1. Javoblarning qaysi birida ozaytirma darajadagi xususiyat sifati ravish bajaradigan vazifada kelgan?
Download 26,39 Kb.
|
taxlagan testim
1. Javoblarning qaysi birida ozaytirma darajadagi xususiyat sifati ravish bajaradigan vazifada kelgan? A) Xira yorug’ ichkariga to’kiladi, gugurtcho’p alanga olib Olim Qodirovning kulcha, oqish yuzlarini, quyuq kipriklari va bezovta chaqnayotgan ko’zlarini bir zum yoritib, astaasta pasayib o’chadi. B) U duduq, xiylagina duduq bo’lishiga qaramay, sho’x, xushchaqchaq, yaxshigina askiya ham qilar ekan. C) Kalishlarni kiyib olaman. – Sag’al katta-ku!– deyman sevinganimdan entikib. D) Qoramtir osmon asta-sekin yorisha boshladi. 2. Tarkibida majhul nisbat shaklidagi sifatdosh qatnashgan uyushiq bo’lakli gapni aniqlang. A) Jimirlab oqayotgan daryo bo’yiga borib, yuz-qo’llarini yuvib, bir-ikki qultum suv ichishdi. B) Shanbada to’y keladigan, el-yurtga osh beriladigan bo’lgani uchun, erta tongdanoq hovli gavjum edi. C) Eshon otasining vasiyatiga amal qilib to’ridan joy tegmaydigan, poygakda choy tegmaydigan bir odam bo’lib yetishibdi. D) O’n ming uyli Qo’ng’irot eli boyvachchalari bilan yig’ilib, bir yerga jam bo’lib, bir baxmal o’tovni tikib, shu o’tov ichida hamma boyvachchalar bilan qimiz ichib, o’z kayf-u safosi bilan o’tirar edi. 3. Qayerda edingiz? Qo’lingizga tusha olmadim. Ushbu gapda ma’no ko’chishning qaysi turi qo’llangan? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 4.Chigirtkalarning chirillashini, ko’kda muallaq turib qanot qoqayotgan so’fito’rg’ayning issiqdan shikoyat qilib vijirvijir chug’urlashini demasa, atrof jimjit edi. Berilgan gapda asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lgan fe’lning vazifa shakllari necha o’rinda qatnashgan? A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta 5.Javoblarning qaysi birida yuklama va bog’lovchilar uyushgan ega va aniqlovchilarni bog’lashga xizmat qilgan? A) Ular uddasidan chiqmagan ish yo’q, shuning uchun ham lablarida doim tabassum, ko’zlarida sevinch, ular tongni ham, tunni ham qo’shiq bilan qarshi olishadi. B) Quyosh qizil baxmal kabi tovlanib, o’zini azim chinorlar panasiga olganda, bu yerdagi oqshomlar ko’hna tabiat ko’rki – tongdan ham musaffo bo’lib ketadi. C) Keng ko’chalar ham, qator oq uylar ham, oldi gulzor klub ham goh sariq, goh qizg’ish tusga kirib, qishloq husniga husn qo’shadi. D) Aql-idrok, ilm-hunar – bular mehnat bilan topiladigan va kamol toptiradigan narsalardir. 6. Javoblarning qaysi birida tovushga taqlidni bildirgan so’z ravish bajargan vazifada kelgan? A) Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g’o’ng’ir-g’o’ng’ir ovozdan uyg’onib ketdim. B) Shunday bo’lsa ham, vujudini tutgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi. C) Allakim ship-ship qadam bosib, ayvon labiga kelayotganday bo’lardi. D) Bolalarning qiy-chuvi olamni buzar edi. 7.Ey Iskandar, dilingni ilm bilan obod qil, ilmsiz kishilar bilan suhbat qurma, umringni behuda o’tkazma, muvofaqiyatlaringga mag’rurlanma, gina-hasad qiluvchilarni uyingga kiritma, gina-kuduratdan o’zingni xoli tut, birovga nisbatan gina saqlama, yomonlig-u ochko’zlik qilishdan qoch, yaxshilik qilishga intil. Berilgan gap haqidagi notog’ri fikrni toping. A) gapda kompozitsion usulda yasalgan 7 ta fe’l bor. B) gapda 6 ta sodda tub ot qatnashgan. C) gapda ismlarning 15 ta munosabat shakli qatnashgan. D) yasama so’zlar tarkibidagi yasovchi qo’shimchalardan 7 tasi shakldoshlik xususiyatiga ega 8.Javoblarning qaysi birida o’zi bog’langan so’z bilan birga hol vazifasida kelgan yordamchi so’z turkumi qatnashgan gapda otlashgan sifatdosh ishtirok etgan? A) Ular uddsidan chiqmagan ish yo’q, shuning uchun ham lablarida doim tabassum, ko’zlarida sevinch, ular tongni ham, tunni ham qo’shiq bilan qarshi olishadi. B) Quyosh qizil baxmal kabi tovlanib, o’zini azim chinorlar panasiga olganda, bu yerdagi oqshomlar ko’hna tabiat ko’rki – tongdan ham musaffo bo’lib ketadi. C) Keng ko’chalar ham, qator oq uylar ham, oldi gulzor klub ham goh sariq, goh qizg’ish tusga kirib, qishloq husniga husn qo’shadi. D) Aql-idrok, ilm-hunar – bular mehnat bilan topiladigan va kamol toptiradigan narsalardir. 9. Javoblarning qaysi birida asosi harakat-holatning bajarilish payt belgisini bildiruvchi so’zdan yasalgan so’z gapning grammatik markazi bo’lmagan gap bo’lagiga tobelangan? A) Avaz dahlizdan rangdor, vassal, sertokcha uyga kirdi. B) Uning chaqnoq ko’zlari, siyrak qoshi, o’ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi. C) Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo’shilib turmasa, uning oqimi jo’shqin bo’la olmaydi. D) Dastlabki kunlar yo’l unchalik mashaqqatli bo’lmadi. 10. Muallimlar ilm-u fan va maorifimiz jonkuyarlari sanaladi. Ushbu gapda faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so’zlar berilgan gap bo’laklaridan nechtasiining vazifasida kelgan? Ega, kesim, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol A) 1tasi B) 2tasi C) 3tasi D) 4tasi@Milliy_til_1 3 11. Noo’rin so’zlovchi, samimiyatdan yiroq, yolg’onchilik bilan kun keshiruvchi insonlar hech qachon vijdonlari oldida pok bo’lmaydilar. Gapda agglyutinativ tillarga xos bo’lmagan xususiyatga ega bo’lgan so’z tarkibidagi keng unlini boshqa bir keng unlidek talaffuz qilinishi qaysi lahjaga xos xususiyat? A) qorluq B) qipchoq C) o’g’uz D) bunday lahja yo’q 12. bilan, do’st, ona, chunki, madomiki, uyqu, kabi, axir. Mustaqil leksik ma’noga ega bo’lmagan so’zlardagi tor, til orqa, lablangan unlilar nechta? A) 4ta B) 3ta C) 2ta D) 1ta 13.Yana bir adolari borki, ba’zi alfozning so’ngida “ch”, “ki”, “shi” lafzidir, orttirurlar, yo mansabning, yo hunarning, yo peshaning izhori uchun; forsiyda yo’qtur, balki alar ham turkcha ayturlar. Berilgan parchada gapning qaysi bo’laklari uyushgan? 1. fe’l kesim 2. ega 3. Qaratqich aniqlovchi 4. vositali to’ldiruvchi 5. sifatlovchi aniqlovchi A) 1,3,4 B) 3,5 C) 1,3,4,5 D) 2,4,5 14.Berilgan gaplarning qaysi birida affiksatsiya usuli bilan yasalgan yasama so’zlar boshqalariga nisbatan ko’proq? A) Ba’zi kunlar bo’ladiki, qovog’idan qor yog’ib turadi, buning ustiga yana 15-20 daraja sovuq ham bo’ladi-yu, biroq odamga xush yoqadi. B) Hech qachon kulgim ham, yig’im ham soxta bo’lmaydi, har qachon kemtik baxtni baxt demadim, birovlardan qolgan-qutgan baxt bilan kifoyalana beradiganlar qatorida hech qachon turmadim. C) Namiqqan shuvoqlar oldin toxtab yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-chursillab uchqun sochdi-da, axiyri gurillab ketdi. D) Eh-ha, nima uchun o’rmonda bunaqa g’ala-g’ovur, tartibsizlik desam, sababi bu ekan-da, – deb o’yladi Ko’rqush. 15.Yordamchi so’zlarning har uchala turi qatnashgan gaplarning qaysi turida turdosh otlarning barcha turi qatnashgan? A) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo’lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog’ib, dashtda qolib ketishlari ehtimoldan holi emas. B) Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish tutganlari yaxshi bo’ldi, chunki Yomontosh darasi ular kutganday mudhish edi. C) Biroq Zavqiy Mo’minboy bilan uzoq muddat ishlay olmadi, chunki boy va uning ukalarini hajv qilganligi sababli u vazifasidan ozod etiladi. D) Kishining talanti barcha sohada bir xil bo’lavermaydi, chunki yoshlar o’zi sevgan, qobiliyatiga mos bo’lgan ishni tanlay bilishi kerak. 16.Javoblarning qaysi birida yasalish asosi fe’l bo’lgan yasama so’zlar boshqalariga nisbatan ko’proq? A) Avaz dahlizdan rangdor, vassal, sertokcha uyga kirdi. B) Uning chaqnoq ko’zlari, siyrak qoshi, o’ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi. C) Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo’shilib turmasa, uning oqimi jo’shqin bo’la olmaydi. D) Dastlabki kunlar yo’l unchalik mashaqqatli bo’lmadi. 17. Yog’liq qo’y go’shti yaxnasi ham, tok bargi va uzum boshining surati solingan chinni kosadagi qaymoq, non, qora mayiz – hammasi dasturxonda qo’l tekkizilmay turardi. Berilgan gapda asosi bir turkum doirasida bo’lgan shakldoshlik xususiyatiga ega nechta so’z qatnashgan? A) 6ta B) 2ta C) 4ta D) 5ta 18. Sirg’aluvchi sonor til undoshi qatnashgan ot+fe’l tipidagi qo’shma fe’li bor gapni aniqlang A) Shanbada to’y keladigan, el-yurtga osh beriladigan bo’lgani uchun, erta tongdanoq hovli gavjum edi. B) Chor atrofi baland devor bilan o’ralgan tor hovlida uni aqli yetmaydigan ajoyibotlar to’lib-toshib yotibdi. C) Sarvi xola indamadi. Bitta-bitta qadam bosib uyi tomon yurib ketdi. D) Ishdan kelgach nari-beri tamaddi qilib uyiga o’tib bordim 19. Javoblarning qaysi birida barcha kelishik shakllari bilan ma’odoshlikni yuzaga chiqaruvchi kelishik shaklini olgan so’z qatnashgan? A) Ko’z ravshan bo’lsa, qalbning oqligi, xush-xurramlik belgisidir. B) Ko’z yoshlanmaydigan bo’lsa, unday kishi odamlar qonini to’kishga shay bo’ladi. C) Agar ko’k, qora yo shahlo ko’zda qora nuqtalar va feruzarang qo’shilgan bo’lsa bo’lsa, u kishining ichi qora, o’zi shahvatga o’chdir. D) Kimki ko’zini tez-tez yumib ochsa, u sodiq do’st va yomon ishlardan xoli kishidir. 20. Ilm yo’lida oshib o’tish mumkin bo’lmagan devor bo’lmaydi. Gapda qatnashgan leksemalar tarkibidagi ochiq bo’g’inlardan nechtasi o’z urg’usiga ega? A) 3ta B) 4ta C) 5ta D) 1ta 21. Xushmuomalalik uzoq umr ko’rishning sabablaridan biridir. Morfologik usul bilan yasalgan so’zdagi til oldi va til orqa unlilari o’rtasidagi nomuvofiqlikni toping. A) nomuvofiqlik yo’q B) 2o’rinda C) 1 o’rinda D) 3 o’rinda 22. So'z birikmalari zanjiri gapning egasi atrofida birlashgan holatni toping. A) Badanni junjiktiruvchi sovuq shamol izg'ib qoldi. B) Boboning tabiati ravshan bo'lib ketdi.@Milliy_til_1 4 C) Darveshalining zindonda yotishi Alisherning yuragida dushmanlik olovini to'ldiradi. D) Sayohatchilar daraning pillapoya kabi yotiqroq yerlaridan yuqoriga intildilar. 23. Ma'lum matnda gaplar qaysi jihatdan bog'lanadi? A) morfologik jihatdan B) sintaktik jihatdan C) mantiqiy jihatdan D) morfologik, sintaktik, mantiqiy jihatlardan 24. Qaysi qatorda shaxsi noma'lum gap berilgan? 1. Yo'lda biroz to'xtashga to'g'ri kelib qoldi. 2. Ko'nglida armon qolmasligi uchun chilyosin qildirishga to'g'ri keldi. 3. Yo'lda ukam menga to'g'ri kelib qoldi. 4. To'garakka barvaqt borishga to'g'ri keldi. A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1 , 2 , 4 25. Ko’m-ko’k yopiqli uzun stol ustida sud a’zolaridan birining ko’zoynak qutichasi qolib ketgan; zal o’rtasidagi og’zi ochiq pechdan o’tinning charsillab yongani eshitiladi. Asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lgan so’zlar qaysi gap bo’laklari vazifasida kelgan? A) to’ldiruvchi, aniqlovchi, kesim B) hol, ega, kesim, to’ldiruvchi C) aniqlovchi, ega, kesim D) to’ldiruvchi, aniqlovchi, ega, kesim 26. o’yin, o’rdak, o’tkir, o’jar, o’choq, o’rmon. Ushbu so’zlardan nechtasida o’ unlisi torroq talaffuz qilinadi. (yopiq bo’g’inda) A) 2tasi B) 4tasi C) 3tasi D) 5tasi 27. Sinifimiz bilan tiyatirga tomoshaga bordik. Imlosida xotolik bor so’z(lar) qanday bo’lak vazifasida kelgan? A) aniqlovchi, hol B) to’ldiruvchi C) to’ldiruvchi, kesim D) to’ldiruvchi, hol 28. falak-palak, faqir-paqir, sof-sop. Ushbu juftliklardagi so’zlardan nechtasi bir turkum doirasida paronimlik yuzaga chiqaradi? A) 1 tasi B) 2 tasi C) 3 tasi D) shakldosh bo’la olmaydi 29. 1.tabaqa-tavaqa; 2.shahid-shohid; 3.pocha-pochcha; 4.shtab-shitob. Berilgan juftliklardan qaysilari xato yozilgan? A) 1 B) 1,2 C) hammasi to’g’ri yozilgan D) 1,3,4 30.Berilgan gaplarning qaysi birida yumshoq talaffuz qilingan portlovchi lab undoshi nisbatan ko’proq? {M harfi i va e unlilari bilaan kelsa yumshoq talaffuz qilinadi} A) Tanga-tanga to’ni bor, mitti ko’zi unga yor. Yursa suvlar jimirilar, Qamishlar ham qimirlar. B) Qulochida qo’sh-qo’sh halqa, xizmat qilar chrchamay xalqqA) C) Kulib turar misoli oftob, hamrohidir chang, tor va ruboB) D) Oyna emas, jimirlar, tek turmasdan q Download 26,39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling