Abu Ali ibn Sino (980-1037) 280 dan ziyodroq tibbiyot, falsafa, mantiq, psixologiya, ahloq, musiqa, farmakologiya va b. sohalarga tegishli asarlari mavjud. (“Shifo kitobi”, “Tib qonunlari”, “Bilimlar kitobi”, “Tabiat durdonasi” va b.). U ham Farobiyning izidan borib “Vujudu vojib” (alloh) va “Vujudi mumkin” (barcha moddiy va ruhiy narsalar) ta'limotini ilgari surgan.
XV asrgacha G‘arbda Xristianlik dini davlat dini va mafkurasi vazifasini bajarib kelgan. Bu esa dunyoviy bilimlar bilan shug‘ullanishni cheklab qo‘ygan. Kimda-kim shug‘ullansa uni daxriylikda ayblab, inkvizitorlar tomonidan jazolangan. Bu davrgacha faqatgina Xristian dini asosida ba'zi bir ta'limot va maktablar ochilgan, bularning vazifasi dinning nufuzini ko‘tarish hisoblangan.
Apologetlar – I-II asrlarda vujudga kelgan, “ximoya qilish” demakdir.
Patristika – “ota” (“padre”) so‘zidan kelib chiqqan. Ioan Zlatoust (347-407) 640 ta da'vatidan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida Injilni amaliy qo‘llash sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.
Sxolastika – yunoncha “shkola”dan olingan (o‘qish joyi, maktab). Buyuk karl saroyida o‘qituvchilik qilganlarni sxolastlar deb nomlashgan. Ularning maqsadi e'tiqod aqlga muvafiqmi, degan savolga javob berish bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |