Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona


Download 309.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi309.66 Kb.
#1009039
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MustaqilIshNutqObidjonov



MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA 
FILIALI 
“KOMPYUTER INJINIRING ” FAKULTETI 
“KOMPYUTER INJINIRINGI” YO’NALISHI 
“NUTQNI TANISH ALGORITMLARI” FANIDAN
Mustaqil ish 
GURUH: 614-19 
TOPSHIRDI: Obidjonov R.
2022-yil 
Mavzu: Tovushli fonemalarning pozitsional o'zgarishlari. Unli fonemalarning 
miqdoriy va sifat jihatidan kamayishi


Reja: 
1.Fonemika 
2.
 
Fonemalarning differensial va integral belgilari 
3. Fonologik oppozitsiya 
4. Korrelatsiya 
Fonemika-fonologiyaning 
bir 
qismidir, 

fonlarning 
fonemalarga 
birlashuvini o'rganadi. Fonema - so'zlar, morfemalar va grammatik shakllarning 
tovush qobig'ini farqlash orqali ularning ma’nolarini tafovutlash vazifasini 
bajaradigan eng kichik segment birlikdir. Masalan, or so'zi tarkibida ikkita segment 
birlik («о» va «г» fonemalari) bor; zor, ozor, bozor so'zlari tarkibida esa ularning 
soni ko'proq: 3 ta («zor»da), 4 ta («ozor»da) va 5 ta («bozor»da) kabi. Bu holat 
yuqoridagi so'zlarning tovush qobig'ini (fonetik qiyofasini) va ma’nosini farqlash 
imkonini bermoqda. Bunday holni «-man» va «-san» morfemalarida, boraman va 
borasan kabi grammatik shakllarda ham ko'ramiz: ularda fonemalar miqdori 
ortmasa-da, fonema turlari o'zgarmoqda («-man»da «m» fonemasi, «-san»da esa 
«s» fonemasi qo'llangan), natijada morfema va so'z shakllarining tovush qobig'i va 
ma’nolari farqlanmoqda.
Fonemalarning differensial belgilari 
Fonemalarning differensicil belgilari ularni bir-biridan farqlash uchun 
xizmat qiladigan alomatlaridir. Masalan, «к» undoshi o'zining jarangsizligi bilan 
jarangli «g» dan ajralib turadi, demak, «k»ning jarangsizligi, «g»ning esa 
jarangliligi bu ikki fonemaning differensial (farqlanadigan) belgilari sanaladi. 
Differensial belgilar fonemalarning fonologik xususiyatini belgilaydi — so'zning 
fonetik qobig'i va shu orqali uning ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladi: kul va 
gul so'zlarining ma’nolari ayni shu ikki fonemaning differensial belgilari (birining 
jarangsiz, ikkinchisining esa jarangli ekanligi) tufayli farqlanmoqda. Differensial 
belgilar faqat jaranglilik va jarangsizlik jihatidangina emas, balki fonemalar 
artikulatsiyasiga bog'liq holda tarkib topishi ham mumkin: «в»- lab-lab undoshi, 
«d» — til oldi (dental) undoshi. Artikulatsiya o'rnidagi bu tafovutlar bor va dor 
so'zlarining fonetik qiyofasini va ma’nolarini farqlamoqda; «q» - portlovchi, «х» - 
sirg'aluvchi. Artikulatsiya usulidagi bu tafovutlar qol va xol so'zlarining tovush 
tarkibi va ma’nolarini farqlash uchun xizmat qilmoqda. 

Download 309.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling