1. Jismnoiy tarbiya o`qitish prinsiplari


Egiluvchanlik deb nimaga aytiladi


Download 288.14 Kb.
bet2/2
Sana06.12.2020
Hajmi288.14 Kb.
#161320
1   2
Bog'liq
Bilet2


1. Egiluvchanlik deb nimaga aytiladi

Egiluvchanlik deganda tayanch-harakat apparatining morfo-funksional xususiyatlari tushunilib, bu xususiyatlar shu apparat qismlarining harakatchanligini belgilaydi. Harakatlarning maksimal amplitudasi egiluvchanlikning o`lchovi bo`lib xizmat qiladi. Amplituda esa, odatda, burchak o`lchovlarida yoki chiziqli o`lchovlarda ifodalanadi.

Egiluvchanlik mushak va to`qimalarning qayishqoqligiga bog`liq. Mushaklarning elastiklik xususiyatlari ko`p darajada markaziy asab tizimining ta’sirida o`zgarishi mumkin.

Egiluvchanlikning namoyon bo`lishi muhitning haroratiga bog`liq: haroratning ortishi bilan egiluvchanlik ham orta boradi. Sutka vaqti boshqa jismoniy sifatlarga qaraganda egiluvchanlikka ko`proq ta’sir qiladi. Masalan, ertalabki soatlarda egiluvchanlik ancha kamaygan bo`ladi. Mashg`ulot o`tkazayotganda egiluvchanlik turli sharoitlar (harorat, kunning vaqti) ta’sirida o`zgarishini e’tiborga olish kerak. egiluvchanlikning yomonlashuviga olib boradigan noqulay sharoitlarni badan qizdirish yordamida bartaraf qilish mumkin. egiluvchanlik charchash ta’sirida sezilarli ravishda o`zgaradi, jumladan, faol egiluvchanlik ko`rsatkichlari kamayadi, sust egiluvchanlik ko`rsatkichlari esa ortib boradi. Faol egiluvchanlik mushak kuchi bilan bog`liq.

Bo`g`imlar harakatchanligini oshirayotib, go`yoki bo`g`imlarda harakatchanlikning zahiralarini yaratayotgan o`quvchi harakatni kuch va tezlik bilan bajarish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Egiluvchanlik faol (kishining o`z mushaklari kuchlanishi hisobiga namoyon bo`ladigan) va sust (gavdaning harakatlanayotgan qismiga tashqi kuchlar - og`irlik kuchi, sherikning qarshiligi va shu kabi kuchlar qo`yilishi bilan yuzaga chiqadigan) bo`lishi mumkin.

Inson oddiy sharoitlarda anatomik harakatchanlikning faqat nisbatan kichkina qismidan foydalanadi va sust harakatchanlikning doimo ulkan zahirasini asraydi. yengil atletika, gimnastika, suzish mashg`ulotlari vaqtida bo`g`inlarda harakatchanlikni oshirishga oid mashqlar talab qilinadi, anatomik harakatchanlikning faqat 80-95% idan foydalaniladi.

10-14 yoshda aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish orqali egiluvchanlikni samarali tarbiyalash mumkin. Agar 14 yoshda va undan keyinroq tegishli shart-sharoitlardan foydalanilmagan bo`lsa, bo`g`imlar harakatchanligi katta qiyinchiliklar bilan oshiriladi.

10-14 yoshda bo`g`imlar harakatchanligi katta maktab yoshidagilardan ko`ra qariyb ikki barobar samarali rivojlanadi.

Egiluvchanlik gavdaning oldinga, orqaga, yon tomonlarga engashish darajasi bo`yicha aniqlanadi. Gavdaning oldinga egilishi darajasini aniqlash uchun skameykada turib oyoq tizzalarini bukmasdan oldinga imkon qadar chuqur engashish kerak. Skameykaning chetidan to qo`lning uchinchi barmog`i uchigacha bo`lgan masofa o`lchanadi. Bo`g`imlardagi egiluvchanlikning yaxshi ko`rsatkichi 10-16 sm dir. egiluvchanlikni tarbiyalashning barcha jarayonini uch bosqichga bo`lish mumkin:

a) “bo`g`im gimnastikasi” bosqichi;

b) harakatni ixtisoslashtirib rivojlantirish bosqichi;

v) bo`g`inlardagi harakatchanlikni erishilgan darajada saqlash bosqichi.

“Bo`g`im gimnastikasi”ning vazifasi nafaqat bo`g`inlardagi harakatchanlikning faol va sust rivojlanish umumiy darajasini oshirish, balki bo`g`imlarning o`zini mustahkamlashdan ham iboratdir. SHuningdek, bog`lam va mushakning mustahkamligini vujudga keltirish, qayishqoqlik xususiyatlarini yaxshilash maqsadida mushak-bog`lam apparati uchun mashqlar beriladi. Ushbu bosqichda barcha bo`g`imlarga “ishlov berish” amalga oshiriladi. egiluvchanlikning rivojlanishi uchun, ayniqsa, 10-14 yoshdagi bolalarning imkoniyatlari keng ekanligini hisobga olib, “bo`g`im gimnastikasi” mashg`ulotini aynan mana shu yosh davrida rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.

Bo`g`imlardagi harakatchanlikni ixtisoslashtirib rivojlantirish bosqichida sport texnikasini tezroq egallashga ko`maklashuvchi maksimal keng rivojlantirish vazifalari maqsad qilib qo`yiladi va shu asosda natijalar yaxshilanadi.

2. O`yin usulining mazmun mohiyatini ochib bering

O’yin usuliyati jismoniy tarbiyadagi o’yinlarning ko’pchilik belgilarini o’zida mujassamlangan. Darslikning “Jismoniy mashqlarning pedagogik klassifikatsiyasi” bo’limida o’yin jismoniy mashq harakteridagi tizim tarzida, yaoni jismoniy tarbiya vositasi ko’rinishida berilgan. Lekin jismoniy tarbiyada o’yinlar ta’lim va tarbiyaning samarali usuliyati sifatida ham mavjud bo’lishi mumkin. Shu sababli o’yin metodining tabiatini o’yin mohiyatini ochish orqaligina tushunish mumkin xolos.

O’yinning mohiyatini o’rganishning nisbatan perespektiv yo’nalishi usuliyatlashtirish nazariyasi hisoblanadi. Shunga muvofiq, o’yinlar insonning oldindan belgilangan hayotiy sharoitda ishlab chiqargan o’zining yurishturishi, xulqi chegarasidan chiqmaydigan o’ziga xos elementlarning modelidir (N.I. Ponamarev). O’yinda shartli ravishda butun bir hayotiy situatsiya o’z ifodasini topishi mumkin (masalan, o’yinlarda taqlid qilish), inson harakat faolitining ayrimlari turmush, mehnat, mudofaa faoliyati harakteridagi harakatlar bo’lib, ularda asosan odamlar orasidagi o’zaro munosabat modelining mavjudliligi yotadi. O’yin tarixan vujudga kelgan jamiyat hodisasi bo’lib, odamlarning harbiy va mehnat faoliyati asosida paydo bo’lgan va u inson hayotining moddiy va ijtimoiy sharoitlari bilan belgilanadi. O’yin hayotiy reallikni aks ettiradi va bir vaqtning o’zida o’zining sof shartli qonunlariga bo’ysunadi. U bizni o’rab olgan borliqni o’zgartirishni nazarda tutmaydi, lekin insonni ijodiy mehnatga tayyorlovchi shart sifatida inson madaniyatining muhim manbai rolini o’ynaydi. Shunga boliq holda o’yin quyidagi xizmatlarni bajaradi: tayyorlov (insonni jismoniy va ruhiy kuchlarini takomillashtirish, sotsial faollik va ijodkorliki tarbiyalaydi) va ko’ngil ochish, munosabatlarini, shuningdek, ularni o’rab olgan muhit orasidagi munosabatlarni shakllantiradi. Bu kabi asosiy xizmatlar o’yinlarning yo’nalishi va mazmunini belgilaydi.

Jismoniy tarbiyadagi barcha o’yinlarning asosiy mazmunini insonni jismoniy kamolotga erishtirishga imkoniyat yaratuvchi harakat faoliyatlari tashkil etadi. O’yinlar hamda gimnastika, sport, turizmdagi farqni ko’p holda shartli deb tan olishimiz lozim, bu shartlar turlarning rivojlanish meoyoriga ko’ra yanada yaqqol ko’rinadi. O’yinga konkret harakat faoliyatlari tizimi deb qarash zarur, ular belgilangan qoidalar ramkasida bajariladi va metod sifatida jismoniy mashq harakteriga qaramay, turlicha pedagogik vazifalarni hal etishi mumkin.

O’yinlar usuliyat tarzida faqat umumiy qabo’l qilinganlaridek amalga oshirilmaydi. O’yin usuliyati vositalari va ularning shakliga ko’ra rasmiy o’yinlarga nisbatan deyarli keng tushuncha sanaladi. Masalan, o’yin usuliyati asosida darsning hamma qismlarini o’yinlarsiz o’tkazish mumkin (toqqa sayohat o’yini). Muvozanat saqlash mashqini bajarayotib to’siqlardan oshishi yoki chuqurliklar ustidan o’tish tarzidagi o’yinlardn foydalanish mumkin.

Quyidagilarni o’yin usuliyatning harakterli belgilari deb qarash mumkin:

1. O’yin holatida raqiblik va emotsionallik elementlarini aniq ifodalash. O’yin usuliyati insonlar orasidagi eng qiyin munosabatlarni yo’zaga chiqarishi imkonini beradi. Hatto yugurish musobaqasi sharoitida qatnashuvchilar orasida shunchalar ko’p qirrali holatlar vujudga keladiki, lekin u ikki o’yinchi o’rtasidagi paydo bo’lgan holatlardan ancha oz bo’ladi. Shu bilan boliq holda o’yin usuliyati o’yinchilar orasidagi munosabatlarni katoiyan reglamentlashtirishni talab qiladi.

2. Harakat faoliyatini bajarish davomida sharoitning o’zgaruvchanligi. Buning natijasida o’yinchilar paydo bo’ladigan vazifalarni hal qilishning turli-tuman usullariga ega bo’lishi, ularda shakllangan malakalar o’zgaruvchan sharoitda moslanuvchanligi va egiluvchanligi bilan ajralib turishi lozim.

3. Harakat faoliyatidagi ijodiy tashabbuslarga yuqori talablar qo’yish. O’yin holatining o’zgaruvchanligi jismoniy mashqlarning natija beradiganlarini tanlashni va mustaqil-likni faolroq namoyon qilish talabini qo’yadi.


3. Jismoniy tarbiyaning dastur bo`limlari o`quv vaqtlari hamda o`quv metod materiallarini har dars va choraklarga taqsimlash yillik o`quv reja jadvali

Rejalashtirish va xisobotni olib borish o‘zaro chambarchas bog‘langan 2 ta jarayon bo‘lib, ular bir-birini asoslab beradi. Ma’lum davoga ish rejasini tuzish uchun asosiy yo‘llanmalarni, tadbirlar tizimini, yakuniy natijalarni aniqlab beruvchi kerakli malumotlarga ega bo‘lishi zarur.

Agar aniq reja ishda tizim, maqsad yo‘q bo‘lsa ishning yakuniy natijasi aniqlanmasa, u holda hisobot olib boriluvchi narsaning o‘zi bo‘lmaydi, hech qanday xulosaga erishilmaydi, Demak, reja olingan ma’lumotlar asosida tuziladi, rejaning bajarilishi esa bizga har bir ishni yakunlash uchun zarur bo‘lgan aniq ma’lumotlarni berishga imkon yaratadi.

O‘quv ishlarini rejalashtirishni boshlash uchun yuqorida qayd etilgan dasturlarning bo‘limlar mazmunini chuqur va to‘g‘ri tushunish hamda xulosa chiqara bilish maqsadga muvofiqdir. O‘quv ishlarini to‘g‘ri rejalashtirishdan maqsad:

- o‘quvchilarning sog‘liklarini mustahkamlash va organizmni chiniqtirish, tetri jismoniy rivojlantirishga hamda organizmning ishlash qobiliyatini oshrishga yordam berish;

- harakatning asosiy sifatlarini (tezkorlik, kuch - quvvat, chidamlilik, chaqqonlik, epchillikni) har tomonlama rivojlantirish;

- o‘quvchilarga jismoniy mashqlar gigienasi bo‘yicha bilimlarni shakllantirish va ko‘nikma malakalarni hosil qilish: gavdani to‘g‘ri tutishga, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga odatlantirish.

Maktab bolalarini tabiiy harakat qilishga (yurish, yugurish, irg‘itish, tirmashib chiqish, suzish va h.k.) o‘rgatish,

- o‘z harakatlarini idora qila bilishga, ortiqcha harakatlarsiz nafas olishga odatlantirish: hayotda va sportda zarur bo‘gan yangi harakatlarga ko‘niktirib, shunday harakatlar qila bilishga o‘rgatish hamda mavjud ko‘nikmalarni yanada rivojlantirish.

Maqsadga intilish, mustaqillik va ijodiy qobiliyati: mardlik, sabotlilik va intizomlilik, ma’suliyat, vatanparvarlik, kollektivizm, do‘stlik hamda o‘rtoqlikni chuqur his eta bilishni shakllantirish, mehnatga va jamiyat mulkiga g‘ururli, munosabatda bo‘lishi, madaniy hulq - atvor malakalarini tarbiyalash va h.k.

Jismoniy tarbiya darsini mustaqil, qiziqarli, ketma - ketligi, fiziologik tomonlarini o‘ylab to‘g‘ri olib borish uchun o‘quv ishlarini rejalashtirishni juda yaxshi bilish zarur.

Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun ularni to‘g‘ri rejalashtirish va hisobat olib borish muhim ahamiyatta ega. Maktabda, akademik-litsey, kollejlarda bugun ommoviy - jismoniy sport ishlarini va hamma o‘quv ishlarini va rejalashtirilsa saviyali tashkil etishda ko‘maklashadi. Maktabda ikki yo‘nalishda reja tuziladi:

a) Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktabda bir yilga tuziladigan umumiy ish rejasi.

b) Jismoniy tarbiya bo‘yicha har bir sinf uchun o‘quv ishlarini rejalashtirish.

Bir yilga tuziladigan jismoniy tarbiya bo‘yicha umumiy ish rejasi ishlab chiqiladi va maktab pedogogik kengashda muhokama qilinadi hamda tasdiqlanadi.

Umumiy yillik ish rejasi - o‘z ichiga o‘quv ishlari, maktab kun tartibidagi jismoniy - sog‘lomlashtirish tadbirlari, sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya, uchrashuvlar va sport bayramlarini o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sportni targ‘ibot qilish, tibbiy nazorat va moddiy taminlashlarni qamrab oladi.

Umumiy ish rejasi - Jismoniy tarbiya va sport masalalari umuman ko‘rsatiladi: sport to‘garaklari, mashg‘ulot o‘tish joyi, jadval, sport kiyimi, shug‘ullanuvchilar ro‘yhati va h,k. Lekin har bir sinf uchun tuziladigan o‘quv ish reja juda keng va to‘la bayon etiladi. O‘quv yili boshlanishidan oldin o‘qituvchi o‘quv ish rejasini tuzadi. O‘quv reja tuzish uchun nimani bilishingiz kerak?

Eng avvalo nechta dars o‘tiladi, har bir dastur bo‘limlariga qancha vaqt ajratilgan. Bulardan tashqari har chorakda nechta dars o‘tilishi va qaysi dastur bo‘limlari o‘tilishini bilish shart. O‘quv ishni rejalashtirishda iqlim sharoit, moddiy baza va maktab sharoitini hisobga olinadi. Bu o‘quv ishlarini rejalashtirishda eng muhimi sinflar aro uzviyligi va mosliligi yo‘qolmasligi zarur.

Jismoniy tarbiya bo‘yicha jismoniy tarbiya jarayonining asosiy hujjatlari qo‘yidagilardir:

1. Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv dasturi.

2. Bir yilga tuziladigan o‘quv - reja.

3. Har bir dars uchun bir chorakka tuziladigan ish rejasi.

4. Dars bayoni.

Yuqorida qayd etilgan hujjatlarni - o‘quv rejalarni tuzish uchun birinchi navbatda o‘tgan o‘quv yilning natijalarini kuz oldidan o‘tkazib tahlil qilish lozim; qanday yutuqlarga erishildi, dastur materiallarini o‘zlashtirilishi, o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi, maktab sharoiti va boshqalarni, so‘ng yangi dasturni to‘la va chuqyr o‘rganib chiqish zarur. Bir yillik o‘quv rejani tuzishdan oldin dasturda ko‘ratilgan o‘quv vaqti (soatlar setkasi) va dastur bo‘limlarini iqlim sharoit va maktab sharoitini hicobga olgan holda choraklarga taqsimlash zarur. Bunda, masalan engil atletika bo‘limnni kuz va yozda o‘tilishi maqsadga muvofiqdir, ya’ni I va IV-choraklarda, balki, ayniqsa boshlang‘ich va usta sinflarda 2-3 soat darsini III-chorakga ham taqsimlansa bo‘ladi, chunki bu soatlarni chorak oxirida o‘tish ko‘zda tutiladi (mart oyi - bahor): gimnastika buyumlari sport honasida joylashgan. Ularni tashqariga olib chiqish qiyin.

Demak gimnastika bo‘limi II va III-choraklarga taqsimlash mumkin. Masalan, II-chorak yoki III-chorakda gimnastika bo‘limi bilan kurash bo‘limini birgalikda taqsimlash lozim (gimnastik to‘shaklar ishlatiladi). Sport o‘yinlar bo‘limini butun yil davomida o‘tkazilishi mumkin. Kross tayyorgarlik bo‘limini ham, lekin ko‘pincha I va IV-chorakka qo‘yiladi, ya’ni tabiat sharoitida

o‘tilishi.

Jismoniy tarbiya o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi hujjatning nomi - o‘quv vaqti va dastur bo‘limlarini choraklarga taqsimlash jadvalidir.

Bu hujjat tuzilgandan so‘ng keyingi hujjatni tuzishga o‘tiladi. Bunda soatlarni ketma - ketligi, nechta dasrda o‘tilishi aniqlanadi. Ma’lumki, darslarning ikki hil turi bo‘lishi mumkin: to‘liq va aralash darslar. To‘liq dars deb, dastur bo‘limlarining bittasini o‘tilishini aytiladi. Masalan gimnastika darsi basketbol darsi, yoki engil atletika dars. Aralash dars esa, 2-3 dastur bo‘limlarini har bir darsda o‘tilishi, masalan, engil atletika sport o‘yini bilan birgalikda yoki gimnastika va basketbol (sport o‘yini) bilan birgalikda amaliyot shuni ko‘rsatdiki, aralash darslar o‘quvchilar uchun qiziqarli tuziladi, chunki bir necha darslar bir xil tipda bo‘laversa bolalarda zerikish hosil bo‘ladi. Pedogogik kuzatishlar va tajribalar asosida shuni aytish mumkin: qancha o‘quvchilar yoshi kichik bo‘lsa, shuncha aralash darslar ko‘proq bo‘lgani maqul, darslar nisbatan qiziqarli o‘tadi, va aksincha - qancha o‘quvchilar yoshi katta bo‘lsa, shuncha to‘liq darslar ko‘prok, bo‘lgani maqul, chunki yuqori sinflarda asosan takomillashtirish darslari o‘tilishi, hamma o‘tiladigan dastur materiallari ularga tanish va bu mashqlarni bajarishda mustahkam ko‘nikma malakalarga ega. Namuna sifatida ikkinchi hujjat - Dastur bo‘limlarini darslarga taqsimlash jadval - ko‘rsatiladi.

Bilet – 4

1. Sport trenirovkasini tamoillari
Sport tayyorgarligi jismoniy tarbiyada maxsus yo`nalishni ifoda etadi. Buning vazifasi insonni tanlab olingan biror sport turida yuqori natijalarga erishishni ta’minlashdir.

Jismoniy tarbiyada sport tayyorgarligi, organizmning funktsional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog`liq bo`lgan, yuqori sport natijasi kishilarning jismoniy tayyor-garligini baholash kriteriyasiga aylanadi va jismoniy tarbiyaga mo`ljal sifatida juda keng qo`lamda qo`llaniladi.

Sport trenirovkasi pedagogik hodisa bo’lib, mashq qilish usuliyatlari tizimi yordamida bevosita yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan va jismoniy tarbiyaning ixtisoslashgan jarayonidir. Shuni ta’kidlash muhimki, sport pedago-gika nuqtai nazaridan birdan-bir maqsad bo’lmasdan, tarbiyalash, soglomlashtirish va hayotga tayyorlashning vositasidir.

Sport mashgulotining vazifalari: soglikni mustahkamlash va ma’naviy tarbiya talablari, shaxsni har tomonlama garmonik rivojlantirish; sport texnikasi va taktikasini egallash; tanlangan sport turiga xos jismoniy, ruhiy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish, sport gigienasi va o’z-o’zini nazorat qilish sohasida amaliy va nazariy bilimlarni egallashdan iborat. Sport mashguloti davomida faqat yuqori mahoratinigina egallamasdan, sogligini mustahkamlash, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, serunum mehnat va Vatan himoyasi uchun zarur bo’lgan hayotiy zaruriy malakalarni eggalash vazifalari hal qilinadi.



Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligi birligi. Hozirgi davrda sport mashguloti sportchining jismoniy va ma’naviy sifatlarini rivojlantirishga, uning bilim darajasini to’xtovsiz kengaytirishga qaratilgan holda har tomonlama tarbiyalash jarayonini tashkil qilgandagina to’liq pedagogik natijaga erishiladi. Sport trenirovkasining shunday yo’nalishi jismoniy tarbiya tizimining umumiy printsiplariga mos keladi. Sport qayd etilganidek, yagona maqsad bo’lmasdan shaxs qobiliyatni har tomonlama rivojlantiruvchi, ijodiy va ongli faoliyatiga tayyorlovchi vositalardan biridir.

Umumiy va maxsus tayyorgarlik sport trenirovkasida har doim, ko’p yillar davomida amalga oshiriladigan uzluksiz jarayon: qator mualliflar sportchining mahorati ortib borishi bilan umumiy jismoniy tayyorgarlik mashgullarining soni va unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish kerak deb ishontirishga urinadilar. UJTning hajmi unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish hisobiga emas, balki maxsus jismoniy tayyorgarlik ustida ko’proq ishlash hisobiga qisqartilishi kerak. Mashgulot turkumlarida UJT va MJTning o’zaro munosabatiga kelsak, u quyidagicha ifodalanadi: tayyorgarlik davrining I bosqichida ayniqsa poydevor mezotsiklida UJT ustunlik qiladi, keyin-chalik asta-sekin u kamaytiriladi, tayyorgarlikning II bosqi-chida va musobaqalashish davrida MJT ortadi, bu davrda UJT faol dam olish shaklida markaziy o’rin egallaydi.



2. Sport mashg`ulotlarini vositalarining har biriga tarig bering

Jismoniy madaniyat vositalarini turkumlarga ajratish;

Jismoniy mashqlarni klassifikatsiya qilish uni turkumlash, xillash demakdir. Jismoniy tarbiya tizimlarining tarixiy tahlili shuni ko’rsatadiki, jamiyatning rivojlanish bosqichlarida jismoniy mashqlar tanlash va turkumlashda o’sha jamiyat uchun progressiv va tarbiya vazifasini bajarishga mos keladiganlarigagina e’tibor berilgan.

Tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tarbiyaning maqsad va vazifasi o’zgarib turgan, demak, jismoniy tarbiya tizimi ham o’zgargan, bu esa uning omillarining ham o’zgarishiga sabab bo’ldi.

Avstriya pedagoglari klassifikatsiyasi ham keng kamrovli emas edi.

Jismoniy mashqlarning original klassifikatsiyasini rus anatomi, vrachi, pedagogi P.F.Lesgaft ishlab chiqib, maktab yoshidagilarda jismoniy tarbiyani amalga oshirish uchun mo’ljal-ladi va quyidagicha asosiy guruhlarga bo’ldi: 1. Sodda mashqlar. 2. Murakkab mashqlar yoki yo’qlamaning ortishi bilan bajari-ladigan mashqlar. 3. Fazodagi holatiga yoki musqo’l ishining bajarilish vaqtiga ko’ra bajariladigan mashqlar. 4. Texnik jihatdan qiyin, tizimli ravishda bajariladigan mashqlar. Mashqlarning turkumlanishi ko’rsatib turibdiki, P.F. Lesgaft klassifikatsiyasi didaktik printsiplarga yo’naltirilgan. Lekin bu ham jismoniy tarbiya tarixiy omillarini to’laqonli o’z tarkibiga sigdira olmagan. Hozirgacha to’liq ilmiy asoslangan jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi mavjud emas. Sobiq sovet jismoniy tarbiya tizimi ham bu vazifani uddalamadi.



Jismoniy tarbiya vositasi sifatida turizm quyidagi asosiy xususityalarga ega:

1. Hayotiy-amaliyligi xususiyati. Mustaqil faoliyat, tashabbuskorlikni tarbiyalaydi. Rahbarlik, boshqarish, mo’ljal olish, yo’lni tanlash va uni to’gri topish, haritani o’qiy olishdek qator malakalarni shakllantiradi va rivojlantiradi.

2. Turizm jismoniy sifatlar va harakatlar malakasini baravariga tarbiyalaydi, chunki unda ajratib olingan mutaxas-sislikka kerak bo’lgan hislatlar rivojlanmaydi.

3. Safarga tayyorlanish va safar davomida barcha faoliyat, hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan yurish, yugurish, to’siqlardan oshish va boshqa hayotiy-amaliy mashqlardan foydalaniladi.

4. Turizm shugullanuvchiga ma’lum darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lish talabini qo’ymaydi. Shunisi bilan u sportga o’xshaydi.

5. Turizm paytida jismoniy mashqlar organizmga iqlim sharoiti (sovuq, issiq, shamol kabi) va marshrutining relpe-figa qarab ta’sir ko’rsatadi va uning ta’siri turlicha bo’lishi mumkin.

6. Turizmda kuch sinashish, musobaqalashish asosiy o’rinni egallaydi.

7. Turistik sayohatlar katnashchilari o’zlarining ichlari-dan rahbarni saylab oladilar. Rahbar 16 yoshdan yuqori, tajribaga ega bo’lgan kishi bo’lishi shart. Turizmda rahbarning o’zi ham qatnashchilari bilan ishtirok etadi. U ma’lum qo’shimcha vazifalarni bajaradi: turistik sayohat marshrutini, qatnash-chilar tarkibini, ular shaxsini o’rganadi, jihozlarni ko’rib chiqadi va amaliy masalarni hal qiladi.

Sayohat katnashchilari yosh sayyohlar bo’lsa, ularga 19 yoshdan kichik bo’lmagan mutaxasis yo’riqchi etib tayinlanadi.

8. Turizm mashgulotlarining asosiy formasi poxoddir. Poxodda turizm paytida bilish kerak bo’lgan barcha forma va usuliyatlardan foydalaniladi, bu bilan hayotiy zaruriy harakat malakalari shakllantiriladi.



3. Kuch qobiliyatlarini rivojlantirishda qanday vositalar qo’llaniladi

Inson kuchi deganda tashqi qarshiliklarni mushak kuchi orqali yengish qobiliyati tushuniladi. Qarshiliklarni yenguvchi ishlarda harakatlarga qarshi yo`naltirilgan kuchlar, yon beruvchi ishlarda esa harakat yo`nalishi bo`yicha ta’sir etuvchi kuchlar qarshilik kuchi hisoblanadi. Maktablardagi o`quvchilar uchun jismoniy tarbiya dasturida birinchi sinflardan boshlab bolalarning kuch tayyorgarligi ko`zda tutilgan.

Har bir kishi harakatlarni bajarishda muayyan imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror og`irlikdagi shtangani ko`tara oladi, qandaydir bir vaqt oralig`ida 1000 m masofani yugurib o`ta oladi. Bu imkoniyatlar bir qator sifat va miqdor xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan amalga oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar qo`yadi, turli xil jismoniy sifatlar namoyon etilishini talab qiladi. Kishi harakat qilish imkoniyatlarining ba’zi-bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan. Odatda, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikka asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. Kishidagi jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi organlarining funksional (fiziologik) imkoniyatlari bilan emas, balki psixik omillar, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu holda irodaviy fazilatlar kishining o`z funksional imkoniyatlaridan qanchalik foydalana olishini belgilaydi.

Kundalik nutqimizda “kuch” so`ziga turli xil ma’no beradilar. Ilmiy tushuncha sifatida u iloji boricha aniq belgilangan bo`lishi kerak. Buning uchun kuchning quyidagi ma’nolarini bir-biridan farqlash lozim:



  1. Harakatning mexanik xususiyati sifatidagi kuch (“T massali jismga F kuch ta’sir etadi ...);

  2. Kishining xususiyati, fazilati sifatidagi kuch (masalan, quyidagi matnda ifodalangan ma’nodagi kuch: “yosh o`sishi bilan kuch ham ortib boradi; sport bilan shug`ullanmaydiganlarga nisbatan sportchilar kuchliroq bo`ladilar”).

Birinchi ma’nodagi kuch harakatning boshqa xususiyatlari bilan bir qatorda mexanikaning o`rganish ob’ekti bo`lib xizmat qiladi. Ikkinchi ma’nosidagisi esa jismoniy tarbiya nazariyasi, fiziologiya va antropologiyada tadqiqot mavzui bo`la oladi. Harakatlantiruvchi sifat tariqasidagi kuchni ko`rsatish uchun kuch imkoniyatlari, kuch qobiliyati, mushak kuchi atamalari ishlatiladi.

Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin:

1. O`z uzunliklarini o`zgartirmay (statik, izometrik tartib).

2. O`z uzunliklarini kamaytirib (qarshiliklarni yenguvchi, miometrik tartib).

3. Uzayib (yon beruvchi, pliometrik tartib).

Masalan, oyoqlar to`g`ri ko`tarilgan vaqtdan to to`g`ri burchak hosil bo`lgunicha mushaklar faoliyatining uchala tartibi uchrashadi. Oyoqlar ko`tarilganda – mushak ishi uzunligining kamayishi, oyoqlarni 90 gradus burchak ostida ushlab turishda – statik ish; dastlabki holatga qaytib oyoqlarni tushirishda – mushaklarning uzayishi.

Qarshiliklarni yenguvchi va ularga yon beruvchi tartiblarning birlashuvi “dinamik tartib” deyiladi.

O`quvchilar jismoniy tarbiyasida umumiy va maxsus kuch tayyorgarligi amalga oshiriladi.

Umumiy kuch tayyorgarligi insonning mehnat faoliyatiga tayyorligi va jismoniy rivojlanishi uchun ahamiyatga ega bo`lgan barcha asosiy mushak guruhlarining uyg`un rivojlanishiga qaratilgan.

Maxsus kuch tayyorgarligining maqsadi faoliyatning tanlangan turiga tatbiqan musobaqalashuvchi harakat texnikasi bilan muvofiq mushak guruhlari kuchining qo`shilib yuzaga chiqishi – jismoniy sifatlarning rivojlanishidir.



Kuch namoyon bo`lishi sharoitlariga kuchning bog`liq ekanligi. Harakat kuchi (ya’ni harakatning bosimi yoki tortishishi) ko`p jihatdan qarshilik ko`rsatish kuchlarining tabiati bilan belgilanadi.

Kuch va ko`chirilayotgan massa aloqadorligi. Agar odam massasi har xil bo`lgan jismlarni mushaklarga iloji boricha (chegara darajasida) zo`r berib, bir joydan ikkinchi joyga ko`chirayotganda bir qator harakatlarni bajarsa, namoyon bo`lgan kuchning miqdori ham har xil bo`ladi. Dastlab ko`chirilayotgan jismning massasi ortib borishi bilan kuch ham oshib boradi, biroq keyin massa orsa ham, kuch oshmaydi. Kuch-massa bog`liqligi jismoniy tarbiya amaliyotida juda ko`p xil ko`rinishda bo`ladi. Masalan, sportchining yadro itqitish uchun sarflaydigan kuchi uning shtanga ko`tarishda sarflaydigan kuchidan kam bo`ladi. Biroq jismning massasi juda katta bo`lsa, kishi unga sarflaydigan kuchning miqdori ko`chirilayotgan massaga bog`liq bo`lmaydi hamda kishining kuch imkoniyatlari bilangina belgilanadi.

Bilet – 7



1. O`quvchilarning harakat kun tartibini shakllantirishga yo`naltirilgan jismoniy tarbiya texnologiyasi

Bu guruhdagi usuliyatlar shuullanuvchilarga harakat faoliyatini bajarilishni ko’rish va eshitish orqali taomin-laydi. Ko’rish, bajarilayotgan payitdagi eshitish ham shuulla-nuvchilarda harakat faoliyati haqida har tomonlama keng tasavvur hosil qiladi, bu navbatdagi takrorlash uchun taxminiy asosni kengaytiradi. Ko’rgazmali his qildirish nisbatan chuqurroq, tezroq va puxtaroq o’zlashtirishga imkoniyat beradi, o’zlashtiriladigan harakat faoliyatiga qiziqishni orttiradi. Bolalarni o’qitishda ko’rgazmali his qildirishda muhim rolp o’ynaydi, chunki ularda taqlid qilish, tirik misollarga bevosita ijroni ko’rishga intilish juda kuchli rivojlangan.

Ko’rsatib his ettirish shundagina qo’l keladiki, qachonki, mashqni ijrosini ko’rish orqali qabo’l kilinayotgan harakat faoliyati strukturasi tushunarli va o’quvchi ongiga yetgan bo’lsa, ular ta’lim jarayonidagi faol va samarali faoliyatga turtki bo’ladi. Agarda, shuullanish jarayoni jonsiz, faoliyatlar nomigagina bajarilishi mumkin, bunda o’quvchilar passiv ijrochiga aylanadi. Natijada o’rganuvchi o’zining harakat faoliyatini tahlil qilishga harakat qilmay, diqqat eotiborini harakatning tashqi tomoniga ko’rinishiga qaratadi xolos, bu o’z navbatida, psixik jarayonlarning faolligini pasaytiradi, fikirlashning bir tomonlama bo’lishiga olib keladi.

Harakat faoliyatining o’qituvchi (yoki o’quvchi) tomonidan namoyish qilnishi jismoniy tarbiya ta’limida zaruriy keng tarqalgan usuliyatlardan hisoblanadi.

O’quvchining ongi unga ko’rgazmali singdirilganiga taqlid qilib o’rganish tahlil qila olish qobiliyatiga boliq. Agar o’quvchi ko’rganini tahlil qila olsa va u tahlilga o’rgatilgan bo’lsa, unda taqlid qilish o’quvchining bilimi, o’zlashtirish qobiliyatini o’sishi uchun samarali usullardan biriga aylanadi. O’qituvchining so’zisiz taqlid qilish “ko’rginu bajar” printsipi asosida o’qitishi, ko’rgan mashqini bajarilishini tushunmay, fikrlamay mantiqsiz takrorlashga aylanadi. Natijada o’quvchi o’qituvchisi ko’rsatganini ko’r-ko’rona bajaradigan, harakat fao-liyatlarining asosiy qonuniyatlarining anglamaydigan ijrochilariga aylanib qolishiga yo’l qo’ymaslik lozim.

Ko’rganiga taqlid qilish asosan o’quvchining yoshi va jismoniy tayyorgarligi darajasiga boliq. Kichik maktab yoshidagi bolalarda taqlid qilishga intilish, sinchkovligi, qiziquvchan-ligi orqali sodir bo’ladi (asosan, kattalarga o’xshashga urinish), katta maktab yoshidagi bolalarda esa harakat faoliyatiga ongli munosabat, harakat texnikasini tushunib, osonroq va tezroq egallashga intilish asosida sodir bo’ladi.

Ko’rganiga taqlid qilishning samaradorligi to’rt faktoriga bog’liq:

1) o’quvchilarning taqlid qilishga tayyorligi, ularning tayyorgarligi darajasining taqlid qilinadigan oboektning o’rganishdagi qiyinchiligiga muvofiqligi, shunga ko’ra, jismoniy mashq ijrosi qiyinligi shunday darajada bo’lsinki, uni egallash uchun o’quvchidan faqat maksimal zo’riqish talab qilinsin;

2) o’quvchilarning taqlid oboekti haqidagi tasavvurlarini to’laligi;

3) o’quvchida qiziqishga sabab bo’ladigan taqlidning ta’limga xos tub motivi uchun imkon yaratish, uni mohiyati darajasini farqlay bilash;

4) o’quvchini taqlidga xohishi, ko’zatayotganini faol takrorlash (V.V. Belinovich, 1958).

Jismoniy mashqni ko’rsatish uchun qo’yiladigan metodik talablar:

a) o’rganilayotgan harakat faoliyatini ijodiy takrorlashga imkoniyat ochish maqsadida ko’rsatishni komentariya qilish bilan olib borish;

b) ko’rsatish payitida o’quvchilarning o’qituvchining emotsional holatiga taqlid qilishini eotibordan chetda qoldirmaslik orqali ta’lim jarayoniga munosabatni shakllan-tirish muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Sport trenirovkasining vositalari va metodlari

Sport vositalari umumiy, yordamchi, maxsus va musobaqa vositalariga bo’linadi. 1. Umumiy tayyorgarlik – umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) o’z ichiga quyidagilarni qamraydi; musobaqa faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan sportning boshqa turlaridan olingan jismoniy va o’yin mashqlari. Umumiy jismoniy tayyorgarlikning (UJT) maqsadi: barcha muskul gruppalarini va jismoniy sifatlarning umumiy va garmonik rivojlanishi; professional kasalliklarning oldini olish; sog’liqni mustahkamlash; organizmning funksional sistemalarini rivojlantirish ( yurak - tomir, nafas olish, asab, endokrin va boshqalar); musobaqa va trenirovka nagruzkalaridan so’ng qayta tiklanish. Masalan, sprinter uchun UJT vositasi bo’lib, sport o’yinlari, suzish, kross, velosipedda poyga, og’ir atletika hizmat qiladi. 2. Yordamchi vositalar – yordamchi jismoniy tayyorgarlik(YOJT) musobaqa mashqlari bilan bog’langan mashqlar bo’lib, ular harakatning alohida fazalari va sifatlarini rivojlantiradi. YOrdamchi jismoniy tayyorgarlikning (YOJT) – maqsadi jismoniy va psixologik sifatlarning ayrim tomonlarini va texnik – taktik harakatlarni rivojlantirish va takomillashtirish. Masalan, sprinter uchun YOJT vositasi yuk bilan yugurish, toqqa va tog’dan pastga yugurish, lider ortidan yugurish va boshqalar. 3. Maxsus tayyorgarlik – maxsus jismoniy tayyorgarlik(MJT) musobaqa mashqlariga maksimal yaqinlashgan bo’ladi, lekin ma’lum shart va qoidalarga rioya qiladi. Ular musobaqa mashqlardan ma’lum farqqa ega. Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) musobaqa mashqlariga maksimal maksimal yaqinlashtirilgan bo’ladi, lekin musobaqalardan farqlanuvchi ma’lum shart va qoidalarga ega. MJT – musobaqa mashqlarda zarur bo’lgan texnik – taktik harakatlarni, jismoniy psixik sifatlarni takomillashtirishdir. Masalan, spinter uchun MJT turgan joydan va startdan 10, 20, 40, 60, 80, 100, 120 metrga yugurish, chalkashtiruvchi faktorlarning borligidir. 4. Musobaqa tayyorligi (MT) – musobaqada bajariluvchi mashqlar yoki musobaqa qoidalari bo’yicha raqib ishtirokida trenirovka (raqib, sherik yoki jamoa). Masalan, sprinter uchun musobaqa tayyorgarligi (MT) 100 metrga yururish bo’ladi.

Sport trenirovkasi usullari Sport trenirovkasida o’rgatish, tarbiya va rivojlanishning jismoniy tarbiyadagi mavjud usullar qo’llaniladi: so’z, ko’rgazmalilik, didaktik (oddiydan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga, o’rganilgandan o’rganilmaganga va boshqalar), texnika va taktikani egallashga (qattiq reglamentlashgan, harakatlarni yaxlit va bo’lingan bajarilishi), harakat sifatlarini rivojlantirishga (intervallik, uzluksiz, o’yin, musobaqa). Sport trenirovkasining xususiy tamoyillari. Jismoniy tarbiyada ko’rsatilgan barcha tamoyillar sport trenirovkasida qo’llaniladi. 1. Yuqori natijalarga yo’naltirilganligi oliy maqsad xalqaro toifadagi sport ustasi, Osiyo, Evropa, jahon, Olimpiada o’yinlari chempioni va rekordchisi bo’lish 2. Chuqurlashtirilgan mutaxassislik – bir necha sport turlarida bir vaqtning o’zida eng yaxshi bo’lishning mumkin emasligi. 3. Trenirovka jarayonining uzluksizligi:

 Sport tayyorgarligini ko’p yillik va yil davomidagi jarayoni va musobaqalarda ishtirok etish.

 Siklik bosqichlarning (takrorlanuvchi), davrlarning va sikllarning o’zaro bog’liqligi, ularning avvalgi trenirovkalar ta’sirining natijalariga qo’shilishi va bir necha mashg’ulotning kumulyativ effekti.

 Sport mahoratini oshirishni aniqlashning sifat va imkoniyatlarini optimal rivojlantirish. 4. Nagruzkalarning asta sekin oshib borishi va maksimal nagruzkalariga tendensiyalarining yaxlitligi organizmning trenirovka ta’sirlariga adaptasiyasi qonunlari bilan aniqlanadi, yillik hajmning 100-200 dan 1300-1500 soatgacha o’sish; trenirovka mashg’ulotlarining mikrosiklda 2 dan 20 gacha o’sishi; kun davomida trenirovkalarning 1 dan 4 gacha etishi, katta nagruzkalar bilan hafta davomida mikrosiklning 7 taga etishi, musobaqa faoliyatini hajmini o’sishi, qayta tiklanish vositalarining ko’patirilishidir. 5. Nagruzkalarning to’lqinsimonligi va variantligi – turli trenirovka tarkibida nagruzkalarning ko’tarilish to’lqini, hajm va nagruzkalar intensivligini hajmini tushishi (aerob, anaerob va tezlikni yo’naltirilganligi); nagruzkalarning dinamikasini mikro, mezo va makrosikllarda ketma-ketligini turli xil yig’indisi. 6. Trenirovka jarayoning siklligi, organizmdagi tiklanish jarayonlarining qonuniyatlari bilan chaqirilgan, mikrosikllar – 2 dan 10 kungacha, mezosikllar – 3 dan 6 haftagacha, 2 haftadan 6 oygacha trenirovka davri, 3 dan 12 oygacha makrosikllar bo’ladi.



3. Sport mashg’ulotlarining vositalarining har biriga ta’rif bering

Sport mashg‘uloti vositasi sifatida qo‘llaniladigan jismoniy mashqlar quyidagilardan iborat:

1) tanlangan (asosiy) musobaqa mashqlari; 2) maxsus tayyorlov mashqlari ; 3) umumiy tayyorlov mashqlari.

Musobaqa mashqlari – bu yaxlit harakat faoliyati bo‘lib (yoki harakat faoliyatlarining yig‘indisi) sportcha ixtisoslash predmeti hisoblanadi va mazkur sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqa shartlariga to‘la muvofiq holda bajariladi.

Ko‘pgina musobaqa mashqlari nisbatan tor yo‘nalishdagi va harakat tarkibi jihatidan cheklangan xaraterdagi faoliyat bo‘ladi. Bunga siklli harakatlar (yugurish va yurishning yengil atletika turlari, chang‘i, velosiped poygalari, suzish) ham, shuningdek ba’zi bir sikll bo‘lmagan va aralash mashqlar (yengil atletikadagi sakrash, uloqtirish va boshqalar) ham kiradi. Asosiy jismoniy sifatlariga qarab, bu mashqlarni tezlik, kuch va ko‘proq chidamlilik talab qiladigan mashqlarga bo‘lish mumkin. Chidamlilik talab qiladigan mashqlar o‘z navbatida chidamlilik xususiyatiga qarab, maksimal quvvattalab, katta quvvattalab va o‘rtacha quvvattalab mashqlarga bo‘linadi. Shu bilan birga har biri shartli «syujet»ga birlashgan, sharoitga qarab o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan хilma-хil harakatlar yig‘indisidan iborat musobaqa mashqlari ham bo‘ladi. Masalan, sport o‘yinlarida va yakkama-yakka sport uchrashuvlarida (kurash, boks, qilichbozlikda) ana shunday harakatlar yig‘indisi bo‘ladi. Musobaqa mashqlarining mazkur turlari yuqorida sanab o‘tilgan mashqlardan farq qiladi. Bular holat va harakat shakllari muntazam va to‘satdan o‘zgarib turadigan sharoitda asosiy jismoniy sifatlarning kompleks namoyon bo‘lishi bilan хarakterlanadi.

Maxsus tayyorlov mashqlari musobaqa harakatlari elementlarini, shuningdek namoyon etish shakl va xarakteri jihatidan ularga o‘xshash harakat va holatlarini o‘z ichiga oladi.

Masalan maxsus tayyorlov mashqlari, jumladan, yuguruv chilar tanlangan masofani qismlarga bo‘lib yugurishadi, gimnastikachilarda musobaqa kombinatsiyalari elementlari qismlarini bajarishdan, o‘yinchilarda o‘yin harakatlari va kombinatsiyalaridan iborat bo‘lishi mumkin. Yana imitatsiya (taqlid) mashqlari, ya’ni musobaqa harakatlariga juda o‘xshab ketadigan mashqlar ham (chang‘ichilar g‘ildirakli chang‘ida mashq qilishlari, suvga sakrovchilar va gimnastikachilar batut va lopinda mashq qilishlari va hokazolar) maxsus tayyorlov mashqlari hisoblanadi. Ayrim hollarda o‘xshash sport turlaridagi mashqlar ham (musobaqada qatnashish uchun tanlangan masofaga o‘xshash masofaga yugurish va hokazolar) maxsus tayyorlov mashqlari jumlasiga kiradi.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerak-ki, tanlangan musobaqa mashqlari bilan qandaydir sezilarli umumiylikka ega bo‘lgan mashqlarnigina maхsus tayyorlov mashqlari deb hisoblasa bo‘ladi. Masalan, yuguruvchi uchun har qanday yugurish mashqlari emas, balki musobaqa turi teхnikasining spetsifik tomonlariga yoki boshqa o‘ziga хos хususiyatlariga anchagina yaqin bo‘lgan yugurish mashqlarigina maхsus tayyorlov mashqlari bo‘la oladi. Binobarin, maхsus tayyorlov mashqlari tan langan sport turining spetsifikasiga muvofiq belgilanadi va shuning uchun ham bunday mashqlar doirasi hamisha nisbatan cheklangan bo‘ladi.

Lekin maхsus tayyorlov mashqlari tanlangan sport turi bilan aynan bir хil bo‘lmaydi (aks holda ularni qo‘llashning ma’nosi bo‘lmas edi). Ular sportchi uchun zarur bo‘lgan sifat va malakalarni rivojlantirishga mumkin qadar to‘g‘ri va foydali ta’sir etadigan qilib tuziladi va tanlanadi. Masalan, «og‘irlik» tipidagi yoki shtanga bilan o‘tirib turish tipidagi maхsus tayyorlov mashqlarini bajarayotgan og‘ir atletikachi klassik kurash harakatlarini bajarayotgandagiga qaraganda ko‘proq og‘irlikni uddalab, kuch-qudrat qobiliyatlari rivojlanishiga mumkin qadar ko‘proq foydali ta’sir ko‘rsatish uchun sharoit yaratadi. Хuddi shuningdek, yugu ruvchi ham «yuguradigan» maхsus tayyorlov mashqlarida tanlan gan masofani yugurib o‘tish jarayoniga qaraganda ko‘proq tezlik yoki chidamlilik namoyon etadi.

Maxsus tayyorlov mashqlari nimaga ko‘proq xizmat qilishiga qarab yaqinlashtiruvchi mashqlar va rivojlantiruvchi mashqlar bo‘lishi mumkin. Yaqinlashtiruvchi mashqlar ko‘proq harakat shakli, texnikasini egallashga qaratilgan bo‘ladi, rivojlantiruvchi mashqlar esa ko‘proq funksional imkoniyatlarning (kuch, tezkorlik, chidamlilik va hokazolarni) taraqqiy ettirishga qaratilgan bo‘ladi.

Bunday bo‘linish, albatta, shartli hisoblanadi. Chunki harakat faoliyatining forma va mazmuni birdir.



Umumiy tayyorlov mashqlari sportchining umumiy tayyorgarlik vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday mashqlar sifatida xilma-xil mashqlardan foydalanish mumkin. Maxsus tayyorlov mashqlariga yaqin bo‘lgan va o‘z ta’sir etish xususiyatlari bilan unga o‘xshagan mashqlar, shuningdek, ulardan tubdan farq qiladigan (shu jumladan qarama-qarshi yo‘nalishdagi) mashqlardan ham shu maqsadda foydalanishi mumkin. Nazariy jihatdan bunday vositalarning chegarasi yo‘q. Amalda esa vaqtga, mashg‘ulot joyiga va boshqa shartsha roitlarga qarab ular doirasini cheklashga to‘g‘ri keladi.

Umumiy tayyorlov mashqlarini tanlashda quyidagi talablar babbaravar muhimdir. Birinchidan, sportchining umumiy tayyorgarligi har tomonlama jismoniy tarbiyalash vazifalarini samarali hal etishga imkon beradigan vositalarni o‘z ichiga olishi kerak. Jumladan, barcha asosiy jismoniy fazilatlar (kuch, tezkorlik, chidamlilik, epchillik, chaqqonlik)ning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi hamda sportchining harakat malakalari va mahorati ko‘lamini kengaytiradigan mashqlarni tanlashi kerak. Bunday mashqlarni yordamchi – sport gimnastikasidan, harakatli o‘yinlardan, hamda sportning qo‘shimcha turlari deb atalgan formalaridan tanlab olinadi. Hozirgi paytda quyidagilar eng ko‘p tarqalgandir:



  • umumiy chidamlilikni tarbiyalashda: o‘rtacha va o‘zga-ruvchan intensivlik bilan uzoq vaqt yugurish, chang‘i krosslari va shunga o‘хshash mashqlar;

  • kuch-quvvatni o‘stirishda (umumiy kuch-quvvat tayyorgarligi rejasida): og‘ir atletikadagi kabi shtanga bilan bajariladigan mashqlar, shuningdek turli og‘irlik va qarshiliklar bi lan bog‘liq

bo‘lgan yordamchi–sport gimnastikasi mashqlari;

  • harakat tezligini hamda harakat reaksiyasini tarbiyalashda: sprinter mashqlari va sport o‘yinlari, ayniqsa, bas ketbol;

  • chaqqonlikni tarbiyalashda: sport gimnastikasi, akrobati ka, harakatli va sport o‘yinlari.

Umumiy tayyorgarlik mazmunini belgilayotganda sport faoliyatining pirovard natijadagi maqsadi – hayotga tayyorlash maqsadini unutmaslik kerak. Shuning uchun barcha teng sharoitlarda bevosita amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan mashqlarga ko‘proq o‘rin berish kerak.

Musobaqalar jarayonida uzoq muddat uzluksiz ishlashni nazarda tutgan sport turlarida (yengil atletikada uzoq va o‘ta uzoq masofalarga yugurishda, chang‘i uchish, konki uchish, velosiped sportida ham shunday masofalarni o‘tish jarayonida) umumiy chidamlilik alohida rol o‘ynaydi. Shuning uchun sportning mazkur turlari bilan shug‘ullanuvchilarda bu fazilatlarni tarbiyalash umumiy jismoniy tayyorgarlikning eng muhim qismlaridan hisoblanadi. Bir-biriga yaqin bo‘lgan siklli mashqlar (chang‘ichilarning eshkak eshishi, eshkak eshuvchilarning chang‘ida yugurishi va hokazolar) yordamida kuch-quvvatni o‘stirishga ham ancha o‘rin ajratiladi. Bu yerda kuch-quvvat mashqlari uncha og‘ir bo‘lmagan yuklarni ko‘tarish, biroq takrorlash miqdorining ortishi bilan хarakterlanadi; ular asosan seriyali tarzda bajariladigan tezkor kuch-qudratni oshirishga qaratilgan mashqlar bilan uyg‘unlashtirib boriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan sport mashg‘uloti vositalarining barchasi faqat jismoniy tayyorgarlik vositasi bo‘libgina qolmay, balki sportchining texnik, taktik va irodaviy tayyorgarligi vositasi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur maxsus (spetsifik) vositalar bilan mushtarak holda aqliy, axloqiy va estetik tarbiyaning xilma-xil vositalaridan foydalaniladi.

Bilet – 8

1. Tezkorlik qobilyatiga tarif bering

Muhim jismoniy sifatlar qatoriga tezkorlik ham tegishlidir. Tezkorlik insonning muayyan sharoitda minimal vaqt sarflash bilan harakat faoliyatini bajarish qobiliyatidir.

Tezkorlik namoyon bo`lishining asosiy shakllari quyidagilar:

1) harakatlantiruvchi ta’sirning latent (yashirin) vaqti;

2) ayrim harakatlar tezligi (tashqi qarshilik kichik bo`lganda);

3) harakatlar sur’ati.

Tezkorlikning namoyon bo`lish shakllari bir-biriga nisbatan bog`liq emas. Bu ayniqsa, harakat reaksiyasi tezligi ko`rsatkichlariga ko`pincha aloqador bo`lmaydigan vaqt ko`rsatkichlariga taalluqlidir. Ko`rsatib o`tilgan uchta shaklning birgalikda kelishi tezkorlik namoyon bo`lishining barcha hollarini belgilaydi. Masalan, sprint yugurishdagi natija start olishdagi reaksiya vaqtiga, ayrim harakatlar (depsinish, sonni oldinga o`tkazish va boshqalar) tezligiga va qadamlar sur’atiga bog`liq. Amalda esa tezkorlik namoyon bo`lishining aytib o`tilgan asosiy shakllari emas, balki yaxlit harakatlarning (yugurish, suzish va b.) tezligi katta ahamiyatga ega. Biroq murakkab koordinasion yaxlit harakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasi bilangina emas, balki boshqa sabablar bilan ham aloqadordir. Masalan, yugurishda ilgarilab ketish tezligi qadam uzunligiga, qadam uzunligi esa, o`z navbatida, oyoqning uzunligi va depsinish kuchiga bog`liq. Har xil toifadagi sportchilarning harakat reaksiyasi

Tezkorlikni aniqlash uchun eng qulay model yugurishdir. Uni bajarish vaqtida barcha uchta tarkibiy qism namoyon bo`ladi.

Reaksiyaning yashirin vaqti beshta tarkibiy qismdan iborat:1) reseptorda qo`zg`alishning paydo bo`lishi; 2) qo`zg`alishni markaziy asab tizimiga uzatish; 3) qo`zg`alishning asab yo`llari bo`ylab o`tib borishi va effektor signalning hosil bo`lishi; 4) signalning markaziy asab tizimidan mushakka o`tkazilishi; 5) mushakning qo`zg`alishi va unda mexanik faollik paydo bo`lishi. Aytib o`tilgan fazalardan uchinchisiga eng ko`p vaqt sarflanadi.

Maksimal tezlikda bajariladigan harakatlar fiziologik xarakteristikalariga ko`ra sekinroq harakatlardan farq qiladilar. Bular orasidagi eng muhim farq shundan iboratki, harakatlarni maksimal tezlikda bajarish davomida sensor bog`lanishlarning hosil bo`lishi qiyinlashadi: reflektor yoy impulslarni tashib ulgurolmaydi. Tezlik juda katta bo`lganida harakatlarni yetarlicha aniqliq bilan bajarish qiyinligi mana shu bilan izohlanadi.

Maksimal kuchlanish uslubidan foydalanish vaqtida og`irlashtirish miqdori 1-3 tm atrofida tebranib turadi. Harakatlarda tezlik darajasi yuqori emas, tezlik sekindan to mo`’tadilgacha, mashqlar va yondashuvlar o`rtasidagi dam olish tanaffusi kamida 2 daqiqa.

Oxirgi kuchlanish bolalarning asabiy-ruhiy imkoniyatlariga katta talablar qo`yadi. Shuning uchun bolalar bilan bu uslubdan foydalanish vaqtida katta ehtiyotkorlik kerak va haftada ko`pi bilan uni 1-2 marta qo`llash lozim.

Takroriy kuchlanish uslubi taxminan to`rt va undan ortiq marta takrorlashlar bilan kuch mashqilarining bajarilishidan iboratdir.

Izokinetik taranglashish uslubi. Izometrik taranglashishning bir yondashuvdagi muddati 6-8 s, bu mashqlarda kuchlanish darajasi 70-100% atrofida tebranib turishi mumkin.

Kuch yuklamalarining ayrim seriyalari o`rtasiga dam olish oraliqlari kiritiladi, ular yurak qisqarishlari pasayishi 110-120 zarba daq.ga yetguncha davom etishi kerak. Tezkorlik yuklamalarini bajarish vaqtida dam olish oraliqlari davomiyligi 1,5-3 daqiqagacha tebranib turadi.

Maksimal tezkorlikning rivojlanishi vaqtida mushak massalarining o`sishi hisobidan 15-30 s lik nisbatan qisqa dam olish tanaffuslaridan foydalaniladi. Mahalliy va umumiy xususiyatli mashqlarda ham – 40-60 s.

Yolg`iz harakat, masalan, 5 marta sakrash, 5 marta cho`nqayib o`tirib-turish yoki bosh ustida 5 marta qarsak chalish (yoki maksimal tezlikdagi murakkab bo`lmagan har qanday harakatlar) ning bajarilish vaqtini aniqlash mumkin. 5 ta mashqning bajarilish vaqti ro`yxatga olinadi. So`ngra esa yolg`iz harakatlarning bajarilish vaqti hisoblab chiqiladi. Ular qancha kam bo`lsa, tezlikning rivojlanish darajasi shunchalik yuqori bo`ladi.

Panjalar harakati tezligini 5 yoki 10 s ichida qog`ozga qalam bilan mumkin qadar ko`p miqdordagi nuqtalarni belgilab aniqlash mumkin. Sport bilan shug`ullanmaydigan maktab o`quvchilari to`g`risidagi ma’lumotlar 4-jadvalda keltirilgan.

Yosh va tezlikning o`zgarishi bilan kichik maktab yoshidagilarda yuqori sinf o`quvchilariga qaraganda tezlik ko`proq jadal rivojlanadi. Tezlik, mushak kuchi, texnika, bukilish, jadallashtirish darajasiga layoqatlilik, iroda zo`r berishning darajasi bilan mustahkam bog`langan.

Oddiy va murakkab harakatlantiruvchi reaksiyaning tezligini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.

Harakatlantiruvchi reaksiya tezligi ta’sirga javob berishning yashirin vaqti bilan belgilanadi. Reaksiyalar oddiy va murakkab bo`ladi. Oddiy reaksiya oldindan ma’lum bo`lgan (to`satdan paydo bo`ladigan) signalga ilgaridan ma’lum bo`lgan harakat bilan javob berishdir. Bunda yugurishdagi start olish, suzishda to`pponchadan otib start berish va boshqalar misol bo`la oladi. Reaksiyalarning qolgan barcha tiplari murakkab reaksiyalardir.



2. O`quv mashg’ulotlari jarayonida qo`llaniladigan ko`rgazmali usullarni tavsiflab bering

Bu guruhdagi usuliyatlar shuullanuvchilarga harakat faoliyatini bajarilishni ko’rish va eshitish orqali taomin-laydi. Ko’rish, bajarilayotgan payitdagi eshitish ham shuulla-nuvchilarda harakat faoliyati haqida har tomonlama keng tasavvur hosil qiladi, bu navbatdagi takrorlash uchun taxminiy asosni kengaytiradi. Ko’rgazmali his qildirish nisbatan chuqurroq, tezroq va puxtaroq o’zlashtirishga imkoniyat beradi, o’zlashtiriladigan harakat faoliyatiga qiziqishni orttiradi. Bolalarni o’qitishda ko’rgazmali his qildirishda muhim rolp o’ynaydi, chunki ularda taqlid qilish, tirik misollarga bevosita ijroni ko’rishga intilish juda kuchli rivojlangan.

Ko’rsatib his ettirish shundagina qo’l keladiki, qachonki, mashqni ijrosini ko’rish orqali qabo’l kilinayotgan harakat faoliyati strukturasi tushunarli va o’quvchi ongiga yetgan bo’lsa, ular ta’lim jarayonidagi faol va samarali faoliyatga turtki bo’ladi. Agarda, shuullanish jarayoni jonsiz, faoliyatlar nomigagina bajarilishi mumkin, bunda o’quvchilar passiv ijrochiga aylanadi. Natijada o’rganuvchi o’zining harakat faoliyatini tahlil qilishga harakat qilmay, diqqat eotiborini harakatning tashqi tomoniga ko’rinishiga qaratadi xolos, bu o’z navbatida, psixik jarayonlarning faolligini pasaytiradi, fikirlashning bir tomonlama bo’lishiga olib keladi.

Harakat faoliyatining o’qituvchi (yoki o’quvchi) tomonidan namoyish qilnishi jismoniy tarbiya ta’limida zaruriy keng tarqalgan usuliyatlardan hisoblanadi.

O’quvchining ongi unga ko’rgazmali singdirilganiga taqlid qilib o’rganish tahlil qila olish qobiliyatiga boliq. Agar o’quvchi ko’rganini tahlil qila olsa va u tahlilga o’rgatilgan bo’lsa, unda taqlid qilish o’quvchining bilimi, o’zlashtirish qobiliyatini o’sishi uchun samarali usullardan biriga aylanadi. O’qituvchining so’zisiz taqlid qilish “ko’rginu bajar” printsipi asosida o’qitishi, ko’rgan mashqini bajarilishini tushunmay, fikrlamay mantiqsiz takrorlashga aylanadi. Natijada o’quvchi o’qituvchisi ko’rsatganini ko’r-ko’rona bajaradigan, harakat fao-liyatlarining asosiy qonuniyatlarining anglamaydigan ijrochilariga aylanib qolishiga yo’l qo’ymaslik lozim.

Ko’rganiga taqlid qilish asosan o’quvchining yoshi va jismoniy tayyorgarligi darajasiga boliq. Kichik maktab yoshidagi bolalarda taqlid qilishga intilish, sinchkovligi, qiziquvchan-ligi orqali sodir bo’ladi (asosan, kattalarga o’xshashga urinish), katta maktab yoshidagi bolalarda esa harakat faoliyatiga ongli munosabat, harakat texnikasini tushunib, osonroq va tezroq egallashga intilish asosida sodir bo’ladi.

Ko’rganiga taqlid qilishning samaradorligi to’rt faktoriga bog’liq:

1) o’quvchilarning taqlid qilishga tayyorligi, ularning tayyorgarligi darajasining taqlid qilinadigan oboektning o’rganishdagi qiyinchiligiga muvofiqligi, shunga ko’ra, jismoniy mashq ijrosi qiyinligi shunday darajada bo’lsinki, uni egallash uchun o’quvchidan faqat maksimal zo’riqish talab qilinsin;

2) o’quvchilarning taqlid oboekti haqidagi tasavvurlarini to’laligi;

3) o’quvchida qiziqishga sabab bo’ladigan taqlidning ta’limga xos tub motivi uchun imkon yaratish, uni mohiyati darajasini farqlay bilash;

4) o’quvchini taqlidga xohishi, ko’zatayotganini faol takrorlash

3. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning majburiy kur ekanligi

Jismoniy madaniyatni baza sifatidagi xizmati sport, amaliy sog`lomlashtirish deb atalmish jismoniy madaniyat klassifikatsiyasining asosida yotadi.

Jamiyat aozosining jismoniy bilimi, jisman rivoj-langanligi, jismoniy tayyorgarligi evaziga faol hayotiy faoliyat uchun zarur bo`lgan jismoniy kamolotga erishishni zaminini yoki jismoniy madaniyatning poydevorini yaratadi. Shug`ullanuvchilarning yoshiga qarab jisman rivojlanganlik, tayyorgarlik, o`zgaruvchan va o`ziga xos xususiyatlarni kasb etadi.

Jismoniy madaniyatning boshlang`ich zamini shartli ravishda «maktabgacha va maktabning jismoniy madaniyati» orqali yaratiladi. Bu bilan maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida umumta’lim maktablari va boshqa o`quv tarbiya muassasalarida jismoniy madaniyat o`quv predmeti sifatida majburiy mashg`ulot ekanligini tushunamiz. Bu o`z navbatida umumiy jismoniy ma’lumot uchun asos yaratadi, jismoniy qobi-liyatlarining har tomonlama rivojlanishi, mustahkam sog`lik-ning bazasining vujudga kelishiga sababchi bo`ladi. Bu bilan har tomonlama shaxs uchun zarur bo`lgan jismoniy salohiyat daraja-sining asosini yaratishga kafolat vujudga keladi.



Maktab jismoniy madaniyati esa tarbiyalanuvchida jismi tarbiyasi uchun zaminni shakllanishiga asosiy poydevor bo`lib xizmat qiladi.

Sport jismoniy madaniyatining tarkibiy qismidir. Sport, xususan, ahamiyatli darajada jismoniy va unga bog`liq bo`lgan qobiliyatlarning rivojlanishini va o`sishini taomin-laydi. Jamiyat jismoniy madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan sport, boshlang`ich ma’noda «kuch sinashaman», «musobaqalashaman» degan ma’noni beradi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarigacha unga dam olish, ko`ngil ochish, so`ng, jismonan yuqori ko`rsatgichga erishish vositasi, musobaqalarda g`alaba qozonish tarzidagi faoliyat deb qaraladi.

Sportning rivojlanishi asosan uch ko`rinishda – o`quv predmeti, ommaviy-ko`ngilli sport, «katta sport» tarzida namoyon bo`ladi.

O`quv predmeti sifatida sport o`rta va oliy maktabda, armiyada jismoniy tarbiyaning vositasi bo`lib xizmat qiladi.

Ommaviy–ko`ngilli sport darsdan tashqari va ish vaqtidan so`ng davlat va jamoat tashkilotlari orqali va har bir shaxsning tashabbusi bilan amalga oshiriladi.

«Sportchi» so`zi talaffuz etilganda, ko`z o`ngimizda nafa-qat kuchli, chidamli va chaqqon hamda qaddi-qomati kelishgan yigit yoki qiz obrazi gavdalanibgina qolmay, irodali, to`g`ri so`zli, hayotga doimo yaxshi umid bilan qaraydigan, optimisti, har qanday qiyinchiliklarni oson yenguvchi, kamtarin va o`z yutuqlariga hotirjam insonni tushunamiz.

Shunday ekan, sport jamiyat manfaati uchun xizmat qila-digan faoliyat bo`lib, tarbiyaviy va kommunikativlik funktsiya-sini bajaradi, lekin doimiy kasb emas. sport ishlab chiqarishsiz faoliyat, yaoni u moddiy neomat (boylik) yaratish bilan bog`lanmagan va o`quv tarbiya jarayoni qonuniyatlariga bo`ysundiriladi

Bilet – 19

1. Kuch qobiliyatlarini qanday turlarini bilasiz

Inson kuchi deganda tashqi qarshiliklarni mushak kuchi orqali yengish qobiliyati tushuniladi. Qarshiliklarni yenguvchi ishlarda harakatlarga qarshi yo`naltirilgan kuchlar, yon beruvchi ishlarda esa harakat yo`nalishi bo`yicha ta’sir etuvchi kuchlar qarshilik kuchi hisoblanadi. Maktablardagi o`quvchilar uchun jismoniy tarbiya dasturida birinchi sinflardan boshlab bolalarning kuch tayyorgarligi ko`zda tutilgan.

Har bir kishi harakatlarni bajarishda muayyan imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror og`irlikdagi shtangani ko`tara oladi, qandaydir bir vaqt oralig`ida 1000 m masofani yugurib o`ta oladi. Bu imkoniyatlar bir qator sifat va miqdor xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan amalga oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar qo`yadi, turli xil jismoniy sifatlar namoyon etilishini talab qiladi. Kishi harakat qilish imkoniyatlarining ba’zi-bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan. Odatda, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikka asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. Kishidagi jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi organlarining funksional (fiziologik) imkoniyatlari bilan emas, balki psixik omillar, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu holda irodaviy fazilatlar kishining o`z funksional imkoniyatlaridan qanchalik foydalana olishini belgilaydi.

Kundalik nutqimizda “kuch” so`ziga turli xil ma’no beradilar. Ilmiy tushuncha sifatida u iloji boricha aniq belgilangan bo`lishi kerak. Buning uchun kuchning quyidagi ma’nolarini bir-biridan farqlash lozim:



  1. Harakatning mexanik xususiyati sifatidagi kuch (“T massali jismga F kuch ta’sir etadi ...);

  2. Kishining xususiyati, fazilati sifatidagi kuch (masalan, quyidagi matnda ifodalangan ma’nodagi kuch: “yosh o`sishi bilan kuch ham ortib boradi; sport bilan shug`ullanmaydiganlarga nisbatan sportchilar kuchliroq bo`ladilar”).

Birinchi ma’nodagi kuch harakatning boshqa xususiyatlari bilan bir qatorda mexanikaning o`rganish ob’ekti bo`lib xizmat qiladi. Ikkinchi ma’nosidagisi esa jismoniy tarbiya nazariyasi, fiziologiya va antropologiyada tadqiqot mavzui bo`la oladi. Harakatlantiruvchi sifat tariqasidagi kuchni ko`rsatish uchun kuch imkoniyatlari, kuch qobiliyati, mushak kuchi atamalari ishlatiladi.

Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin:

1. O`z uzunliklarini o`zgartirmay (statik, izometrik tartib).

2. O`z uzunliklarini kamaytirib (qarshiliklarni yenguvchi, miometrik tartib).

3. Uzayib (yon beruvchi, pliometrik tartib).

Masalan, oyoqlar to`g`ri ko`tarilgan vaqtdan to to`g`ri burchak hosil bo`lgunicha mushaklar faoliyatining uchala tartibi uchrashadi. Oyoqlar ko`tarilganda – mushak ishi uzunligining kamayishi, oyoqlarni 90 gradus burchak ostida ushlab turishda – statik ish; dastlabki holatga qaytib oyoqlarni tushirishda – mushaklarning uzayishi.

Qarshiliklarni yenguvchi va ularga yon beruvchi tartiblarning birlashuvi “dinamik tartib” deyiladi.

O`quvchilar jismoniy tarbiyasida umumiy va maxsus kuch tayyorgarligi amalga oshiriladi.

Umumiy kuch tayyorgarligi insonning mehnat faoliyatiga tayyorligi va jismoniy rivojlanishi uchun ahamiyatga ega bo`lgan barcha asosiy mushak guruhlarining uyg`un rivojlanishiga qaratilgan.

Maxsus kuch tayyorgarligining maqsadi faoliyatning tanlangan turiga tatbiqan musobaqalashuvchi harakat texnikasi bilan muvofiq mushak guruhlari kuchining qo`shilib yuzaga chiqishi – jismoniy sifatlarning rivojlanishidir.



Kuch namoyon bo`lishi sharoitlariga kuchning bog`liq ekanligi. Harakat kuchi (ya’ni harakatning bosimi yoki tortishishi) ko`p jihatdan qarshilik ko`rsatish kuchlarining tabiati bilan belgilanadi.

Kuch va ko`chirilayotgan massa aloqadorligi. Agar odam massasi har xil bo`lgan jismlarni mushaklarga iloji boricha (chegara darajasida) zo`r berib, bir joydan ikkinchi joyga ko`chirayotganda bir qator harakatlarni bajarsa, namoyon bo`lgan kuchning miqdori ham har xil bo`ladi. Dastlab ko`chirilayotgan jismning massasi ortib borishi bilan kuch ham oshib boradi, biroq keyin massa orsa ham, kuch oshmaydi. Kuch-massa bog`liqligi jismoniy tarbiya amaliyotida juda ko`p xil ko`rinishda bo`ladi. Masalan, sportchining yadro itqitish uchun sarflaydigan kuchi uning shtanga ko`tarishda sarflaydigan kuchidan kam bo`ladi. Biroq jismning massasi juda katta bo`lsa, kishi unga sarflaydigan kuchning miqdori ko`chirilayotgan massaga bog`liq bo`lmaydi hamda kishining kuch imkoniyatlari bilangina belgilanadi.

2. intervalning usuli qanday amalga oshiriladi
O’z navbatida optimal intervalda ommaviy o’qitishning ko’p sonli psixologik va pedagogik eksperementlardan aniqlanishicha, cho’zib-uzoq vaqt mobaynida takrorlash o’rganilgan(o’qitilgan) materialni qayta takrorlash xajmi va sifati anchagina yo’qori bo’lar ekan (ayniqsa, xajmiga ko’ra ko’p miqdorga ega bo’lgan erkin gimnastika mashqlaridek). Bu ikki sabab orqali tushuntiriladi: birinchidan, o’zlashtirilayotgan faoliyatni (o’z navbatida, o’ni o’zlashtirish)ning moxiyatini tushuntirish faqat uni bajarish paytidagina ro’y bermay, dam olish intervalida xam sodir bo’lishi mumkin (obrazli tarzda ifodalashning didaktik ma’nosi xam shundan iboratdir: "o’rganilgan xotirada bir oz tinib yetishi kerak"); ikkinchi dan, foalitni uzlashtirish jarayoni organizmning muqo’l faoliyati xizmati bilan moslashuviga (shugullanganlik samarasi ga) boglik bo’lib, u fa kat faoliyatni bajarish vaqtidagina sodir bo’lmay, tiklanish davrida (vaqtida) xam sodir bo’lishi ko’zatiladi.

Dam olish intervali va uning uzunligini belgilashda ikkovining umumiy yigindisi teng bo’lsa, uzok vaqt dam olib, nagruzka intervali siyrak bo’lganga karaganga intervali kiska, dam olish intervali kup bo’l sa, organizmning ish qobiliyati yo’qori bo’ladi. Shuning uchun jismoniy tarbiya darslarini maktabda ikki mashgulotni birlash tirib utish ijo biy samara bermaydi.

O’qitishda tezlashtirish (forsirovat) kontsentratsiya kilib takror lash orkali amalga oshiriladi. Ommaviy o’rgatishda u katta samara berishi ko’zatilmaydi, lekin yo’qori razryadli sportchilarni tayyorlashda ta’ lim metodikasining asosini tashkil qiladi. Harakat malakasining bosh lang’ich etapida qaytarishning bu usulidan foydalanib bo’lmaydi. U faoliyat texnikasini tugri tushinish xamda fikrlashga salbiy ta’sir etib, xosil bo’lgan malakaning puxtalashishiga tusik bo’lishi, puxtalashishi ning chuzilishi ga olib kelishi mumkin.

Bundan tashkari, malakaning tugri shakllanishi lozim bo’lgan jis moniy sifatlarini muvofik darajada rivojlanishiga boglik, bu albat ta, uzok muddat davomida harakat faoliyatini takomillashtirishni takozo etadi.

Takrorlashning ikki uslubiga xos xos tugal natijani belgilashda, ya’ni uning yaxshi-yomonligiga baxo berishda ushbu xolatni yodda tutmok zarurki, uzokrok chuzib takrorlash kiyin uzlashtirayotgan ukuv materia lini uzlashti rishda samaradorrok bo’ladi, osonrok material uchun kon tsentratsiyalashtirib takrorlash maksadga muvofik.

Ikkala uslubda xam takrorlash taksimlanishining xarakteri bir xil emasligi bilan ajrab turadi: o’xshatishning birinchi bosqichida takrorlashlar chastotasi maksimal darajada, mumkin kadar bajargisi kelsa, ijozat beradigan bo’lishi kerak, keyinchalik u kamayadi, shug’ullanuvchining faolligi bir oz so’nishi ko’zatiladi. Buni yangi malaka xosil bo’lishda (yangi nerv aloqalarini yaratishra) mustaxkamlash, tuldirishning kuprok bo’lishi bilan tushuntirish mumkin. Bu alokaning puxtaligi yetarli darajaga yetsa, ularning saqlash uchun takrorlashlarga talabning kamayib ketishi bilan ko’rinadi. Ommaviy o’rgatish sharoitida faoliyatni egallashning amaliy chegarasiga yetishda dam olish intervalining uzunligi umuman, uzining printsipila axamiyatini yo’qotadi. Malakani anik saklash uchun, unga kerak bo’lgan kismdan uzgartirishlar kiritish uchun takrorlashni, kup bo’lmasa-da, vaqti-vaqti bilan utkazib turish maksadga muvofik bo’ladi. Albatta, bu uzgarishlar shugullanuvchining jismoniy tayyorgarligi usganligi, uning ma’lum darajada oshganligi sababli kilinadi. Agarda bu takrorlashlar harakat malakasini doim takomillashtirish vazifasini qo’ymasa, kerak bo’lgan dara jadagi xa rakat sifatlarini qo’llab-quvvatlash uchungina, egallagan malakaning so’nishini oldini olish maqsadidagina kerak xolos.



3. Sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlariga tavsif.

O‘quv ishlarini rejalashtirishni boshlash uchun yuqorida qayd etilgan dasturlarning bo‘limlar mazmunini chuqur va to‘g‘ri tushunish hamda xulosa chiqara bilish maqsadga muvofiqdir. O‘quv ishlarini to‘g‘ri rejalashtirishdan maqsad:

- o‘quvchilarning sog‘liklarini mustahkamlash va organizmni chiniqtirish, tetri jismoniy rivojlantirishga hamda organizmning ishlash qobiliyatini oshrishga yordam berish;

- harakatning asosiy sifatlarini (tezkorlik, kuch - quvvat, chidamlilik, chaqqonlik, epchillikni) har tomonlama rivojlantirish;

- o‘quvchilarga jismoniy mashqlar gigienasi bo‘yicha bilimlarni shakllantirish va ko‘nikma malakalarni hosil qilish: gavdani to‘g‘ri tutishga, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga odatlantirish.

Maktab bolalarini tabiiy harakat qilishga (yurish, yugurish, irg‘itish, tirmashib chiqish, suzish va h.k.) o‘rgatish,

- o‘z harakatlarini idora qila bilishga, ortiqcha harakatlarsiz nafas olishga odatlantirish: hayotda va sportda zarur bo‘gan yangi harakatlarga ko‘niktirib, shunday harakatlar qila bilishga o‘rgatish hamda mavjud ko‘nikmalarni yanada rivojlantirish.

Maqsadga intilish, mustaqillik va ijodiy qobiliyati: mardlik, sabotlilik va intizomlilik, ma’suliyat, vatanparvarlik, kollektivizm, do‘stlik hamda o‘rtoqlikni chuqur his eta bilishni shakllantirish, mehnatga va jamiyat mulkiga g‘ururli, munosabatda bo‘lishi, madaniy hulq - atvor malakalarini tarbiyalash va h.k.

Jismoniy tarbiya darsini mustaqil, qiziqarli, ketma - ketligi, fiziologik tomonlarini o‘ylab to‘g‘ri olib borish uchun o‘quv ishlarini rejalashtirishni juda yaxshi bilish zarur.

Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun ularni to‘g‘ri rejalashtirish va hisobat olib borish muhim ahamiyatta ega. Maktabda, akademik-litsey, kollejlarda bugun ommoviy - jismoniy sport ishlarini va hamma o‘quv ishlarini va rejalashtirilsa saviyali tashkil etishda ko‘maklashadi. Maktabda ikki yo‘nalishda reja tuziladi:

a) Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktabda bir yilga tuziladigan umumiy ish rejasi.

b) Jismoniy tarbiya bo‘yicha har bir sinf uchun o‘quv ishlarini rejalashtirish.

Bir yilga tuziladigan jismoniy tarbiya bo‘yicha umumiy ish rejasi ishlab chiqiladi va maktab pedogogik kengashda muhokama qilinadi hamda tasdiqlanadi.

Umumiy yillik ish rejasi - o‘z ichiga o‘quv ishlari, maktab kun tartibidagi jismoniy - sog‘lomlashtirish tadbirlari, sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya, uchrashuvlar va sport bayramlarini o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sportni targ‘ibot qilish, tibbiy nazorat va moddiy taminlashlarni qamrab oladi.

Umumiy ish rejasi - Jismoniy tarbiya va sport masalalari umuman ko‘rsatiladi: sport to‘garaklari, mashg‘ulot o‘tish joyi, jadval, sport kiyimi, shug‘ullanuvchilar ro‘yhati va h,k. Lekin har bir sinf uchun tuziladigan o‘quv ish reja juda keng va to‘la bayon etiladi. O‘quv yili boshlanishidan oldin o‘qituvchi o‘quv ish rejasini tuzadi. O‘quv reja tuzish uchun nimani bilishingiz kerak?

Eng avvalo nechta dars o‘tiladi, har bir dastur bo‘limlariga qancha vaqt ajratilgan. Bulardan tashqari har chorakda nechta dars o‘tilishi va qaysi dastur bo‘limlari o‘tilishini bilish shart. O‘quv ishni rejalashtirishda iqlim sharoit, moddiy baza va maktab sharoitini hisobga olinadi. Bu o‘quv ishlarini rejalashtirishda eng muhimi sinflar aro uzviyligi va mosliligi yo‘qolmasligi zarur.


Bilet – 13



1. Jismoniy mashqlarni vujudga kelishi

Ko`p yillik jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy mashqlar, tabiatnining sog`lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillardan jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi.

Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo`lib, u tarixan gimnastika, o`yinlar, sport va turizm tarzida guruhlarga ajratilib, tarbiya jarayonining vositasi sifatida foydalanib kelindi.

Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, o`yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, usuliyati to`plandi va to`ldirildi.

Tarixan jismoniy mashqlar o’yinlar tarzidagi, gimnas-tika ko’rinishidagi, sport va turizm mashqlariga turkumlangan edi.

O’yinlar, gimnastika, sport, turizm jismoniy tarbiya tizimining asosiy omillari sifatida tan olinib kelingan va hozirgi kunda ham mashqlar klassifikatsiyasi tarkibida o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Ko’pchilik olimlarning fikriga qarama-qarshi ularoq, har doim o’zgarishda. Tarixiy qabo’l qilingan jismoniy mashqlar turkumi davr o’tishi bilan o’z o’rnini o’zidan progressiv bo’lganlarga bo’shatib bermoqda yoki o’sha mashqlar rivojlanmoqda, takomillashtirilmoqda. Jismoniy tarbiya jarayonida ularning asosiy omilligi tarbiya tizimlarida ilmiy asoslangan. Demak, o’yin, gimnastika, sport, turizm tarkibiga kirgan jismoniy mashqlar turkumi deyish bizda ayrim hollarda noto’gri fikr tugdirishi mumkin. CHunki, sport turkumiga kirgan yugurish, yurish, sakrashlar jismoniy mashq sifatida o’yinlarda, gimnastika tarkibida, turizm mashq-lari tarzida ham uchrashi mumkin. Mashqlar bir-biri bilan o’zaro uzviy bogliq holda foydalaniladi.

O’yin atamasi xilma-xil faoliyatni ifodalaydi. Tabiat o’yini, kuch o’yini va boshqalar. Madaniyat sohasi bo’yicha esa, aktyor o’yini, olimpiada o’yinlari yoki sport o’yini, bo’larning hammasi xilma-xil ma’no beradi. O’yin tarixiy to’plangan ijtimoiy hodisa sifatida faoliyatning ayrim turi hisoblanadi. O’zining hayotiy ahamiyati orqaligina jamiyatda o’ziga qiziqish uygotadi va ayrim odamlarni o’ziga tortadi.

O’yin faoliyatida odam o’zini o’rab olgan muhit bilan o’zgacha aloqada, bir maqsadga yo’naltirilgan faoliyatda bo’ladi va ham jismoniy ham aqliy qobiliyatini mashq (trenirovka) qildiradi. Mehnatdan farqli o’laroq, o’yin paytida moddiy ne’mat yaratilmaydi. O’z hayoti uchun tabiat in’omlaridan bevosita foydalanmaydi. O’yin sharoitida xilma-xil harkatni tanlash imkoniyati bor. Bu esa o’ynovchining o’z his-hayajonini, ijodiy qobiliyatini, faolligini hamda tashabbusini ishga solishga majbur qiladi.

Hozirgi kunda o’yinchilar soniga qarab yakkama-yakka jamoa bo’lib, ko’pchilik (omma bilan) o’ynaydigan o’yinlar mavjud. Bu esa pedagogika va hayotda harakatli o’yinlar va sport o’yinlari sifatida tarbiyaviy vosita bo’lib xizmat qilib kelmoqda.



Harkatli o’yinlar jismoniy tarbiya vositasi sifatida jamoali, jamoaga uyushmay, o’zining ma’lum sport maydoniga, standart qoidasiga ega bo’lmagan, qiyin jismoniy mashqlarning ayrim elementlarini o’z ichiga olgan harakatlar tarzida ular asta-sekinlik bilan qiyinlashtirilib bir shaklga kirgizilib, sport o’yinlariga aylandi. Demak, sport o’yini ham harakatli o’yindir.

Sport o’yinlari jismoniy tarbiya vositasi sifatida o’zining kat’iy o’yin qoidalari va talablariga, sport maydoni jihozlariga ega. O’yin paytida vazifalarni bir individ hal qilmay, jamoa hal qiladi. Bu o’yinlar bo’yicha muntazam musobaqalar uyushtiriladi. O’yinchilarga daraja (razryad) va unvonlar beriladi. Sport o’yinlari muntazam o’sishda va rivojlanishda (texnikasi va taktikasini rivojlanishi uning samaradorligini kuchaytiradi). Jamoa bo’lib o’ynaydigan harakatli o’yinlar uch turga bo’linadi: a) o’yinchilarni jamoa-larga ajratmay o’ynaydigan o’yinlar; b) jamoali o’yinga aylanib ketadigan o’yinlar; v) jamoalarga bo’lib o’ynaladigan o’yinlar (barcha sport o’yinlari kiradi):

Keyinchalik esa o’yin o’yinchilarning o’zaro faoliyati shakliga ko’ra (komandali o’ynaladigan o’yinlar) quyidagilarga bo’linadi:

a) o’yin paytida raqib komanda o’yinchilari tanasi, uning qismlari bir-biriga tegmay o’ynaladigan o’yinlar - voleybol, gorodki, badminton, stol tennisi, shaxmat-shashka va h.k.

b) raqib o’yinchilari bir-biriga tegishi bilan o’ynala-digan o’yinlar: futbol, basketbol, regbi, xokkey, maysa ustidagi rus laptasi va boshqalar.



2. Chaqqonlikni tarbiyalash metodikasi

Chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlar maktab darsi va mashg`ulotlarning asosiy qismi boshlanishida va tayyorlov qismida bajariladi. Charchagan holatda chaqqonlikning rivojlanishi kam samarali bo`ladi.

Mushaklarning tabaqalashtirilgan holda kuchlanishini takomillashtirish uchun quyidagi mashqlarni tavsiya qilish mumkin:

1. Joyidan uzunlikka sakrash, joyidan ko`p marta sakrash, berilgan masofaga 10 hatlab sakrash.

2. Ko`rsatilgan balandlikka sakrab o`tish.

3. Tennis, basketbol va voleybol koptoklarini ko`rsatilgan masofadagi nishonga tekkizish.

Fazoda tabaqalashtirish qobiliyatini mukammallashtirish uchun:

1.Harakatlar ko`lamini yaxshilash uchun ko`zlarni yumgan holda berilgan burchakkacha (30,45,60,90,120 gradus) predmetlarsiz va predmetlar bilan qo`llar (oyoqlar)ni ko`tarish.

2. Muayyan miqdordagi qadamlarni qayta bosish, muayyan masofani (10, 20, 50, 60, 100 m) aylanishlar.

Vaqtga harakatlarni tabaqalashtirish uchun mashqlar:

1. Har xil harakatlarni (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, umumrivojlanuvchi mashqlar) qat’iy belgilangan vaqtda bajarish.

2. Berilgan vaqtda erkin mashqlar kombinasiyasini bajarish.

3. Kuch, tezlik, aniqlik mashqlarini ko`p marta takrorlash.

Barcha mashqlar har xil dastlabki holatlardan, har xil yo`nalishlar va tekisliklarda, har xil holatlarda bajariladi.

Muvozanat vazifalarini mukammallashtirish uchun quyidagi mashqlar tavsiya qilinadi:

1. Har xil balandlikda cheklangan maydonda muvozanatni yo`qotgunga qadar qo`llar va oyoqlar erkinligining har xil holatlari bilan, yumuq va ochiq ko`zlar bilan bir oyoqda turish.

2. Gimnastika hodasida, narvonda predmesiz va predmetlar bilan turli-tuman mashqlar.

3. Ikkala yoki bir oyoqda o`yinlar, estafetalar, to`siqlar chizig`ining unsurlari bilan muvozanatni saqlab turish;

4. Turgan joyda ko`p marta aylangandan keyin yumuq ko`zlar bilan har xil uzunlikdagi kesmalardan (yurib) o`tish.

Chaqqonlikni rivojlantirishda zaiflashtirish qobiliyatini takomillashtirish zarur.

Qarama-qarshilik mashqlari katta samara beradi: mushak guruhlarini maksimal taranglashtirish - maksimal bo`shashtirish. Masalan:

1. D.h. qo`llar yonga uzatilgan, yelka kamari va qo`l mushaklarini maksimal taranglashtirib, panjalar musht qilib siqilgan. yelka kamari va qo`l mushaklarini bo`shashtirish va qo`llarni tushirish.

2. D.h. eshakda turib, oyoqlar va tos sohasi mushaklarini maksimal taran glashtirib, o`ng (chap) oyoqni ko`tarish. Oyoqlarni oldinga – orqaga silkitib mushaklarni bo`shashtirish. Shu tamoyil bo`yicha predmetlar bilan va predmetlarsiz boshqa mashqni tanlash mumkin.

Chaqqonlikni tarbiyalash, birinchidan, koordinasion jihatdan murakkab harakatlarni o`zlashtirib olish qobiliyatini tarbiyalashdan va, ikkinchidan, harakat faoliyatini to`satdan o`zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta qurish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir.

Chaqqonlikni oshirishga qaratilgan yuklamaning o`zgarishi shug`ullanuvchilar yenga oladigan koordinasion qiyinchiliklarni orttira borish yo`li bilan sodir etiladi. Bu qiyinchiliklar asosan quyidagi talablardan tashkil topadi: 1) harakatlarning aniq bo`lishi; 2) ularning o`zaro muvofiqligi; 3) sharoitning to`satdan o`zgarishi.

3. Jismoniy tarbiya pedagogik tahlil, xranametraj, pulsametriya o`tkazish usuliyati

Har bir o‘qituvchi o‘zi o‘tayotgan darsini va boshqa o‘qituvchilar darsini tahlil qila olishi kerak, chunki tuv darslnrni to‘g‘ri tahlil qila bilish, nafakat dar darslar ilmiy-tadqiqot metodlarini egallash metodlarini hamda pedagogik fikrlashning rivojlanishiga ko‘maklashadi.

Darsni tahlil qilishdan - maqsad o‘qituvchining ishi, tajribalari bilan tanishish, maktabda jismoniy tarbiya holati va uni o‘tkazish metodikasi bilan tanishish, o‘quvchilar bilimini aniqlash, o‘quvchilar bilan o‘qituvchilar orasidagi munosabatni o‘rganish, o‘qituvchining tajribasini o‘pranish va targ‘ibot qilish va hokazo.

Bulardan tashqari darsni o‘tkazish metodikasi, sinf jamoa ishlari, o‘quvchilarning tartib intizomi, o‘quvchilarning jismoniy mashqlarni bajarilishini baholanishiga bo‘lgan munosabati, darsni maxsus psixologik va boshqa ko‘rsatkichlarni tahlil qilish.

Pedagogik kuzatishlar, darslarni tahlil qilish va xulosa chiqarish nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib hisoblandi shyning uchun, hartomonlama o‘rganib chiqish va darsni tahlil qilishda ishlab chiqilgan tuzilmadan foydalaniladi. U darsni tahlil qilishda ketma – ketligini yo‘qolmasligiga imkoniyat yaratadi.

Darsni tahlil qilishda qo‘yidagi savollarga javob bepish kerak: dars bayoni mavjudligi, darsga o‘qituvchining va o‘quvchining tayyorgarligi, dars bayonining mazmunini baholashni, darsni o‘tkazishni har bir qismlarida o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan bo‘lgan munosabatini, dars turi va tuzilishi, dars natijalarini aniqlash hamda o‘quvchilarga tavsiyalar kiritish.

O‘qituvchining darsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi ko‘pincha uning sifatini oshirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun o‘qituvchilarning dars o‘tkazish tahlili bilan tuzgan dars bayonini ham baholash lozim.

Dars bayonini tahlil qilish va uni baholashda qo‘yidagilarga e’tibor berish lozim:

- dars vazifalarini qo‘yilishi, ularning konkretligi;

- jismoniy mashqlarni taqsimlashda ularning ketma - ketligi, darsni o‘tkazish sharoitiga, dars vazifalariga mashqlarni munosibligi;

- o‘quvchilarning tayyorgarligiga, mazmuniga to‘g‘ri tanlangan o‘rgatish va tarbiyalash metodlarini munosibligi;

- darsda o‘quv vaqtini taqsimlanishini muvoffiqligi. Darsni tahlil qilishdan oldin sinf to‘g‘risidagi pedagogik tavsifnoma bilan tanishish lozim; o‘quvchilarning intizomi va o‘zlashtirishi, salomatligi va jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi va uni yoshi bilan tanishib chiqish kerak. So‘ng umumiy ma’lumotlar belgilanadi - yoziladi o‘qituvchining familiyasi, ismi, maktabda ish tajribasi, maxsus ta’minot; maktab, o‘tkazish joyi va kuni; sinf; ro‘yxat bo‘yicha o‘quvchilar soni va darsda qatnashuvchilar (shu jumladan qiz va o‘g‘il bolalar); chorak boshlanishidan oldin jadval bo‘yicha dars soni (№); dars jarayonida mo‘ljallangan sport anjomlari va ishootlar; sanitariya-gigiena talablariga rioya qilinishi va hokazo.

O‘qituvchini darsga tayyorgarlik ko‘rishi to‘g‘risida uning tashqi ko‘rinishi, sport kiyimlari, sport xonasi yoki maydonda o‘tkazish joy sharoiti, sport anjomlari va mayda inshootlar bilan ta’minlanganliti, sanitarii - gigiena talablariga rioya qilishi: o‘qituvchi yordamchilarning faolligi va ularga instruktaj berish.

O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi; sport kiyimlarini kiyish va o‘z vaqtida mashg‘ulot o‘tish joyida bo‘lishi. Albatta, dars mazmuni va o‘yin o‘tkazish jarayonida o‘qituvchining faoliyati va o‘quvchilarning faoliyati, ularning munosabati, o‘quvchilarning qiziqishi, faolligi va mashqlarni bajarish sifati to‘g‘risida ma’lumot berish.

Yuqorida qayd etilganidek ishlab chiqilgan tuzilma asosida darsni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.

Dars jarayonida xronometraj o‘tkazish.

Xarbiy talaba pedagogik amaliyot vaqtida jismoniy tarbiya darsi jarayonida xronometraj o‘tkazishni bilishi shart. Dars jarayonida xronometrajlarni o‘tkazish talabaga o‘quv vaqtidan dars jarayonida unumli (ratsional) foydalanishga imkoniyat yaratadi. Bu pedagogik mahoratni takomillashtirishga ko‘maklashadi, dastur materiallarini o‘quvchilar tomonidan chuqur o‘zlashtirishni ta’minlaydi, pedagogik jarayon sifatini yaxshilaydi va ko‘taradi.

Jismoniy tarbiya darsi jarayonida o‘qituvchining va o‘quvchining faoliyatini qo‘yidagi turlari bo‘yicha o‘tkaziladi:

1. Mashqlarni o‘quvchilar tomonidan bajarilishi.

2. O‘qituvchining tushuntirish so‘zlarini eshitish, mashqlar bajarilishini ko‘rsatishini kuzatish.

3. Dam olish, o‘z navbatini ko‘tish.

4. Mag‘ulot o‘tish uchun joy tayyorlash, sport anjomlari va inshootlarni yig‘ishtirib olish.

5. O‘qituvchining xatosi bilan ketgan vaqt.

Jismoniy tarbiya davrida pulsometriya o‘tkazish. Dars jarayonida pulsometriya o‘tkazish o‘qituvchiga jismoniy yuklanishi o‘quvchilar yoshiga va ularning xususiyatlariga mashg‘ulotni o‘tkazish sharoitiga va mazmuniga munosibligini aniqlashda yordam beradi. Undan tashqari jismoniy yuklanishini boshqarib borishga ham yordam beradi. Undan tashqari jismoniy yuklanishini boshqarib borishga ham yordam qiladi.

Pulsametriya o‘tkazish metodikasi. Pulsometriya o‘tkazishda kuzatish va ma’lumot yig‘ish faqat bir o‘quvchi orqali olib boriladi. Buning uchun eng faol o‘quvchilarni tanlash kerak. Puls ko‘rsatkichlari dars boshlanishdan oldin tinch holatda bo‘lishi kerak. SHu boisda birinchi ma’lumot olish boshqa fan darslaridan chiqishida olish kerak, ya’ni darsga kirishdan 5 daqika ilgari. Puls ma’lumotlarini olib natijalarni hisobot bayoniga yoziladi. Puls o‘rish soni 10 soniya davomida olinadi. Har bir keyingi malumotni olish mashq bajarish tamom bo‘lishi bilan doimiydek umumiy qabul qilingan usulda o‘tkaziladi. Qo‘yidagi namuna sifatida jismoniy tarbiya darsining puls ma’lumot hisobotining bayoni ko‘rsatilgan.

Jismoniy tarbiya darsini puls ma’lumot hisobotining bayoni.

Darsni o‘tkazdi______________ Sana ____________

Sinf 2-a O‘tkazish joyi sport xona

Maktab ______________ Jadval bo‘yicha tartib raqami 3

Po‘yxat buyicha o‘quvchilar

soni 33, chorak 3,

Darsda qatnashdi o‘g‘il_____ chorak boshlanishida dars soni

qiz _____ Darsning boshlanish vaqti 9,30

Guruhlarning soni o‘g‘il_____ Talabaning ismi, familiyasi

Qiz_____ __________________________

Kuzatilayotgan o‘quvchining ismi, familiyasi __________________

Dars turi: aralash. Dars vazifalari:

1. Arqonda qo‘llarda osilgan holda tebranishga o‘rgatish

2. 5 metr oraliqdan kichik koptokni nishonga irg‘itish malakalarini takomillashtirish.

Bilet – 3

1. Sport mashg`ulotlarini vositalarining har biriga ta’rif bering

Jismoniy madaniyat vositalarini turkumlarga ajratish;

Jismoniy mashqlarni klassifikatsiya qilish uni turkumlash, xillash demakdir. Jismoniy tarbiya tizimlarining tarixiy tahlili shuni ko’rsatadiki, jamiyatning rivojlanish bosqichlarida jismoniy mashqlar tanlash va turkumlashda o’sha jamiyat uchun progressiv va tarbiya vazifasini bajarishga mos keladiganlarigagina e’tibor berilgan.

Tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tarbiyaning maqsad va vazifasi o’zgarib turgan, demak, jismoniy tarbiya tizimi ham o’zgargan, bu esa uning omillarining ham o’zgarishiga sabab bo’ldi.

Avstriya pedagoglari klassifikatsiyasi ham keng kamrovli emas edi.

Jismoniy mashqlarning original klassifikatsiyasini rus anatomi, vrachi, pedagogi P.F.Lesgaft ishlab chiqib, maktab yoshidagilarda jismoniy tarbiyani amalga oshirish uchun mo’ljal-ladi va quyidagicha asosiy guruhlarga bo’ldi: 1. Sodda mashqlar. 2. Murakkab mashqlar yoki yo’qlamaning ortishi bilan bajari-ladigan mashqlar. 3. Fazodagi holatiga yoki musqo’l ishining bajarilish vaqtiga ko’ra bajariladigan mashqlar. 4. Texnik jihatdan qiyin, tizimli ravishda bajariladigan mashqlar. Mashqlarning turkumlanishi ko’rsatib turibdiki, P.F. Lesgaft klassifikatsiyasi didaktik printsiplarga yo’naltirilgan. Lekin bu ham jismoniy tarbiya tarixiy omillarini to’laqonli o’z tarkibiga sigdira olmagan. Hozirgacha to’liq ilmiy asoslangan jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi mavjud emas. Sobiq sovet jismoniy tarbiya tizimi ham bu vazifani uddalamadi.



Jismoniy tarbiya vositasi sifatida turizm quyidagi asosiy xususityalarga ega:

1. Hayotiy-amaliyligi xususiyati. Mustaqil faoliyat, tashabbuskorlikni tarbiyalaydi. Rahbarlik, boshqarish, mo’ljal olish, yo’lni tanlash va uni to’gri topish, haritani o’qiy olishdek qator malakalarni shakllantiradi va rivojlantiradi.

2. Turizm jismoniy sifatlar va harakatlar malakasini baravariga tarbiyalaydi, chunki unda ajratib olingan mutaxas-sislikka kerak bo’lgan hislatlar rivojlanmaydi.

3. Safarga tayyorlanish va safar davomida barcha faoliyat, hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan yurish, yugurish, to’siqlardan oshish va boshqa hayotiy-amaliy mashqlardan foydalaniladi.

4. Turizm shugullanuvchiga ma’lum darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lish talabini qo’ymaydi. Shunisi bilan u sportga o’xshaydi.

5. Turizm paytida jismoniy mashqlar organizmga iqlim sharoiti (sovuq, issiq, shamol kabi) va marshrutining relpe-figa qarab ta’sir ko’rsatadi va uning ta’siri turlicha bo’lishi mumkin.

6. Turizmda kuch sinashish, musobaqalashish asosiy o’rinni egallaydi.

7. Turistik sayohatlar katnashchilari o’zlarining ichlari-dan rahbarni saylab oladilar. Rahbar 16 yoshdan yuqori, tajribaga ega bo’lgan kishi bo’lishi shart. Turizmda rahbarning o’zi ham qatnashchilari bilan ishtirok etadi. U ma’lum qo’shimcha vazifalarni bajaradi: turistik sayohat marshrutini, qatnash-chilar tarkibini, ular shaxsini o’rganadi, jihozlarni ko’rib chiqadi va amaliy masalarni hal qiladi.

Sayohat katnashchilari yosh sayyohlar bo’lsa, ularga 19 yoshdan kichik bo’lmagan mutaxasis yo’riqchi etib tayinlanadi.

8. Turizm mashgulotlarining asosiy formasi poxoddir. Poxodda turizm paytida bilish kerak bo’lgan barcha forma va usuliyatlardan foydalaniladi, bu bilan hayotiy zaruriy harakat malakalari shakllantiriladi.



3. Kuch qobiliyatlarini rivojlantirishda qanday vositalar qo’llaniladi

Inson kuchi deganda tashqi qarshiliklarni mushak kuchi orqali yengish qobiliyati tushuniladi. Qarshiliklarni yenguvchi ishlarda harakatlarga qarshi yo`naltirilgan kuchlar, yon beruvchi ishlarda esa harakat yo`nalishi bo`yicha ta’sir etuvchi kuchlar qarshilik kuchi hisoblanadi. Maktablardagi o`quvchilar uchun jismoniy tarbiya dasturida birinchi sinflardan boshlab bolalarning kuch tayyorgarligi ko`zda tutilgan.

Har bir kishi harakatlarni bajarishda muayyan imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror og`irlikdagi shtangani ko`tara oladi, qandaydir bir vaqt oralig`ida 1000 m masofani yugurib o`ta oladi. Bu imkoniyatlar bir qator sifat va miqdor xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan amalga oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar qo`yadi, turli xil jismoniy sifatlar namoyon etilishini talab qiladi. Kishi harakat qilish imkoniyatlarining ba’zi-bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan. Odatda, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikka asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. Kishidagi jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi organlarining funksional (fiziologik) imkoniyatlari bilan emas, balki psixik omillar, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu holda irodaviy fazilatlar kishining o`z funksional imkoniyatlaridan qanchalik foydalana olishini belgilaydi.

Kundalik nutqimizda “kuch” so`ziga turli xil ma’no beradilar. Ilmiy tushuncha sifatida u iloji boricha aniq belgilangan bo`lishi kerak. Buning uchun kuchning quyidagi ma’nolarini bir-biridan farqlash lozim:



  1. Harakatning mexanik xususiyati sifatidagi kuch (“T massali jismga F kuch ta’sir etadi ...);

  2. Kishining xususiyati, fazilati sifatidagi kuch (masalan, quyidagi matnda ifodalangan ma’nodagi kuch: “yosh o`sishi bilan kuch ham ortib boradi; sport bilan shug`ullanmaydiganlarga nisbatan sportchilar kuchliroq bo`ladilar”).

Birinchi ma’nodagi kuch harakatning boshqa xususiyatlari bilan bir qatorda mexanikaning o`rganish ob’ekti bo`lib xizmat qiladi. Ikkinchi ma’nosidagisi esa jismoniy tarbiya nazariyasi, fiziologiya va antropologiyada tadqiqot mavzui bo`la oladi. Harakatlantiruvchi sifat tariqasidagi kuchni ko`rsatish uchun kuch imkoniyatlari, kuch qobiliyati, mushak kuchi atamalari ishlatiladi.

Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin:

1. O`z uzunliklarini o`zgartirmay (statik, izometrik tartib).

2. O`z uzunliklarini kamaytirib (qarshiliklarni yenguvchi, miometrik tartib).

3. Uzayib (yon beruvchi, pliometrik tartib).

Masalan, oyoqlar to`g`ri ko`tarilgan vaqtdan to to`g`ri burchak hosil bo`lgunicha mushaklar faoliyatining uchala tartibi uchrashadi. Oyoqlar ko`tarilganda – mushak ishi uzunligining kamayishi, oyoqlarni 90 gradus burchak ostida ushlab turishda – statik ish; dastlabki holatga qaytib oyoqlarni tushirishda – mushaklarning uzayishi.

Qarshiliklarni yenguvchi va ularga yon beruvchi tartiblarning birlashuvi “dinamik tartib” deyiladi.

O`quvchilar jismoniy tarbiyasida umumiy va maxsus kuch tayyorgarligi amalga oshiriladi.

Umumiy kuch tayyorgarligi insonning mehnat faoliyatiga tayyorligi va jismoniy rivojlanishi uchun ahamiyatga ega bo`lgan barcha asosiy mushak guruhlarining uyg`un rivojlanishiga qaratilgan.

Maxsus kuch tayyorgarligining maqsadi faoliyatning tanlangan turiga tatbiqan musobaqalashuvchi harakat texnikasi bilan muvofiq mushak guruhlari kuchining qo`shilib yuzaga chiqishi – jismoniy sifatlarning rivojlanishidir.



Kuch namoyon bo`lishi sharoitlariga kuchning bog`liq ekanligi. Harakat kuchi (ya’ni harakatning bosimi yoki tortishishi) ko`p jihatdan qarshilik ko`rsatish kuchlarining tabiati bilan belgilanadi.

Kuch va ko`chirilayotgan massa aloqadorligi. Agar odam massasi har xil bo`lgan jismlarni mushaklarga iloji boricha (chegara darajasida) zo`r berib, bir joydan ikkinchi joyga ko`chirayotganda bir qator harakatlarni bajarsa, namoyon bo`lgan kuchning miqdori ham har xil bo`ladi. Dastlab ko`chirilayotgan jismning massasi ortib borishi bilan kuch ham oshib boradi, biroq keyin massa orsa ham, kuch oshmaydi. Kuch-massa bog`liqligi jismoniy tarbiya amaliyotida juda ko`p xil ko`rinishda bo`ladi. Masalan, sportchining yadro itqitish uchun sarflaydigan kuchi uning shtanga ko`tarishda sarflaydigan kuchidan kam bo`ladi. Biroq jismning massasi juda katta bo`lsa, kishi unga sarflaydigan kuchning miqdori ko`chirilayotgan massaga bog`liq bo`lmaydi hamda kishining kuch imkoniyatlari bilangina belgilanadi.

3. Musobaqa usuli qanday amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiyani o`qitish metodlari

Musobaqa usuliyati musobaqalashish, kuch sinashishning harakterli belgilarini, o’zida aks ettirgan jismoniy mashqlar bilan shuullanishning o’quvchilarga stimul beruvchi alohida shakllaridan biridir. Shuning uchun har qanday jismoniy mashqni musobaqa predmeti qilib, mashulotlarda keng foydalanish mumkin. Masalan: jismoniy tarbiya darsini boshlanishidagi o’quvchilarni saflanishidan tortib to o’quvchilar zaldan chiqib ketgunlaricha, musobaqa usuliyatini qo’llash va undan foydalanish jismoniy tarbiya ta’limi amaliyotida ko’p uchraydi.
Musobaqa metodining harakterli belgilari:

1. U yoki bu harakat faoliyatida faoliyatni vazifaga bo’ysundirish oldindan belgilanganligi, o’rnatilgan qoidalar bilan muvofiqligi. Bunday vazifalar o’quvchilar ijodiy faol-ligini stimullovchi faktorlardan bo’lib, ularning tayyorgarligini baholash va taqqoslashning o’lchovidir. 2. Yuqori sport natijasi uchun jismoniy va psixologik quvvatni maksimal namoyon qilish. Musobaqalashish usuliyati orqali organizmning funktsional imkoniyatlarini to’la ochish uchun sharoitni yarati-lishi. 3. O’quvchilarning uchun belgilangan yuklamalarini bosh-qarish imkoniyatlarining chegralanganligi. Bu usuliyat o’quvchi-lardan harakat faoliyatini bajarish davomida vujudga kelgan vazifalarni bajarishda, hal qilishda, o’ziga xos mustaqillikni talab qiladi.

Shuningdek, musobaqa usuliyati harakat faoliyatini takomillashtirishda nisbatan samaralirokdir, lekin ular bir-lamchi o’zlashtirishda kutilgan samarani bermasligi mumkin. Musobaqa usuliyati harakat sifatlarini deyarli yuqori darajada rivojlanganligini talab qiladi, ayniqsa ularni kompleksli namoyon qilishda bu usuliyatiga ehtiyoj o’ta yuqoridir. Musobaqa usuliyati pedagogika nuqtai nazaridan o’quvchilar alabasi va malubiyatiga turun psixologik tayyorgarlikni tarbiyalashga yo’naltirilishi, shundagina ta’lim jarayonida u o’zini oqlaydi, boshqa tomondan esa turli sharoitda har tomonlama jismonan tayyorgarligini to’la namoyish qilish imkonini beradi hamda uni darajasini oshirish vositasi bo’lib xizmat qilishi mumkin(7,9).

O’qitish metodlari ma’lum darajada bo’lsada jismoniy mashqlarni turlariga bog’liqdir, ayrim xollarda faqat so’z bilan ifodalash metodining o’zi kifoya qilsa, nisbatan qiyin vazifalarda esa ko’rsatish metodini ham qo’llab yuborishga to’gri keladi. O’ynaladigan, gimnastika, sport va turizm tarzidagi mashqlarni o’qitish o’zining hususiy metodlariga ega emas. Metodlar jismoniy mashqlarning barcha turlari uchun bir xildir. Shu bilan birga bu turlarning har qaysisi qandaydir darajada bo’lsada, bir xil metodik usullardan foydalanishga yo’nalgan bo’lib boshqalaridan nisbatan ozroq foydalaniladi. Bunday qaramlilik qanchalar kam bo’lsa o’qitish natijasi shuncha yaxshi bo’ladi.

Bilet – 9

1. Jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi umumiy funksiyalari

Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti umumiy printsiplari va jismoniy tarbiya nazariyasi usuliyatining printsiplari deb ataladigan printsiplarga tayanadi: Bo’lardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko’rinishlari va xususiyatlarini ifodalovchi (masalan, sport, trenirovkasi, kosmonavtlar, o’t o’chiruvchilar trenirovkasi va hokazo) printsiplari ham mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bogliq bo’lib, printsiplarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy printsiplari bilan tanishib chiqaylik. Ular: a) jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bogliqligi; b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish; v) jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yo’naltirish printsipi deb guruhlanadi.

Jismoniy tarbiya jarayonida nazariy printsiplar, bir tomondan, nizom vazifasini o’tasa, ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya jarayonida o’qituvchini nazariy va metodik jihatdan ma’lum ramka (qolip)ga, yo’nalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda printsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etishi mumkin.

Ayrim holatlarda: printsipga jismoniy tarbiyadagi ma’lum bilimlarning bir qismi, yoki faoliyatga yo’riqchi (ko’rsatma beruvchi), yoki turli xil alohida vazifani bajarish uchun umumiy asos deb qaraymiz.

Jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yo’naltirilgan-ligi printsipi shugullanuvchilarning jismoniy mashqlar bilan mashgul bo’lishida ularni sogligiga javob berish ma’suliyatini o’rtaga tashlaydi. Jismoniy madaniyat tashkilotchilari, trener-lar, davlat, xalq oldida shugullanuvchilarning sogligiga javob beribgina qolmay, uni mustahkamlashga va takomillashtirishga ham javob beradilar.

Jismoniy mashqlar bilan vrach va pedagog nazorati ostida shugullanilsagina, u ijobiy effekt beradi. Noto’gri foydala-nish esa shugullanuvchi sogligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun biologik xususiyatlari - yoshi, jinsi, sogligini hisobga olish, sistemali vrach va pedagog nazorati tarbiya jarayonida yetakchi omildir.

Amalda rejasiz ishlash o’ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Tanlangan uslubiyatlar, mashqlarning me’yori, bajarish intensivligi, yo’qlamaning umumiy miqdorini tanlashdagi pedagogning arzimas xatosi shugullanuvchi uchun o’ta qimmatga tushishi mumkin.

Shunday hollarga duch kelish mumkinki, sport natija-larini vaqtinchalik o’sishi, jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkich-larining ortishi, organizmda vaqtinchalik sportchi uchun sezilmaydigan patologik o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Kelib chiqadigan yomon oqibatlar jismoniy madaniyat va sportning obro’siga salbiy ta’sir etadi.

Shu sababli vrach nazorati dalillarini e’tirof etish bilangina cheklanmay, asosiy e’tibor ularning tahliliga qaratilishi lozim. Nazoratni tizimli emasligi salbiy oqibatlarga olib kelishi muqarrardir.

Ma’lumki, mavjud jamiyatda yashaydigan har bir shaxs har tomonlama rivojlangan bo’lishi lozim, chunki, kishilar ruhiy, ma’naviy va jismoniy sifatlarni o’zida mujassamlashtirgan holda tugilmaydilar.

Bu sifatlarni kamol topishi, o’sha ijtimoiy sharoitga va mavjud tarbiya tizimiga bogliq. Jismoniy tarbiya esa tarbiyaning boshqa tomonlari ichida muhimlaridan biridir.

Ijtimoiy muhit har tomonlama garmonik rivojlanishni, har doim va har yerda inson organlari va sistemalarining biologik rivojlanishining ichki talabi tarzida qo’yadi.

Shuning uchun ham inson tarbiyasida qo’llaniladigan tarbiyaning har qanday shakllari jismoniy tarbiya jarayoni bilan ilojsiz boglangandir. Busiz har tomonlama garmonik tarbiya amalga oshmaydi. Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya turlari bilan bogliqligini dialektik materialistik falsafa va tabiiy-ilmiy fanlarning ochiq munozarasi, fandagi o’sha eski bahs hozir ham davom ettirishga urinuvchilar mavjud, ular odam tanasining tashqi ko’rinishi va uning funktsiyasiga tashqi ta’sir bilan o’zgartirish kiritish mumkin emas deb tarbiyaning rolini hozir ham inkor etadilar.

Bu printsip kishilarni harakat faoliyatiga yoki mehnatga tayyorlashda jismoniy tarbiya jarayoning asosiy sotsial qonuniyatini va uning xizmat funktsiyasini ifodalaydi. Barcha tizimlarda bu qonuniyat o’zining maxsus ifodasini topadi. Ayrim olimlar guruhi fizqo’lptura va sportning xizmat funktsiyasiga hozirgi davr turmushidagi, hayotidagi zichlikni, taranglikni yumshatishdan iborat deb qaraydilar. Ular hozirgi zamon ishlab chiqarishi mexanikasi, avtomatikasi, industriyasi vujudga keltirgan psixik va jismoniy muvozanatni saqlash uchun sportni asosiy vosita qilib olmoqchilar.



2. Jismoniy madaniyat tizimining vujudga kelishi uning tarkib topishi

Qazilmalar natijasida topilgan har xil uy-ro’zgor buyumlari, turli yodgorliklar, qoyalardagi rasmlar va tasvirlar, avloddan avlodga o’tgan doston va afsonalar qadimgi avlodlarning madaniyati, jumladan jismoniy madaniyati haqida fikr yuritishga olib keladi.

«Qadimgi qabilalarning hayoti hozirgi vaqtgacha saqlanib kelishi bizlar uchun qiziq axborotlarni beradi.

O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida gapirilganda ular o’zlarining ko’p asrlik tarixlari davomida iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining barcha asosiy bosqichlarini bosib o’tganlar.

O’zbekiston hududidagi madaniyat o’choqlari juda qadimiy davrlarga borib taqalib Samarqan, Buxoro, Toshkent, Termiz kabi qadimiy madaniy o’choqlarga ega. Eng qadim davrda bu erda yashagan aholining asosiy mashg’uloti ko’pchilik bo’lib ov qilishdan iborat bo’lgan.

Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish tarixi shuni ko’rsatadiki, jamoada ovchilik bilan shug’ullanish uchun insondan chaqqonlikni, egiluvchan va jismonan sog’lom, tez harakat qilishni talab qilish ekanligini bildiradi.

Mehnat qilish va turli xil harbiy urushlar insondan o’z-o’zidan jismoniy tayyorgarlikni, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni talab etgan, chin inson ov qilish, mehnat qilish, urushlar uchun maxsus jismoniy mashqlar bilan tayyorgarlik ko’rgan. Shunday qilib, jamiyat hodisasi bo’lib, jismoniy tarbiyaning vujudga kelishi va dastlabki rivojlanishida mehnat faoliyatlari, ya’ni yig’ilishlar va ov qilishlar katta ahamiyatga ega. Bunday mehnat faoliyat jarayonida jismoniy madaniyat va tarbiya alohida o’rin olgan. Bu haqda qadimiy Skarta, Afrosiyobdagi yodgorliklar, arxeologiya qazilmalar ma’lum qiladi.

Bu yodgorliklar o’zlarida jismoniy madaniyatning turli elementlarining izlarini saqlab, ular qadimiy elatlardagi madaniyat va tadbirlar belgilari bilan bog’iqdir.

Qadimiy halqning jismoniy kuchi, mardligi, chaqqonligi, jasurligi, chidamligi haqida o’zbek halqining bir qator asarlari "Farhod va Shirin", "Go’r o’g’li", "Tohir va Zuhra", "Alpomish" va boshqalarida aytib o’tilgan.

Ma’lumki, bizda oldingi avlodlar, ota-buvalarimiz, ilgari davrda ham O’zbekiston xalqi tarixida o’zligini namoyon etib kelgan. Nomi tarix saxifalarida zarxal harflar bilan yozilgan vatanparvar, jismonan baquvvat qahramonlarimiz el yurt shonshuxrati uchun, o’z xalqining yuzini erga qaratmay baxodirlik namunalarini ko’rsatib kelganlar. Paxlavon Maxmud, Maxmud Tarobiy, paxlavon Muxammad, Alpomish, Amir Temurlar el yurtimiz faxri hisoblanadi.

Buyuk Soxibqiron Amir Temur kuchli shaxmatchi va chavandoz, yoyandoz hamda polvon bo’lganligi to’g’risida tarixiy asarlarda yozilgan. O’sha davrda Amir Temur qo’shinida har bir navkar “Mingaskar” degan sport turi bilan shug’ullanganini aytib o’tadi.

Manna shunday vatanparvarlik, jasurlik, qahramonlik va boshqa bahosiz inson fazilatlari avloddan avlodga o’tib biz davrimizga buyurgan.

O’zbekiston fuqarolari jismoniy tarbiya va sportga kata extiyoj bilan qaraydilar va uning rivojlanishiga o’z xissalarini qo’shib kelmoqdalar, ayniqsa O’zbekiston Respublikasining mustaqillik davrida.

Muhtaram Prezidentimizning «Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashxur qila olmaydi» va «Sport odamni mard, matonatli, bardoshli qilib tarbiyalaydi», deb ta’kidlashlari bejis emas. Davrning o’zi kelajagimiz bo’lgan yoshlarni barkamol avlod darajasida tarbiyalash yo’lida sportning qanchalik olamshumul ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib turibdi.

Xalqaro maydonda tarixan qisqa davr ichida obro’ orttirishga ulgurgan Mustaqil O’zbekiston dunyoga nafaqat qadimiy madaniyat, buyuk mutaffakirlar, olimlar shoir va sarkardalar tuxfa etgan yurt, balki xalqaro sport harakatida ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan davlat sifatida ham Dune hamjamiyatida tanildi. Jahon Biron bir qit’a yoki biror bir yirik sport anjumani yo’qki, unda sportchilarimiz sharafiga O’zbekiston madhiyasi yangramagan va bayrog’imiz ko’tarilmagan bo’lsa.

2006 yil 1-chorak mobaynida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari «Homiylar va shifokorlar yili» Davlat dasturi tadbirlarini bajarishga asosiy e’tibor qaratdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan 2006 yil Ommaviy sport tadbirlarining taqvim rejasiga binoan faqat joriy yilning 1-choragida sportchilarimiz 39 xalqaro musobaqalarda ishtirok etdilar, hamda 89 ta respublika musobaqalari va 15 ta o’quv mashg’ulot yig’inlari o’tkazildi.

Mazkur taqvim reja O’zbekiston sportchilarining 2006 yil Doxa shahrida bo’lib o’tadigan Osiyo o’yinlariga, Turino shahrida (Italiya) XX qishki va 2008 yil Pekin shaxrida (Xitoy) XXIX yozgi Olimpiya o’yinlariga munosib qatnashish uchun etakchi sportchilardan saralab O’zbekiston terma jamoasi tashkil topgan bo’lib tayyorgarlik ko’rmoqdalar. Bu eng muxim bosqich hisoblanadi. Doxa shaxrida o’tgan Osiyo o’yinlarida sportchilar qatnashdilar. Shulardan ayollar, shu jumladan o’zbek ayollari. 2006 yilda Doxa shaxrida o’tkazilgan Osiyo o’yinlarida O’zbekiston sportchilari oltin, kumush, bronza medallariga ega bo’ldilar:

Vatanimiz mudofaasi masalasi xam jamiyatimizda yo’lga ko’yilgan jismoniy tarbiya jarayoniga qator talablar ko’yadiki, bu talablarni amalga oshirish natijasida jismoniy tarbiya tizimining ob’ektiv xususiyatlari namoyon bo’ladi. Mamlakatimiz xalqlarining har tomnlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganigi Vatan mudofaasiga tayyorligining ko’rsatkichi bo’lib hizmat qilish lozim.



3. Harakatlarga o`rgatish bosqichlarini tuzilish asoslari

Jismoniy tarbiya jarayonida o`rgatishning asosiy xususiyati - bu o`rgatishning harakat malakalari va maxsus bilimlarni egallashga qaratilganidir. O`rgatish shug`ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi bilan uzviy bog`liq bo`ladi. Ta’lim-tarbiya amaliyotining har qanday sohasida bo`lganidek, jismoniy tarbiya jarayonida ham o`qitish o`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi ijodiy faoliyatlaridan tashkil topadi va bunda, albatta, o`qituvchi yetakchi rol o`ynaydi.

Harakatlarga o`rgatish umumiy o`qitish tamoyillariga asoslanadi, bu tamoyillar jismoniy tarbiya sohasida o`z maxsus ifodasini topadi. Bu maxsuslik harakat ko`nikmalari va malakalarini hosil qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadi.
Harakatlarga o`rgatishning asosiy yo’nalishi va xususiyatlari
O`quvchiga bilim berishda jismoniy tarbiya ta’limi muhim o`rinni egallaydi. Bu jarayonda harakat faoliyatini yoki uning ma’lum bo`lagini bajarishga o`rgatiladi, jarayon mashq qilish-takrorlash orqali amalga oshiriladi va shug`ullanuvchida shu harakat haqida nazariy bilimning shakllanishiga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish-tarbiyalashga olib keladi. Demak, jismoniy tarbiya jarayonida ta’lim maxsus bilimlarni va harakatni bajara olishni o`zlashtirish va uni o`quvchiga, shug`ullanuvchiga uzatishning uyushtirilishini yo`lga qo`yishdan iboratdir.

O`qitish amaliyotida “harakat faoliyati ta’limi”, “harakatga o`rgatish”, “harakat malakasi”, “harakat ko`nikmasi”, “nazariy bilim” kabi atamalardan foydalaniladi hamda yuqorida qayd qilinganidek jismoniy ma’lumot berish maqsadi amalga oshiriladi.

Harakat faoliyatini (yoki jismoniy mashqni) o`rgatish nisbatan qisqa pedagogik vazifadir. Harakat faoliyatini o`rgatish atamasi harakat faoliyati aniq bo`lib, uning nazariy bilimi ham berilganda qo`llaniladi. Harakat faoliyatini o`qitishda harakat malakasi shakllanadi, ko`nikma vujudga keladi, bir vaqtning o`zida muvofiq jismoniy harakat sifatlari: kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, mushaklar egiluvchanligi va bo`g`imlar harakatchanligi rivojlanadi. SHu sababli pedagogik jarayonda e’tibor bir narsaga – ta’limga, ya’ni malakani shakllantirishga yoki harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim.

Harakat faoliyatini o`qitish jarayonida faqatgina bilim berish va tarbiyalash vazifalari birgalikda hal qilinmay, sog`lomlashtirish xususiyatiga ega bo`lgan vazifalar ham amalga oshiriladi. Hech qaysi umumta’lim predmetida bunchalar yaqqol namoyon bo`lmaydigan sog`lomlashtirish vazifasi harakat faoliyatini o`qitishda yorqin namoyon bo`ladi.

Harakat faoliyatini o`qitishda bilim berish vazifalari ham o`zining xususiyatlariga ega. O`quv materiallarini egallash jarayonining yetakchi tarkibiy qismi o`quvchilarning faol harakat faoliyatidir. Ularning o`quv-mehnat faoliyati hammadan avval jismoniy kuch sarflashni talab qiladi. O`quvchining o`quv faoliyatiga oid ayrim qonuniyatlarni bilish insonning ish qobiliyati umumiy qonuniyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Individning ish qobiliyati bir necha omillarga bog`liq: ajdodlaridan meros qobiliyatlar, hayotiy jarayonda to`plangan tajribalar va ma’lum belgilangan sharoitda aniq faoliyatni boshqara olish. Bu omillar qanchalar yaxshi rivojlangan bo`lsa, inson shunchalar katta ishchanlik qobiliyatini namoyon qila oladi.

Odatdagi sharoitda inson o`z ish qobiliyatlarining bir qismidangina foydalana oladi, xolos. Zahirada deb hisoblangan boshqa qismi faqat oshirib qo`yilgan maksimal talablarga javob berishda namoyon bo`lishi mumkin. Noodatiy tashqi sharoit zahiradagi ish qobiliyatining namoyon bo`lishiga imkoniyat yaratibgina qolmay, inson qobiliyatlarining maksimal darajada rivojlanishini tarbiyalaydi.

Harakat faoliyatini o`qitishning ikkinchi xususiyati harakat malakalari tizimini shakllantirish hisoblanadi. Faqat harakat faoliyati tizimigina o`quvchi jismoniy tayyorgarligining xususiyatini belgilaydi. Masalan, 30 metrga yugurish 60 metrga yugurish bilan taqqoslanganda, uning boshqa harakat faoliyatlari bilan ko`p marotaba bog`lanishlarga ega ekanligi ma’lum bo`ladi. Tirmashib chiqish va muvozanat saqlash mashqlari esa boshqa harakat faoliyatlari tizimiga nisbatan qaram emas. Bu faoliyatlarning ta’siri natijasi boshqa faoliyatlarnikidan yuqori yoki past bo`lishi mumkin.

Uchinchi xususiyati – ta’limni ikki yo`nalishda amalga oshirishda harakat sifatlarini kompleks rivojlantirish bilan aloqadorligi:

a) harakat malakasi harakat sifatlarining rivojlanishi bilan bog`liqdir. eng avvalo, aynan o`sha harakat malakasiga oid harakat sifatlari rivojlanadi;

b) harakat malakasi uchun maxsus xususiyatga ega bo`lgan harakat sifatini rivojlantirish bir vaqtning o`zida boshqa sifatlarni rivojlantirishdan samaraliroq kechadi.

Masalan, qisqa masofaga yugurishda tezlik rivojlanadi, lekin tezlik kuch, chidamlilik va boshqa sifatlarni optimal rivojlantirganidagina natijaliroq rivojlanadi.

Harakat faoliyatlarini o`rgatishning samaradorligi jismoniy bilim va jismoniy rivojlanganlik darajasi ko`rsatkichlari bilan aniqlanadi. Bilimlar tizimi va harakat faoliyatlari egallanishini to`g`ri tashkil etgan pedagogik jarayon, albatta, jismoniy rivojlanganlik ko`rsatkichlarining oshishiga olib keladi.

Bilim berish vazifalarining hal qilinishi tarbiyaviy vazifalarning amalga oshirilishi bilan birga yuz beradi. O`quv fani tarbiyaning umumiy vazifalarini hal etishga o`z ta’sirini o`tkazmay qolmaydi, ayni paytda jismoniy tarbiya uchun xos bo`lgan ayrim xususiy vazifalarni ham oldinga suradi:

Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishga odatlantirish. Bu odat, ayniqsa, hozirgi zamondoshlarimiz uchun zarur. U kam harakat qilish, organizmga jismoniy yukning kamligi, harakat tanqisligini yengish muammosini hal qiladi, mustaqil jismoniy mashq bilan shug`ullanish mashg`uloti uchun vaqt topishga o`rgatadi.

Jismoniy qiyinchiliklarni yengish qobiliyatini tarbiyalash. Ko`pchilik harakat faoliyatlarini o`zlashtirish ma’lum darajadagi tavakkalchilikni, maksimal jismoniy va psixik zo`riqishni talab qiladi, katta yuklamani organizm sarflagan quvvatini tiklab ulgurmagan sharoitda bajara olishga – chidashga o`rgatadi.

Gigienik malaka va odatlarni tarbiyalash. Jismoniy mashqlarning samaradorligi asosan gigienik omillardan to`g`ri foydalanish bilan bog`liq. Harakat faoliyatlarini o`rgatish jarayoni ish tartibiga, ovqatlanish, uyqu tartibiga rioya qilishni tarbiyalash, badanni parvarishlash va boshqalarni o`z ichiga oladi.

Bilet – 5



1. Sport mashg`ulotlarini vositalarining har biriga tarig bering

Jismoniy madaniyat vositalarini turkumlarga ajratish;

Jismoniy mashqlarni klassifikatsiya qilish uni turkumlash, xillash demakdir. Jismoniy tarbiya tizimlarining tarixiy tahlili shuni ko’rsatadiki, jamiyatning rivojlanish bosqichlarida jismoniy mashqlar tanlash va turkumlashda o’sha jamiyat uchun progressiv va tarbiya vazifasini bajarishga mos keladiganlarigagina e’tibor berilgan.

Tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tarbiyaning maqsad va vazifasi o’zgarib turgan, demak, jismoniy tarbiya tizimi ham o’zgargan, bu esa uning omillarining ham o’zgarishiga sabab bo’ldi.

Avstriya pedagoglari klassifikatsiyasi ham keng kamrovli emas edi.

Jismoniy mashqlarning original klassifikatsiyasini rus anatomi, vrachi, pedagogi P.F.Lesgaft ishlab chiqib, maktab yoshidagilarda jismoniy tarbiyani amalga oshirish uchun mo’ljal-ladi va quyidagicha asosiy guruhlarga bo’ldi: 1. Sodda mashqlar. 2. Murakkab mashqlar yoki yo’qlamaning ortishi bilan bajari-ladigan mashqlar. 3. Fazodagi holatiga yoki musqo’l ishining bajarilish vaqtiga ko’ra bajariladigan mashqlar. 4. Texnik jihatdan qiyin, tizimli ravishda bajariladigan mashqlar. Mashqlarning turkumlanishi ko’rsatib turibdiki, P.F. Lesgaft klassifikatsiyasi didaktik printsiplarga yo’naltirilgan. Lekin bu ham jismoniy tarbiya tarixiy omillarini to’laqonli o’z tarkibiga sigdira olmagan. Hozirgacha to’liq ilmiy asoslangan jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi mavjud emas. Sobiq sovet jismoniy tarbiya tizimi ham bu vazifani uddalamadi.



Jismoniy tarbiya vositasi sifatida turizm quyidagi asosiy xususityalarga ega:

1. Hayotiy-amaliyligi xususiyati. Mustaqil faoliyat, tashabbuskorlikni tarbiyalaydi. Rahbarlik, boshqarish, mo’ljal olish, yo’lni tanlash va uni to’gri topish, haritani o’qiy olishdek qator malakalarni shakllantiradi va rivojlantiradi.

2. Turizm jismoniy sifatlar va harakatlar malakasini baravariga tarbiyalaydi, chunki unda ajratib olingan mutaxas-sislikka kerak bo’lgan hislatlar rivojlanmaydi.

3. Safarga tayyorlanish va safar davomida barcha faoliyat, hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan yurish, yugurish, to’siqlardan oshish va boshqa hayotiy-amaliy mashqlardan foydalaniladi.

4. Turizm shugullanuvchiga ma’lum darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lish talabini qo’ymaydi. Shunisi bilan u sportga o’xshaydi.

5. Turizm paytida jismoniy mashqlar organizmga iqlim sharoiti (sovuq, issiq, shamol kabi) va marshrutining relpe-figa qarab ta’sir ko’rsatadi va uning ta’siri turlicha bo’lishi mumkin.

6. Turizmda kuch sinashish, musobaqalashish asosiy o’rinni egallaydi.

7. Turistik sayohatlar katnashchilari o’zlarining ichlari-dan rahbarni saylab oladilar. Rahbar 16 yoshdan yuqori, tajribaga ega bo’lgan kishi bo’lishi shart. Turizmda rahbarning o’zi ham qatnashchilari bilan ishtirok etadi. U ma’lum qo’shimcha vazifalarni bajaradi: turistik sayohat marshrutini, qatnash-chilar tarkibini, ular shaxsini o’rganadi, jihozlarni ko’rib chiqadi va amaliy masalarni hal qiladi.

Sayohat katnashchilari yosh sayyohlar bo’lsa, ularga 19 yoshdan kichik bo’lmagan mutaxasis yo’riqchi etib tayinlanadi.

8. Turizm mashgulotlarining asosiy formasi poxoddir. Poxodda turizm paytida bilish kerak bo’lgan barcha forma va usuliyatlardan foydalaniladi, bu bilan hayotiy zaruriy harakat malakalari shakllantiriladi.



2. Tezkorlik qobilyatiga tarif bering

Muhim jismoniy sifatlar qatoriga tezkorlik ham tegishlidir. Tezkorlik insonning muayyan sharoitda minimal vaqt sarflash bilan harakat faoliyatini bajarish qobiliyatidir.

Tezkorlik namoyon bo`lishining asosiy shakllari quyidagilar:

1) harakatlantiruvchi ta’sirning latent (yashirin) vaqti;

2) ayrim harakatlar tezligi (tashqi qarshilik kichik bo`lganda);

3) harakatlar sur’ati.

Tezkorlikning namoyon bo`lish shakllari bir-biriga nisbatan bog`liq emas. Bu ayniqsa, harakat reaksiyasi tezligi ko`rsatkichlariga ko`pincha aloqador bo`lmaydigan vaqt ko`rsatkichlariga taalluqlidir. Ko`rsatib o`tilgan uchta shaklning birgalikda kelishi tezkorlik namoyon bo`lishining barcha hollarini belgilaydi. Masalan, sprint yugurishdagi natija start olishdagi reaksiya vaqtiga, ayrim harakatlar (depsinish, sonni oldinga o`tkazish va boshqalar) tezligiga va qadamlar sur’atiga bog`liq. Amalda esa tezkorlik namoyon bo`lishining aytib o`tilgan asosiy shakllari emas, balki yaxlit harakatlarning (yugurish, suzish va b.) tezligi katta ahamiyatga ega. Biroq murakkab koordinasion yaxlit harakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasi bilangina emas, balki boshqa sabablar bilan ham aloqadordir. Masalan, yugurishda ilgarilab ketish tezligi qadam uzunligiga, qadam uzunligi esa, o`z navbatida, oyoqning uzunligi va depsinish kuchiga bog`liq. Har xil toifadagi sportchilarning harakat reaksiyasi

Tezkorlikni aniqlash uchun eng qulay model yugurishdir. Uni bajarish vaqtida barcha uchta tarkibiy qism namoyon bo`ladi.

Reaksiyaning yashirin vaqti beshta tarkibiy qismdan iborat:1) reseptorda qo`zg`alishning paydo bo`lishi; 2) qo`zg`alishni markaziy asab tizimiga uzatish; 3) qo`zg`alishning asab yo`llari bo`ylab o`tib borishi va effektor signalning hosil bo`lishi; 4) signalning markaziy asab tizimidan mushakka o`tkazilishi; 5) mushakning qo`zg`alishi va unda mexanik faollik paydo bo`lishi. Aytib o`tilgan fazalardan uchinchisiga eng ko`p vaqt sarflanadi.

Maksimal tezlikda bajariladigan harakatlar fiziologik xarakteristikalariga ko`ra sekinroq harakatlardan farq qiladilar. Bular orasidagi eng muhim farq shundan iboratki, harakatlarni maksimal tezlikda bajarish davomida sensor bog`lanishlarning hosil bo`lishi qiyinlashadi: reflektor yoy impulslarni tashib ulgurolmaydi. Tezlik juda katta bo`lganida harakatlarni yetarlicha aniqliq bilan bajarish qiyinligi mana shu bilan izohlanadi.

Maksimal kuchlanish uslubidan foydalanish vaqtida og`irlashtirish miqdori 1-3 tm atrofida tebranib turadi. Harakatlarda tezlik darajasi yuqori emas, tezlik sekindan to mo`’tadilgacha, mashqlar va yondashuvlar o`rtasidagi dam olish tanaffusi kamida 2 daqiqa.

Oxirgi kuchlanish bolalarning asabiy-ruhiy imkoniyatlariga katta talablar qo`yadi. Shuning uchun bolalar bilan bu uslubdan foydalanish vaqtida katta ehtiyotkorlik kerak va haftada ko`pi bilan uni 1-2 marta qo`llash lozim.

Takroriy kuchlanish uslubi taxminan to`rt va undan ortiq marta takrorlashlar bilan kuch mashqilarining bajarilishidan iboratdir.

Izokinetik taranglashish uslubi. Izometrik taranglashishning bir yondashuvdagi muddati 6-8 s, bu mashqlarda kuchlanish darajasi 70-100% atrofida tebranib turishi mumkin.

Kuch yuklamalarining ayrim seriyalari o`rtasiga dam olish oraliqlari kiritiladi, ular yurak qisqarishlari pasayishi 110-120 zarba daq.ga yetguncha davom etishi kerak. Tezkorlik yuklamalarini bajarish vaqtida dam olish oraliqlari davomiyligi 1,5-3 daqiqagacha tebranib turadi.

Maksimal tezkorlikning rivojlanishi vaqtida mushak massalarining o`sishi hisobidan 15-30 s lik nisbatan qisqa dam olish tanaffuslaridan foydalaniladi. Mahalliy va umumiy xususiyatli mashqlarda ham – 40-60 s.

Yolg`iz harakat, masalan, 5 marta sakrash, 5 marta cho`nqayib o`tirib-turish yoki bosh ustida 5 marta qarsak chalish (yoki maksimal tezlikdagi murakkab bo`lmagan har qanday harakatlar) ning bajarilish vaqtini aniqlash mumkin. 5 ta mashqning bajarilish vaqti ro`yxatga olinadi. So`ngra esa yolg`iz harakatlarning bajarilish vaqti hisoblab chiqiladi. Ular qancha kam bo`lsa, tezlikning rivojlanish darajasi shunchalik yuqori bo`ladi.

Panjalar harakati tezligini 5 yoki 10 s ichida qog`ozga qalam bilan mumkin qadar ko`p miqdordagi nuqtalarni belgilab aniqlash mumkin. Sport bilan shug`ullanmaydigan maktab o`quvchilari to`g`risidagi ma’lumotlar 4-jadvalda keltirilgan.

Yosh va tezlikning o`zgarishi bilan kichik maktab yoshidagilarda yuqori sinf o`quvchilariga qaraganda tezlik ko`proq jadal rivojlanadi. Tezlik, mushak kuchi, texnika, bukilish, jadallashtirish darajasiga layoqatlilik, iroda zo`r berishning darajasi bilan mustahkam bog`langan.

Oddiy va murakkab harakatlantiruvchi reaksiyaning tezligini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.

Harakatlantiruvchi reaksiya tezligi ta’sirga javob berishning yashirin vaqti bilan belgilanadi. Reaksiyalar oddiy va murakkab bo`ladi. Oddiy reaksiya oldindan ma’lum bo`lgan (to`satdan paydo bo`ladigan) signalga ilgaridan ma’lum bo`lgan harakat bilan javob berishdir. Bunda yugurishdagi start olish, suzishda to`pponchadan otib start berish va boshqalar misol bo`la oladi. Reaksiyalarning qolgan barcha tiplari murakkab reaksiyalardir.



3. O`quv mashg’ulotlari jarayonida qo`llaniladigan ko`rgazmali usullarni tavsiflab bering

Bu guruhdagi usuliyatlar shuullanuvchilarga harakat faoliyatini bajarilishni ko’rish va eshitish orqali taomin-laydi. Ko’rish, bajarilayotgan payitdagi eshitish ham shuulla-nuvchilarda harakat faoliyati haqida har tomonlama keng tasavvur hosil qiladi, bu navbatdagi takrorlash uchun taxminiy asosni kengaytiradi. Ko’rgazmali his qildirish nisbatan chuqurroq, tezroq va puxtaroq o’zlashtirishga imkoniyat beradi, o’zlashtiriladigan harakat faoliyatiga qiziqishni orttiradi. Bolalarni o’qitishda ko’rgazmali his qildirishda muhim rolp o’ynaydi, chunki ularda taqlid qilish, tirik misollarga bevosita ijroni ko’rishga intilish juda kuchli rivojlangan.

Ko’rsatib his ettirish shundagina qo’l keladiki, qachonki, mashqni ijrosini ko’rish orqali qabo’l kilinayotgan harakat faoliyati strukturasi tushunarli va o’quvchi ongiga yetgan bo’lsa, ular ta’lim jarayonidagi faol va samarali faoliyatga turtki bo’ladi. Agarda, shuullanish jarayoni jonsiz, faoliyatlar nomigagina bajarilishi mumkin, bunda o’quvchilar passiv ijrochiga aylanadi. Natijada o’rganuvchi o’zining harakat faoliyatini tahlil qilishga harakat qilmay, diqqat eotiborini harakatning tashqi tomoniga ko’rinishiga qaratadi xolos, bu o’z navbatida, psixik jarayonlarning faolligini pasaytiradi, fikirlashning bir tomonlama bo’lishiga olib keladi.

Harakat faoliyatining o’qituvchi (yoki o’quvchi) tomonidan namoyish qilnishi jismoniy tarbiya ta’limida zaruriy keng tarqalgan usuliyatlardan hisoblanadi.

O’quvchining ongi unga ko’rgazmali singdirilganiga taqlid qilib o’rganish tahlil qila olish qobiliyatiga boliq. Agar o’quvchi ko’rganini tahlil qila olsa va u tahlilga o’rgatilgan bo’lsa, unda taqlid qilish o’quvchining bilimi, o’zlashtirish qobiliyatini o’sishi uchun samarali usullardan biriga aylanadi. O’qituvchining so’zisiz taqlid qilish “ko’rginu bajar” printsipi asosida o’qitishi, ko’rgan mashqini bajarilishini tushunmay, fikrlamay mantiqsiz takrorlashga aylanadi. Natijada o’quvchi o’qituvchisi ko’rsatganini ko’r-ko’rona bajaradigan, harakat fao-liyatlarining asosiy qonuniyatlarining anglamaydigan ijrochilariga aylanib qolishiga yo’l qo’ymaslik lozim.

Ko’rganiga taqlid qilish asosan o’quvchining yoshi va jismoniy tayyorgarligi darajasiga boliq. Kichik maktab yoshidagi bolalarda taqlid qilishga intilish, sinchkovligi, qiziquvchan-ligi orqali sodir bo’ladi (asosan, kattalarga o’xshashga urinish), katta maktab yoshidagi bolalarda esa harakat faoliyatiga ongli munosabat, harakat texnikasini tushunib, osonroq va tezroq egallashga intilish asosida sodir bo’ladi.

Ko’rganiga taqlid qilishning samaradorligi to’rt faktoriga bog’liq:

1) o’quvchilarning taqlid qilishga tayyorligi, ularning tayyorgarligi darajasining taqlid qilinadigan oboektning o’rganishdagi qiyinchiligiga muvofiqligi, shunga ko’ra, jismoniy mashq ijrosi qiyinligi shunday darajada bo’lsinki, uni egallash uchun o’quvchidan faqat maksimal zo’riqish talab qilinsin;

2) o’quvchilarning taqlid oboekti haqidagi tasavvurlarini to’laligi;

3) o’quvchida qiziqishga sabab bo’ladigan taqlidning ta’limga xos tub motivi uchun imkon yaratish, uni mohiyati darajasini farqlay bilash;



4) o’quvchini taqlidga xohishi, ko’zatayotganini faol takrorlash
Download 288.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling