Mavzu: Bola shaxsi, vazifalari Reja: Mustahkam oila – jamiyat taraqqiyoti garovidir


Oʻzbek oilasining farzand tarbiyasidagi ustuvor xususiyatlari


Download 224 Kb.
bet3/8
Sana08.02.2023
Hajmi224 Kb.
#1168686
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bola shaxsi, vazifalari (1)

Oʻzbek oilasining farzand tarbiyasidagi ustuvor xususiyatlari
Oʻzbekiston Respublikasida yangidan shakllantirilayotgan inson taraqqiyoti konsepsiyasining asosiy mazmuni jamiyatda oila faravonligini yaxshilash, ularning barqarorligini ta’minlash, ayniqsa oilada ayol mavqeini tubdan oʻzgartirish zarur, degan tamoyilga asoslanadi. Shu bilan birgalikda ushbu masalani ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pedagogik gʻoyalarga asoslanuvchi ilmiy-metodik taʻminoti umuminsoniy qadriyatlarga mansubligi va milliy madaniyatni qayta tiklash va mustahkamlash, oʻzbekiston xalqlari ma’naviy merosini rivojlantirish va jahon sivilizatsiyasi bilan boyitish nuqtai nazaridan qarab chiqishni taqazo etadi.
Mustaqilikka erishganimizdan boshlab oilalar haqida gʻamxo’rlik davlat siyosatining diqqat markazida boʻlib keldi. Mahallalarni oʻz-oʻzini boshqarish siyosati oilalarning mustahkamlanishiga, salohiyatini oshirishga ularni moddiy va ma’naviy ragʻbatlantirishga muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. Oʻz-oʻzini boshqarish tizimi oila farovonligini oshirish, mahallada aholi tinchligini saqlash, oiladagi kelishmovchilikliklarni bartaraf etish, farzandlar tarbiyasiga yaqindan yondoshish kabi tamoyillarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston mustaqillik yoʻlida dadil qadam tashlab borar ekan, jamiyatdagi oʻzgarishlar va uning istiqboliga davlat siyosati darajasida qarashlikni taqazo etmoqda. Respublikamizda amalga oshirilayotgan bu boradagi barcha ijobiy ishlar demokratik davlatchilikning oʻziga xos rivojlanish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy sohada ham ijobiy oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Bunda har bir yilning bir-biri bilan bogʻliq ravishda nomlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Ushbu yilar orasida Oila yili, Sogʻlom avlod yili, Sihat salomatlik yili, Ijtimoiy himoya yili ning davlat dasturlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tadbirlarning barchasini amalga oshishida davlat siyosatini bu boradagi amaliy ishlari bilan bir qatorda uning bosh gʻoyasi mazmunida xalqimiz, Vatanimizning ravnaqi, oilalarning baxtli hayoti mujassamdir. Oiladan boshlanur Vatan, Oiladur bir jonu bir tan.
Gar oila boʻlsa mustahkam,
Mustahkamdir elu-yurting ham!
Ushbu soʻzlar zamirida oilaning jamiyatdagi tutgan oʻrnini, oilaning naqadar muqaddas ekanligini anglash qiyin emas. Oilalarga davlat tomonidan qilinayotgan e’tibor uning mustahkalanishiga muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovordir. Xalqaro kuzatuvchilar ham bu borada Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlarga ijobiy baho bermoqdalar. Barcha ishlar respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan xalqaro tashkilotlar bilan bahamjihat amalga oshirilmoqda. Jahon hamjamiyati ham oilaning mustahkamligi, tinch-totuvligi, uning hayotdagi o’rnini e’tirof etgan holda bir qancha tadbirlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, 1994 yili BMT tomonidan har yilning 15 may kuni Xalqaro oila kuni deb e’lon qilinishi va bu kun koʻtarinki ruhda bayram sifatida oʻtkazilishi uning yorqin dalilidir. Gʻarb mamlakatlarida oilaning qadriyat sifatida nufuzi tushib bormoqda. Oilada boʻlayotgan ajrimlar yildan yilga ortib borishi turmush qurmasdan turib farzand koʻrish, bir xil jinsga mansub kishilarning oila qurishi tabiiy hol boʻlib bormoqda. Bu masalalarga mamlakatimiz rahbariyati, shaxsan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan alohida e’tibor berilib o’z vaqtida Oʻzbekistonda sog’lom oila yaratish gʻoyasi shakllandi. 1998 yil Oila yili sifatida davlatimiz va jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy omili boʻlib xizmat qilmoqda. Xalqimizning asrlar davomida adolatli davlat farovon jamiyat va erkin hayot qurish orzusi oila totuvligida namoyon boʻldi. Yoshlarimizning bugungi zamon talablari va andozalariga har tomnlama javob beradigan bilim va saviyasi milliy boyligimizdir. Shu bilan birga, ajdodlarimizga xos milliy gʻurur, insoniy qadr-qimmmat, oriyat kabi ma’naviy ma’rifiy salohiyat va fazilatlar qayta tarkib toptirildi. Oilaga munosabatimizning qadriyatli mazmun kasb etishi odamlar qalbida mudrab yotgan qancha-qancha olijanob, ezgu niyat va umidlarni roʻyobga chiqarishga sharoit yaratib berildi. Barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Mustaqil vatanimizning birinchi Sogʻlom avlod uchun ordeni ta’sis etildi. Sogʻlom avlod uchun xalqaro jamgʻarmasi tuzildi. Sogʻlom nasl, ruhi, fikri sogʻlom, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalash masalasida oila muhim rol oʻynaydi.
Oilada ona sogʻligʻini mustahamlash va sogʻlom bola tugʻilishi masalalariga e’tibor kuchaytirildi, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, profilaktika tadbirlari muntazam oʻtkazilmoqda. Aql, zakovatli bolalar kamol topishi uchun pedagogika va psixologiyaning zamonaviy usullarining qoʻllash koʻnikmalari shakllantirildi. Eng yaxshi an’analarimiz va urf-odatlarimiz asosida fuqarolarni Vatanga, xalqqa muhabbat va sadoqat, mustahkam va sogʻlom oila qadriyatlarini shaklantirish uchun zarur jarayonlar davom ettirildi. Darhaqiqat mamlakatimizda tarixan qisqa 15 yil davomida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohada mamunan boy ishlar qilinganligiga guvoh bo’lamiz. Ayniqsa, oila masalasi davlat siyosatining bosh mavzusiga aylandi. Ya’ni bularning barchasini negizida inson, yurtimiz fuqarolarini har tomonlama muhofaza qilish yotadi. Har yili yangi yilni bir-biri bilan bogʻlanishi, dasturlar qabul qilinishining barchasi mamlakatimizda oilaning farovnligini, xalqimiz ma’naviy-huquqiy qadriyatlariini muhofaza qilish, ularning farovon hayot kechirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadi yotadi.
Shuningdek, 1997 yili Inson manfaatlari yili, 1998 yili Oila yili, 1999 yilni Ayollar yili yoki 2007 yilni Ijtimoiy himoya yili deb e’lon qilinishining zaminida inson va uning hayotini farovon boʻlishi, fuqarolar jamiyatini shakllanishi, rivojlanishi, maqsad va vazifalari ifojalangan. Ana shunday maqsad, vazifalarni hayotga tadbiq etishda oila, unda tarbiya olayotgan shaxs ijtimoiylashuvi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, millatni millat qilishda oila, ona, ayol, tobora jamiyat hayotida ijtimoiy mazmun kasb etib qadriyatga aylanib bormoqda. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakllanadi. Etnik madaniyat, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarimiz, an’analarimiz saqlanadi, uni xususiyatlarini qadrlash orqali tarbiyalanadi.
Erkin fuqarolik jamiyatini qurayotgan Oʻzbekistonda onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish borasida olib borilyotgan barcha ezgu ishlar oila muhitida yangicha fikrlash, yaxshi yashash va porloq kelajakni yaratishda hamjihatlikka tayanadi. Zero, sogʻlom oila va sogʻlom avlod gʻoyasining asoschisi va rahbari boʻlgan Prezidentimiz va davlatimiz olib borayotgan siyosatni yakdillik bilan qoʻllab quvatlayotgan oilalar, ayollar va yoshlar bu ezgu niyatlarning timsoli va faollaridir. Darhaqiqat, hech bir davlatda oilaga e’tibor davlat darajasida bizning davlatimizdek nufuzga ega emas. Shuning uchun buni qadriga yetmoqlik, ana shu e’tiborni o’z nuqtai nazaridan kelib chiqib hayotga tadbiq etmoqlik zarur. Buning uchun barchamiz bu ezgu ishlarga mas’uliyatimizni unutmasligimiz kerak.
Baxtli insonning baxtsiz insondan farqlovchi mezonlaridan ana shu bevosita oilasi bilan bog’langan niyat orzularni yurti, vatani taqdiri bilan bogʻlay olishdir. Chunki, haqiqiy vatanparvar insonning shaxsiy manfaatlari oilasi yoki yurti manfaatidan ayricha boʻlishi mumkin emas. Shuni tushungan holda har bir yurtimizning fuqarolaridan bugungi davr talabi, davlatimiz siyosatini izchil amalga oshirishda sidqidildan yondoshishlikni taqazo etadi. Zero,bugungi oʻzbek oilasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish bosh masala ekan, barcha koʻrilayotgan tadbirlar xususida, oilaning mustahkamlashni oʻz oldimizga bosh maqsad qilib qoʻymogʻimiz darkor.


Download 224 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling