8-mavzu. Poydevorlar Reja


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana05.05.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1431066
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
8 тема практика бино иншоот



8-mavzu. Poydevorlar
Reja: 
8.1. Poydevorlar haqida umumiy ma`lumotlar. Ularning tasniflanishi 
8.2. Alohida turuvchi poydevoralar. Markaziy va nomarkaziy yuklangan alohida turuvchi 
poydevorlarni hisoblash va konstruktivlash 
8.3. Tasmali, yaxlit va qoziq poydevorlarni hisoblash va konstruktivlash 
8.1. Poydevorlar haqida umumiy ma`lumotlar. Ularning tasniflanishi 
Bino va inshootlar poydevorlari bino orayopmalari kabi ajralmas qismi bo`lib, ularbino va 
inshootlarning mustahkamligi, bikrligi, ishonchligini ta`minlaydi.
Konstruktiv echimiga ko`ra va yuklarni zaminga uzatish xarakteriga ko`ra 
poydevorlarni uch turga ajartish mumkin: 
- qo`yilish chuqurligi chuqur bo`lmagan poydevorlar;
- qo`yilish chuqurligi chuqur bo`lgan poydevorlar;
- qoziq poydevorlar.
Quyilish chuqurligi chuqur bo`lmagan poydevorlar ochiq transheya va kotlovanlarda
barpo etilib, bu turdagi poydevorlar sanoat va fuqaro qurilishida keng tarqalgan. Ular yukni 
poydevor osti sirti orqaliasosga uzatadi. 
Bu poydevorlarning uch turi uchraydi vaasosan, ular temirbetondan tayyorlanadi: 
1. Alohida turuvchi – har bir ustun ostida joylashadi;
2. Tasmali – bir yoki ikki yo`nalishda ustun qatori yoki devor ostidajoylashadi;
3. Yaxlit plita – butun inshoot ostida yotqiziladi.
Poydevor turi ekspluatatsion va konstruktiv talablarni e`tiborga olgan holda, ularning
narxini, materiallar va mehnat sarfini taqqoslash asosida tanlanadi. 
Birinchi turdagi poydevorlar – alohida turuvchi poydevorlar kichik yuklanishda, asos 
(grunt) tarkibi yaxshi bo`lganda va ustun oralig`i nisbatan katta bo`lgan holda qo`llaniladi. 
8.1-rasm. Qo`yilish chuqurligi chuqur bo`lmagan poydevorlar. a), b) ustun (2) ostida alohida 
turuvchi(1) poydevorlar; v) devor (3) ostidagi tasmali poydevor (1), g) ustun (2) ostida tasmali 
poydevor (1). 
Ikkinchi turdagi poydevorlar – tasmali poydevorlar asos (grunt) tarkibi kuchsiz va 
katta yuklanishda qo`llaniladi. 
Uchinchi turdagi poydevorlar – yaxlit poydevorlar asosan, asos (grunt) tarkibi 
o`zgaruvchan yoki kuchsiz bo`lganda va yukning turli xil qiymatlarida hamda tasmali 
poydevorlarning yuk ko`tarish qobiliyati etishmagan hollarda qo`llash samaralidir. 



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling