5-variant Til strukturasi nazariyasi. Izomorfizm nazariyasi. Sathlar iyerarxiyasi


Leksik semantic tizimning fonologik va grammatik tizimdan farqlanishi


Download 96.5 Kb.
bet3/11
Sana28.12.2022
Hajmi96.5 Kb.
#1014380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-7 variant.javoblari

3. Leksik semantic tizimning fonologik va grammatik tizimdan farqlanishi.Omonim. Shakli bir xil, ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar omonim deyiladi. Bir xil shaklga ega bo‘lgan bir necha so‘z omonim hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq so‘zning bir xil yozilishi va bir xil talaffuz etilishi natijasida omonimlar yuzaga keladi.Sinonimlar (ma’nodosh so‘zlar).Shakli har xil bo‘lsa ham ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlar sinonimlar deyiladi. Bir (xil) ma’noning bir necha so‘z shakllari orqali berilishi sinonimlarni yuzaga keltiradi. So‘zlarning o‘zaro sinonim munosabatda bo‘lishi sinonimiya hodisasi deyiladi.Antonimlar. O‘zaro qarama-qarshi(zid) ma’noli so‘zlar antonimlar deyiladi. So‘zlarning bunday munosabati antonimiya deyiladi. Antonimlar 3 xil belgiga ega: 1) shakli( fonetik strukturasi) jihatidan har xillik; 2) ma’no jihatdan har xillik: 3) ma’nodagi o‘zaro zidlik. Uchinchi belgi antonimlarni o‘zaro birlashtiradi, zid ma’nolilikni yuzaga keltiruvchi asosiy belgi hisoblanadi.Ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkin. Masalan, qattiq so‘zi bir ma’nosida yumshoq so‘ziga, boshqa bir ma’nosida saxiy so‘ziga antonim bo‘ladi. Boy o‘lgudek qattiq edi.Bir so‘z o‘zaro sinonim so‘zlar bilan yoki o‘zaro sinonim so‘zlar boshqa sinonimlar bilan antonimik munosabat hosil qiladi: xursand-xushvaqt-shod-xurram-xushnud-xafa.Paronimlar. Aytilishi (talaffuzi) bir-biriga o‘xshash, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar paronimlar deyiladi; yuvindi-yuvundi, fakt-pakt, abzal-afzal, yoriq-yorug‘, quyulmoq-quyilmoq, arch-art, otalik-otaliq. Leksema nima? Bu savolga shunday javob qaytarish mumkin: Jamiyat azolari uchun tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan voqelikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, nutq va lug‘atda grammatik morfemalarni o‘ziga biriktira oladigan morfema turi leksemadir. Malumki, formal tilshunoslikda til va nutq hodisalari, birliklari farqlanmas edi. Shunga ko‘ra, leksema va so‘z ham bir-biridan farqlanmagan. Sistem tilshunoslik nuqtai nazaridan bevosita kuzatishda berilgan matn va lug‘atlarda qayd etilgan so‘zlar nutq birliklari hisoblanadi. Yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, til birliklari bevosita kuzatishda berilmagan bo‘lib, ular jamiyat azolari uchun tayyor va majburiy bo‘ladi. Leksemaning nutqdagi voqeligi so‘zdir. Leksemalar konstruksiyalarda mustaqil o‘rin egallay olish yoki egallay olmasligiga ko‘ra, mustaqil va yordamchi leksemalarga bo‘linadi.Nomema leksemaning tilga xos tomonidir. U ongimizda muayyan fonemala izmasi sifatida mavjud. Nomemaning fonemalar tizmasidan iboratligi ichki nutq jarayonida (kishi fikr yuritganda, malum matnni ichida o‘qiganda) aniq seziladi. Chunki odam ichki nutq jarayonida so‘zlarni, qo‘shimchalarni ketma-ket tizib, xuddi gapirayotgandek, ularni grammatik jihatdan shakllantiradi. Sememaning tushunchalar bilan bog‘liqligini faqat mustaqil leksemalardagina kuzatish mumkin. Yordamchi leksemalarda, olmoshlarda esa bunday bog‘lanishni ko‘rmaymiz. Tilshunoslikda sememani hosil qiluvchi ma’no bo‘laklari sema deyiladi. Masalan: [daraxt] leksemasining semalari quyidagilar:1) predmet; 2) o‘simlik; 3) yerda o‘suvchi; 4) tanali; 5) ildizli; 6) shoxli; 7) bargli.Sistem tilshunoslikning asosiy vazifalaridan biri leksemalarni tizim sifatida tahlil qilishdir. Leksemalarni shu nuqtai nazardan o‘zaro ichki munosabatlar asosida muayyan qatorlarga, guruhlarga, tur va turkumlarga birlashtirish zarur. Xulosa qilib aytish mumkinki, leksema «o‘zida tayyorlik, majburiylik, takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik xususiyatlarini mujassamlashtirgan, shakl va denotativ ma’no birligidan iborat mustaqil anglanish va qo‘llanish tabiatiga ega bo‘lgan lisoniy birlik» deb ta’riflanar ekan, bu ta’rif faqat mustaqil leksemalar uchun xosdir. Chunki yordamchi leksemalar denotativ xususiyatlarga ega emas. Yordamchi leksemalar uchun grammatik mano xosdir.

Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling