1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Download 331.2 Kb.
bet71/124
Sana05.01.2022
Hajmi331.2 Kb.
#219142
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   124
Bog'liq
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J

57 Fransiya ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotida maktab va pedagogik ta’limot ahamiyati qanday bo‘lgan

Eng qad. adabiyot namunalari 9-asrning 2yarmiga toʻgʻri keladi. Ular, asosan, diniy mavzuda boʻlgan (mas, "Avliyo Yevlaliya haqida kantilena"). 10—11-asrlarda birinchi epik afsonalar paydo boʻlgan. "Roland haqida qoʻshiq" asari Buyuk Karl nomi bilan bogʻliq. "Russilonli Jirar" asari ham oʻsha davrga mansub. Epik afsonalar 11-asrdan 13-asrgacha yozib kelingan. Bu davrning mashhur yozuvchilari: Gas Bryule va shampanlik Tibo (1201—53). 12-asr oʻrtalaridan ritsarlik romanlari paydo boʻla boshladi. Dastlabki romanlar tarixiy afsonalarning qayta ishlanishi maqsulidir. Ularga Benua de SentMoraning "Aleksandr haqida roman", "Fiva haqida roman", "Eney", "Troya haqida roman" (barchasi 1140—65 yillarda yaratilgan), Kretyen de Truaning (taxminan IZO—taxminan 1191) "Erek va Enida", "Iveyn", "Perseval" va boshqa romanlari kiradi. 12-asrning oxirlarida"Tristan va Izolda" afsonasi, "Fluar va Blansheflor", "Okassen va Nikolet" kabi sevgi romanlari yozilgan. 14—15-asrlar Fransiya adabiyoti uchun oʻtish davri hisoblanadi. Oʻsha davrning mashhur yozuvchilari Gilom de Masho (taxminan 1300—77), Estash Deshan (taxminan 1346— taxminan 1407), Kristina Pizanskaya (1363—taxminan 1431), Alen Shartye (1385— taxminan 1434), orleanlik Karl (1394—1465)lar oʻz asarlarida davr ruhiyatini — 1337—1453 yilgi 100 yillik urush fojeasini aks ettirdilar.



15-asr oxirlarida Fransiyada uygʻonish davri boshlandi. Italiya bilan aloqalar kuchaydi, matbaa rivojlandi, antik va gumanitar fanlarga qiziqish ortdi. Uygʻonish davri adabiyotining Fransiyadagi yirik vakili Fransiya Rable (1494—1553) "Gargantyua va Pantagryuel" asari bilan mashhur boʻldi. 16-asr 1yarmida Fransiya lirikasi italyan neopetrarkizmi taʼsiri ostiga tushib qoldi va asr oʻrtalariga kelib, fransuz adabiyotida islohot oʻtkazildi. "Pleyada" deb nomlangan fransuz sheʼriy maktab shoirlari adabiyetda gumanizm gʻoyalarini olgʻa surdi, uni yangi shakllar (sonet, oda, epik asar va boshqalar) bilan boyitdi. Bu esa milliy adabiy tilning shaklanishiga olib keldi. "Pleyada" sheʼriy maktabining mashhur shoirlari P. de Ronsar (152485), J. Dyu Belle (1522— 60), R. Bello (152877), E. Jodel (1532—73) va boshqadir. 16-asrning oxirida shoirlar T. A. d’Obinye (1552— 1630), J. Voklen de la Frene (1535— 1606), F. Deport (1546—1606) "Pleyada"ning ijobiy uslublari kridalariga amal qilgan holda barokko unsurlarini ham qoʻlladilar. 17-asr boshida fransuz adabiyoti realistik, klassik va barokko janrlarining qayta ishlanishi kabi jarayonni boshdan kechirdi. Klassitsizm estetikasi J. Shaplen (15951674), K. Vojl (15851650), G. de Balzak (1597—1654), F. d’Obinyak (1604—76) nazariy asarlarida aks etdi. 1635 yil tashkil topgan Fransiya akademiyasi faoliyati va R. Dekart (1596— 1650)ning ratsionalistik falsafasi klassitsizm doktrinasining shakllanishiga olib keldi. Klassitsizm teatrning tragediya janriga koʻproq taʼsir oʻtkazdi. Klassitsizm komediyasining asoschisi va uning buyuk vakili Molyer hisoblanadi. U oʻzining "Tartyuf", "Mizantrop", "Xasis", "Don Juan" va boshqa asarlarida jamiyatning salbiy tomonlarini, aristokratiyaning munofikligini, tekinxoʻrligini zoʻr isteʼdod bilan aks ettirdi. Jan de Lafonten masallari jaxrn adabiyotida masal janri rivojiga samarali taʼsir kursatdi.


Download 331.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling