5-variant Til strukturasi nazariyasi. Izomorfizm nazariyasi. Sathlar iyerarxiyasi


Download 96.5 Kb.
bet1/11
Sana28.12.2022
Hajmi96.5 Kb.
#1014380
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-7 variant.javoblari


5-variant
1. Til strukturasi nazariyasi. Izomorfizm nazariyasi. Sathlar iyerarxiyasi
nazarlyasl. Struktur tilshunoslikning shakllanishi va rivojlanishida Praga lingvistika maktabi alohida o‘rin egallaydi. Bu maktab negizida 1926 yilda mashhur chex tilshunosi V.Matezius (1882-1945) tashabbusi bilan tashkil etilgan Praga lingvistik to‘garagi a’zolarining qarashlari yotadi. Praga lingvistik to‘garagining nazariy qarashlari 1929 yilda Pragada bo‘lib o‘tgan slavyanshunoslarning I xalqaro se’zdida tavsiya etilgan “Praga lingvistik to‘garagi tezislari”da bayon qilingan.Praga lingvistik maktabining o‘ziga xos xususiyati strukturlik va funksionallikdadir. Bu maktab vakillari tilning strukturligiga tayanish bilan birga, til va uning birliklarining vazifasiga jiddiy e’tibor beradilar.Praga lingvistik maktabining funksionalligi 1958 yilda bo‘lib o‘tgan slavyanshunoslarning xalqaro IV se’zdida B.Gavranek, K.Goralek, V.Skalichka va P.Trostlar tomonidan tavsiya etilgan tezislarda aniq o‘z ifodasini topdi.Izomorfizm (lotincha izo - o‘xshash, morfo - shakl) atamasi tilshunoslikka ilk bor.YE.Kurilovich tomonidan kiritilgan bo‘lib, tilning turli sath birliklarining ichki tuzilishi o‘rtasidagi o‘xshashlik ma’nosini ifodalaydi.1 Masalan, tovush komplekslari (bo‘g‘in) bilan semantik komplekslar (gap) o‘rtasida izomorfizm deb nomlanishi mumkin bo‘lgan ajoyib o‘xshashlik bor.Ma’lumki, fonetikada tovush va bo‘g‘in segment birliklar, urg‘u va intonatsiya (ohang) esa supersegment birliklar tarzida tavsiflanadi. Fonologiyada bu birliklar lisoniy-vazifaviy xususiyat taqozosi bilan fonema (tovush), sillabema (bo‘g‘in), aksentema (urg'u) va intonema (intonatsiya, ohang) deb nomlanadi, fonologiyaning o‘zi esa segmental fonologiya va supersegmental fonologiya kabi ikki turga ajratiladi.Segmental fonologiyaning asosiy predmeti fonemadir, shunga ko‘ra u fonematika, fonemika nomlari bilan ham ataladi.Supersegmental fonologiyaning predmeti esa sillabema, aksentema va intonemadir, shunga ko‘ra u prosodika deb ham yuritiladi.Fonemika - yuqorida aytib o`tilganidek, fonologiyaning bir qismidir, u fonlarning fonemalarga birlashuvini o‘rganadi.Fonema — so’zlar, morfemalar va grammatik shakllarning tovush qobig`ini farqlash orqali ularning ma’nolarini tafovutlash vazifasini bajaradigan eng kichik segment birlikdir. Masalan, orso`zi tarkibida ikkita segment birlik («o» va «r» fonemalari) bor; zor, ozor, bozor so`zlari tarkibida esa ularning soni ko‘proq: 3 ta («zor»da), 4 ta («ozor»da) va 5 ta («bozor»da) kabi. Bu holat yuqoridagi so'zlarning tovush qobig‘ini (fonetik qiyofasini) va ma’nosini farqlash imkonini bermoqda. Bunday holni «-man» va «-san» morfemalarida, boraman va borasan kabi grammatik shakllarda ham ko`ramiz: ularda fonemalar miqdori ortmasa-da, fonema turlari o‘zgarmoqda («-man»da «m» fonemasi, «-san»da esa «s» fonemasi qollangan), hatijada morfema va so‘z shakllarining tovush qobig‘i va ma’nolari farqlanmoqda.

Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling