Javob: Portlovchi undoshlar: b,p,d,t,g,k,q (qorishiq portlovchilar: dj, ch) 127. Akustikasiga ko`ra konsonantlar nimalardan iborat? Javob


Download 20.12 Kb.
Sana07.10.2020
Hajmi20.12 Kb.
#132793
Bog'liq
HO'AT 126-150 Muyassar

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Javob

126. Portlovchi konsonantlar

Javob: Portlovchi undoshlar: b,p,d,t,g,k,q

(qorishiq portlovchilar: dj, ch)

127. Akustikasiga ko`ra konsonantlar nimalardan iborat?

Javob:Jarangli va jarangsiz undoshlardan iborat

128. Artikulatsiya o`rniga ko`ra konsonantlar ko`rinishlarini ?



Javob:Til undoshlari, lab undoshlari, bo’g’iz undoshi

129. Artikulatsiya o`rniga ko`ra konsonantlar necha ko`rinishga ega?



Javob:Til undoshlari, lab undoshlari, bo’g’iz undoshi

130. O`z leksikamizda soxta diftong deb qaraluvchi diftong tipini aniqlang?

Javob:Diftonglarning har ikki elementi ham unli tovushdan iborat bo'lsa, sof diftong deb yuritiladi. Agar diftongning ikkinchi elementi — y (j) — v (w) kabi yarim unli yoki undosh tovushdan iborat bo‘lsa, aldamchi diftong deyiladi.

131. Bir yo`ldan ikkinchisiga ko`chirilmaydigan birliklar qaysilar?



Javob:bir tovushni ifodalagan ikki harf,qisqartma so`zlar, ko`p xonali sonlar

132. Fonema nima?



Javob:Fonema (yun. phonema — tovush) — til tovush qurilishining maʼnoli birliklar — morfemalar tanib olish va farqlash uchun xizmat qiladigan birligi; oʻz navbatida, morfemalarning eng kichik tarkibiy qismi sifatida soʻzlarni ham oʻzaro ajratadi va farqlaydi. U faqat soʻz va morfemalar tarkibidagina muayyan maʼnoga, maʼno farqlash xususiyatiga ega boʻladi.

133. Fonologik oppozitsiya nima?



Javob:Fonologik oppozitsiya - differensial belgilar asosida ikki fonemaning bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilishi (fonologik zidlanish)

134. Segmental fonologiya nima?



Javob:Segmental fonologiyaning asosiy predmeti fonemadir, shunga ko'ra u fonematika, fonemika nomlari bilan ham ataladi.

135. Suprasegmental fonologiya nima?



Javob:Supersegmental fonologiyaning predmeti esa sillabema, aksentema va intonemadir, shunga ko'ra u prosodika deb ham yuritiladi.

136. Arxifonema nima?



Javob:Fonologik oppozitsiyalar doimiy va neytralizatsiyalashuvchi boMadi. Ba’zi tillarda jarangli undoshlar so‘z oxirida jarangsiz- lashadi. Masalan, rus tilida jiyr (luk), rpaa(grat) kabi, o‘zbek tilida kitob (kitop), qand (qant) kabi. Bunday xususiyat fonologik neytralizatsiya deyiladi. Bu holatda b/p, t/d undoshlari bir xil artikulyatsion-akustik xususiyatga ega boMib, ulaming fonologik belgilari o‘xshash boMib qoladi. Bunday fonologik bir- lik arxifonema (lotincha archi — katta, phoneme — fonema) deyiladi. Arxifonema ikki va undan ortiq fonemaga tegishli boMgan fonologik belgilaming yig'indisidan iborat.

137. Sillabema nima?



Javob:Fonologik nuqtayi nazardan bo'g'in sillabema deyiladi

138. Оppоzitsiyadаgi diffеrеnsiаl bеlgilаr kоrrеlatsiyadа birlаshtiruvchi bеlgigа аylаnаdimi?



Javob:Ha aylanadi

(Odatda, oppozitsiyadagi differensial (farqlovchi) belgi korrelatsiyada integral (farqlanmaydigan, birlashtiruvchi) belgiga, oppozitsiyadagi integral belgi esa korrelatsiyada differensial belgiga aylanadi. Masalan, (p-b) oppozitsiyasidagi jarangsizlik (p) va jaranglilik (b) farqlovchi belgisi korrelatsiyadagi (p-b) + (t-d) + (s-z) + (f-v) + (k-g) + (sh-j) + (ch-dj) + + (х-g') oppozitsiyalarining barchasi uchun umumiydir, ayni paytda (p-b) dagi integral belgilar (lab-lab, portlovchi) bu oppozitsiyani korrelatsiyadagi boshqa oppozitsiyalardan farqlaydi (demak, differensial belgi vazifasini bajaradi). Qiyos qiling: p-b (lab-lab) + t-d (til oldi-tish) + k-g (sayoz til orqa) + p-b (portlovchi) + f-v (sirg'aluvchi) kabi)

139. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida jarangsiz juftga ega jarangli undoshlar soni nechta? Ko’rsating.

Javob:/p - b/, /f - v/, /t — d/, /s - z/, /sh — j/, /x - g‘/, /tsh - dj/, /k — g/. 0‘zbek tilida bu sakkiz juft jarangli-jarangsiz undoshlaming jarangsizlari kuchli va jaranglilari kuchsiz talaffuz qilinadi. (Abduazizov A.)

140. So‘z o‘zagidagi oxirgi unli yoki undoshning tushish hodisasi qanday ataladi?



Javob:Apakopa

141. Qaysi tilshunos olim nutqiy faoliyatning til va nutqning zidlanishi asosida amalga oshishini ta’kidlaydi?



Javob: mashhur Shveysariya olimi Ferdinand de Sossyur nutqiy faoliyatning til va nutq zidlanishi asosida amalga oshishini ta'kidlaydi

142. Nutq tovushlarining qaysi aspekti uning sotsial tomoni hisoblanadi?



Javob:Fonologik aspekti

143. Fonema termini tilshunoslikka kim tomonidan kiritildi?



Javob:«Fonema» termini va tushunchasini turkologiyaga birinchi marta 1920 yilda taniqli olim N.K.Dmitriev kiritgan bo‘lsa, uni o‘zbek tilshunosligida birinchi bor o‘sha yillarda professor E.D.Polivanov qo‘lladi.

144. Zidlanuvchi a’zolarning bir belgisi turli darajalarini ko`rsatuvchi zidlanish nima?



Javob:Zidlanuvchi a'zolar bir belgining turli darajasini (gradatsiyasini) ko'rsatuvchi zidlanish darajali zidlanish hisoblanadi.

145. Unlilarning moslashuvi va ohangdoshligiga asoslanadigan tovush hodisasi?



Javob:singormanizm

146. O‘zbek tilida paydo bo‘lish usuliga ko‘ra burun tovushlari qaysilar?



Javob:Burun (nazal) undoshlar — talaffuzida havo oqimi burundan o‘tuvchi tovushlar:

m, n, ng.

147. Fonetikaning maqsadi?

Javob:Fonetikaning maqsadi - fonetik birliklarning fizik-akustik, anatomik- fiziologik va lingvistik-funksional asoslarini o'rganish, ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat.

(Bunday maqsad uning quyidagi vazifalarini belgilaydi: a) tovush, urg'u. melodika kabi birliklarning yuzaga kelish qonunivatlarini o'rganish; b) talabalarni yuqoridagi qonuniyatlar va shu qonuniyatlarga oid ilmiy-nazariy fikrlar bilan tanishtirish; d) adabiy tilning fonetik-fonologik tizimiga oid munozarali masalalami aniqlash, ularga munosabat bildirish; e) talabalarda fonetik tahlil ko'nikmalarini shakllantirish; 0 talabalarga shu sohada ishlagan fonetist-fonologlar haqida qisqacha ma'lumot berish.)

148. O‘zbek tilshunosligida qiyosiy fonetika bo‘yicha ishlagan va ishlayotgan tilshunoslar kimlar?

Javob:V.V.Reshetov, A.A.Abduazizov kabi olimlar

149. Fonetikaning perseptiv aspektida nimalar o‘rganiladi?



Javob:Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning eshitish a’zolariga ta'sirini his etish orqali so'zning ma’nosini yoxud gap va nutq mazmunini idrok qilish qonuniyatlarini o'rganadi.

150. Muayyan tilning yozuv tizimidagi eng kichik funksional birlik



Javob:Grafema
Download 20.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling