5-variant Til strukturasi nazariyasi. Izomorfizm nazariyasi. Sathlar iyerarxiyasi


Download 96.5 Kb.
bet11/11
Sana28.12.2022
Hajmi96.5 Kb.
#1014380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-7 variant.javoblari

5. Lingvistik metodlar. Har qanday fan asosida kishilarning olamni bevosita kuzatishi yotadi. Inson o‘zini qurshab turgan olam uzvlarini sezgi organlari yordamida his qiladi, boshqalariga solishtiradi, farqli va o‘xshash belgilarini aniqlaydi, so‘ngra muayyan xulosaga keladi. Demak, har bir fan insonlarning olamni kuzatishi, bilishi jarayonida, uning natijasida paydo bo‘ladi.Fanning asosi bo‘lgan bilish uzoq vaqtlardan buyon mutafakkirlarni qiziqtirib ю.keladi. Jumladan, bizning bobokalonlarimiz ham bu sohada o‘zlarining qimmatli fikrlarini bayon qilganlar.Dunyo allomalari ichida ikkinchi muallim nomi bilan mashhur bolgan Forobiy bilishning ikki darajasini ajratadi. Xususan, u «Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida» («Ixso al-ulum») asarida ilmning kelib chiqish sabablari haqida fikr yuritib, quyidagilarni bayon qiladi: «olamda substansiya (javhar) va aksidensiya (oraz) hamda substansiya va aksidensiyani yaratuvchi Marhamatli Ijodkordan boshqa hech narsa yo‘qdir».Forobiyning tilga olgan javhar va oraz haqidagi bu fikri bilish nazariyasida buyuk inqilob edi. Chunki bizni qurshab turgan olam va uning unsurlari javhar va orazlarning o‘zaro dialektik munosabatidan tashkil topgandir.Forobiy tilga olgan javhar va oraz tushunchalari ostida nima yotadi? Har qanday narsa dastlab bizning sezgi organlarimizga ta’sir qiladi. Ana shu sezgi organlarimiz yordamida his qilish mumkin bo‘lgan belgilar oraz sanaladi. Oraz Aristotel falsafasidagi aksidensiyani bildiradi.Forobiyning tushuntirishicha, orazni besh sezgi organlari yordamida his etamiz. Xususan, rang ko‘rish sezgi organi orqali; ovoz eshitish organi orqali; maza-ta’m-maza sezgi organi orqali; predmetlarning holati: sovuq-issiqligi, qattiq-yumshoqligi tana sezgisi orqali, hid hidlash organi orqali his etiladi. Bu sezgi organlari insondan tashqari hayvonlarda ham mavjuddir. Demak, yuqoridagi sezgi organlari barcha jonzotlarga xos. Ular orqali har qanday jonzot o‘zini qurshab turgan olamni amaliy biladi, unga moslashadi.Har qanday fan amaliy bilish ustiga qo‘yilgan nazariy bilimga asoslanadi. Bilish esa falsafa fanining asosi sanaladi. Nazariy falsafa asoschisi I.Kant uning o‘rganish predmeti narsalar (tabiat va jamiyat) emas, balki insonning bilish faoliyatini ilmiy tekshirishdan, inson aqliy faoliyatini aniqlashdan iborat ekanligini takidlagan edi.Falsafa insonning o‘z mohiyatini anglashi, borliqning turli sohalariga oid bo‘lgan hodisa va voqealar haqida ularning tub mohiyatini ifodalaydigan umumiy xulosalar chiqarishi demakdir. Falsafiy tafakkur olamdagi narsa va hodisalarni fikrda umumlashtirib, o‘zaro bog‘liqlikda va rivojlanishda o‘rganish, ularning mohiyatini chuqurroq va to‘laroq bilishdir. Falsafa markazida borliq va uni bilish muammosi yotadi.
Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling