58 Jan Jak Russoning pedagogik qarashlarining nazariy va amaliy ahamiyati nimada
RUSSO (Rousseam) Jan Jak (1712.28.6, Jeneva — 1778.2.7, Ermenonvil, Parij yaqinida) — fransuz faylasufmaʼrifatparvari, yozuvchisi, kompozitori. Fransuz sentimentayaizmining yirik vakili. Malay, xattot, murabbiy, musiqa oʻqituvchisi va boshqa ishlarda ishlagan. Parijda D. Didro rahbarligida tayyorlangan ensiklopediyaga musiqaga oid maqolalar yozgan. 1741 yilgacha Shveysariyada yashagan, keyin Parijga ketgan 1762 y. "Emil, yaʼni Tarbiya toʻgʻrisida" nomli pedagogik romani va "Ijtimoiy shartnoma toʻgʻrisida" siyosiy risolasi chop etilgach, dindorlar tomonidan taqibga olingan R. Fransiyani tark etgan. 1770 y. u yana Parijga qaytib kelib notalarni koʻchirish bilan shugʻullangan. "Fanlar va sanʼatlar haqida mulohazalar" (1750) asarida tengsizlik va zulmga asoslangan oʻz davridagi tamaddunni tanqid qilib, uning oʻrniga "tabiiy holat"ni qoʻygan. Uning gʻoyalari keyinchalik "Odamlar orasida tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari haqida mulohaza" (1755) asarida oʻz ifodasini topgan. "Ijtimoiy shartnoma toʻgʻrisida" risolasida (1762) ideal jamiyat manzarasini tasvirlagan. R. ingliz parlamentarizmini qoralab, xalq suverenitetini, xalq hokimiyatini himoya qilgan. Ped. masalalariga bagʻishlangan "Emil, yaʼni Tarbiya haqida" (1762) asarida sxolastik taʼlim va tarbiya usullarini tanqid qilgan, maktabning eng birinchi vazifasi haqiqiy inson va fuqaroni tarbiyalashdir deb uqtirgan. Bolalarda mustaqil fikrlash tarafdori boʻlgan. R.ning asarlari ("Harbiy asirlar", 1743; "Yuliya, yaʼni Yangi Eloiza", 1761; "Iqror", 1766—69; "Yolgʻiz xayolparastning sayri", 1777—78 va boshqalar) Yevropa adabiyotida psixologizmning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Sheʼrlar, dostonlar, operalar ("Kishloqlik jodugar", 1752—53) yozgan, bir pardali lirik sahna asari "Pigmalion" — melodramaning ilk namunasi hisoblanadi. R. gʻoyalari koʻpgina mamlakatlar ijtimoiy tafakkuriga va adabiyotiga taʼsir koʻrsatgan
Do'stlaringiz bilan baham: |