1. O‘zbek tilining o‘ziga xos kompyuter uslubini yaratish.
2. Axborot matnlaridagi qoliplilik, qisqalik, aniqlik mezonlarini ishlab chiqish.
3. O‘zbek tilida internet saytlarini yaratish me'yorlarini belgilash.
4. Kompyuter yordamida izohli va tarjima lug‘atlarini ishlab chiqish.
5. O‘zbek tili va adabiyoti darsliklarining elektron versiyalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish.
6. Kompyuterda inglizcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-inglizcha tarjima dasturlarini yaratish.
7. Yozma matnlarni kompyuterda tahrirlashning dasturlarini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etish kabilar.
KLni yangi yo‘nalishlarda rivojlantirish maqsadida O‘zMU kompyuter texnologiyalari fakultetida 2001 yildan boshlab KL laboratoriyasi tashkil etilgan edi. Laboratoriyada o‘zbek tilining matematik va kompyuter modellarini yaratish, o‘zbekcha matnlarni tahrir qilish, inglizcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-inglizcha kompyuter tarjima dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy va amaliy dasturlar asosida muayyan baza yaratilgani holda KL bo‘yicha kadrlar tayyorlashga o‘tildi. Xuddi shunday laboratoriyalarni, "Matematik va kompyuter lingvistikasi" kafedralarini mamlakatimizning boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday kafedralar hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlari o‘quv rejalariga kiritilgan. "Kompyuter lingvistikasi", "Oliy matematika", "Matnni o‘rganishning lingvostatistik metodlari", "Lingvostatistika", "Kompyuter leksikografiyasi" singari o‘quv predmedlari va ixtisoslik fanlaridan dars berishni, ma'ruza matnlari va o‘quv qo‘llanmalari yaratishni ham o‘z zimmasiga olgan bo‘lardi.
Toshkentda O‘zMU olimlarining tashabbusi bilan "Dunyoviy o‘zbek tili" asarining 1-kitobi bosmadan chiqdi (2003). Unda o‘zbek tilidagi bitta fe'lning (ishlamoq fe'lining) taxminan 100 000 ta shakli (leksik-gramatik paradigmalari) rus va ingliz tillariga o‘girilgan. Ingliz tilida esa har qanday fe'lning taxminan 100 ta shakli borligi hammaga ma'lum. Kompyuter uslubida ushbu 100 000 ta shakldan faqat eng zaruriy, eng maqbul (optimal) varianti tanlab olinadi, qolganlari esa imkoniyat darajasida inson xotirasida saqlanadi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
- Karimov I. A. “Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi” – Toshkent, 1997.
- Po’latov A.K., Muhamedova S. “Kompyuter lingvistikasi” – Toshkent, 2007.
- Po’latov A. K. “Kompyuter lingvistikasi” – Toshkent, 2011.
- Rahimov A. “Kompyuter lingvistikasi asoslari” – Toshkent, 2011.
- Abdurahmonova Nilufar “Mashina tarjimasining lingvistik asoslari” – Toshkent, 2012.
- Behzod Mamadiyevning “Ma’rifat” gazetasida chiqqan maqolasi.
- Bekmurod Yo‘ldoshevning “Ma’rifat” gazetasida chiqqan maqolaasi.
- Internet saytlari:
- www.ziyouz.com
- www.jamiyat.zn.uz
- www.google.uz
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |