1. Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni. Globallashtirish tushunchasi va uning oqibatlari
Download 1.11 Mb.
|
1Globallashuv jarayoni va kompyuter lingvistikasi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Kompyuter lingvistikasining maqsadi va vazifalari.
- Globallashuv
- “demokratiya eksporti”;
GLOBALLASHUV JARAYONI VA KOMPYUTER LINGVISTIKASI REJA:
1. Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni. 2. Globallashtirish tushunchasi va uning oqibatlari. 3. Kompyuter lingvistikasining fan sifatida shakllanishi. 4. Kompyuter lingvistikasining maqsadi va vazifalari. Umumjahon jarayoni bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatning jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy o‘sishi va milliy xavfsizligini ta’min etadi. Axborotlashtirish Prezidentimiz aytganlaridek, axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida e’tibor berilmas ekan, u borgan sari kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qo‘lida asosiy “qurol”ga aylanadi. Bu esa nafaqat davlatlar yoki mintaqalarda keskin vaziyat vujudga kelishiga sabab bo‘ladi, balki xalqaro miqyosda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Mutaxassislarning fikricha, hozirda axborot iqtisodiyotning eng serdaromad manbaiga aylanib bormoqda. AQSh Strategik tadqiqotlar institutining ma’lumotlariga ko‘ra, axborot mahsulotiga sarflangan har bir dollar, yoqilg‘i-energetika sohasiga sarmoya qilingan 1 dollardan ko‘ra bir necha barobar ko‘p foyda berar ekan. Bu faqat uning iqtisodiy jihati, uning siyosiy jihati esa o‘z shaxsiy manfaatlariga o‘ta arzon, o‘ta qulay yo‘llar bilan erishish sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda axborot omili ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ayrim kuchlar manfaatiga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham yangi mustaqil davlatlarning milliy xavfsizligini ta’minlashda siyosiy, iqtisodiy, harbiy omillar bilan bir qatorda uning axborot jihatlari borgan sari dolzarblashmoqda.
Lotincha “kurra”, “shar” so’zlaridan shakllangan bo’lib, dunyo sohalarining tez va jadal sur’atlarda rivojlanishi va yaqinlashuvi Globallashuv jarayonining ijobiy xususiyatlari: Globallashuv jarayonining salbiy xususiyatlari:
Rossiyalik olim A. Zinovev: “Globallashuv yangi jahon urushi. U yangi tipdagi jahon urushi” A.Parshev: “Aslida globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo‘shimcha qiymatini dunyodagi asosiy zahiralarni o‘zlashtirishdan iboratdir” “Sovuq urush” davrida yadroviy hurujlardan cho‘chib yashagan dunyo endi terrorizmning shavqatsiz tajovuzlaridan saqlanish yo‘llarini izlamoqda. Zero, vaqt va makon tanlamaydigan bu ofat xohlagan vaqtda, xohlagan joyda o‘zining mash’um basharasini namoyon etib qolishi mumkin. Kishini xavotirga soladigan sabab shuki, terroristik hurujlar kiber makonda ham faollashib bormoqda. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling