g'arq bo'ldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan do'stlarim oldimga panoh tilab kelganlarida, ularni o'zimning taxtu davlatimga sherik qilib, hech qachon ulardan mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ayamadim».«Hech kimdan o'ch olish payida bo'lmadim. Tuzumni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim...». «Agar dushmaning bosh urib panohingga kelsa, rahm qilib yaxshilik va muruvvat ko'rsat».
Amir Temurning do'stlik haqidagi pandu-nasihatlari ham ibratlidir:«Sodiq va vafodor do'st ulkim, o'z do'stidan ranjimaydi, do'stning dushmanini o'z dushmani deb biladi. Agar kerak bo'lsa, do'sti uchun jonini ham ayamaydi».
Amir Temurning umr bo'yi obodonchilik, qurilish ishlariga katta ahamiyat berganligi, kambag'alparvarligini uning quyidagi o'gitlaridan ham bilish mumkin: «Kimki biron sahroni obod qilsa yoki koriz qursa, yoki biror bog' ko'kartirsa, yohud biror harob bo'lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, uchinchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig'sinlar». «Katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar, ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar...». Amir Temurning quyidagi
so'zlari asarlar osha xalqimizning asl farzandlarini el-yurt, Vatan haqida qayg'urishga chorlab keldi: «Millatning dardlariga darmon bo'lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qo'riqlang, yo'qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo'lsa».Bu jumlalar Amir Temurning ma'naviyati naqadar yuksak bo'lganligini bildirib turibdi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling