Biologiya fakulteti biologiya yo’nalishi 203-guruh talabasi Suvonov Bekzod Mavzu: Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o’ziga xos xususiyatlari va ustuvor yo’nalishlari


Download 59.5 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi59.5 Kb.
#119361
Bog'liq
5-seminar


Biologiya fakulteti biologiya yo’nalishi 203-guruh talabasi Suvonov Bekzod

Mavzu: Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o’ziga xos xususiyatlari va ustuvor yo’nalishlari

6-savol Yashirin iqtisodiyot deganda nima tushuniladi

Yashirin iqtisodiyot (xufiya iqtisodiyot) — ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar toʻlanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy faoliyat turlaridir.

Yashirin iqtisodiyot oshkora payqab boʻlmaydigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, isteʼmol jarayonlari — iqtisodiy munosabatlar boʻlib, uning negizida

ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi. Yashirin iqtisodiyot dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida mavjud. Yashirin iqtisodiyot murakkab koʻp bosqichli hodisa, uning

tur va shakllari xilma xil.

Yashirin iqtisodiyot maqsadi, faoliyati va iqtisodiy ijtimoiy oqibatlariga koʻra bir necha

turlarga boʻlinadi:

Jinoiy iqtisodiy faoliyat. Bu mutlaqo maʼn etilgan, qonun yoʻli bilan taʼqib etiladigan



ishlar bilan shugʻullanish. Masalan:narkobiznes, pornobiznes, qurol biznesi va h.k.;

Gʻayriqonuniy, gʻayriiqtisodiy usullar bilan daromadlarni qayta taqsimlab oʻzlashtirib



olish. Masalan: oʻgʻirlik, bosqinchilik, reket, poraxoʻrlik;

Ikkilamchi iqtisodiyot — kishilarga zarar keltirmaydigan, ular uchun naf beradigan,



lekin rasman ruxsat etilmagan va davlat roʻyxatidan oʻtmagan iqtisodiy faoliyat. Ularga

yashirin tadbirkorlik, 1-2 va 5-10 kishi band boʻlgan yashirin kichik korxonalar

faoliyati kiradi. Yashirin tadbirkorlik xizmati koʻrsatish, qurilish, savdo, kiyim-kechak

ishlab chiqarishda keng tarqalgan;

Rasman ruxsat etilgan faoliyat bilan birga qoʻshimcha ravishda yashirin ishlab



chiqarishga qoʻl urish, ochiq ishlaydigan korxonalarda qoʻshimcha ravishda hisobga

kirmagan mahsulot chiqarib, uni yashirin sotish;

Mansabni suisteʼmol qilish va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy xatti-harakatlar.



Bular jumlasiga davlat idoralaridagi poraxoʻrlik, yashirin lobbizm, mansabdan

foydalanib subsidiyalar olishni kiritish mumkin;

Qalbakilashtirilgan iqtisodiy faoliyat, bu iqtisodiyot davlat sektoriga xos boʻlib,



davlatni aldashga qaratiladi. Buning eng yaqqol namunasi davlat sektoridagi qoʻshib

yozishlar, qilinmagan ishlar uchun davlatdan haq olish va boshqalar.

Yashirin iqtisodiyotdagi ijtimoiy zararli faoliyat davlat tomonidan qatʼiyan taqiqlanadi,

hamma choralar bilan unga qarshi kurash olib boriladi, ijtimoiy foydali faoliyatning (norasmiy boʻlsada kishilar talab va ehtiyojlarini qondiradi) oshkoralikka chiqishi iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantiriladi.

Yashirin iqtisodiyot miqyosi - yashirin iqtisodiy aylanma, yaʼni ruxsat etilmagan tovar va xizmatlarni yaratish va ularni sotish hajmi bilan belgilanadi. Aylanma xufiyona boʻlganidan uning aniq hisob-kitobi boʻlmaydi. Buning oʻrniga uni taxminan baholash usuli qoʻllaniladi. Ayrim hisob-kitoblarga koʻra, oʻtgan asr oxirlarida Yer yuzidagi yashirin iqtisodiy aylanma 8 trillion dollarga yoki jahon yalpi mahsulotining 27,5% iga teng boʻlgan. Biroq yashirin

iqtisodiyot miqyosi turli mamlakatlarda farqlanadi. Yashirin iqtisodiyot eng rivojlangan mamlakatlarga Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari kiradi. Masalan, 1999-yil Misr va Nigeriyada u yalpi ichki mahsulotning 70% iga teng boʻldi. Yashirin iqtisodiyot hissasi eng kam boʻlgan mamlakat Osiyoda Yaponiya (1—2%), Gʻarbiy Yevropada Shveysariya hisoblanadi. MDH mamlakatlarida yashirin iqtisodiyot darajasi oʻrtacha. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, masalan, AQSH va Italiyada yashirin iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi tegishlicha 6,4 va 11,4% ni tashkil etdi (1997).

XXI asrga kelib iqtisodiyotining globallashuvi oqibatida yashirin iqtisodiyot milliy doiradan chiqib xalqaro darajaga koʻtarildi. Yashirin iqtisodiyot globallashuvi bu bir mamlakatdagi yashirin iqtisodiyot boshqa mamlakatga koʻchirilishida, nojoʻya biznes ishlari bilan shugʻullanuvchi xalqaro firmalarning paydo boʻlishida koʻrinadi. Bunga misol qilib xalqaro narkobiznesni, yashirin qurol savdosini, ishchi kuchining yashirin migratsiyasini uyushtirishni, “ofshor zonalar” orqali gʻayri qonuniy yoʻllar bilan topilgan pulni "halollab" olish kabilarni koʻrsatish mumkin. Bular xalqaro hamjamiyatga katta xatar tugdiradi. Pulni chet mamlakatga yashirin chiqarib "halollab" olishga qarshi kurash maqsadlarida xalqaro hamjamiyat maxsus tashkilot — Xalqaro moliyaviy harakatlar guruhini tashkil etgan. 2000-

yilda bu tashkilotga 36 mamlakat a’zo bo’lgan.

Yashirin iqtisodiyot nafaqat murakkab ijtimoiy-iqtisodiy voqelik, balki davlat hisobi hamda nazoratidan tashqarida rivojlanadigan va shu sababdan ham rasmiy statistikada aks etmaydigan xo’jalik faoliyatidir. Yashirin iqtisodiyotga berilgan bunday ta’rifning o‘ziyoquning mamlakat taraqqiyotiga to‘sqinlik, budjet daromadlariga esa salbiy ta’sir qilishini, shu bois, unga qarshi kurashish o‘ta dolzarbligini tushunish mumkin. 2019-yilning 4-iyunida Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yashirin iqtisodiyot: muammolar, yechimlar va natijalar” mavzuiga oid davra suhbati, tadbir bo’lib o’tdi. Maqsad yashirin iqtisodiyotning jamiyatga ko‘rsatadigan ta’siri nimalardan iboratligi, norasmiy iqtisodiyotni qanday baholash mumkinligi, uni bartaraf etish uchun qanday choralar ko‘rish zarurligi, bu jarayonlarda xorijiy tajribani o‘rganishning o‘ziga xos jihatlarini atroflicha muhokama qilish, mazkur masalada davlat idoralari vakillarining fikrlari va olimlarning tahlillari asosida fikr almashishga qaratildi.Ular quyidagicha fikrlar bildirishdi:
Download 59.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling