1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni
XIX asrning 60-70 yillarida maktab nizomnomalari va maktab tizimi
Download 331.2 Kb.
|
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkistonda dastlab ochilgan rus maktablari.
71 XIX asrning 60-70 yillarida maktab nizomnomalari va maktab tizimi.
Musulmon aholisi yashaydigan joylarda qadimdan maktab-madrasa va hokazolar mavjud bo’lib, bularga qarshi chor hukumati Rossiyadagi ko’p sonli xalqlar uchun maxsus hukumat maktablari barpo qilar edi. Bu maktablarning ko’pchiligida o’qitish rus tilida olib borilar edi. Ularning biri – to’rt yillik, ikkinchisi – ikki yillik edi. Ba’zi bir to’rt yillik maktablarda internatlar ham bo’lib, ularda ko’proq feodallarning va mahalliy aholining boy qatlami bolalari ta’lim olardi. Turkistonning 1880 yilda Rossiya tasarrufiga o’tganidan keyin Markaziy Osiyodagi rus-tuzem maktablari ancha mashhur bo’ldi. Ammo mehnatkashlarning bolalari uchun yaxshi yo’lga qo’yilmagan ikki yillik savod chiqarish maktablari ochilgan edi. O’qish muddati ikki yil bo’lgan milliy maktablardan, masalan, qozoqlarda ovul maktablari, deb atalgan maktablar tipik maktab sanalar edi. Dastlabki ovul maktablari 1892 yilda To’rg’ay oblastining ovullarida tashkil topgan bo’lib, aholini ko’chmanchilik turmushiga moslashtirilgan edi. Ovul maktablarida rus tili, arifmetika qozoq alifbosi va islom dini o’qitilar edi. Bu maktablarda o’qitish o’quvchilarning ona tilida olib borilardi, lekin ularning saviyasi juda past edi. 1916 yilda 169 ta ovul maktabi bo’lib, ularda 5 ming o’quvchi o’qirdi, bu maktab yoshidagi barcha qozoq bolalarining faqat bir foizga yaqininigina tashkil etardi, xolos. Markaziy Osiyo va SHimoliy Kavkazning musulmon aholisi uchun ularni ruslashtirish maqsadini ko’zda tutgan rus-tuzem maktablari XIX asrning 80 – yillaridan boshlab ochila boshladi. Bu maktablar o’z dasturlariga ko’ra rus ministerlik maktablaridan islom dinining o’qitilishi bilangina farq qilar edi. Rus-tuzem maktablarida o’qitish rus tilida, diniy ta’limot esa o’quvchilarning ona tilida olib borilardi. Turkistonda dastlab ochilgan rus maktablari. Markaziy Osiyo xonliklarida islom dini davlat dini hisoblanar edi. Musulmon ruhoniylari Markaziy Osiyoning feodal hukmronlari bilan mahkam bog’langan edi; shu hukmronlarning yordami tufayli bu yerda musulmonlarning juda ko’p diniy o’quv yurtlari, chunonchi: masjidlar huzurida maktablar, madrasalar va shunga o’xshagan o’quv yurtlari bor edi. Turkistonda birinchi general-gubernatori bo’lgan Kaufman barcha musulmon muassasalariga nisbatan «aralashmaslik» (betaraflik) siyosatini tutdi. O’rta asr musulmon maktablarini isloh qilishdan bosh tortgan chorizm, ruslar o’rnashgan yerlarda ochilgan rus maktablarini Turkistonda maorif sohasida o’z siyosatining quroli qilib olishga harakat qildi. (Toshkentda dastlabki rus maktabi 1866 yilda ochilgan edi). Rus maktablariga ruslar bilan birga o’qish uchun mahalliy aholi bolalari ham qabul qilinar edi. Turkistondagi boshlang’ich rus maktablarida hunarga Rossiyaning YEvropa qismidagiga qaraganda, ancha ko’proq o’rgatilar edi; bundan maqsad mahalliy aholining bolalarini maktabga ko’proq jalb qilish edi. CHorizmning Turkistonda ruslashtirishdan iborat maktab tizimi uning Povolje (Volgabo’ylari) uchun maqullangan «Ilminskiy sistemasi»dan farq qilar edi. Qozon pedagogi Ilminskiy Volgabo’yidagi chuvashlar, mariylar va boshqa xalqlar uchun alohida rus va mahalliy aholi maktablari ochgan edi. Bu maktablarda o’qish dastlab bolalarning ona tillarida olib borilar, rus tili esa alohida fan sifatida o’qitilar edi, shu bilan birga, hamma darsliklar xristian (pravoslaviye) dinini targ’ib qilish ruhida tuzilgan edi. Bulardan farqli o’laroq, islom dini ta’siri kuchli bo’lgan Turkistonning mahalliy aholisi o’rtasida xristianlar missionerligiga ruxsat etilmas edi; buning ustiga rus maktablarida musulmon dinini o’qitish ham man etilgan edi; rus maktablariga o’qishga kirgan yerli aholi bolalari dastlabki kundanoq rus tilida o’qitilar edi. Turkistonda dastlabki rus o’rta o’quv yurtlari 1870 yillardan ochila boshladi: 1876 yili Toshkentda, Verniyda (hozirgi Olmaotada) erlar va Xotin-qizlar gimnaziyalari. 1879 yili esa Toshkentda o’qituvchilar seminariyasi ochildi. Gimnaziyalarga ham yerli aholining bolalari qabul qilinar edi. O’qituvchilar seminariyalarida esa mahalliy aholi bolalariga 1G’3 o’rin ajratilgan edi. Turkistonda dastlab ochilgani ba’zi bir rus maktablarida o’quvchilarning 1G’4 ini va undan ko’prog’ini mahalliy aholi bolalari tashkil etgan bo’lsa-da, lekin butun Turkiston o’lkasi bo’yicha hisoblaganda bunday maktablarda o’quvchi mahalliy aholi bolalari 200 tadan oshmas edi. Bularning ham ko’pi qozoq bolalari bo’lib, o’zbek va tojik bolalari juda oz edi, chunki musulmon ruhoniylari «kofirlar» maktablariga qarshi targ’ibot yurgizar edilar. Rus maktablarida, ayniqsa o’rta maktablarda o’quvchilar o’rtasida o’z ijtimoiy ahvoliga ko’ra boylar va oq suyaklarning bolalari ko’pchilikni tashkil etar edi. Download 331.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling