1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Imom at-Tеrmiziyning hadis ilmini rivojlantirishdagi xizmatlari


Download 331.2 Kb.
bet121/124
Sana05.01.2022
Hajmi331.2 Kb.
#219142
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
Bog'liq
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J

100 Imom at-Tеrmiziyning hadis ilmini rivojlantirishdagi xizmatlari.

Mashhur muhaddislardan yana biri vatandoshimiz Muhammad ibn Iso at-Termiziy bo’lib, u 824 yilda Termiz yaqinidagi Bug’ qishlog’i (hozirgi Surxondaryo viloyatining SHerobod tumani)da tug’ilgan. Uning oilasi va ota-onasi haqida ma’lumotlar yo’q. Ba’zi tadqiqotchilar uning otasi asli marvlik bo’lgan deb qayd etadilar.

Muhamad ibn Iso at-Termiziy bolaligidan ilm o’rganishga qiziqqan, ayniqsa hadis ilmini chuqur egallagan.

Muhamad ibn Iso at-Termiziy 850 yildan qator mamlakatlarga safar qiladi. Hijoz shahrida bo’lib, Makka va Madina shaharlarini ziyorat qiladi. Iroq hamda Xurosonda hadis, fikh, qiroat, bayon, tarix va boshqa ilmlarni o’rganadi. Mazkur safarda Muhamad ibn Iso at-Termiziy ustozi Imom Ismoil al-Buxoriy bilan uchrashadi. Alloma ustoziga nisbatan alohida hurmatda bo’lib, uning yordamida hadis ilmidan to’laqonli ravishda xabardor bo’ladi. Manbalarda e’tirof etilishicha, Imom Muhammad ibn Iso at-Termiziy ustozining vafoti tufayli ko’p yig’laganidan ko’zi ko’r bo’lib qolgan.

Muhammad ibn Iso at-Termiziyning zehnining o’tkirligi, xotirasi, va yod olish qobiliyatining kuchliligi tufayli Imom Ismoil al-Buxoriy ham uni faqatgina shogird sifatida emas, balki hamkor, hamfikr va do’st sifatida ham hurmat qilgan.

Muhammad ibn Iso at-Termiziy uzoq safarda manbalardan o’qigan yoki muhaddislardan eshitgan hadislarni to’plab, kitoblar ta’lif qilishga kirishadi. U 863 yilda o’z vataniga qaytadi va o’zi ham shogirdlarga ta’lim beradi, ayni vaqtda kitoblar ham yozadi.

Alloma tomonidan o’ndan ortiq asarlar yaratilganligi ma’lum. Bular qatoridan “Al-jome’ as-sahih” (“Ishonchli to’plam”), “Ash-shamoil an-nabaviya” (“Payg’ambarning alohida fazilatlari”), “Al-ilal fi-l-hadiys” (“Hadislardagi illatlar va og’ishlar haqida”) kabi asarlari o’rin olgan bo’lib, ular juda mashhurdir.

Muhammad ibn Iso at-Termiziy tomonidan yozib qoldirilgan asarlarda o’z ifodasini topgan hadislar ham Imom Ismoil al-Buxoriy tomonidan bayon etilgan hadislari kabi insonni halollik, adolat, e’tiqod, diyonat, poklik, mehnatsevarlik, muruvvatlilik, mehr-shavqat, yoshi kattalar,, ota-ona va qarindoshlarga hurmat g’oyalarini ilgari surish xususiyatiga ko’ra shaxs ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda katta ahamiyatga ega.



Download 331.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling