1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida O‘rta Osiyo qadimgi madaniyati o‘chog‘i ekanligi qanaqa baho


Download 331.2 Kb.
bet11/124
Sana05.01.2022
Hajmi331.2 Kb.
#219142
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   124
Bog'liq
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J

8 Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida O‘rta Osiyo qadimgi madaniyati o‘chog‘i ekanligi qanaqa baho berilgan

0 ‘rta Osiyo tarixiy vaqealarga g‘oyat boy, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Bu o‘lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug‘ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo‘shganlar. 0 ‘rta Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas tarkibiy qismidir. Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o‘tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar siyosat qurboni bo‘ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Mustaqillik tufayli ona zaminimizning ma’naviy merosini chuqurroq o‘rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo‘ldik. 0 ‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi. Ona zaminimizda bundan necha asrlar avval yaratilib, to hanuz yurtimizga ko‘rk bag‘ishlab turgan qadimiy obidalar, osori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an’analari haqida, vatanimizning shonli tarixi to‘g‘risida tasavvur va tushunchalar beradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir inson qalbida g‘urur-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.



IX-XII asrlarni Yaqin va 0 ‘rta Sharq mamlakatlari «Renessans» (Uyg‘onish) davri deb ataydi. Ma’naviyat va ma’rifatning g‘oyat gullab-yashnaganligi bu davr uchun xarakterlidir. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari yetishib chiqdi. Dunyoviy fanlar tez sur’atlarda taraqqiy etdi. Tarjimonlik faoliyati rivojlandi. Bu jarayon, ayniqsa, xalifa Ma’mun ibn Xorun ar Rashid (813-833-yy.) davrida Bog‘dodda «Baytul-hikmat» (Donishmandlar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, alkimyo va ilitii nujumga oid asarlar arab tiliga o‘girildi. Bunga Markaziy Osiyodari yetishib chiqqan mutafakkirlar Abbos ibn Said Javhariy, Ahmad ibn; Abdulloh Marvaziy, Ahmad al-Farg‘oniy, Muhammad al Xorazmiylar ham katta hissa qo‘shganlar. Renessans - Uyg‘onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-e’tibori bilan gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat qilishi bamisoli uning qayta uyg‘onishini anglatadi, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallik (qomusiylik)ni, gumanizmni targ‘ib etish va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1. Madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining taraqqiyoti. 2. Yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish. 3. Astronomiya, matematika, mineralogiya, jo‘g‘rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji. 4. Uslub (metodologiya)da ratsionalizm, mantiqning ustunligi. 5. Insoniy do‘stlik, yuksak axloqiylikning targ‘ib etilishi. 6. Falsafaning keng darajada rivoj topishi. 7. Adabiyot, she’riyat, ritorikaning keng miqyosda rivojlanishi. 8. Bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi. 0 ‘rta Osiyoning ko‘hna va hamisha navqiron Buxoro, Xiva, Samarqand kabi shaharlari qadimdan fan, madaniyat va ma’naviyatning markazi boiib kelgan. 0 ‘rta Osiyo tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar Muso Muhammad AlXorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolaming nomi bilan bogiiq. Muhammad Al-Xorazmiy (783-850-yy.) ga dastlabki buyuk shuhratni «Hisob al-Hind» («Hind hisobi») nomli risolasi olib keldi.

Mazkur risolada jahon fani tarixida birinchi marta o‘nlik sistema va uning amaliy ahamiyati haqida so‘z boradi. Al-Xorazmiy tomonidan «0» (nol raqam)ning kashf qilinishi insoniyat ilmiy tafakkurining beqiyos ulkan yutug‘idir. Al-Xorazmiy tomonidan yozilgan «Hisob al-Hind» kitobida eng muhim oltita arifmetik amallar - qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, darajaga ko‘tarish va kvadrat ildiz chiqarish kabilar ishlab chiqilgan va uning uslub va qonunlari kashf etilgan edi. Al-Xorazmiyning yana bir buyuk xizmati algebra fanini kashf etganidir. Algebraning mustaqil; fan sifatida vujudga kelishi va rivojlanishi Al-Xorazmiy faoliyati bilan bog‘liq. «Algebra» atamasining o‘zi Al-Xorazmiy tomonidan yozilgan («Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqacha kitob») nomli risoladagi «aljabr» so‘zining lotincha talaf&z ifodasidan kelib chiqqan. Algoritmlar nazariyasini ham Al-Xorazmiy nomi bilan bogianganligi, hatto «Algoritm» atamasi ham lotincha ifoda etilgan «Dixi Algoritmik» (dediki Al-Xorazmiy) so‘zidan kelib chiqqanligini hech kim inkor etolmaydi. «Algoritm» tushunchasi hozirgi zamon kibemetikasi, EHM (elektron hisoblash mashinasi) va hozirgi zamon informatsion texnologiyasi hamda jarayonlarining asosiy kategoriyasiga aylandi. Muhammad Al-Xorazmiy «Hisob al-Hind», «Ziji Xorazmiy», «Astrologiya bo‘yicha risola», «Quyosh soati haqida risola», «Yerning shakli haqida kitob», «Trigonometrik jadvallar», «Musiqa bo‘yicha risola», «Tarix haqida» va boshqa asarlarning muallifi. Ahmad al-Farg‘oniy (798-861-yy.) mashhur falakiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari «Falakiyot ilmining usullari haqida kitob», «Ahmad aI-Farg‘oniy jadvali», «Usturlab bilan amal qilish haqida» kitob, «Usturlab yasash haqida» kitob, «Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob» va boshqalar. Ahmad al - Farg‘oniyning «Astronomiya asoslari» kitobi o‘sha davr astranomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo‘lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko‘p asrlar davomida Yevropada astronomiya bo‘yicha qo‘llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan. Ahmad al-Farg‘oniy o‘z asarlari, ilmiy kashfiyotlari bilan jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shdi. U quyosh tutilishini oldindan aytib berdi. Yeming sharsimon ekanligining kashf etilishi olimga katta shuhrat keltiradi. 1998-yil YUNESKO tomonidan alloma tavallud topganligining 1200 yilligi keng nishonlandi. Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikr rivojini Abu Nasr Farobiysiz (873-950-yy.) tasavvur etish qiyin. U «Sharq Aristoteli», «Ikkinchi muallim» degan unvonga sazovor bo‘lgan mashhur mutafakkirdir. Sharqda qadimgi Yunonistonning eng mashhur faylasufi Aristotelni «Birinchi muallim» deb yuritilgan. Farobiy 70 dan ortiq til bilgan qomusiy olim. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 dan ortiq bo‘lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin. 1. Qadimiy Yunon faylasuflari va tabiatshunoslari Aristotel, Platon, Evklid, Galen va boshqalaming ilmiy merosini tarjima qilish, sharhlash, targ‘ib qilish va o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar. 2. 0 ‘rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid risolalar. Bu borada Aristotelning «Metafizika» kitobining maqsadi to‘g‘risida», «Osmon sistemasi» kitobiga izoh», «Etika kitobiga sharx», «Qonunlar haqida kitob», «Bo‘shliq haqida kitob», «Musiqa haqida so‘z», «Falsafani bilishdan oldin nimalami bilish kerakligi to‘g‘risida», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Inson a’zolari haqida risola», «Donolik asoslari», «Mantiq ilmiga kirish», «Aql to‘g‘risida», «Fozil odamlar shahri» va boshqa asarlarini ko‘rsatish mumkin. Farobiyning fikricha, inson va jamiyatning g‘alabaga erishuvi, yaxshilikni qoiga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka ko‘tarilishi inson va jamoatning o‘z qo‘lidadir. U davlatni fozil va johil davlatlarga bo‘ladi. Fazilatli shaharlarda ilm, falsafa, axloq-ma’rifat birinchi o‘rinda boimog‘i lozim, deb biladi. Shunda jamiyat yetuklikka erishadi, deydi. Fozil shahar boshlig‘i bilimli, haqiqatni sevuvchi, yolg‘on va yolg‘onchilarga nafrat bilan qarovchi, adolatni yaxshi ko‘ruvchi va adolat uchun kurashuvchi boiishi kerak deb aytadi. Farobiy insonning kamoloti uchun xizmat qilgan, xayr - ehsonli ishlar, go‘zal insoniy fazilatlarni yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga to‘sqinlik qiluvchi dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga ega boimaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb hisoblaydi va kishilami undan ogohlantiradi. Farobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga erishuvdan iborat, kishilar bunga olamni o‘rganish, kasb-hunar va ilmlarni o‘zlashtirish, ma’rifatli bo‘lish orqali erishadi deb qaraydi. Abu Nasr Farobiy o‘zining «Fozil odamlar shahri» kitobida inson takomilini to‘rt bosqichga bo‘ladi. 1. Ilk bosqichda inson qalbi guyoki o‘rmon bo‘lib, unda g‘azab, yolg‘on va jaholat hukmron bo‘ladi. 2. Komillik yo‘liga kirishga ahd qilgan insonda o‘zini-o‘zi anglashga qat’iy urinish ehtiyoji tug‘iladi. Tinimsiz mehnat natijasida inSon takomilining ikkinchi bosqichiga ko‘tariladi. Bu davrda o‘zini tiya bilish va adolat kabi xususiyatlami asosiy mezonga aylantiradi. 3. Inson takomilining uchinchi davri ijodiy davr hisoblanib, unda mustahkam bilim, e’tiqod, o‘zgalarni tushunish ustuvor mavqe kasb etadi. 4. Inson komillik sari intilar ekan, o‘z takomilining to‘rtinchi davrida donolik, faylasuflik maqomiga erishadi. Bu davrda uning adolati va muhabbati ham mukammal darajaga yetadi. Muhimi, u nafaqat o‘zini, balki boshqalami ham baxt-saodat sari yetaklay oladi. Abu Nasr Farobiyning fikricha, inson o‘z-o‘zidan baxtli bo‘la olmaydi, u baxtli boMishi uchun jamiyat unga ma’naviy unsurlarni taqdim qilib berishi kerak. Buning uchun avvalo odamlarni axloqiy jihatdan fozillashtirish darkor. Demak, odamlarni fozillashtirish uchun quyidagilarni bilish lozim: 1. Kishini tuyg‘u quvvati oziqlantiradi va tuyg‘u xayol surishiga turtki beradi. 2. Xayol tafakkurni hosil qiladi. Kishilardagi eng birlamchi quvvat - tuyg‘udir. Tuyg‘usi o‘lgan kishi axloqiy-ruhiy jihatdan rivojlanmaydi. Shu sababli Farobiy tuyg‘u xayolning, xayol tafakkurning manbayi ekanligini uqtiradi. Odamlar o‘z tuyg‘ularini avaylashi kerak, bu bilan xayol surishga yo‘l ochiladi, xayol tufayli fikrlash va anglash kelib chiqadi. Farobiy bu uch tuyg‘udan tarbiyalashni uqtirgach, endi qalb va miyani tushuntiradi. Qalb badanning hech bir a’zosiga bo‘ysunmaydi, miya ham shunday, lekin u faqat qalbga bo'ysunadi. Chunki qalb tuyg‘ular, hislar va sezgilar makoni bo‘lishi bilan insonning butun vujudini boshqaradi va miya ham undan quvvat oladi.

Download 331.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling