Imedia vos
Download 102.22 Kb.
|
1 2
Bog'liqMultimedia vositalari (4)
4-MAVZU: O‘QITISHNING ZAMONAVIY VOSITALARI SIFATIDA MULTIMEDIA VOSITALARI (O‘QITISHNING TOVUSHLI VA EKRAN-TOVUSHLI VOSITALARI. VIDEOKAMERALAR VA O‘QUV-TARBIYA JARAYONIDA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI) Rеja: 1. Multimеdia vositalari va ularning tasnifi. 2. O‘qitishning ekranli va ko‘rgazmali vositalari. 3. Ekranli statistik proyеksiyaning tеxnik vositalari . 4. Vidеokamеralar va o‘quv-tarbiya jarayonida ulardan foydalanish istiqbollari. Tayanch so‘z va iboralar: multimedia, distant uslub, interaktiv va nointeraktiv texnologiya, CD-ROM, DVD-ROM, tovush platasi, sintezator, audiograber, videograber Multimedia — gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy ahborotlar tehnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: • ahborotning hilma-hil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integrasiyalaydi. Bunday integrasiya ahborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musikiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi; • muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqdi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oraligida ko‘rib chiqiladi. Video va audio ahbo rotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks etgirish uchun marI kaziy prosessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish| shinasining o‘tkazish kobiliyati, operativ (tezkor) va video-hotira katta sig‘imli tashqi hotira (ommaviy hotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini tahminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi; • "inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama ahborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yahshilashga imkon beradi. Download 102.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling