1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Download 331.2 Kb.
bet76/124
Sana05.01.2022
Hajmi331.2 Kb.
#219142
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   124
Bog'liq
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J

64 PEDAGOGIK G'OYALAR

  • Antik pedagogikada tabiatga, atrof-muxitga, o‘zaro insoniy munosabatlarda ongli, axlokiy munosabatlar majmuasi bo‘lgan donishmandlik pedagogikasi shakllangan. Bu vaktlarda tarbiyaning bosh maksadi ham yoshlarda donishmandlik sifatlarini shakllantirish bo‘lgan. Donishmandlik pedagogikasida yoshlarda mexnatsevarlik, ma’naviy-axlokiy sifatlar bilan uygun rivojlantirilishi maksadga muvofik ekanligi ilgari surilgan. Bu pedagogik karashlar mashxur “Avesto” (er.av. VII asr) asarida va kadimgi Xitoyning Daos maktabi (er.av.III asr) tajribalarida aks etgan edi. Eramizdan avvalgi II asrlarga kelib O‘rta Osiyo, Kadimgi Xindiston pedagogikasida saxiylik, sofdillik, inson kalbi tushunchalari ilgari surildi.

  • 610 yillarga kelib, iloxiy asar ulug Kur’oni Karimda inson moxiyati to‘la ochib berilib, komil inson tarbiyasi bosh maksad kilib ko‘yilgan edi. Kur’oni Karimdagi ta’lim-tarbiyaga oid ulug xazina Al-Buxoriy xazratlarining xadislarida beriladi. Ta’lim-tarbiya insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ochib berila boshladi. Antik falsafada ham zoxiriy va botiniy ilmlar uygun karalar edi. Demokrit, Platon, Arastu asarlarida insonparvarlik goyalari ilgari surilgan edi.

  • O‘rta asr uygonish davrida Sharkda dunyoviy ta’lim keng rivojlandi. Lekin O‘rta Osiyoning Rossiyaga tobelanishi okibatida ma’rifiy-pedagogik tafakkur ham o‘zgarib bordi. Lekin bu davrda ilm va ma’rifatni doimo yuksaklikka ko‘taruvchi goyalar baralla kuylanib turdi. Bunda o‘lkaning ilgor-fozil kishilari muxim rol o‘ynaydi. X1X asr oxirlari va XX asrning boshlarida ijod kilgan adabiyot namoyondasi Furkat ma’rifatparvarlik maktabining asoschisi bo‘lgan. U zamonaviy madaniyat va tarakkiyotning yo‘li ilm olishda deb ta’kidlaydi. Furkat ma’rifatparvar shoir sifatida muxim asarlar yozib koldirgan. Uning “Gimnaziya”, “Ilm xosiyati”, “Akt majlisi xususida”,”Vistavka xususida” kabi she’rlari , “Suvorov haqida” nomli dostonini Toshkentda yashagan vaktida rus madaniyati bilan tanishish orkali olgan taassurotlaridan yaratgan. Jaxon-ravshan ziyoi ilmdandur, Ko‘ngil sofi safoi ilmdandur – deydi Furkat.

  • O‘zbek pedagogikasi tarixi shunday turli-tuman okimlar, jarayonlar bilan rivojlanib keldi. Xozirgi zamon ta’lim-tarbiya konsepsiyasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, u yuksak umuminsoniy kadriyatlar asosida tarakkiy topib bormokda, bu kadrlar tayyorlashning milliy dasturi , «Ta’lim to‘grisida»gi Konunlarida ko‘rsatib berilgan. Ushbu konunlar milliy tajribaning taxlili va ta’lim tizimidagi jaxon mikyosidagi yutuklar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb- xunar madaniyatiga ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy xayotda mustakil ravishda mo‘ljalni to‘gri ola bilish maxoratiga ega bo‘lgan, istiklol vazifalarini ilgari surish va xal etishga kodir kadrlarning yangi avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgandir.

  • Karimov ta’kidlaganlaridek, milliy mafkurada: ”Gap milliylik haqida ko‘p gapirishda emas, balki milliylikni asosini tashkil kiluvchi tabiiy omillarni ishga tushirishda”. Ta’limning yangi texnologiyasida milliy ta’lim modeli markazida turuvchi shaxsni ma’naviy-amaliy kamoloti bilan boshka bo‘ginlar orasidagi haqikiy o‘zaro rivojlantiruvchi omillarni funksional jarayonlar tashkil kilish asosida ishga tushirish lozim.



Download 331.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling