Mavzu: Shaharlarda transport va piyodalar xarakatini tashkil etish Reja: shaharlarda transport tizimi tashkil etish Hududiy miqyosda shahar transporti tizimini rivojlantirish
Download 1.14 Mb.
|
Презентация Microsoft PowerPoint
Yo’l belgilariUchinchi tamoyil avtomobil yo‘llari aholi yashash joylaridan o‘tganda va shaharlardagi mahalliy ahamiyatdagi ko‘chalarda qo‘llaniladi. Bu turdagi piyodalarning harakatini tashkil etishda boshqarilmaydigan chorraha va tutashmalarda piyodalarning o‘tish joylari 1.14.1. yoki 1.14.2. yotiq yo‘l chizig‘i va 1.20; 5.16.1.; 5.16.2. yo‘l belgilari bilan jihozlanadi. Chorrahalar va tutashmalar oralig‘ida piyodalar trotuar bo‘ylab yoki avtomobil yo‘lining yoqasidan bir yoki ikki taraflama harakatlanishlari mumkin. Bunday harakat tashkil qilingan chorrahalarda va yo‘l bo‘laklarida piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga har taraflama salbiy ta’sir ko‘rsatib, ko‘plab yo‘l-transport xodisalar vujudga kelishiga, shuningdek, transport vositalari tezligi pasayishiga sababchi bo‘ladilar. Yaqinda O'zbekistonda Shavkat Mirziyoyevning "Sogʼlom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra, shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun "Salomatlik yoʼlaklari" tashkil etiladi. Velosipedlar hamda bolalar va nogironlar aravasining erkin harakatlanishi uchun "toʼsiqsiz muhit" tashkil etiladi. Bu mamlakatda ham barcha joylarda jamoat transport xizmati yaxshi yo’lga qo’yilgan deb bo’lmaydi, ayniqsa shahardan tashqarida, qishloqlarda. Lekin shaharlarda vaziyat ancha yaxshi. Transport vositalarining turi, soni va maqbul yo‘nalishlari talabga mos ravishda yo’lga qo’yilgan. Masalan, poytaxt Vashingtonda ertalab va kechqurun ishga borish va qaytish vaqtida transport serqatnov bo‘ladi. Shu bilan birga, turli yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilar oqimi va aholi ehtiyojlari muntazam o‘rganilib boriladi. Bu esa zarur yo‘nalishlarga ko’proq transport vositalarini chiqarish imkonini beradi. Qo‘shimcha yo‘nalishlar ochishga, bir-birini takrorlovchi yo’nalishlardagi transport vositalarini talab mavjud bo’lgan yo’nalishlarga olib o’tishga izn beradi. Transport vositalari texnik jihatdan ham qulay. Barcha aholi qatlamlarining ehtiyojlari hisobga olingan. Ko’pgina metro bekatlarida lift va eskalatorlar mavjud. Qariya, nogiron yoki bola aravasini itarib ketayotgan ota-onalar uchun chiqib-tushish muammo emas. Poyezd vagonlari ichida ham arava uchun maxsus joy ajratilgan. Avtobuslar maxsus ko‘tarma pandus-ko‘prikchalar bilan jihozlangan. Aytib o’tish kerak, masalan birgina Nyu-York shahrida bir kunda jamoat transportidan foydalanuvchi yo‘lovchilarning 11,2 foizi nogiron sanaladi. Avtobuslar ob-havoga mos ravishda isitish-sovutish tizimi bilan ta’minlangan. Ko‘pgina avtobus, bekat, chorrahalar ko‘rish va eshitish imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarga har bir bekat nomini avtomatik tarzda aytib va ko‘rsatib turuvchi yorug‘ yozuvlar, ovozli texnik vositalar bilan jihozlangan. Yo’llar nogironlar va yosh bolalar aravachasiga moslashtirilgan holda zinalarsiz, tekis qurilgan, bemalol harakatlanishga izn beradi. AQShda velosiped va boshqa motorsiz transport turlari ham rivojlangan. Asosiysi, aholi o’rtasida bu transport turidan foydalanish ko’nikmasi shakllangan. Faqat jismoniy mashq uchungina emas, balki transport vositasi sifatida ham ishlatiladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling