1 ochiq bo‘g‘in – bir tovushli yoki oxiri unli tovush bilan tugagan bo‘g‘in: o-vo-za, o-i-la, ba-ho, bi-no, de-le-ga-tsi-ya, ja-zi-ra-ma, Ra-hi-ma; yopiq bo‘g‘in


Download 1.11 Mb.
Sana05.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1274171
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint


Bo‘g‘in o‘pkadan chiqib kelayotgan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan tovushlar yoki ayrim bir tovushdir. Unli tovush bo‘g‘in hosil qiluvchi tovushdir. Shuning uchun so‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, bo‘g‘inlar soni ham shuncha bo‘ladi. Masalan, adolat so‘zida uch bo‘g‘in bor:a-do-lat. Birinchi bo‘g‘in bir tovushdan, ikkinchi bo‘g‘in ikki tovushdan, uchinchi bo‘g‘in uch tovushdan iborat. Demak, bo‘g‘inlar bir tovushli, ikki tovushli va ko‘p tovushli bo‘lishi mumkin.
Bir tovushli bo‘g‘inlar unli tovushdangina iborat bo‘lsa, ikki tovushli va ko‘p tovushli bo‘g‘inlar unli va undosh tovushlardan tuziladi. Bo‘g‘inlar qanday tovushlar bilan boshlanishi va qanday tovushlar bilan tugashiga qarab turlarga ajratiladi. Qanday tovush bilan tugashiga ko‘ra ikki xil: 1) ochiq bo‘g‘in – bir tovushli yoki oxiri unli tovush bilan tugagan bo‘g‘in: o-vo-za, o-i-la, ba-ho, bi-no, de-le-ga-tsi-ya, ja-zi-ra-ma, Ra-hi-ma;


yopiq bo‘g‘in undosh tovush bilan tugagan bo‘g‘in: zarb-dor, zum-rad, id-rok.
Bo‘g‘inlari qanday tovush bilan boshlanishiga ko‘ra ham ikki xil bo‘ladi: 1) berkitilgan bo‘g‘in undosh bilan boshlanadi: ta-lab, tinch-lik.2) berkitilmagan bo‘g‘in unli bilan boshlanadi: o‘-qish, a’-lo.
Tarkibidagi bo‘g‘inlar soniga ko‘ra so‘zlar bir bo‘g‘inli (ish, ko‘k, kam, oz, besh, yuz, sen, pisht, ol, yoz); ikki bo‘g‘inli (da-la, qush-cha, yax-shi, shar-bat, qi-zil, ik-ki, ol-ti, o‘t-tiz, ni-ma, ham-ma, o‘-qi, ish-la, bor-di, bu-gun, se-kin, bi-lan, xud-di, ...); ko‘p bo‘g‘inli (qo‘-g‘ir-choq, a-ra-va-cha, pla-ne-ta-riy, ...) bo‘ladi.
Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling