1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Xalq og’zaki ijodida ta’lim-tarbiya mazmuni va usullarining ifodalanishi


Download 0.55 Mb.
bet98/106
Sana08.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1446619
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106
Bog'liq
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J

95 Xalq og’zaki ijodida ta’lim-tarbiya mazmuni va usullarining ifodalanishi.
Har bir fan, sohaning muhim nazariy masalalari bo`ladi. Badiiy adabiyotni o`rganuvchi fan adabiyotshunoslik deb ataladi. Xalq og`zaki poetik ijodini o`rganish sohasini folklorshunoslik deymiz. Folklorshunoslik adabiyotshunoslik tarkibidagi mustaqil fan hisoblansa-da, o`rganish obyekti badiiy adabiyot bo`lgani sabab bir qator umumiy va mushtarak jihatlari bor. Xususan, janrlar masalasi adabiyotshunoslik uchun ham, folklorshunoslik uchun ham muhim hisoblanadi. Faqat adabiyotshunoslikda yozma adabiyot vakillari qalamiga mansub g`azal, ruboiy, doston, noma kabi (mumtoz adabiyot); she`r, hikoya, roman, drama kabilar (zamonaviy adabiyot) ning janr xususiyalari o`rganiladi. Folklorshunoslikda esa xalq og`zaki adabiyotidagi maqol, qo`shiq, ertak, doston kabi janrlarning o`ziga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. Ammo qaysi shaklda yaratilgan adabiyot ekanidan qat`i nazar har bir yo`nalishdagi yutuqlar va kashfiyotlar adabiyotshunoslik ilmi taraqqiyotiga qo`shilgan hissa sifatida baholanaveradi. Avvalo, badiiy asarlar yaratilish jinsi yoki turiga ko`ra uch xil bo`lishini esga olaylik. Jahon adabiyotida uchta jinsning mavjudligi (epos, lirika, drama) qayd etilgan, tan olingan. Janr deganda, ana shu uchta jinsdagi asarlar tarkibini tashkil qiluvchi kichik turlar tushuniladi. Masalan, yozma adabiyotda epik asarlar turini roman, qissa, hikoya janrlari, og`zaki adabiyotda ertak, doston, latifalar tashkil etadi. Ya`ni jins nomi saqlanishi, tarkibi esa asar yaratilish usuliga ko`ra (og`zaki yoki yozma) boshqa-boshqa janrlardan iborat bo`lishi mumkin.
Epos – yunoncha “epos” – rivoya, hikoya, qo`shiq so`zidan iborat bo`lib, badiiy adabiyotda voqea, hodisani bayon qilish, hayotiy lavhaning tafsilotlarini ifodalash ma`nosini anglatadi. Ta`rifdagi “qo`shiq” so`ziga ajablanish kerak emas, chunki qadimgi yunonlar nazarda tutgan qo`shiqlar so`zning hozirgi paytda tushunilishidan farqli ravishda voqea-hodisani bayon qilish xususiyatiga ega edi. Badiiy adabiyotdagi epik jinsda biron voqea badiiy so`z vositasida hikoya qilinadi. Xalq og`zaki ijodida bunday jinsga mansub janrlar afsona, naql, rivoyat, ertak, doston, ayrim termalar, latifa, loflardan iboratdir. Mazkur nazariy masalani ilmiy asosda o`rgangan olim Bahodir Sarimsoqov avval qayd etilgan uch jins qatoriga to`rtinchisini ham qo`shgan va “maxsus tur” deb atagan. Bu tur tarkibini: “oddiy o`tirish olqishlari, qarg`ish, so`kish, maqol, matal, topishmoq va boshqa xildagi yumuq iboralar”, - deb belgilagan. Haqiqatan ham, qayd etilgan janrlarda bir tomondan muayyan vaziyat, voqea-hodisa haqida tasavvur hosil qilish uchun aniq ma`lumot, axborot mavjud bo`lishiga qarmay, aytilgan matnning hajm jihatdan o`ta ixchamligi alohida ko`zga tashlanadi. 
Taniqli folklorshunos olimlardan V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov o`zbek xalq og`zaki ijodidagi dostonlarni “Qahramonlik eposi” deb ataganlar. 1947- yilda Moskvada e`lon qilingan katta hajmdagi kitobni “O`zbek xalq qahramonlik eposi” deb ataganlar va unda “Alpomish”, Go`ro`g`li turkumiga oid dostonlar, “Kuntug`mish” kabi ishqiy-romanik dostonlar tahlil etilgan.
Lirika – lira deb atalgan qadimgi yunon musiqa asbobining nomidan olingan bo`lib, badiiy adabiyotda inson his-tuyg`usini, ichki kechinmalarini ifodalovchi asarlar nazarda tutiladi. Ma`lumki, hayotda turli voqea-hodisalar ro`y beradi. Lirik asarlarda ana shu turmush lahzalari ta`sirida shaxs qalbida paydo bo`lgan kechinmalar ifodalanadi. Ana shu xususiyati bilan lirika eposdan farqlanadi. Chunki bunday asarlarda bosh maqsad sodir bo`lgan hayotiy voqeani emas, balki ana shu voqeaga nisbatan ichki munosabat tarzida ifodalanuvchi ruhiy taassurotlarning namoyon bo`lishini izohlaydi. Shuning uchun lirik asarlarda aks etgan voqea bayonini aynan emas, nisbiy tushunish lozim. Masalan, “Alpomish” dostoni “Burungi o`tgan zamonda, o`n olti urug` Qo`ng`irot elida Dobonbiy degan o`tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o`g`il farzand paydo bo`ldi. Alpinbiydan tag`in ikki o`g`il paydo bo`ldi: kattakonining otini Boybo`ri qo`ydi. Kichkinasining otini Boysari qo`ydi”, - deb boshlanadi. O`z-o`zidan ma`lumki, Fozil Yo`ldosh o`g`li dostonni tinglovchiga aytilajak asardagi voqealar qanday boshlangani yuzasidan ma`lumot bermoqchi. Matnda baxshi Qo`ng`irot, Dobonbiy, Alpinbiylar bilan tinglovchini tanishtirmoqda. Aslini olganda, dostonning to`liq mazmuni ana shunday xabarlar tizimidan iborat. Endi lirik qo`shiqdan bir namuna keltiraylik:
“Tolga chiqib tol bo`ldim,
Tusholmay behol bo`ldim.
O`z tengimning ichida
Muncha betole bo`ldim”.4
Qo`shiq aytayotgan qizmi, yigitmi tolga chiqqani, tushgani haqida xabar berayotgandek tuyiladi. Vaholanki, uning maqsadi bizga qilgan harakatini aytish emas. Balki o`z tengini topa olmay qalban iztirob chekayotganini izhor qilishdir. Tol esa shunchaki bir vosita, xolos. Odatda, qo`shiqlarning dastlabki misralari, ko`pincha, tinglovchini chalg`itish yoki nimanidir ifodalash maqsadida to`qiladi. Asosiy maqsad oxirgi misrada, ba`zan 3-4-misralarda ifodalanadi.Inson qaysi vosita bilan bo`lmasin, o`zining his-tug`usini, ichki kechinmalarini, ruhiy holatini izhor qilar ekan, lirik asar namunasi vujudga keladi. Shuning uchun ham ayrim iqtidorsiz shaxslarning ma`nosiz qofiyalar yig`indisidan iborat she`riy asarlarini lirika namunasi deb bo`lmaydi. Haqiqiy ma`nodagi lirik asar insonni loqayd qoldirmaydi, unga ma`naviy huzur bag`ishlaydi, estetik rohat beradi.
Xalq og`zaki ijodidagi har bir lirik qo`shiq qachonlardir dil so`zlarini aytish bilan ruhiy olamidagi o`zgarishlarni bildirmoqchi bo`lgan yigit-qizlarning qalb daftaridagi muhrlangan misralardan iborat. Hatto bolalar folkloriga mansub allalarni olasizmi, “Boychechak”, “Oftob chiqdi olamga” qo`shiqlarini olasizmi, lirik asarlar talabiga javob berishi shart deb hisoblash kerak.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling