Mavzu: Bola shaxsi, vazifalari Reja: Mustahkam oila – jamiyat taraqqiyoti garovidir
Download 224 Kb.
|
Bola shaxsi, vazifalari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydanilgan adabiyotlar.
Mavzu: Bola shaxsi, vazifalariReja: 1.Mustahkam oila – jamiyat taraqqiyoti garovidir.2.Oʻz oilasining farzand tarbiyasidagi ustuvor xususiyatlari. 3.Oila mustahkamligiga toʻsiq boʻluvchi inqirozlar va ularning oqibatlari.4.Bola tomonidan ota-onalarning va ota- onalikni idrok etilishi. Xulosa. Foydanilgan adabiyotlar.Fargʻona-2023KIRISH
Yurtimizda har bir inson uchun Vatan tushunchasi, avvalo, oiladan boshlanadi, -degan edi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. shu bois oila va mafkura tushunchalari chambarchas bogʻliqdir. Oilaning jamiyatda tutgan oʻrni, tarbiyaviy axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan turib, xalq mafkura yarata olmaymiz. Oila insoniyat yaralgan muhim va muqaddas ijtimoiy institut muasssasidir. Darhaqiqat oila, ayniqsa oʻzbek oilasi asrlar osha yosh avlodni tarbiyalashda, komil insonni voyaga yetkazishda muqaddas maskan boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi. Har bir insonda Vatan tushunchasi ilk bor tetapoya boʻlib oʻsib kelayotgan yosh goʻdakning ongi, ruhi va qalbiga kirib boradi, butun umri, hayotiy faoliyati davomida yana ham sayqalanib, mazmunan mujassamlashadi. Bu jarayon oiladagi sogʻlom muhitda, ota-bobolar oʻgiti, ota ibrati, ona mehri, aka-uka, opasingillarning mehr-oqibati orqali amalga oshib boradi. Oilada shakllangan odob-axloq, xulq-atvor keyinchalik mahallada, mehnat jamoalarida, oʻquv muassasalarida rivojlanib shaxsning ongi va qalbiga singib boradi. Oilada, maktabda, mehnat jamoasida, mahallada olib boriladigan axloqiy tarbiya, jamoatchilik fikrining kuchi, ommaviy axborot vositalari, ruhoniylarning obro’-e’tibori hamma-hammasi odamlarimizda qonun buzilishi bilan bog’liq har qanday hatti-harakatlarda unga nisbatan barqaror qarshilikni shakllantirishga qaratilmogʻi lozim-deydi O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abdugʻanievich Karimov. Oʻzbek oilalarida barkamol avlodni tarbiyalashdagi oʻrni benihoya katta. Bu yerda asrlar davomida shakllanib kelgan milliy an’analar, ota-onalar va bolalarning o’zaro hamkorligi va hurmati, qarindoshlarning bir-biriga yordam qoʻlini choʻzilishi, oilaviy pokizalik talabalarini saqlanishi kabi urf-odatlar oʻsib kelayotgan yosh avlod ma’naviyati va axloqi uchun negizga aylanadi, maishiymadaniy turmushning asosiy tushunchalari va qoidalari xalqimizning urf-odatlari, marosimlari va rasm-rusumlari mustahkam qo’rg’ondagidek saqlanib qoladi va avloddan avlodga yetkazib beriladi. Bugungi kunda sogʻlom, aqlli, bilimli, tashabbuskor, fidoiy yoshlarni oila muhitida tarbiyalash dolzarb vazifadir. Download 224 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling