1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Rus-tuzem maktablarida o‘qitish tartibi


Download 334.94 Kb.
bet70/106
Sana18.06.2023
Hajmi334.94 Kb.
#1598392
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106
Bog'liq
A.Temur

68 Rus-tuzem maktablarida o‘qitish tartibi
Rus-tuzem maktablari (rus. tuzemets — mahalliy aholi) — Turkistonda Okt. toʻntarishiga qadar mahalliy aholi bolalari uchun ochilgan boshlangʻich rus maktablari. Uni ochishdan asosiy maqsad oʻlkani ruslashtirish edi. Turkiston generalgubernatori K.P. fon Kaufman "musulmon va rus maktablarining ajralib turishi"ni iqtisodiy va siyosiy jihatdan zararli deb hisobladi. Bu gʻoyani Kaufmanning izdoshi generalleytenant N.O. Rozenbax davom ettirib, ibtidoiy turdagi yangi maktablar — Rus-tuzem maktablarim. tarmogʻini yaratish loyihasini ishlab chiqdi. Birinchi rustuzem maktabi 1884 y. 19 dek.da Toshkentda ochilgan. Unda 41 bola oʻqigan. 1891 y. Xivada, 1894 y. Buxoroda ham ochilgan. Ularning soni 19-asr oxirida 100 dan oshgan. Rus-tuzem maktablarim.da taʼlim muddati 4 y. boʻlgan. Rus-tuzem maktablarim. ruscha va mahalliy sinflarga boʻlingan. Rus tili, oʻqish, yozish, hisob, geom., tarix, boshlangʻich oʻzbek tili, arab tili va islom dini asoslari oʻqitilgan. Rus tili, hisob, yozuv, geom., tarix darslarini rus oʻqituvchisi, oʻzbek tili, arab tili, islom dini asoslarini oʻzbek muallimi oʻqitgan. Saidrasul Saidazizovning "Us todi avval" (1902), Aliasqar Kalininning "Muallimi soniy" (1903), S.M.Gramenitskiyning 3 qismdan iborat oʻqish kitoblari Rus-tuzem maktablarim. oʻquvchilarining asosiy darsliklari boʻlgan. Ayrim Rus-tuzem maktablarim. qoshida kattalar uchun (rus grammatikasi asosini oʻrgatish maqsadida) kechki maktablar, koʻchmanchi aholi uchun esa internatlar tashkil kilingan. Keyinchalik 2 y.lik va ayollar uchun ham Rus-tuzem maktablarim. ochilgan. Rus-tuzem maktablarim. mahalliy aholining bir qismiga oʻsha davr uchun ilgʻor boʻlgan madaniyat yutuqlaridan baxramand boʻlish imkonini yaratgan.
69 XVII-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda allomalarining ta’lim-tarbiya tizimi va pedagogik firklar.
Sharq qomusiy olimlari va ma’rifatparvar pedagoglari Muso al-Xorazmiy “Alkitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr val-muqobala”, Al-Kindiy “Insoniy bilimlar tasnifi”, Abu Nasr al-Forobiy “Ixso al-ulum” (“Ilmlar tasnifi”) va “Fozil odamlar shahri”, Abu Ali ibn Sino “Donishnoma”, “Tadbiri manzil” va “Aqsom al-ulum aqliyya”, Abu Rayhon Beruniy “Minerologiya”, “Hindiston”, “Saydona”, Abu Abdulloh al – Xorazmiy “Mafotih al-ulum” (“Ilimlar kaliti”), Ismoil al – Buxoriy “Al-Jome’ as-sahih” va “Aladab al-mufrad”, Abu Iso at-Termiziy “Al-Jome’ as-sahih”, Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig”, Kaykovus “Qobusnoma”, Zamaxshariy “O’git va nasihatlarning oltin shodalari”, Najmiddin Kubro “Odob qoidalari”, So’fi Olloyor “Sabot ul-ojizin” Burxoniddin Zarnudjiy “O’quvchiga ta’lim yo’lida yo’llanma”, Ahmad Yugnakiy “Hibat ul -haqoyiq”, Amir Temur “Temur tuzuklari”, Ulug’bek “Zij” va “Tarixi arba’ ulus”, Alisher Navoiy “Hamsa” va “Maxbub ul-qulub”, Abdurazzoq Samarqandiy “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn”, Abdurahmon Jomiy “Bahoriston”, Sa’diy “Guliston”, Davoniy “Axloqi Jaloliy”, “Husayn Vaiz Koshifiy, “Axloqi Muhsiniy”, Bobur “Boburnoma”, Abdulg’oziy “Shajarai turk” va “Shajarai tarokima”, Munis Xorazmiy “Munis ul-ushshoq”, va “Savodi ta’lim”, Muhammad Sodiq Qoshg’ariy “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”), Muhammadrizo Ogahiy “Ta’vizul-oshiqin”, Furqat “Ilm hosiyati”, “Ko’rgazma” va “Gimnaziya”, So’fi “Ustod”, “Mudarris” va “Dars”, Ahmad Donish “Navodirul vaqoe” (“Nodir voqealar”), Saidrasul Saidazizov “Ustodi avval”, Ali Askar Kalinin “Muallimi Soniy”, Munavvar Qori “Adibi avval”, Abdulqodir Shakuri “Rahnamoi savad”, Abdulla Avloniy “Adabiyot yohud milliy she’rlar” (“Adabiyotdan xrestomatiya”), “Adibi avval”, “Ikkinchi muallim” va “Turkiy guliston yohud axloq”, Mahmudxo’ja Behbudiy “Bolalar uchun kitob”, “Islomning qisqacha ta’rifi”, “Amaliyoti islom”, Sadriddin Ayniy “Taxzib us-sibyon” (“Bola tarbiyasi”), Abduxoliq Usmon Qori “Tahsil ul-tavjid”, “Engil adabiyoti”, Muhammadjon Qori Naimjon “Odobli bola”, Rahimov Muhammadjon Mirza “Ta’limiy hisob” (“Arifmetika ta’limi”), Saidahmad Siddiqiy “Mir’ati adab” (“Odob ko’zgusi”), Abdurauf Fitrat “Rahbari najot” va “Sayyohi hindi bayonoti”, H.H.Niyoziy “Qiroat” (“Engil adabiyot”, “O’qish kitobi” kabi ma’rifiypedagogik asarlarida, G’arbda esa Platon “Davlat”, Aristotel “Siyosat”, Yan Amos Komenskiy “Buyuk didaktika”, Iogann Genrix Pestolotstsi “Gertruda o’z bolalalarini qanday qilib o’qitadi”, Iogann Gerbart “Tarbiya maqsadlaridan kelib chiqqan umumiy pedagogika”, “Psixologiyani pedagogikaga tatbiq qilish to’g’risidagi xatlar”, “Pedagogikaga doir lektsiyalar ocherki”, Adolf Distverg “Nemis o’qituvchilarini o’qitish uchun qo’llanma”, Konstantin Dmitrievich Ushinskiy “Bolalar dunyosi”, “Muallimlar uchun qo’llanma”, “Kishi – tarbiya predmeti sifatida” (“Pedagogik antropologiyadan tajriba”), Lev Nikolaevich Tolstoy “Alifbe” va “O’qish kitobi”, Anton Semenovich Makarenko “Pedagogik poema”, “Ota-onalar kitobi”, “Bolalar tarbiyasi to’g’risida lektsiyalar”, “Ta’lim-tarbiya tajribasidan ba’zi xulosalar”, Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy “Pavlish maktabi”, “Bolalarga jonim fido” kabi asarlarida va o’zlarining ijodiy pedagogik faoliyatlarida pedagogikaning bosh masalasi – tarbiya muammosi va ta’lim mazmuniga turlicha munosabat bildirib, pedagogika ta’lim-tarbiya haqidagi fan ekanligini asoslab berdilar. Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta shunday ta’rif bergan edi: “Ta’lim, - degan so’z xalqlar va shaharliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir. Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo’lishni, o’rganishidir”1 Ma’rifat darg’asi A.Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq” asarida esa pedagogika fanini aniq va tushunarli qilib ta’riflaydi: “Tarbiya «pedago’giya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur...

Download 334.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling