1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Firdavsiy asarlarida tarbiya mazmuni va metodlarini ifodalanishining ahamiyati nimada


Download 331.2 Kb.
bet40/106
Sana03.08.2023
Hajmi331.2 Kb.
#1664883
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106
Bog'liq
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J

33 Firdavsiy asarlarida tarbiya mazmuni va metodlarini ifodalanishining ahamiyati nimada
Eron va Turon xalklarining qariyb 4 ming yillik tarixi yuksak mahorat bilan qalamga olingan "Shohnoma" ustida F. 30 yildan ortiq mehnat qilgan. Tadqiqotchilar asarni 3 qismga boʻladilar: 1boʻlimda eng qad. afsonalar qayta ishlanib, nazm ipiga terilgan boʻlsa, 2boʻlimda xalq qahramonlari haqidagi rivoyatu qissalar badiiy talqin qilinadi. 3boʻlimda tarixiy shoxlar hayoti tasvirlangan. "Shohnoma" eng qad. davrlardan boshlanib, sosoniylar shohi Yazdigard III davrida arablarning Eronga bostirib kirishi bilan yakunlanadi. "Shohnoma" hajmi (60 ming baytni oʻz ichiga oladi), mavzu koʻlami, obrazlar olami, qahramonlarning koʻp va xilma-xilligi, gʻoyaviy motivlari va koʻtarilgan masalalar jihatidan jahon adabiyotidagi eng katta epik asar. 100 dan ortiq dostonlardan tashkil topgan bu asarda mingdan ziyod kattakichik personajlar ishtirok etadi.
"Shohnoma" garchi shohlar kitobi deb atalib, 50 podshohlikdan iborat 4 sulolaning tarixi ni tadrijiy ravishda yoritgan boʻlsada, barcha kurashlar va qahramonliklar xalq ichidan chiqqan bahodirlar tomonidan amalga oshirilgan. Asarda Vatan va xalq yoʻlida jonini tikkan yuzlab fidoyi qahramonlar obrazi yaratilgan. Podshohlar bahonasida xalq, uning tarixi, qadriyatlari, qahramonliklari ulugʻlangan. Ayni jihatdan "Shohnoma" — xalq zakovati va jasoratiga qoʻyilgan oʻziga xos nazmiy haykal.
"Shohnoma"ning asosiy gʻoyasi — vatanni ulugʻlash, xalq qudrati va zakovatini koʻzkoʻz qilish, millat farzandlarini vasf etish va shu orqali ularni birgalikka, markazlashgan davlat qurishga chaqirish, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik va tinchliksevarlikni madh etish, ezgulik, olijanoblik, halollik, mardlik, mehnatni tarannum etib, qonli urushlar, yovuzlik, jabru zulm, adolatsizlik, munofiqlikni qoralashdan iborat. "Shohnoma"dagi Rustam, Suhrob, Siyovush, Bijan, Zoli Zar, Sudoba, Gudarz, Gev, Tuye, Hojir, Gurdofarid, Humoy, Manija singari qahramonlar yer yuzida adolat tantanasi uchun kurashadilar. "Zol va Sudoba", "Bijan va Manija" dostonlarida chinakam baynalmilallik gʻoyalari ilgari surilgan. "Isfandiyor", "Shogʻod", "Oʻn ikki muhoraba" dostonlarida esa mamlakatning yaxlitligiga raxna soluvchi, urush olovini yoquvchi zolim va fitnachi shohu sarkardalar keskin qoralanadi. "Siyovush" dostonida urush va tinchlik masalasi badiiy talqin qilinadi.
"Shohnoma" chinakam xalq kitobiga aylanib, xalq orasida keng tarkalgandan soʻng muayyan oʻzgarishlarga ham uchragan. Shuning uchun temuriy shahzodalardan Boysunqur Mirzo uning 40 dan ortiq nusxalarini oʻzaro qiyoslab, mukammal matnini tuzdirgan. Fanda "Shohnoma"ning Boysunqur nusxasi sifatida mashhur bu matn asarning ishonchli nusxalaridan biri hisoblanadi. "Shohnoma"ning tanqidiy matnlari ichida eng moʻʼtabari Ye.E.Bertels va Abdulhusayn Noʻshin taxriri osida SSSR FA Sharqshunoslik instituti jamoasi tomonidan tayyorlangan 9 jildlikdir.
Shoir jasadi otasidan qolgan bogʻning bir chekkasiga koʻmilgan. 1934 yilda F. tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan shoir qabri ustiga maqbara qurilgan va u shoir muxlislarining muqaddas ziyoratgoqiga aylangan.
Sharq mamlakatlarida shohnomaxonlik bir anʼana tusini olgan. F. qahramonlari oʻzbek xalqi orasida ham qadimdan mashhur. "Kitobi Jamshid", "Kitobi podshoh Afrosiyob", "Shoh Tahmurasp" nomli xalq kitoblari, "Rustam va Suhrob", "Doro va Iskandarbek" kabi xalq ertaklarida "Shohnoma" taʼsiri yaqqol koʻzga tashlanadi.
"Shohnoma" dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan. Jumladan, 13-asr boshida arab, 15—16-asrlarda turk va gurji, 19-asrda esa fransuz, ingliz, nemis, italyan va rus tillariga oʻgirildi. "Shohnoma" oʻzbekchaga Shoh Hijron, Xomushiy (18-asr), Nurmuhammad Buxoriy, Ochildimurod Miriy (19-asr), Sh. Shomuhamedov, Hamid Gʻulom, Nazarmat, J. Jabborov (20-asr)lar tomonidan tarjima qilingan boʻlsada, bu tarjimalarning birortasi toʻliq emas. "Shohnoma" syujetlari asosida "Zahhoki Moron", "Siyovush", "Rustam va Suhrob", "Faridun" singari sahna asarlari yaratilgan.

Download 331.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling