1. Jarrohlik fani va uning vazifalari. Jarohat infeksiyasi, infeksiya turlari


Download 27.42 Kb.
bet7/8
Sana23.02.2023
Hajmi27.42 Kb.
#1225401
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Antiseptika va aseptika

To'r-naysimon bog'lamlar. Elastik bintlar sintetik tolalar va ip gazlama ipi aralashgan elastik ko'pdan tayyorlangan to'rsimon trikotaj naycha (englik) dan iborat. Bintlar juda cho’ziluvchan, shuning uchun ular tananing istalgan qismiga zich yopishib turish xususiyatiga ega bo'lib, qon aylanishini buzmaydi va bo'g'inlarda harakatni chegaralab qo’ymaydi. Qirqilganda va qisman kesilganda bint titilib ketmaydi. Elastiklik xossalarini yuvishdan, sterilizasiya qilishdan so'ng saqlanib qoladi.

To’r naysimon bintlar bog'lam qo’yish vaqtini anchagina qisqartiradi: bintdan tayyorlangan paypoqni tananing shikastlangan joyiga kiygiziladi. Bint ikkala qo'l panjasi (barmoqlari) orasiga kiritiladi, uni cho’zib va tegishli sohaga kiygiziladi.

To’r-naysimon bintlar tananing turli sohalariga, hajmiga qarab № 1dan №7 gacha yetti razmerda chiqariladi. № l bintni (uning diametri erkin holatda 10 mm) katta odamning qo'l barmoqlari, bolaning panjasi va oyoq panjasiga qo’yiladi. № 2 bintni (17 mm) katta odam panjasi, bilagi, tirsak, bilak-kaft, boldir-tovon bo’g'imlariga, bolalarning yelkasi, boldinga, tizza bo'g'imlariga qo'yiladi.

№ 3 va № 4- bintlarni (25 va 30mm) kattalarning bilagi, yelkasi, boldiri, tizza bo’g'imiga, bolalar soniga va boshiga qo’yiladi. № 5 va № 6-bintlarni (35 va 40mm) katta odamning boshiga, soniga, bolalarning ko'kragiga, qorniga, chanog’iga, chot oralig’iga, № 7-bintni (50mm) kattalarning ko'kragi, qorni chanog'i, chot oralig'iga ishlatiladi. Bintlar sovun ko'pigida yuviladi. Elastik bintlar kislotalar, ishqorlar, moylar ta'sirida yemiriladi.

Bintli bog'lamlar turlari quyidagilarga bo'linadi: aylanma spiral, o’rmalovchi, boshoqsimon,

toshbaqasimon bog’lamlar. Bint o'ramlari bir-birini bekitib, biri ikkinchisining ustiga tushsa,

bunga doirasimon bog'lam deyiladi.

Spiralsimon bog'lam - tananing anchagina qismini bintlash zarur bo'lganda qo'yiladi. Bunda bint o'ramlar pastdan yuqoriga bir oz qiyshaytirib o'raladi va har bir keyingi o'ram oldingisi enining 2|3 qismini bekitib boradi. Bu bog'lam odatda bosib turadigan bir necha doirasimon o'ramlar qilishdan boshlanadi. Spiralsimon bog'lam yo’g'onligi bir-xil qismlarga oson qo’yiladi. Yo'g’onligi bir xil bo'lmagan sohani masalan, boldirni bintlashdan qayirish usuli taklif etilgan. Bint quyidagicha buriladi: spiral qilib bog'lashga qaraganda, bint ko'pincha qiyshaytirib o'raladi, chap qo'lning bosh barmog'i bilan uning pastdagi chetidan tutib turiladi, bintning uchi bir oz bo'shatiladi va uni odam o’ziga qaratib buraydi, shunda bintning yuqori cheti pastga bo'lib qoladi va aksincha.

О’rmalovchi (ilonizisimon) bog'lam. Bog'lash materialini jarohatga mahkamlab olish kerak bo'lsa, avval o'rmalovchi yoki ilonizisimon bog'lab qo’yiladi, so'ngra spiral bog'lamga o'tiladi.

Sakkizsimon yoki krestsimon bog'lam bunda bint o'ramlari sakkizsimon ko'rinishda o’rab

bog'lanadl. Bu bog'lam tananing shakli murakkab qismlariga: boldir-tovon bo’g'imi sohasiga, ensa sohasiga, yelka bo’g'imi sohasiga, panjaga, oraliqqa, boshga qo’yish qulay.

Boshoqsimon tutashadigan va tarqaladigan bog'lamlar sakkizsimon bog'lamning turlaridan hisoblanadi. Boshoqsimon bog’lamda bintlarning biri ustiga ikkinchisi tushadigan joyini asta-sekin o'zgartirib boriladi, tutashadigan va tarqaladigan bog’lamlarda sakkiz raqamini hosil qiladigan bint o'ramlari bir-biriga yaqinlashadi yoki tarqaladi.

Qaytadigan bog’lam bog’lov materialini boshga, oyoq-qo’l cho’ltog'iga, barmoqlarga mahkam bog’lash imkonini beradi. Bu bog’lamga bint o'ramlari perpendikulyar tekislikda birin-ketin aylantiriladi, bunda bintni 900 C burchak ostida qayirish va qayirilgan sohaga aylanma o'ramlar bilan mahkamlash yo'li bilan erishiladi.

Toshbaqasimon bog 'lash bo'g’imlarni bog’lash uchun qulay. Bu bog'lamni qo'yish uslubiga ko'ra uzoqlashuvchi va yaqinlashuvchi turlari bor. Tizza sohasining uzoqlashuvini toshbaqa bog'lam bilan yopish uchun bint bo'g'imining o'rtasidan ("tizza ko'zidan") aylantirib olinadi, so'ngra avvalgi o'ramning yuqorisidan va pastidan ham shunday yurgiziladi. Bintning keyingi o'ramlari tobora ko'proq tarqalib, butun bo’g'imni sekin-asta yopaveradi.




Download 27.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling