O’zbek dialektologiyasi
Download 29.22 Kb.
|
dialektologiya test namuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ushbu test topshirig’ida variantlardagi to’g’ri javob (*) belgisi orqali ifodalangan.
“O’zbek dialektologiyasi” fanidan test topshirig’i (1-15-ma’ruza mavzulari asosida) 1. Dialektologiya so’zi haqida to’g’ri berilgan izohni toping. *A) grekcha (dialekt – sheva) B) lotincha (dialektum – sheva) C) inglizcha (dialect – lahja) D) yunoncha (dialektum – sheva) 2. Qaysi professor olim o’zbek tili dialectal kartasining rang-barangligini uning etnogenezesidan qidirish lozimligini uqtiradi? *A) V.V. Reshetov B) E.D. Polivanov C) K.K. Borovkov D) K.K. Yudaxin 3. Dialektologiyaning qaysi turi mahalliy lahja va shevalarga xos fonetik va leksik-grammatik xususiyatlarni sinxron planda qayd qilish bilan chegaralanadi? *A) Tasviriy dialektologiya B) Tarixiy dialektologiya C) Jug’rofiy dialektologiya D) Grammatik dialektologiya 4. Biror tilning o’ziga xos fonetik, leksik, Grammatik xususiyatlariga ega bo’lgan kichik qismi nima deb ataladi? *A) Sheva B) Lahja C) Dialekt D) Difton 5. Hozirgi vaqtda skif-turkiy tilida qancha odam so’zlashadi? *A) 200 mln B) 100 mln C) 180 mln D) 150 mln 6. Nechanchi asrlar davomida Markaziy Osiyoda turkiy tilda so’zlashuvchi o’troq va ko’chmanchi xalqlar yashagan? *A) IX-X B) X-XI C) IX-XI D) X-XII 7. Kim turkiy tillar va lahjalarini yigirmata qabilagan mansub deb ko’rsatib, ulardan har birining son-sanoqsiz urug’lari borligini qayd etadi? *A) Mahmud Koshg’ariy B) Az-Zamaxshariy C) Al-Beruniy D) Al-Farobiy 8. Zamon, makon va qurol nomi “Devon”da sharqiy guruh tillarida qaysi qo’chimchalar bilan yasaladi? *A) -g’u, -gu, -ku, -qu B) -ga, -ka, -qa, -g’a C) -guchi, -kuchi, -quchi D) -ar, -ir, -ur, 9. A. Navoiy asarlarining tili qarluq-chigil-uyg’ur guruhiga kiruvchi shevalar tiliga, ayniqsa qaysi shevaga yaqin keladi? *A) Andijon shevasiga B) Farg’ona shevasiga C) Toshkent shevasiga D) Qo’qon shevasiga 10. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” asari qaysi qaysi qabilaning tilida yozailgan? *A) Chigil qabilasi B) Uyg’ur qabilasi C) Qarluq qabilasi D) Qipchoq qabilasi 11. A. Qahhorning “Sinchalak” qissasida qaysi shevaga xos xususiyatlar uchratiladi? *A) Farg’ona shevasiga B) Andijon shevasiga C) Namangan shevasiga D) Surxondaryo shevasiga 12. O’zbek shevalarini hozirga qadar o’rganishda eng ko’p qaysi metoddan foydalanilgan? *A) Tavsifiy va qiyosiy metod B) Leksik-semantik metod D) Dialektometriya C) Anketa metodi 13. Transkripsiya turlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping? *A) Xalqaro va milliy transkripsiya B) Umumiy va milliy transkripsiya C) Jug’rofiy va madaniy transkripsiya D) Amaliy va Nazariy transkripsiya 14. Biror yozuv harflarini boshqa bir yozuv harflari bilan almashtirib ifodalash usuli nima deb ataladi? *A) Transliteratsiya B) Transkripsiya C) Dabdil usuli D) Umlaut 15. Tilshunoslikda keng miqyosda qo’llanadigan lotin alfaviti asosida tuzilgan transkripsiya yana qaysi nom bilan yuritildi? *A) Fonetik transkripsiya B) Fonematik transkripsiya C) Fonologik transkripsiya D) Umumiy Transkripsiya 16. Kitobda ishlatilgan transkripsiya sistemasida o’zbek alfavitidagi qaysi harflardan tashqari hamma harflar qo’llaniladi? *A) e, yo, yu, ya B) a, ye, yu, yo C) u, yu, ya, yo’ D) o, ya, ye, yu 17. O’zbek xalq shevalari tovush tarkibi va fonetik xususiyatlariga ko’ra necha guruhga bo’linadi? *A) 2 B)4 C)3 D)5 18. O’zbek adabiy tiliga asos bo’lgan shevalarda unli fonemalar soni nechtadan oshmaydi? *A) 6-7 B) 5-7 C) 4-5 D) 4-6 19. Qaysi shaharlar shevalarida sifat jihatdan farq qiladigan, ammo miqdor jihatdan farqlanmaydigan 7 fonema mavjud? *A) Qo’qon va Marg’ilon B) Andijon va Farg’ona C) Toshkent va Samarqand D) Namangan va Andijon 20. qaysi fonema j-lovchi shevalarda bo’lib, shahr tipidagi shevalarda sporadic ravishdagina uchraydi? *A) E fonemasi B) A fonemasi C) I fonemasi D) O fonemasi 21. Qaysi olim eski o’zbek tili davrida birinchi tip, ya’ni tanglay uyg’unligining saqlangan va buzilgan hollari bor, ikkinchi tip , ya’ni lab uyg’unligida esa buzilish holati mavjud deb ko’rsatadi? *A) A.M. Shcherbek B) E.D. Polivanov C) K.K. Borovkov D) K.K. Yudaxin 22. O-lashish hodisasining pozitsion sabablarini qaysi sheva materiali juda aniq yoritib beradi? *A) Toshkent shevasi B) Andijon shevasi C) Surxondaryo shevasi D) Namangan shevasi 23. So’zlar tarkibida bo’g’iz h yoki til o’rta y tovushlarining tushib qolishi natijasida qaysi harf paydio bo’ladi? *A) Cho’ziq e: B) Cho’ziq a: C) Qisqa e D) Qisqa a 24. Quyidagilardan qaysi shevalarda cho’ziq unlilar mustaqil fonema sifatida saqlangan? *A) Iqon, Qorabuloq; B) Namangan, Farg’ona; C) Toshkent, Sirdaryo; D) Qashqadaryo, Surxondaryo; 25. Lab undoshlari to’g’ri keltirilgan javobni toping? *A) p, b, f, m, v B) w, v, b, n C) b, m, f, j D) p, b, f, k 26. Qaysi fonema o’zbek adabiy tili va Samarqand-Buxoro tilidagi shevalarda qo’’lanilib, boshqa shevalarda uning o’rniga p fonemasi ishlatiladi? *A) f fonemasi B) m fonemasi C) V fonemasi D) b fonemasi 27. So’roq yuklamasidagi m tovushining n ga o’tishi qaysi sheva uchun xosdir? *A) Qorabuloq B) Chust C) Siyob D) Buloqboshi 28. Sirg’aluvchi g’ tovushi qaysi fonemaning kombinator-fakultetiv variant sanaladi? *A) g fonemasi B) q fonemasi C) k fonemasi D) x fonemasi 29. “O’zbek tilida kelishiklar” asarining muallifini toping? *A) A. G’ulomov B) B. Hasanov C) B. To’ychiboyev D) S. Ashurboyev 30. Toshkent shevasida tushum va qaratqich kelishiklarining jami necha xil shakli qo’llaniladi? *A) 19 xil B) 10 xil C) 15 xil D) 17 xil 31. Qaysi sheva vakillari nutqida ko’plikning o’ziga xos aqi formasi mavjud? *A) Surxondaryo shevasi B) Qashqadaryo shevasi C) Samarqand shevasi D) Andijon shevasi 32. Shevalarda ko’plik asosan qanday usullar bilan ifodalanadi? *A) morfologik, sintaktik B) stilistik, lelsik C) leksik-semantik D) qiyosiy, chog’ishtiruv 33. Qaysi shevada m, n, ng undoshlaridan so’zng –di affiksi ko’pincha –ni shaklida talaffuz qilinadi? *A) Shahrisabz B) Andijon C) Surxondaryo D) Samarqand 34. o’tgan zamon fe’lining formasi qaysi affikslar yordamida yasaladi? *A) –k//q, - v, - miz B) –g//q, -v, -miz C) –q//g, -v, -miz D) –g’//k, -v, -miz 35. Navoiyshunoslarning tadqiqiga ko’ra, Navoiy asarlarida jami qancha fe’l va fe’l shakllaridan foydalangan? *A) 1000 B) 1500 C) 2000 D) 2400 36. Samarqand, Buxoro tip shevalarida qaysi affiks l undoshi bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda assimilyatsiyaga uchrab l bilan talaffuz qilinadi? *A) –di affiksi B) –q affiksi C) –t affiksi D) –g affiksi 37. M. Mirzayev quyidagilardan qaysi guruh shevalarini tadqiq etgan? *A) Buxoro B) Samarqand C) Andijon D) Namangan 38. Iqon shevasida sifat so’z turkumidagi so’z oxiridagi undosh qay holatda qo’llaniladi? *A) jarangsiz B) jarangli C) portlovchi D) sirg’aluvchi 39. qaysi affiks o’g’uz va qipchoqlarda serunum bo’lib otdan sifat yasaydi? *A) –li affiksi B) –di affiksi C) –dor affiksi D) –ser affiksi 40. Shevalarda numerativlar ko’pincha qaysi so’z turkumida bo’ladi? *A) ot B) sifat C) fe’l D) olmosh 41. Ayrim shevalarga xos dilektal so’zlarga nisbatan qaysi so’zlar shevalar lug’at tarkibida ko’p o’rin egallaydi. *A) umumxalq so’zlari B) o’z qatlam so’zlari C) o’zlashma qatlam so’zlari D) alohida olingan so’zlar 42. O’zbek shevalarida dilektal so’zning necha xil tiplari bor? *A) 5 xil B) 4 xil C) 3 xil D) 2 xil 43. Qipchoq shevalaridagi ma’nodosh so’zlar tuzilishi jihatidan qanday turlarga bo’linadi? *A) sodda, juft, birikmali B) sodda va qo’shma C) sodda va murakkab D) birikmali va murakkab 44. Qaysi hodisa voqelikdagi bir narsa-buyum xususiyatlarini boshqasiga ko’chirish, o’tkazish orqali sodir bo’ladi? *A) Ko’p ma’nolilik B) Sinonimiya C) Antonimiya D) Paronimiya 45. O’zbek tilidagi so’zlar, asosan, qaysi uch manbadan o’zlashgan? *A) arab, fors, rus tillaridan B) tojik, arab, sart tillaridan C) rus, tatar, boshqird tillaridan D) fors, rus, tatar tillaridan 46. Qaysi qabila IX-X asrlarda Lie daryosining janubida, Issiqko’l atrofida yashaganlar? *A) Chigil qabilasi B) Uyg’ur qabilasi C) Yag’mo qabilasi D) Sart qabilasi 47. Qipchoq lahjasida umumiy nechta unli tovush mavjud? *A) 9 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 6ta 48. O’zbek dialektlarini o’rganish sohasida nechanchi yillar orasida prof. Y.D. Polivanov tomonidan juda ko’p ishlar qilindi? *A) 1920-1937-yillar B) 1923-1930-yillar C) 1938-1946-yillar D) 1928-1953-yillar 49. O’zbek adabiy tilida so’z boshida keladigan qaysi tovush qozoq, qirg’iz, qoraqalpoqlarda dj, j tovushi bilan beriladi? *A) Y tovushi B) J tovushi C) S tovushi D) Ch tovushi 50. Kim adabiy tilni qayta ishlangan til deya baholaydi? *A) A.M. Gorkiy B) B. Hasanov C) B. To’ychiboyev D) S. Ashurboyev 51. Milliy til tushunchasi hozirgi vaqtda qaysi tushunchaga to’g’ri keladi? *A) umumxalq tili B) umumiste’mol tili C) o’z qatlam D) adabiy til 52. XV asrda eski o’zbek adabiy tilini boyitishga katta hissa qo’shgan buyuk shaxni toping? *A) A. Navoiy B) Ibn Sino C) Mahmud Koshg’ariy D) Al-Beruniy 53. Qaysi usulda shevalar tavsifiy usulda yozib olinib, boshqa o’zbek shevalari va adabiy tilda qabul qilingan so’zlar bilan qiyoslanadi? *A) Monografik usul B) lingvografik usul C) Semantik usul D) Leksik usul 54. Mos hodisalarning u yoki bu a’zosi , bo’lagi tarqalgan eng chet nuqtalarni tutashtiruvchi atlas kartadagi chiziq nima deb ataladi? *A) Izoglassa B) Mos hodisalar C) Lingvistik atlaslar D) Areallar 55. Rossiyada lingvistik geografiyaning paydo bo’lishi va rivoji kimning nomi bilan bog’liq? *A) Sreznevskiy B) Shaxmatov C) Avanesov D) Sobolevskiy 56. “O’zbek sheva-lahjalarini tekshirishga oid savol-javoblar” anketasi muallifi kim? *A) K.K. Borovkov B) E.D. Polivanov C) V.V. Reshetov D) K.K. Yudaxin 57. G’ozi Olim Yunusovning “O’zbek lahjalarining tasnifidan bar tajriba” tadqiqotida o’zbek urug’- qabilalari va ularning tillari nechta deb qayd etadi? *A) 92 ta B) 72 ta C) 87 ta D) 99 ta 58. Quyidagilardan qipchoq dialektlari borasida ilmiy tadqiqot olib brogan olimlarni toping? *A) X. Doniyorov, N. Rajabov B) K. Borovkov, B. Hasanov C) B. To’ychiyev, B. Hasanov D) N. Rajabov, S. Ashurboyev 59. O’zbek-qipchoq lahjasiga quyidagilardan qaysi shevalar kiradi? *A) Ohangaron, Mirzacho’l, Samarqand, Buxoro B) Toshknet, Namangan, O’sh C) Andijon, Marg’ilon, Sirdaryo D) Buxoro, Surxondaryo, Chimkent 60. Namangan shevasidagi hozirgi zamon davom fe’li qo’shimchasini toping? *A) –ut affiksi B) –et affiksi C) –yap affiksi D) –yop affiksi Ushbu test topshirig’ida variantlardagi to’g’ri javob (*) belgisi orqali ifodalangan. Download 29.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling