1. Jismoniy tarbiya va kurashning rivojlanishida qaysi davlat alohida oʻrin tutadi?
Download 22.68 Kb.
|
test
Test savollari 1.Jismoniy tarbiya va kurashning rivojlanishida qaysi davlat alohida oʻrin tutadi? A. Rim B. Qadimgi Yunoniston C. Yevropa davlatlari 2. Dzyudo qachondan Olimpiada oʻyinlarida ishtirok eta boshladi? A. 1964-yil B. 1960-yil C. 1984-yil 3. XX asrning 30-yillari boshlarida Rossiyada qaysi sport turi shakllana boshladi? A. Kurash B. Dzyudo C. Sambo 4. FILA qanday sport tashkiloti hisoblanadi? A. Xalqaro kurash federatsiyasi B. Yevropa kurash federatsiyasi C. Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi 5. Qaysi olimpiada oʻyinlaridan boshlab Erkin kurash doimiy ravishda Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan? A. VII Olimpiya oʻyinlari B. IV Olimpiya oʻyinlari C. V Olimpiya oʻyinlari 6. Hozirgi Oʻzbekiston hududida qadimdan ikkita qaysi kurash turi shakllangan? A. Buxorocha va Fargʻonacha turlari B. Raqib belbogʻini oldindan ushlab olish va raqibni erkin ushlab olish turlari C. A va B javoblar toʻgʻri 7. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi qachon tashkil topdi? A. 1999-yil B. 1994-yil C. 1998-yil 8. Trenirovka faoliyati bu? A. Musoboqa faoliyatida texnik xarakatlarni oqilona qoʻllash malakasini egallashga qaratilgan pedagogik jarayondir. B. Trenirovka maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish boʻyicha trenerlar jamoasi hamda kurashchilarining birgalikdagi faoliyatidir. C. Kurashchi tayyorgarlik tizimining tarkibiy qismidir. 9. Musoboqa nagruzkasi? A. Musoboqa faoliyati hajmi va shiddatining son miqdoridir B. Mashgʻulotlar jarayonida kurashchiga trenirovka orqali taʼsir koʻrsatishning son koʻrsatkichlarini aks ettiruvchi trenirovkaning tarkibiy qismidir. C. Barcha javoblar toʻgʻri 10. Kurashchining hujum qiluvchi tomonidan amalga oshirilayotgan usulni toʻxtatib qolishga qaratilgan xarakati bu? A. Qarshi usul B. Himoyalanish C. Toʻxtatib qolish 11. Kim bellashuvning borishini boshqaradi, kurashchilar xarakatini baholaydi va bellashuvning musoboqalar qoidasiga muvofiq oʻtishini kuzatib turadi? A. Bosh hakam B. Gilam rahbari C. Arbitr 12. Kurash sport turida nechta atamalar bor A. 12 ta B. 13 ta C. 14 ta 13. Sportchilarda necha yoshida asosiy sifatlarning rivojlanishi va bazaviy texnikaning yuzaga kelishi sodir boʻladi? 14. Sambo soʻzining maʼnosi? A. Kurashaman, bellashaman B. Hujum va himoya birligi C. Qurolsiz oʻz-oʻzini himoya qilish 15. Kurashchining tos-son boʻgʻimlarida bukilib tik turishdagi holati? A. Parter B. Yalpi tik turish C. Past tik turish 16. Jismoniy tayyorgarlik qaysi qismga boʻlinadi? A. Umumiy, yordamchi va maxsus B. Dastlabki, umumiy va yakuniy C. Boshlangʻich va yakuniy 17. Texnik mahoratni takomillashtirish nechta bosqichga ajratiladi? A.1.Izlanish 2. Barqarorlashtirish 3. Moslashishni takomillashtirish B. 1.Kuch 2.Tezkorlik 3. Chidamlilik 4. Chaqqonlik 5. Egiluvchanlik sifatlarini shakllantirish bosqichlari C. Togʻri javob yoʻq 18. Milliy kurashda 4-7 yoshli bolalar oʻrtasida bellashuv vaqti? A. 4 minut B. 3-5 minut C. 3 minut 19. Belbogʻli kurashda qanday hollarda jazo beriladi? A. Belbogʻni qoʻyib yuborsa B. Oyoqdan chalsa C. Hamma javoblar toʻgʻri 20. Birinchi Olimpiya oʻyinlari dasturiga kurash qachon kiritilgan? A. Mil.avv. 776-yil B. Mil.avv. 704-yil C. Mil.avv. 708-yil Test javoblari 1B 2A 3C 4C 5A 6C 7C 8B 9A 10B 11C 12C 13C 14C 15C 16A 17A 18C 19C 20C Download 22.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling