Mavzu: Shaharlarda transport va piyodalar xarakatini tashkil etish Reja: shaharlarda transport tizimi tashkil etish Hududiy miqyosda shahar transporti tizimini rivojlantirish
Download 1.14 Mb.
|
Презентация Microsoft PowerPoint
Mavzu:Shaharlarda transport va piyodalar xarakatini tashkil etish Reja: 1)Shaharlar transport va piyodalar xarakati muommolari 2)Shaharlarda piyodalar harakatini tashkil etish 3)Shaharlarda transport xarakati chet el talqinida(AQSH) 4)Xulosa 5)Foydalanilgan adabiyotlarStatistika ma'lumotlariga ko‘ra, 2-3 yil avval har uchinchi YTHda piyoda aybdor yoki jabrlangan bo‘lsa, bugungi kunda har ikkita YTHdan bittasida piyoda yo ishtirok etyapti, yo aybdor bo‘lmoqda. Har bir inson uyidan chiqadimi, ishxonadan yoki o‘quv muassasasidan chiqadimi, yo‘l harakati ishtirokchisiga aylanadi. «Yo‘l qoidasi – umr foydasi», deb ko‘p va xo‘p qaytaramiz, Buning negizida inson manfaati yotadi. YHXBB targ‘ibot qilishga ko‘proq e'tibor qaratmoqda. Inson oddiy bir hatti-harakat bilan yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari uchun xavfli bo‘lgan harakatga sabab bo‘lishi mumkin. Piyoda chorrahani yoki yo‘lning belgilangan qatnov qismini kesib o‘tayotganda quloqchindan, telefondan, kitob yoki gazeta o‘qishdan, ya'ni inson diqqatini o‘ziga jalb etuvchi ishlar bilan shug‘ullanmaslik talab qilingan. Taassufki, 2-3 yil avval har uchinchi YTHda piyoda aybdor bo‘lar yoki jabrlanar edi, bugungi kunda har ikkita YTHdan bittasida piyoda yo ishtirok etyapti, yo aybdor bo‘lmoqda. Musiqa eshitmaslik, telefondan foydalanmaslik kerak, deyildimi, rioya qilish kerak-da. Bunday qilgan odam atrofda bo‘layotgan jarayonlarni his qilmay qo‘yadi, ya'ni haydovchining tovushli ishorasini, transport vositasining yaqinlashib kelayotganini, uning tormoz ovozini eshitmay qo‘yadi. Oqibatda, o‘lim bilan bog‘liq yoxud og‘ir oqibatli YTHlar sodir bo‘ladi. Yo‘l hushyorlikni yoqtiradi. Faqat buni ongimizga singdirolsak. Uyda ota-oan takrorlasa, maktabda o‘qituvchi takrorlasa, yo‘llarda YPX xodimlari ham hushyor bo‘lishsa yaxshi bo‘ladi. Jamoat transporti muammolari:Tirbandlik, yo‘ldagi o‘limlar, jarohatlar, ekologik zarar va boshqa yo‘l-transport muammolarining asosiy yechimi — yaxshi jamoat transporti. Jamoat transporti shahar aholisining muhim bazaviy ehtiyojidir. Undan foydalanuvchilarning asosiy qismini o‘rta va kam daromadli aholi, shu jumladan yoshlar (o‘quvchi va talabalar) tashkil etadi (Shu yerda aytish kerakki, yoshlarga aynan qulay transport). shahar jamoat transporti muammolari va ularning sabablari sifatida yo‘nalish tarmog‘i eskirgani, shu sabab aholi talabi qondirilmagani, avtobuslar oraliq kutish vaqtlari uzoqligiga esa texnik nosozlik sabab bo‘layotgani keltirilgan. Piyodalar harakatini tashkil etish avtomobil yo‘llarini va shahar ko‘chalarini ikkita bo‘lakka bo‘lib olib borilishi lozim. Birinchi bo‘lak chorraha va tutashma joylar, ikkinchi bo‘lak chorraha va tutashmalar oralig‘idagi yo‘l bo‘yidagi mintaqa. Piyodalar harakatini tashkil etish quyidagi tamoyillar bo‘yicha amalga oshiriladi: I. Piyodalar transport vositalarining harakatiga ta’sir ko‘rsatmaydilar. 2. Piyodalar transport vositalarining harakatiga qisman (vaqti-vaqti bilan) ta’sir ko‘rsatadilar. III. Piyodalar transport vositalarining harakatiga ta’sir ko‘rsatadilar. Birinchi tamoyil talabini bajarish uchun piyodalar harakatini tashkil etishda chorraha va tutashmalar mintaqasida piyodalar yo‘lning (ko‘chaning) bir tarafidan ikkinchi tarafiga o‘tishi uchun yer osti tonneli yoki qatnov qismining ustidan yo‘l o‘tkazgich inshootlari quriladi. Shuningdek, ikki chorraha oralig‘ida piyodalar harakatlanishi uchun yo‘lning ikki tarafidanyoki bir tarafidan yo‘lka belgilanib, piyodalar yo‘lning qatnov qismiga chiqishini bartaraf etishi uchun to‘siqlar o‘rnatiladi Bu tamoyil bo‘yicha piyodalar harakatining tashkil etilishi avtomagistrallarda, yuqori darajali yo‘llarda va asosan tezyurar shahar ko‘chalarida ko‘zda tutiladi. Chorrahada yoki tutashmada bunday harakatning tashkil etilishi natijasida piyodalar va transport vositalari orasida ziddiyatli vaziyat vujudga kelmaydi. Rivojlangan mamlakatlarning shahar ko‘chalarida va avtomagistrallarida shu tamoyil bo‘yicha harakat tashkil etilgan bo‘lib, piyodalar o‘tish joylarida YTH kuzatilmaydi. Oxirgi yillarda O‘zbekiston Respublikasining katta shaharlarida, ayniqsa, Toshkentda piyodalar uchun yer osti yo‘llari qurilishi keng rivoj oldi. Masalan, Markaziy va Bosh universal, «Bolalar dunyosi» do‘konlari, Oloy, Eski jo‘va bozorlari, shimoliy va janubiy vokzallar hududida yer osti yo‘llari barpo etilib, shu mintaqadagi harakat xavfsizligi ta’minlanishi bilan birgalikda, transport vositalari o‘rtacha tezligining oshishiga erishildi. Afsuski, ko‘pchilik hollarda piyodalar bunday mintaqalarda yo‘l harakati qoidalarini buzib, qatnov qismida harakatlanishi natijasida yer osti yo‘laklarining samaradorligi pasayishi, ayniqsa, bu sutkaning qorong‘i vaqtida kuzatiladi. Ikkinchi tamoyil boshqariladigan chorrahalarda uchraydi. Bunda piyodalar harakatini svetofor yoki tartibga soluvchi shaxs yordamida qatnov qismi ustida amalga oshiriladi. Buning uchun chorraha yoki tutashma mintaqasida yotiq yo‘l chizig‘i yordamida (1.14.3. belgisi) piyodalar o‘tish joyi belgilanib, ularning harakatini tartibga solish uchun boshqa yo‘l belgilari (1.20; 5.16.1. va 5.16.2.) va piyodalar svetofori yoki transport svetoforlaridan foydalaniladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonning ko‘pchilik shaharlarida piyodalar harakati shu tamoyil bo‘yicha tashkil etilgan. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling