5-variant Til strukturasi nazariyasi. Izomorfizm nazariyasi. Sathlar iyerarxiyasi
Umumiy semiotika va lingvo-semiotika. Tabiiy belgilar hamda sun 'iy belgil
Download 96.5 Kb.
|
5-7 variant.javoblari
5. Umumiy semiotika va lingvo-semiotika. Tabiiy belgilar hamda sun 'iy belgil;
Kommunikativ va informativ belgilar. Semiotika (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fandir. Shunga ko‘ra semiotika belgilar sistemasiga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarni, jihatlarni o‘rganadi. Semiotika belgilar nazariyasi haqidagi ta’limot sifatida belgilarni, belgilar sistemasiga kiruvchi hodisalarni, ularning tabiati, mohiyati, turlari, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni tekshiradi.Semiotika, aytilganidek, belgilar nazariyasi haqidagi ta’limot bo‘lib, uning muayyan yo‘nalishi sifatida tilshunoslik va semiotikaning o‘zaro maqsadli aloqaga, munosabatga kirishishidan tilshunoslik fanining lingvosemiotika deb ataluvchi sohasi shakllanadi. Demak, til ikkilamchi belgilar sistemasi sifa-tida semiotikaning — lingvosemiotikaning tekshirish obyekti hisoblanadi, ya’ni lingvosemiotika tilning belgi tabiatiga egaligini, informatsiya uzatuvchi til birliklarining xususiyatlarini tadqiq qiladi.Ma’lumki, til — til (nutq) birliklari (so‘z, so‘z birikmasi, gap va boshqalar) muayyan belgilar sifatida ma’no, tushuncha, fikr ifodalaydi. Ular ma’no, tushuncha, fikr kabilarning simvoli (ramzi) yoki belgisi bo‘lib hisoblanadi. Shunga ko‘ra Ferdinand de Sossyur til g‘oya, fikr ifoda etuvchi belgilar sistemasidir, deydi.Semiotikaning tekshirish obyekti jamiyat tomonidan faol qo‘llanadigan belgilar sistemasidir.Semiotika grekcha semion, semiologiya grekcha sema va logos so‘zlaridan iborat bo‘lib, belgi va ta’limot, tushuncha demakdir.Semiotikada ikki turdagi, ikki tipdagi belgilar farqlanadi, ya’ni tabiiy belgilar (yoki belgilar -priznaklar) va sun’iy belgalar (yoki belgilar - infor-matorlar).Tabiiy belgilar (priznaklar) aslida belgi hisoblanmaydi. Ular u yoki bu narsa, predmet va hodisalarning muayyan bo‘lagi, tarkibiy qismi bo‘lib keladi. Masalan, darsga kirish yoki darsdan chiqish haqida xabar beruvchi qo‘ng‘iroq, poyezdning kelayotganligi yoki harakati yurishi boshlanayotganligi haqida darak beruvchi ovoz, gudok, yomg‘ir yog‘ishidan xabar beruvchi to‘plangan bulutlar, shamolning esayotganidan darak beruvchi daraxt uchlarining qimirlashi, qordagi oyoq izi va boshqalar. Demak, ushbu tabiiy belgilar — alomatlar inson ongida xotirasida muayyan tasavvurlarni hosil qiladi, «uyg‘otadi».Sun’iy belgilar shartli belgilar bo‘lib, haqiqiy belgilar hisoblanadi. Ular tabiiy belgilardan - alomatlardan farqli muayyan xabarni — informatsiyani to‘plash, saqlash va yetkazish uchun predmet va hodisalarni, tushuncha va hukmlarni tasavvur qilish, o‘rnini bosish uchun xizmat qiladi. Demak, bunday hollarda ayni belgilar, tabiiy belgilardan — alomatlardan farqli muayyan predmet, hodisa, tushunchalar o‘rnida ishlatilsada, ammo ularning tarkibiy qismi, bo‘lagi bo‘la olmaydi. Shunga ko‘ra bunday belgilar shartli belgilar hisoblanadi. Download 96.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling