Kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi reja: 1 kurashchining ko’p yillik texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligi
Download 24.46 Kb.
|
KURASHCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Kurashchining ko’p yillik texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligi
KURASHCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGI Reja: 1 KURASHCHINING KO’P YILLIK TEXNIK-TAKTIK VA JISMONIY TAYYORGARLIGI 2 KO’P YILLIK TAYYORGARLIK BOSQICHLARI VA TRENIROVKA JARAYONINING YO’NALISHI 3 BOSHLANG’ICH TAYYORGARLIK BOSQICHI 1.Kurashchining ko’p yillik texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligi Kurashchining ko’p yillik tayyorgarligi - yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga qaratilgan murakkab xamda uzoq davom etadigan pedagogik jarayondir. G.S. Tumanyan (1982) fikricha, terener, ko’p yillik trenirovka rejasini tuzayotib, trenirovka va musobaqa nagruzkalari xajmi, yo’nalishi yildan yilga qay tarzda o’zgarib borishini, bu o’zgarishlar tarbiyalanuvchilarning ahloqiy, iroda, jismoniy, texnika-taktik va nazariy tayyorgarligiga qanday ta’sir ko’rsatishini xamda u sport yutuqlarining yosh dinamikasida xalqaro toifadagi sport ustasigacha qanday aks etishini tasavvur qila olishi lozim. Ko’p yillik trenirovka jarayonidagi trenirovka nagruzkalari yo’nalishi hamda xajmi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Boshlang’ich tayyorgarlik bosqichida umumiy va yordamchi tayyorgarlik asosiy o’rinni egallaydi (bosqichlarining tasnifi V.N. Platonov bo’yicha keltiriladi). Dastlabki bazaviy tayyorgarlik boskichi yordamchi tayyorgarlik xajmining oshishi bilan tavsiflanadi (u umumiysi bilan birga trenirovka ishining umumiy xajmidan 80-90% ga oshadi). Maxsus tayyorgarlik, odatda, 15% dan oshmaydi. Ixtisoslashgan bazaviy tayyorgarlik bosqichida maxsus tayyorgarlik ulushi muhim darajada oshadi va umumiy tayyorgarlik ulushi kamayadi. Alohida imkoniyatlarni maksimal amalga oshirish bosqichida maxsus tayyorgarlik umumiy ish xajmidan 60% gacha etishi va undan ko’p bo’lishi mumkin. Yutuqlarni ushlab turish bosqichida maxsus tayyorgarlik ulushi qat’iy yuqori bo’ladi va umumiy tayyorgarlik ulushi minimumgacha kamaytiriladi (V.N. Platonov, 1986). Har xil tayyorgarlik turlari nisbatlarining bunday sxemasi hamma sport turlari uchun umumiy hisoblanadi, lekin kurashda u trenirovka to’g’risida umumiy tasavvurlarni beradi. Sport kurashidagi yutuqlar ko’p jihatdan kurashchining oqilona texnik-taktik tayyorgarligiga bog’liq. Mukammal texnika - bu eng yuqori natijaga erishish maqsadida sport mashqlarini bajarishning samarali usullari yig’indisidir. O’rgatish jarayonida texnikani egallash darajasi o’zgarib turadi (yangi shug’ullanuvchining sodda texnikasidan to xalqaro toifadagi sport ustasining mukammal texnikasigacha). Oqilona texnika sportchiga harakatlarni tejamkorlik bilan bajarish uchun imkon yaratadi. (V.R. Filin, N.A. Fomin, 1980). Yosh sportchining xalqaro toifadagi sport ustasi darajasigacha bosib o’tadigan yo’lini to’rtta bosqichga ajratish mumkin (G.S. Tumanyan bo’yicha, 1985); bosqich - “maktab” texnikasini, ya’ni ixtisoslashgan elementlar hamda ularning komrlekslarini shakllantirish; bosqich - bazaviy texnikani shakllantirish (taktik tayyorgarlik, usullar, qarshi usullar, himoyalar); bosqich - kombinatsion texnikani (texnik-taktik komplekslarni) shakllantirish; bosqich - trenirovkaning alohida rejalari bo’yicha alohida texnikani takomillashtirish (-rasm).
-rasm. Kurashchilar ko’p yillik tayyorgarligida texnik-taktik tayyorgarlik mazmuni va bosqichlari (G.S.Tumanyan bo’yicha). Ko’p yillik texnik-taktik tayyorgarlikning har bir bosqichida “o’sish o’lchamini” aniqlash va musobaqalarda qayd qilingan TTH ni baholash tizimidan foydalanish lozim. Sport kurashi bo’yicha maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlarni har tomonlama tahlil qilish natijasida professor I.I. Alixonov, 1986) kurashchining texnik-taktik tayyorgarligini ko’p yillik rejalashtirishni ishlab chiqdi. -jadvalning tahlili ushni ko’rsatadiki, kurash texnikasi elementlari va taktik tayyorgarlik usullari, asosan, 10-15 yoshda o’rganilishi lozim (I.I. Alixanov, 1986) Texnik-taktik mahoratni kelgusida takomillashtirish o’smirlik hamda o’spirinlik yoshlarida amalga oshiriladi. Tayyorgarlik rejasidagi mashqlar shiddati V.R. Andreev va A.A. Novikov shkalasi bilan baholanadi. Shu shkalaga muvofiq YUQT: 1 ball - 10 s ichida 18-19 zarba, 2 ball - 20-21; 3 ball - 22-23; 4 ball - 24-25; 5 ball - 26-27; 6 ball - 28-29; 7 ball - 30-31 va 8 ball - 32-33 zarbaga teng. Kurashchining kuchini rivojlantirish uchun ish hajmi uning yoshi va og’irligiga bog’liq hamda bir yilda 100 dan 200 tonnagacha atrofida bo’lishi mumkin. Texnik-taktik tayyorgarlikka vaqtning umumiy sarflanishi kurashchilar malakasi ortib borishi bilan o’sadi, lekin trenirovkaning umumiy hajmiga nisbatan foizlarda kamayib boradi. Bunday nisbat kuch tayyorgarligi va tezkorlik chidamliligi darajasini oshirish zaruriyatiga bog’liq. Download 24.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling