1. Jinoiy jazo nima va uning boshqa majburlov choralaridan farqi nimalarda ifodalanadi?


Download 217.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana26.11.2021
Hajmi217.38 Kb.
#177615
1   2   3
Bog'liq
jH15

Suiqasd – bu jinoyatni sodir etishning ikkinchi bosqichi bo‘lib, jinoyatni 

sodir etishga va ijtimoiy xavfli oqibatga erishishga qaratilgan, jinoyatning obyektiv 

tomonini  ifodalovchi  ongli  harakat  bo‘lib,  shaxsga  bog‘liq  bo‘lmagan  holatlarga 

ko‘ra  tugatiladi.  Suiqasdda  tayyorgarlik  bosqichidan  farqli  ravishda  jinoyat  sodir 

etish  uchun  sharoit  yaratilmasdan,  balki  uni  sodir  etishning  bevosita  boshlanishi 

bo‘lib,  jinoyat  qonuni  bilan  qo‘riqlanadigan  obyektga  tajovuz  qilinadi  va  zarar 

yetkazish  xavfi  vujudga  keladi.  Qonunga  xilof  bo‘lgan  ijtimoiy  xavfli  qilmishni 

sodir  etish  xavfi  yoki  ijtimoiy  xavfli  oqibatning  yuz  berishi  real  bo‘lib  qoladi. 

Ammo jinoyat shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmaydi. 

 

Jinoyat  kodeksining  25-moddasiga  muvofiq:  «Qasddan  sodir  etiladigan  jinoyat 



boshlanib,  shaxsga  bog‘liq  bo‘lmagan  holatlarga  ko‘ra  oxiriga  yetkazilmagan 

bo‘lsa, 


jinoyat 

sodir 


etishga suiqasd

deb 


topiladi». 

 

Boshqacha  qilib  aytganda, suiqasd bu  qasddan  sodir  etilgan  jinoyatning 



tugallanmay  qolishi  yoki  aybdor  istagan  oqibatning  ro‘y  bermasligidir.  Shunday 

qilib, suiqasd o‘zida bevosita jinoyat sodir etishning boshlanishini ifodalaydi. Bu 

bosqichda qonun himoyasida bo‘lgan obyektga bevosita tajovuz qilinadi, aniq bir 

jinoyatning  obyektiv  tomoni  amalga  oshiriladi.  Suiqasdda  shaxs  qonun  bilan 

qo‘riqlanadigan  obyektni  real  xavf  ostida  qoldiradi,  lekin  obyektiv  va  subyektiv 

sabablar  natijasida  jinoiy  oqibat  yuz  bermaydi.  Masalan,  qasddan  odam  o‘ldirish 

maqsadida  jinoyatchi  jabrlanuvchiga  zahar  beradi,  lekin  moddaning  zararsizligi 

tufayli  jinoiy  oqibat  yuz  bermaydi.  Shuning  uchun  ham  suiqasdning  ijtimoiy 

xavflilik  darajasi  tamom  bo‘lgan  jinoyatning  ijtimoiy  xavflilik  darajasiga  yaqin 

turadi. 


 

Jinoyat huquqi nazariyasida suiqasd obyektiv va subyektiv belgilarga ega, deyiladi. 

Ko‘pchilik  mutaxassislar  suiqasdning  uch  obyektiv  belgisi  mavjudligini 



ta’kidlashadi.  Birinchi  navbatda,  suiqasd  jinoyat  sodir  etishga  qaratilgan  harakat 

(yoki  harakatsizlik)ni  ifodalaydi.  Suiqasd  bu  bevosita  jinoyat  sodir  etishga 

qaratilgan  harakat  (harakatsizlik)dir.  Ayni  shu  harakat  (harakatsizlik)  jinoyatni 

amalga oshirishga qaratilgan bo‘ladi. Aybdor aniq bir obyektga tajovuz qilib, uni 

zarar yetkazish xavfi ostida qoldiradi, ba’zi hollarda unga zarar yetkazadi ham. Bu 

belgining asosiy mazmuni Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasida ifoda-

langan  jinoyat  obyektiv  tomonining  qisman  bajarilishi  (masalan,  o‘g‘irlik 

jinoyatini  sodir  etish  maqsadida  shaxsnining  uyga  kirishi,  qulfni  buzishi)da 

ifodalanadi.  O‘q  otish  qurolidan  odam  o‘ldirishga  suiqasd  bo‘lganligini  aniqlash 

uchun, quroldan o‘q otilgan yoki otilmaganligini aniqlash lozim bo‘ladi. Onaning 

o‘z  chaqalog‘ini  o‘ldirishga  suiqasd  qilganligini  bilish  uchun  chaqaloqning 

ovqatlantirilganligi 

yoki 

aksini 


aniqlash 

kerak 


bo‘ladi. 

 

Ko‘pchilik  hollarda  suiqasd  harakat  (qasddan  odam  o‘ldirish  maqsadida  zahar 



berish)  orqali  amalga  oshiriladi.  Shu  bilan  bir  qatorda  ba’zi  bir  hollarda 

harakatsizlik  (masalan,  onani  o‘z  chaqalog‘ini  o‘ldirish  maqsadida  uni 

emizmaganligi)  ham  suiqasdni  amalga  oshirish  shakli  bo‘lishi  mumkin.  Bundan 

tashqari, suiqasdda jinoyat oxiriga yetkazilmaydi. Suiqasd shu belgisi bilan tamom 

bo‘lgan 

jinoyatdan 

farq 

qiladi. 


 

Тamom bo‘lgan jinoyatdan farqli ravishda suiqasdda jinoyatning obyektiv tomoni 

jinoyat sodir etayotgan shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, o‘zining to‘liq 

belgilariga ega bo‘lmaydi. Bu belgi, asosan, obyektiv tomondan jinoiy oqibatning 

yo‘qligida ifodalanadi. Masalan, shaxs o‘q otish quroli yordamida odam o‘ldirish 

jinoyatini  sodir  etmoqchi  bo‘ladi,  ammo  qurolning  otmaganligi  sababli  shaxs 

o‘lmay qoladi. Bu o‘rinda jinoyat subyektiv jihatdan tugallangan, lekin uni faktik 

jihatdan tugallanmaganligi uni tamom bo‘lgan jinoyatdan farqlash imkonini beradi. 

Тamom  bo‘lgan  jinoyatni  suiqasddan  farqlashda,  aybdorning  jinoiy  harakati 

boshlanishidan  to  jinoiy  oqibat  yuz  bergunga  qadar  qancha  vaqt  o‘tganligi 

ahamiyatga  egadir.  Agar  jinoiy  oqibat  muayyan  vaqt  o‘tgandan  so‘ng  yuz  bersa 

(masalan, jabrlanuvchini o‘ldirish maqsadida unga suiqasd qilib og‘ir tan jarohati 

yetkazsa  va  jabrlanuvchi  bir  necha  kundan  so‘ng  vafot  etsa),  qilmish  tamom 

bo‘lgan jinoyat, deb baholanadi. Qonunga ko‘ra, oqibat ayblanuvchining qasddan 

qilgan harakati tufayli yuz berganida, oradan qancha vaqt o‘tishidan qat’iy nazar, 

jinoyat 


tamom 

bo‘lgan, 

deb 

hisoblanadi. 



 

Moddiy  tarkibli  jinoyatlarda  suiqasd  jinoyat  obyektiv  tomonining  zaruriy  belgisi 

bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatning yuz bermasligida ifodalanadi. Og‘ir tan jarohati 

yetkazish  maqsadida  aybdor  lezviya  bilan  jabrlanuvchiga  tajovuz  qiladi,  ammo 




lezviya jabrlanuvchi kamarining temir qismiga tegadi va natijada, og‘ir tan jarohati 

yetkazilmaydi  va  jinoiy  oqibat  kelib  chiqmaydi.  Shuni  nazarda  tutish  kerakki, 

suiqasd,  deb  topish  uchun  har  doim  ham  obyektga  zarar  yetkazilishi  talab 

etilmaydi.  Qator  hollarda  jinoyat  qonuni  bilan  qo‘riqlanadigan  ijtimoiy 

munosabatlarga  zarar  yetkaziladi.  Masalan,  katta  summadagi  pulni  o‘g‘irlash 

maqsadida aybdor seyfni ochadi, ammo u yerda oz miqdordagi pul bo‘ladi. Bunday 

hollarda  qilmish  tamom  bo‘lgan  jinoyat  emas,  balki  ko‘p  miqdordagi  pulni 

o‘g‘irlashga 

suiqasd, 

deb 


kvalifikatsiya 

qilinadi. 

 

Formal  tarkibli  jinoyatlarda,  suiqasd  jinoyat  tarkibini  tashkil  qiluvchi  barcha 



harakatlarning  to‘liq  bajarilmasligida  ifodalanadi  (masalan,  pora  beruvchi 

mansabdor  shaxsning  qarshiligiga  qaramasdan, pora  predmetini  uning  stoli  ustida 

qoldiradi). 

 

Suiqasd  jinoyat  tarkibining  zaruriy  belgisi  jinoiy  oqibat  ro‘y  bermaganida 



ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Shu  o‘rinda  suiqasdning  jinoyat  sodir  etishning  boshqa 

bosqichlaridan farqlovchi quyidagi belgilarini ko‘rish mumkin. Suiqasd subyektga 

bog‘liq  bo‘lmagan  holatlarga  ko‘ra,  jinoiy  oqibat  yuz  bermagan  holdagina 

ahamiyatga ega bo‘ladi. Subyekt jinoyat sodir etish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan 

barcha 

harakatlarni 

bajaradi, 

ammo 


istalgan 

oqibat 


yuz 

bermaydi. 

 

Suiqasdning  obyektiv  tomonini  ifodalovchi  uchinchi  belgi  jinoyatning  shaxsga 



bog‘liq  bo‘lmagan  holda  tugallanmay  qolishidir.  Bu  belgi  jinoyatga  tayyorgarlik 

ko‘rishga  ham  xosdir.  Bu  holatlar  turlicha  bo‘lishi  mumkin  (masalan,  kalitning 

yaroqsizligi  tufayli  eshikning  ochilmasligi).  Jinoyatning  tamom  bo‘lishiga 

to‘sqinlik qilgan turli holatlarga: ularning har biri jinoyatchining xohishiga bog‘liq 

bo‘lmagan  holatlarga  ko‘ra  vujudga  kelishi  hosdir.  Aynan  shu  belgi  suiqasdning 

yuqorida  ko‘rsatilgan  obyektiv  belgilarini  birlashtirib,  uni  jinoyat  sodir  etishdan 

ixtiyoriy 

qaytishdan 

farqlash 

imkonini 

beradi. 

 

Jinoyatni  sodir  etishdan  ixtiyoriy  qaytishda  shaxsda  jinoyatni  oxiriga  yetkazish 



uchun  barcha  shart-sharoit  mavjud  bo‘ladi.  Masalan,  aybdor  o‘g‘rilik  jinoyatini 

sodir  etish  maqsadida  avtomobil  topa  olmaganligi  haqida  xabar  bergach,  sherigi 

jinoyatni oxiriga yetkaza olmaydi. Agar aybdor o‘zi xohishi bilan jinoiy faoliyatini 

to‘xtatsa, bunda jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish, deb topiladi. 



Download 217.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling