Kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi reja: 1 kurashchining ko’p yillik texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligi
Chuqurlashtirilgan sport ixtisoslashuvi bosqichi
Download 24.46 Kb.
|
KURASHCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGI
.Chuqurlashtirilgan sport ixtisoslashuvi bosqichiUshbu bosqichning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: kurashchining xar tomonlama jismoniy tayyorgarligi, sog’lig’ni mustahkamlash, umumiy chidamlilik va tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash, bellashuvni kombinatsiyali usulda olib borish asoslarini egallash, maxsus chidamlilikni rivojlantirish, musobaqa tajribasiga ega bo’lish. Trenirovkaning asosiy uslublari: o’yin, bir tekis, o’zgaruvchan, takroriy, musobaqa, aylanma. Trenirovka vositalari: sport o’yinlari, kross yugurish, kurashchining maxsus mashqlari, akrobatika mashqlari, kichik og’irliklar bilan mashqlar, musobaqa xususiyatidagi o’quv-trenirovka bellashuvlari. Ko’rgina mutaxassislar tomonidan shu narsa isbotlanganki, chuqurlashtirilgan sport ixtisoslashuvi bosqichida kurashchining har tomonlama trenirovkasi katta samara beradi. Sport kurashida trenirovka jarayonini rejalashtirishda texnik-taktik tayyorgarlikka ko’r vaqt ajartish lozim, chunki kurashchi katta hajmda hujum harakatlarini o’zlashtirishi kerak. Ushbu davrda texnik harakatning to’g’ri biodinamikaviy tuzilmasiga o’rgatishga harakat qilish zarur. Biroq texnik tayyorgarlikda muvaffaqiyatga erishish ko’p hollarda kurashchi jismoniy sifatlari rivojlanishining optimal nisbatlariga bog’liq. Ushbu davrda trenirovka jarayoniga harakatli va sport o’yinlari, shuningdek sport kurashida muhim ahamiyatga ega bo’lgan jismoniy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan kurashchining maxsus mashqlarini kiritish hisobiga tezkorlikni tarbiyalashni davom ettirishi kerak. Mazkur davrda o’smir kurashchilarning tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Bu bosqichda kurashchining egiluvchanligini tarbiyalashni davom ettirish lozim. Harakat amplitudasini oshirishga yordam beradigan cho’ziltirish mashqlari egiluvchanlikni rivojlantirishda asosiy bo’lib hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, trenirovkaning ushbu davrida chidamlilikni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratish lozim. Umumiy chidamlilikni tarbiyalash vositalariga kross yugurish, sport o’yinlari, suzish kiradi. V.R.Filin va N.A.Fomin (1980) fikricha, srrot mashqlarida chaqqonlikni tarbiyalash, ya’ni harakat malakalari, ko’nikmalarini egallash, vaziyat o’zgargan paytda harakat faoliyatini samarali qayta qurish qobiliyatini takomillashtirishga katta o’rin ajratilishi zarur. Shuning uchun chaqqonlikni tarbiyalash koordinatsion murakkab harakatlarni egallash hamda to’satdan o’zgargan vaziyat talablariga muvofiq holda harakat faoliyatini qayta tashkil qilish qobiliyatlarini takomillashtirishni ko’zda tutadi. Ushbu tavsiyalar sport kurashi turlariga taalluqlidir, bu erda sportchi faoliyati variantli - to’qnashuvli vaziyatlarda o’tadi. Kurashchi chaqqonligini tarbiyalashning asosiy vositalari - bu sport o’yinlari, akrobatika va gimnastika mashqlaridir. Tiklanish tadbirlari o’smirning kundalik faoliyatida trenirovka mashg’ulotlari va dam olishning optimal tartibiga erishishga qaratilgan. Massaj, basseynda suzish, bug’li hammom (haftada bir marta), vitaminlar va oqsillarga boy ovqatlanish tavsiya qilinadi. Download 24.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling