1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni
Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi
Download 0.55 Mb.
|
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J
88 Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi.
Yan Amos Komenskiy (1592.28.3, Jan. Moraviya, Nivnitse — 1670.15.11, Amsterdam) — chex gumanist-pedagogi, zamonaviy oʻqitish jarayoni asoschisi. Faoliyati nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmiga qarshi qaratilgan "Chex qardoshlari" diniy uyushmasiga mansub oilada tugʻilgan. Mazkur uyushma aʼzosi sifatida taʼqibga uchrab, togʻ va oʻrmonlarda yashirinib yurishga majbur boʻlgan. Dastlabki maʼlumotni qardoshlik maktabida olgan. 1608—10 yillarda lotin maktabida, keyinchalik Xerborn akademiyasi va Geydelberg universitetida oʻqigan. Katolik cherkov taʼqibi natijasida Polshaning Leshko shahriga kelgan va u yerda gimnaziya tashkil etgan. 1631 yil "Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi", 1632 yil "Buyuk didaktika", "Onalar maktabi" daryolik va qoʻllanmalarini yaratgan. K.ning "hamma narsani bilish, hammaga bilim berish" shiori ostida yozilgan asarlari ilgʻor fikrli inglizlarda zoʻr qiziqish uygʻotgan. U lotin tili daryoligi va til oʻqitish metodikasi boʻyicha qoʻllanma yaratgan. 1650 yil Vengriyaga keldi va ped. nazariyasi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan "Pansofiya maktabi" (1651), "Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari" (1653) kitoblarini, oʻquv jarayonida rasmlardan foydalanishning samarali natijalari aks etgan "Hislar vositasida idrok qilinadigan narsalar tasviri" (1658) asarini yozdi. K. har bir bola taʼlim olishi lozimligini uqtiradi, umumtaʼlim deganda xotin qizlarning ham tahsil olishini koʻzdatutadi. K. fikricha, tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iborat boʻlib, uni aqliy, axloqiy va diniy tarbiya bilan amalga oshirish mumkin. U bolaga samarali pedagogik taʼsir koʻrsatish uchun yosh xususiyatini hisobga olish lozimligini taʼkidlaydi. K. bolalarning oʻqish yoshini ona maktabi (tugʻilgandan 6 yoshgacha), xalq, maktabi (6—12 yosh), gimnaziya (12—18 yosh), akademiya (18—24 yosh) kabi bosqichlarga boʻladi. K. ped.si mohiyati oʻqitishni bola yoshi, bilim darajasi, ruhiy holatiga uygʻun holda tashkil etishdan iborat. Uning bu karashlari "Buyuk didaktika" asarida oʻz ifodasini topgan boʻlib, unda koʻrsatmalilik, onglilik, izchillik kabi didaktik tamoyillar ahamiyati nazariy jihatdan asoslab berilgan. K. jahon taʼlimi tarixida birinchi boʻlib taʼlimning sinf-dars tizimini ishlab chikdi, taʼlim beriladigan vaqtning davomiyligini, bilim oladigan oʻquvchilar sonini, yoshini belgiladi. Darsning rejalashtirish, maqsadga muvofiq olib borish, taʼlim beriladigan vaqtni oʻquv yili, choraqlar hamda oʻqish kunlariga ajratish yoʻllarini koʻrsatdi. Taʼtillar va ularning davomiyligi, kundalik va yillik oʻquv soatlari miqdorini belgilab berdi. Uning pedagogik karashlari hozirgi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgan emas. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling